Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2014 03.09.1992 yildagi 406-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2014
Hujjat 23.10.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RADIOChASTOTALAR BOʻYIChA DAVLAT KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-apreldagi 84-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq hamda radiochastotalarni rejalashtirish, ulardan foydalanish va ularni belgilash masalalari boʻyicha Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida respublika manfaatlarini ifodalash, huquqiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi tuzilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi 482-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining ilova qilinayotgan Nizomi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining raisi etib tayinlansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi 482-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar, mudofaa, qishloq xoʻjaligi, aloqa, energetika va elektrlashtirish vazirlarining oʻrinbosarlari; Milliy xavfsizlik xizmati, “Vatanparvar” mudofaaga koʻmaklashish tashkilotlari Markaziy Kengashi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” konserni raislarining oʻrinbosarlari; “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining oʻrinbosari; Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi, Hukumat aloqa xizmati boshliqlarining oʻrinbosarlari lavozimlariga koʻra va qayd etilgan boshqaruv organlari rahbarlarining tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining aʼzolari etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasiga shoshilinch joriy ishlarni bajarish uchun komissiyasining 5 kishidan, shu jumladan, komissiya raisining bir nafar oʻrinbosarlaridan iborat ishchi organini tuzishga ruxsat etilsin. Ishchi organ manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga saqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 3-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
406-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 3-sentabrdagi 406-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NI3OM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi radiochastotalarni taqsimlash va belgilash milliy jadvalini hamda milliy reglamentni rejalashtirish, shakllantirishning uzoq muddatli siyosatini, Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida vakillikni, radiochastotalarni rejalashtirish va ulardan foydalanish masalalarida respublika huquqlarini xalqaro himoya qilishni, radioelektron vositalarning elektromagnit mosligini taʼminlovchi radiochastotalarni boshqarish milliy organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Xalqaro elektr aloqasi uyushmasining meʼyoriy hujjatlariga, mazkur Nizomga amal qiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi respublikada radiochastotalarni taqsimlash boʻyicha vakolatli davlat organi boʻlib, uning qarorlari barcha vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va nomi oʻzbek hamda rus tillarida yozilgan oʻz muhriga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Chastotalarni belgilashni muvofiqlashtirish va roʻyxatga olish yuzasidan shoshilinch joriy ishlarni olib borish va Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi huzuridagi komissiyaning ishlashi uchun materiallarni ishlab chiqish va tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining ishchi organi tuziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi 482-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi ishchi organning tuzilmasini, shtatlar jadvalini va ishchi organni saqlash xarajatlari smetasini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Komissiya aʼzolari oʻz burchlarini jamoatchilik asosida bajaradilar. Xodimlari komissiya tarkibiga kiritilgan vazirliklar, idoralar va boshqa davlat boshqaruv organlari rahbarlari ularning komissiya tarkibida ishlashlari uchun sharoit yaratib beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiochastotalar spektrini boshqarish va istiqbolli rejalashtirish sohasida uzoq muddatli siyosatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvalini va milliy reglamentni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiochastotalarni rejalashtirish, ulardan foydalanish va ularni belgilash masalalarida Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida vakillik qilish va Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini xalqaro huquqiy himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioelektron vositalarning barcha turlarini tayyorlash, ishlab chiqarish va chet eldan sotib olish uchun chastotalar polosasini ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga moʻljallangan radioelektron vositalarda qoʻllaniladigan radiochastotalardan foydalanishning texnikaviy siyosatini ishlab chiqish va uni yuritish hamda elektromagnit mosligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioelektron vositalarning barcha turlariga tayinlangan chastotalarning hisobini olib borishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari bilan birgalikda belgilangan tartibda chastotalarni tayinlashni muvofiqlashtirishni va Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida Oʻzbekiston Respublikasining radioelektron vositalariga tayinlangan chastotalarni Roʻyxatga olishni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan qoʻshni davlatlar aloqa maʼmuriyatlari oʻrtasida ayrim radioxizmatlar tomonidan chastotalardan foydalanishni muvofiqlashtirish boʻyicha bitimlarni ishlab chiqishda va texnikaviy tayyorlashda qatnashadi;
(III boʻlimning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi 482-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar, aloqa maʼmuriyatlari bilan olib boriladigan muzokaralarda qatnashadi, kelishilgan bitimlar boʻyicha respublika aloqa maʼmuriyati majburiyatlarining bajarilishini taʼminlashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda respublika radioelektron vositalarining chastota tayinlovlarini xalqaro huquqiy himoya qilish yillik rejalari loyihalarini ishlab chiqadi, ularning bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiochastotalardan foydalanishni muvofiqlashtirish, nurlanishni nazorat qilish va oʻz huquq doirasiga kiruvchi boshqa masalalar yuzasidan delegatsiyalarning texnikaviy topshiriqlari, koʻrsatmalari va ishchi materiallarini, shuningdek, delegatsiyalarning tarkibi boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda tayyorlaydi, delegatsiyalar ishida qatnashadi, delegatsiyalarning hisobotlarini tahlil qiladi va erishilgan bitimlarni amalga oshirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro elektr aloqasi uyushmasining polosalarni taqsimlash va radiochastotalarni rejalashtirish va radio aloqasi reglamentini qayta qurish boʻyicha jahon va mintaqa maʼmuriy konferensiyalariga tayyorgarlik komissiyasining ishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplomatik vakolatxonalarning va xorijiy davlatlar boshqa organlarining, shuningdek, respublika hududida joylashgan xalqaro tashkilotlarning radioelektron vositalari chastota tayinlovlarini muvofiqlashtirish va Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida roʻyxatga olish ishlarini belgilangan tartibda olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro-huquqiy xarakterga ega boʻlgan va xalqaro elektr aloqasi konvensiyani va boshqa xalqaro hujjatlar boʻyicha respublika majburiyatlariga daxldor boʻlgan masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioelektron vositalarning elektromagnit mosligini taʼminlovchi chastota va hududiy ayirish normalarini tasdiqlaydi va ishga tushiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioelektron vositalarning elektromagnit mosligini belgilovchi radiochastotalardan, tanib olish signallaridan foydalanish talablari boʻyicha standartlarning loyihalarini va texnik shartlarini, radioelektron vositalarni yetkazib berish tartibini kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar bilan birgalikda radioelektron vositalarning elektromagnit mosligini taʼminlovchi tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlari, davlat andozalarini ishlab chiqish, ilmiy-texnika axborotini tashkil etish, ixtirochilik va ratsionalizatorlikni rivojlantirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi va xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chastotalarni taqsimlash milliy jadvalini va respublika radio aloqasi reglamentini ishlab chiqadi va nashr etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-texnikaviy aloqalar yuzasidan takliflar tayyorlaydi va taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning radiochastotalar polosalari ajratish haqidagi buyurtmalarini texnikaviy ekspertizadan oʻtkazadi va ulardan foydalanish yuzasidan texnikaviy takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori chastotali moslamalar, elektr moslamalar, mashinalar, apparatlar, priborlarning elektromagnit mosligini belgilovchi texnikaviy tavsiflarining andazalari, texnikaviy shartlarini, shuningdek industrial shovqinlarning andazalari va umumdavlat normalari loyihalarini koʻrib chiqadi va kelishib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. HUKUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi radioelektron vositalarning chastota tayinlovlarini Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida roʻyxatga olish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiochastotalar boʻyicha Xalqaro komissiyaning faoliyatida qatnashish va chastotalar spektridan foydalanish masalalari boʻyicha respublika manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioelektron vositalarning chastota tayinlovini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirish ishlarini olib borish va shu maqsadda xorijiy davlatlarning aloqa maʼmuriyatlari bilan olib boriladigan muzokaralar uchun materiallar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiochastotalar boʻyicha Xalqaro komissiyaning va xorijiy davlatlar maʼmuriyatlarining radioelektron vositalari chastota tayinlovlarini muvofiqlashtirish va roʻyxatga olish bilan bogʻliq boʻlgan texnik materiallarni tahlil qilish va ular yuzasidan tegishli xulosalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioelektron vositalarning barcha turlarini respublikada tayyorlash va ishlab chiqish hamda chet eldan sotib olish uchun chastotalar polosasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioelektron vositalarga davlat andazalari, texnikaviy shartlar, normalar va ulardan foydalanish qoidalarini va boshqa meʼyoriy-texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari toʻplami 1992-y., 9-son, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 21-son, 149-modda; 2002-y., 17-18-son, 139-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda)