Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RADIOChASTOTALAR BOʻYIChA DAVLAT KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-apreldagi 84-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq hamda radiochastotalarni rejalashtirish, ulardan foydalanish va ularni belgilash masalalari boʻyicha Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida respublika manfaatlarini ifodalash, huquqiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi tuzilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi 482-sonli qarori tahririda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining ilova qilinayotgan Nizomi tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining raisi etib tayinlansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi 482-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar, mudofaa, Favqulodda vaziyatlar boʻyicha, adliya, tashqi ishlar, qishloq va, soʻz xoʻjaligi, energetika va elektrlashtirish vazirlarining oʻrinbosarlari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Vatanparvar” mudofaaga koʻmaklashish tashkilotlari markaziy Kengashi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi raislarining oʻrinbosarlari, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktorlarining oʻrinbosarlari; Hukumat aloqa xizmati boshligʻining oʻrinbosari lavozimlariga qoʻra va koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar rahbarlarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komisciyasi aʼzolari etib belgilansin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasiga joriy shoshilinch ishlarni bajarish uchun komissiyaining komissiya raisining oʻrinbosari boshchilik qiladigan ishchi guruhi tuzilsin. Ishchi guruhning faoliyati Elektr magnit mosligi markazi mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlansin.
Elektr magnit mosligi markazi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining ijro etuvchi organi etib belgilansin va u Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tuzilmasiga kiritilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-sentabr,
406-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari toʻplami 1992-y., 9-son, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 21-son, 149-modda; 2002-y., 17-18-son, 139-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda)