Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Erkin savdo tartibini nazarda tutuvchi bitimlar imzolangan erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim ishtirokchilari boʻlgan davlatlar roʻyxatini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30 iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 429-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtosidiy aloqalar vazirligi tomonidan 1998-yil 1-aprelda, Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 2-aprelda 23-son va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 3-aprelda 02/19-2-son bilan tasdiqlangan Erkin savdo tartibini nazarda tutuvchi bitimlar imzolangan erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim ishtirokchilari boʻlgan davlatlar roʻyxati (roʻyxat raqami 429, 1998-yil 8-aprel) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. UMURZAKOV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-iyun,
2020/31-5-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-iyun,
32-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-iyun,
01-02/8-34-son
Kelishilgan:
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2020-yil 29-iyun
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2020-yil 29-iyun
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/429-1/1105-son)