Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.12.2022 30.06.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3262
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.12.2022
Hujjat 01.10.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3262]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 18-iyuldagi 14/6-sonli “Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3384, 06.09.2022-y.) asosan 2022-yil 7-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 27-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15/3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/3-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi va “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan munosabatlarni amalga oshirishda mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning (bundan buyon matnda kredit tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar — kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlaridan foydalanish istagida kredit tashkilotiga murojaat qilgan, ushbu xizmatdan foydalanayotgan yoki oldin foydalangan jismoniy va yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit — kredit tashkiloti tomonidan berilayotgan kredit, mikroqarz yoki mikrokreditlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat — isteʼmolchi (yoki uning vakili) tomonidan ogʻzaki, yozma yoki elektron shaklda kredit tashkilotiga yuborilgan ariza, shikoyat yoki taklif.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Isteʼmolchilar kredit tashkilotini va ular tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy xizmatlarni erkin tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkiloti tomonidan bir xizmatning isteʼmolchiga qoʻshimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan koʻrsatilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlari kredit tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarning matni isteʼmolchilar tushunishi uchun aniq va sodda tarzda bayon etilishi va kompyuter vositasida bosib chiqarishda 12 oʻlchamli shriftdan kam boʻlmagan yoki shunga oʻxshash shriftni qoʻllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarning matni davlat tilida tuziladi. Isteʼmolchi va kredit tashkiloti oʻzaro kelishivuga muvofiq shartnoma matni boshqa tilda ham tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Isteʼmolchiga axborot berishning minimal talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Maʼlumotlar berishning umumiy minimal talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kredit tashkiloti tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar isteʼmolchiga oshkor etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tijorat sirini oʻz ichiga olmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlarini taqdim etish shartlari, ushbu shartlarning oʻzgarishi haqidagi maʼlumotlar kredit tashkilotining axborot stendlarida joylashtirib borilishi, shuningdek kredit tashkilotining rasmiy veb-saytida (mavjud boʻlsa) eʼlon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Isteʼmolchilarga kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shartnomalar tuzilishidan avval bepul taqdim etilishi va tanishtirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Isteʼmolchi kredit tashkilotining moliyaviy xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomasini (kredit, mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing va boshqalar boʻyicha) imzo qoʻymasdan oldin tanishib chiqishi uchun oʻzi bilan olib ketishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkiloti isteʼmolchini shartnomaga imzo qoʻymasdan oldin tanishib chiqishi uchun oʻzi bilan olib ketishga haqli ekanligi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kredit tashkiloti tomonidan isteʼmolchilarga kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat tilida yetkazilishi lozim. Bunda kredit tashkiloti moliyaviy xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqa tillarda ham taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Isteʼmolchilarga kredit tashkiloti tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar toʻliq va toʻgʻri tushuntirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mikrokredit tashkiloti tomonidan kredit boʻyicha xizmat koʻrsatish davrida isteʼmolchining ogʻzaki yoki yozma soʻrovi olingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida unga quyidagi axborotlar yozma shaklda bir oyda bir marta bepul taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlash limiti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit boʻyicha toʻlangan pul mablagʻlari summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy summa boʻyicha qarz qoldigʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi toʻlovlarning miqdori, tarkibi va muddatlari (toʻlovlar jadvali);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditni muddatidan oldin qisman yoki toʻliq soʻndirish istagi bildirilgan taqdirda toʻlash lozim boʻlgan summalar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik miqdori va tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushayotgan pul mablagʻlari kredit boʻyicha qarzni soʻndirishga yoʻnaltirilishi haqida axborotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kredit tashkiloti isteʼmolchining talabiga koʻra, quyidagi hujjatlarning kredit tashkiloti tomonidan tasdiqlangan nusxalarini bepul (bitta xizmatni koʻrsatish shartnomasi boʻyicha bir marta) beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkiloti va isteʼmolchi tomonidan imzolangan moliyaviy xizmatni koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi tomonidan berilgan ariza (agar qonun hujjatlariga muvofiq bunday arizaning rasmiylashtirilishi majburiy boʻlsa yoki kredit tashkilotining ichki qoidalariga asosan kredit tashkiloti moliyaviy xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish chogʻida bunday arizani rasmiylashtirilishi shart boʻlganda);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchiga kredit berilganligini tasdiqlovchi hujjat (order, toʻlov topshiriqnomasi, elektron toʻlov vositasiga pul mablagʻlari oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomalari boʻyicha isteʼmolchi tomonidan majburiyatlari toʻliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat (maʼlumotnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkiloti isteʼmolchining talabiga koʻra, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni ularni tayyorlash xarajatlaridan oshmaydigan haq evaziga cheklanmagan tarzda taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etishning imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda, kredit tashkiloti tomonidan isteʼmolchiga bu haqda asosli ravishda yozma xabar berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kredit tashkiloti isteʼmolchilarga maʼlumot berish uchun kredit tashkiloti moliyaviy xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish chogʻida ular bilan bogʻlanish aloqa vositalarini kelishib olishi va ushbu aloqa vositalari orqali bogʻlanish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Isteʼmolchining tegishli soʻrovi kredit tashkilotida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida kredit tashkiloti xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma, isteʼmolchi tomonidan berilgan ariza va isteʼmolchiga kredit berilganligini tasdiqlovchi hujjat hamda bir ish kuni ichida kredit shartnomalari boʻyicha isteʼmolchi tomonidan majburiyatlari toʻliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kredit tashkiloti isteʼmolchiga yoki uning vakiliga kredit tashkiloti moliyaviy xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangan kunda shartnomaning bitta asl nusxasini taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Isteʼmolchiga beriladigan axborotning minimal hajmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kredit tashkilotining axborot stendlarida quyidagi axborotlar joylashtirilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkilotining toʻliq nomi, manzili, filiallari manzillari, ish vaqti, bogʻlanish uchun aloqa telefonlari va elektron pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarga moliyaviy xizmatlarni koʻrsatish tartibi, shartlari va qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkiloti operatsiyalari boʻyicha tariflar, foiz stavkalari va vositachilik haqlari toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kredit tashkiloti isteʼmolchini moliyaviy xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi haqida xabardor qilishi, shuningdek, isteʼmolchining talabiga koʻra, mazkur Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan axborotni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilayotgan xizmatlarning shartlari va qiymati haqidagi axborotni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kredit tashkiloti isteʼmolchi bilan tuziladigan shartnoma shartlariga isteʼmolchining huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan oʻzgartirishlarni kredit tashkiloti tomonidan bir tomonlama kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kredit shartnomasi tuzilgunga qadar kredit tashkiloti isteʼmolchiga quyidagi axborotni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditning eng koʻp miqdorini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditdan foydalanish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foiz stavkasining yillik nominal qiymati, shuningdek isteʼmolchi murojaat qilgan sanadagi kreditning toʻliq qiymati (shartnoma tuzish paytida uning mutlaq qiymatini, yaʼni kredit yoki qarzning asosiy qiymati, foizlari, komission va boshqa toʻlovlar, shu jumladan amaldagi tariflar boʻyicha uchinchi shaxs foydasiga toʻlanadigan toʻlovlarni, agar bunday toʻlovlar qarzdorning majburiyati boʻyicha shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan boʻlsa, ularni alohida koʻrsatgan holda maʼlumot taqdim etadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vositachilik haqlari, tariflar va kredit olish hamda unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa toʻlovlarning batafsil roʻyxati va miqdorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda isteʼmolchining javobgarligi va tavakkalchiliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyuvchi, kafil (kafolat beruvchi) va kredit shartnomasining tarafi hisoblangan boshqa shaxsning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkiloti hamda isteʼmolchining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan, muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni undirish jarayonida isteʼmolchining huquqlari, shuningdek, kredit tashkiloti moliyaviy xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻzda tutilgan taraflarning javobgarligi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi tomonidan kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish, kreditni taqdim etish va undan foydalanish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning toʻliq roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit taʼminotiga qabul qilinadigan garov turlari (agar garov talab qilinsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kredit tashkiloti isteʼmolchi kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligi bilan bogʻliq tavakkalchiliklar toʻgʻrisida, shu jumladan, isteʼmolchiga nisbatan majburiyatlarni buzganligi uchun qoʻllaniladigan neustoyka (jarima, penya) va ularning natijasida isteʼmolchining harajatlari summasi oshishi ehtimoli toʻgʻrisida axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kredit tashkiloti soʻroviga javoban isteʼmolchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar tuzilayotgan kredit shartnomasining shartlariga taʼsir koʻrsatishi mumkinligi haqida isteʼmolchi ogohlantirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Isteʼmolchi kredit olish uchun mikrokredit tashkilotiga murojaat qilganida, mikrokredit tashkiloti mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Kreditning asosiy shartlari toʻgʻrisidagi axborot varaqasini (bundan buyon matnda Axborot varaqasi deb yuritiladi) isteʼmolchi bilan birgalikda toʻldiradi va isteʼmolchiga bepul tarzda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot varaqasi kredit olish uchun buyurtmanoma hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kredit tashkilotining isteʼmolchi bilan munosabatlarni tashkil etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Kredit tashkiloti tomonidan isteʼmolchi bilan munosabatlarni amalga oshirishning asosiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Isteʼmolchida kredit tashkiloti xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha taraflarning oʻzaro munosabatlari yuzasidan savollar yuzaga kelganda, kredit tashkiloti isteʼmolchiga ushbu savollarning mohiyati boʻyicha asosli javob va boshqa tegishli tushuntirishlar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kredit tashkiloti isteʼmolchilarga qarz toʻlashdan boʻyin tovlash va (yoki) uni toʻlamaganlik uchun javobgarlikdan qochishning usul va yoʻllarini qoʻllash, shuningdek, boshqa shunga oʻxshash masalalar yuzasidan (shu jumladan, boshqa moliya tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha ham) maslahat berish bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kredit tashkiloti faoliyatida insofsiz xizmat koʻrsatish amaliyotlarining qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi boshqa kredit tashkiloti bilan shartnoma tuzishiga toʻsqinlik qilish maqsadida kredit tashkiloti tomonidan kredit byurosiga va (yoki) boshqa tashkilotlarga notoʻgʻri axborot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi uchun maqbul shartlarda rasmiylashtirilgan boshlangʻich qarzni qaytarish maqsadida uni boshqa kredit shartnomasini tuzishga ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning qarzi miqdorini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirganligi uchun kredit tashkiloti xodimlarini mukofotlash va ragʻbatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Isteʼmolchilarga kreditlar boʻyicha xizmat koʻrsatayotganda kredit tashkilotlari kreditlash javobgarligining halollik, shaffoflik, ishonchlilik, sherikchilik munosabatlari, iqtisodiy manfaatlar va imkoniyatlarni hisobga olish tamoyillariga rioya qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kredit tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit boʻyicha nominal va real foiz stavkalarni kredit berish sanasidagi eʼlon qilingan foiz stavkalari koʻrsatkichlaridan oshirmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasi tuzilgunga qadar mazkur Nizomning 18 va 19-bandlariga muvofiq axborotni isteʼmolchiga maʼlum qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasi tuzilgunga qadar qarz oluvchining toʻlovga qobiliyatliligi puxta oʻrganishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq isteʼmolchidan undirilishi taqiqlangan qoʻshimcha yigʻimlar, vositachilik haqlari va boshqa toʻlovlarni kredit shartnomasi shartlariga kiritmasligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasida shartnoma tuzilgandan keyin va mijoz tomonidan pul mablagʻlari olingunga qadar boʻlgan davrda isteʼmolchining kredit olishdan bepul asosda voz kechish huquqini nazarda tutishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasida jarima sanksiyalarini undirmagan holda istalgan vaqtda isteʼmolchining kreditni muddatidan oldin soʻndirish huquqini nazarda tutishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit qarzdorligi boʻyicha hisoblangan foizlar, vositachilik haqi va neustoykalarning (penya, jarimalar) eng koʻp umumiy summasi qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshib ketmasligini nazorat qilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasining shartlariga qarz oluvchining huquqlari cheklanishiga va/yoki majburiyatlari oshirilishiga olib keluvchi oʻzgartirishlarni bir tomonlama kiritilishiga yoʻl qoʻyimasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kredit tashkilotlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroqarz shartnomalari, shuningdek, lombardlar tomonidan tuzilgan kredit shartnomalari boʻyicha yillik qarz summasining yarmidan koʻp miqdorida foizlar hisoblash, komissiya undirish va neustoyka (shtraf, penya), javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit buyurtmalarini koʻrib chiqish, ssuda hisob raqamlariga xizmat koʻrsatish, kreditlar ajratish uchun toʻlovlar, shuningdek, jismoniy shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlarni muddatidan ilgari qoplash uchun neustoyka undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan qisqa muddatli mikromoliyaviy xizmatlar taʼminotiga koʻchmas turar joy mulkini garov sifatida qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar berish va kreditlar boʻyicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari olingan kreditlar boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Isteʼmolchi-jismoniy shaxs kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish shaklini oʻzi mustaqil tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kredit tashkiloti tomonidan toʻlov shakliga qarab (naqd pul bilan yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar) kredit tashkilotining xizmatlari uchun har xil narxlar (tariflar) belgilash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Isteʼmolchilarga nisbatan kredit tashkiloti tomonidan kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlari uchun toʻlovlarni faqat oʻzlarining kassalari orqali va (yoki) naqd pul shaklida toʻlash lozimligi boʻyicha talab belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Isteʼmolchi-jismoniy shaxs yashash joyidan qatʼi nazar, oʻzi tanlagan kredit tashkilotiga kredit olish uchun murojaat etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kredit tashkiloti qarz oluvchining va (yoki) garovga qoʻyuvchining sugʻurta kompaniyasi va (yoki) baholovchini tanlash huquqini cheklamasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kredit tashkiloti kredit operatsiyalarini amalga oshirishda quyidagilarga rioya etishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasida kredit mablagʻlarini berish muddati va shartlarini aniq koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasida kredit mablagʻlarini berish majburiyatini bajarmaganligi yoki oʻz vaqtida bajarmaganligi uchun kredit tashkiloti qarz oluvchi oldida kreditor sifatida oʻz javobgarligini aks ettirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kredit shartnomasiga ilova qilingan kreditni qaytarish jadvali kredit shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, kredit tashkiloti va qarz oluvchi tomonidan imzolanishi, shuningdek, qoida tariqasida kredit shartnomasi matnida ilovaga (kreditni qaytarish jadvaliga) havola boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni qarz oluvchiga haqiqatda berilgan kredit asosiy summasining qoldigʻiga nisbatan kredit shartnomasida belgilangan nominal stavka boʻyicha hisoblashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar kredit summasi qarz oluvchining hisobvaragʻiga yoki qarz oluvchi tomonidan koʻrsatilgan boshqa hisobvaraqqa oʻtkazilgan yoxud qarz oluvchiga naqd pul koʻrinishida berilgan sanadan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Kredit tashkiloti qarz oluvchiga kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortgan taqdirda, ushbu kredit boʻyicha mablagʻlar berishni toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qarz oluvchiga kredit berish toʻxtatilganligi va uning sabablari yuzasidan yozma xabarnoma yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi turi (oʻzgarmas yoki oʻzgaruvchi foiz stavkasi) hamda kreditning asosiy summasi va foizlarini toʻlash usuli (differensial yoki annuitet) tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq kredit shartnomasida nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kredit tashkiloti kredit boʻyicha qarzdorlikni undirishni kredit shartnomasida va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asoslarda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish maqsadida kredit tashkiloti qarzdorlikni soʻndirish zarurligi va kredit boʻyicha majburiyatlar bajarilmasligining oqibatlari haqida tegishli tarzda qarzdorni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdorlik toʻgʻrisidagi xabarnoma asosiy qarz summasi, hisoblangan foizlar, vositachilik haqi, neustoyka (penya, jarima), boshqa toʻlovlar (agar mavjud boʻlsa) koʻrsatilganda, ushbu xabarnoma qarzdorlik miqdori toʻgʻrisida qarzdor uchun qisqacha axborotni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. Xabarnomani mahalliy vaqt bilan soat 20-00 dan 8-00 gacha qoʻlga topshirish va u haqda telefon vositalari orqali ogʻzaki eslatmalar qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Qarzdordan kreditning joriy toʻlovi uchun kreditni qaytarish jadvalida belgilangan summaga nisbatan koʻp mablagʻ kelib tushsa, kredit tashkiloti kelib tushgan mablagʻning ortiqcha qismini qarz oluvchining kreditining (qarzning) asosiy qarzini soʻndirishga yoʻnaltiradi hamda kredit (qarz) summasini qayta hisoblaydi, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kreditni qaytarish jadvali rasmiylashtirilgandan soʻng kredit boʻyicha moliyalashtirishni boshlash muddatlari yoki shartnomada koʻzda tutilgan oʻzgaruvchan foiz stavkasi oʻzgarishi, kredit shartnomasining shartlari tomonlar oʻrtasida qayta koʻrib chiqilishi (shu jumladan, kreditning restrukturizatsiya qilinishi), qarz oluvchi tomonidan kredit qisman muddatidan oldin soʻndirilishi munosabati bilan kredit boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish sanalari va muddatlari yoki oraliq kredit toʻlovlarining miqdorlari oʻzgarganda kredit tashkiloti kreditni qaytarish jadvalini yangidan rasmiylashtirishi va qarz oluvchiga taqdim qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kreditni qaytarish jadvali yangidan rasmiylashtirilishi bilan undan oldin mavjud boʻlgan kreditni qaytarish jadvali oʻz kuchini yoʻqotadi. Ushbu qoida kredit shartnomasida qayd etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mikrokredit tashkiloti qarz oluvchi tomonidan shartnomaga asosan kredit (qarz) boʻyicha qarzdorlik summasini toʻlash majburiyati toʻliq bajarilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmagan holda mazkur qarz boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovda turgan mulkni taqiqdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovda boʻlgan mol-mulkka nisbatan kredit tashkilotining huquqlari toʻgʻrisidagi yozuvni garov reyestridan chiqarish choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha minimal talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Kredit tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan xizmat koʻrsatish joylarida oshkor etiladigan axborotdan barcha isteʼmolchilar butun ish vaqti davomida foydalana olishlariga imkon yaratib berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot isteʼmolchilar uchun qulay va moneliksiz tanishish imkonini beradigan tarzda joylashtirilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar bilan bevosita ishlovchi kredit tashkiloti xodimlarini (bundan buyon matnda administratorlar deb yuritiladi) isteʼmolchilar koʻra oladigan, xodimning familiyasi, ismi va lavozimi qayd etilgan vizual identifikatsiya vositalariga ega boʻlishlarini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkiloti xizmatlarini koʻrsatish uchun moʻljallangan joyida isteʼmolchilar va nogironligi boʻlgan hamda imkoniyati cheklangan isteʼmolchilar bilan shartnomalarni tuzish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Administratorlar mazkur Nizomda nazarda tutilgan, isteʼmolchiga beriladigan axborotning minimal hajmi sodda shaklda taqdim eta olishi, shuningdek isteʼmolchining bunday axborot qayd etilgan kredit tashkiloti hujjatlari bilan tanishishi uchun imkon yaratishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkiloti administratorlarga mazkur Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan axborotni olish, oʻrganish va yangilash imkoniyatini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qarzdorlik yuzaga kelganda kredit tashkilotlarining isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Kredit shartnomasi boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganda, kredit tashkiloti isteʼmolchi zimmasidagi qarz yuki yanada oshib ketishining oldini olish maqsadida muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan boshlab yetti kun davomida isteʼmolchi bilan kredit shartnomasida kelishilgan har qanday aloqa bogʻlash usullaridan, shu jumladan, elektron aloqa vositalaridan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullardan foydalanib, isteʼmolchiga muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganligi haqida soʻndirish jadvalini ilova qilgan holda xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Kredit tashkiloti qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda isteʼmol krediti shartnomasi boʻyicha isteʼmolchini muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qaytarish majburiyatlari bajarilmaganligi holati, muddati, summalari, tarkibi va oqibatlari haqida xabardor qilishi, isteʼmolchidan muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelishi sabablari haqida soʻrashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Isteʼmolchi kredit shartnomasi boʻyicha qarzning asosiy summasini qaytarish va (yoki) foizlarni toʻlash muddatlarini buzganda, kredit tashkiloti tegishli kredit shartnomasida nazarda tutilgan usulda nizoni sudgacha hal qilish yuzasidan oʻz talabnomasini isteʼmolchiga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Kredit tashkiloti yoʻllaydigan talabnomada quyidagi axborot koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkiloti nomi va uni identifikatsiyalash uchun yetarli maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma rasmiylashtirilgan sanadagi isteʼmolchining kredit qarzi miqdori va tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzni toʻlash usuli (usullari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi oʻz majburiyatlarini bajarishi lozim boʻlgan muddat (oʻn kundan kam boʻlmasligi lozim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomada koʻrsatilgan muddatgacha isteʼmolchi oʻz majburiyatlarini bajarmasligi oqibatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizoni sudgacha hal qilish usullari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Kredit tashkiloti va isteʼmolchi taraflarning oʻzaro roziligiga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan nizoni sudgacha hal qilish usullarini, shu jumladan, muzokaralar oʻtkazish orqali, qoʻllashga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Isteʼmolchi nizoni sudgacha hal qilish yuzasidan talabnomada belgilangan muddatda koʻrsatilgan talablarni lozim darajada bajarmaganda, kredit tashkiloti sudga daʼvo bilan murojaat etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Kredit tashkiloti isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibiga ega boʻlishi kerak. Bunda, isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi mazkur Nizomga va qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Kredit tashkiloti tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kredit tashkilotining stendlarida va rasmiy veb-saytida (mavjud bulsa) joylashtirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Isteʼmolchining talabiga muvofiq kredit tashkiloti isteʼmolchiga murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini tushuntirib berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkiloti murojaatlarni oʻz vaqtida va xolisona koʻrib chiqilishini taʼminlaydi hamda uning natijalari boʻyicha murojaat etuvchilarni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Kredit tashkiloti isteʼmolchining murojaat qilish huquqini cheklashga haqli emas. Kredit tashkiloti tomonidan isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkiloti tomonidan murojaatni qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Kredit tashkiloti oʻzining rasmiy veb-sayti (mavjud boʻlsa) orqali isteʼmolchilarning elektron murojaatlarini qabul qilishni tashkillashtirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Isteʼmolchilarning barcha yozma va elektron murojaatlari oʻsha kunning oʻzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa, keyingi ish kunida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Isteʼmolchilarning murojaatlari kredit tashkilotiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi va yozma yoki elektron shaklda javob berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Quyidagi murojaatlar koʻrib chiqilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anonim murojaatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar koʻrmay qoldirilganligi toʻgʻrisida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Telefon orqali murojaat etilganda, ushbu murojaatni keyinchalik koʻrib chiqishda foydalanish maqsadida isteʼmolchini oldindan xabar qilgan holda suhbat maxsus (audio) texnika vositalari orqali yozib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Kredit tashkiloti xodimining harakati yoki harakatsizligi ustidan kelib tushgan murojaat, shu xodimning oʻziga koʻrib chiqish uchun topshirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Isteʼmolchining murojaati asosli deb topilgan hollarda, kredit tashkiloti kamchiliklarni bartaraf etish, isteʼmolchining qonuniy manfaatlari va huquqlarini tiklash yuzasidan tegishli choralarni koʻrishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Kredit tashkiloti muntazam ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning murojaatlarini monitoring qiladi, unda qayd etilgan masalalarni hamda murojaatlar dinamikasini tahlil etadi, umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida kredit tashkiloti faoliyatida bunday kamchiliklar takrorlanmasligini taʼminlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 27-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kreditning asosiy shartlari toʻgʻrisidagi axborot varaqasi*


Mikrokredit tashkilotining nomi

Mazkur varaqa kim tomondan toʻldirilgan
(F.I.O. va mikrokredit tashkiloti mutaxassisining lavozimi)

Toʻldirilgan sana

I boʻlim. Kredit boʻyicha maʼlumotlar

1. Kreditning maqsadi (turi)

2. Ajratiladigan kreditning valyuta turi

3. Kreditning miqdori

4. Kreditning muddati

5. Kreditning foiz stavkasi
(nominal miqdorda)

_______________
(foiz koʻrinishida)

_______________________
(kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida)

6. Kreditning toʻliq qiymati
(nominal foiz stavkasini va kreditga xizmat koʻrsatish xarajatlarini oʻz ichiga oladi)

7. Toʻlovlarning davriyligi
(har oyda, har chorakda va boshqalar)

8. Kreditni soʻndirish usuli
(annuitet usulida (teng miqdorlarda), kreditning qoldiq summasidan kamayib borish usulida va boshqalar)

9. toʻlovlarning davrida bir martalik toʻlovning summasi

_______________________
(annuitet usulida)

10. Kredit bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar, jumladan:

__________________________________
(kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida, jami)

Turlari boʻyicha mikrokredit tashkilotining komissiya va yigʻimlari
(alohida koʻrsatilsin)

__________________________________
(kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida)

uchinchi shaxslar xizmati (alohida koʻrsatilsin)

__________________________________
(kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida)

Kredit olishga rozi boʻlishdan oldin diqqat bilan oʻrganib chiqing!

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mazkur varaqa kredit shartnomasi yoki kredit olish uchun buyurtmanoma oʻrnini bosmaydi, aksincha turli mikrokredit tashkilotlarning kreditlash shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

II boʻlim. Boshqa muhim shartlar

1. Kredit shartnomasi shartlari buzilganligi uchun neustoyka

_________________________________
(foiz yoki qatiy belgilangan summa koʻrsatiladi, shuningdek neustoyka hisoblash uchun asos boʻluvchi shartnoma shartlari keltiriladi)

2. Kredit boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi uchun kredit summasidan toʻlanadigan oshirilgan foiz stavkasi miqdori
(agar bunday shart mavjud boʻlsa)

_________________
(foizda)

3. Kreditning taʼminoti
(taʼminot predmetiga qoʻyiladigan minimal talablar, garovning minimal qiymati)

Ma�kur axborot varaqasining I va II boʻlimlarida keltirilgan maʼlumotlar yakuniy hisoblanmaydi va kredit shartnomasida oʻzgartirilishi mumkin.

III boʻlim. Kredit olish uchun taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati

1.

2.

...

IV boʻlim. Boʻlajak qarz oluvchi sifatida Sizning huquqlaringiz

1. Siz mikrokredit tashkilotni va ularning xizmatlarini tanlashda erkinsiz.

2. Siz kredit shartnomasi yoki boshqa shartnoma va bitimlarni imzolashdan bosh tortishga haqlisiz.

3. Siz kredit shartnomasi tuzishda shartnomani davlat tilida rasmiylashtirilishini talab qilish huquqiga egasiz.

4. Siz kredit shartnomasi loyihasini mikrokredit tashkiloti tashqarisida tanishib chiqish va maslahatlashish uchun olishga haqlisiz.

5. Siz kreditning shartlari va qiymati toʻgʻrisida, toʻlovlar va hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida (foizlar, jarima va penyalar), kredit shartnomasi boʻyicha Sizning huquqlaringiz va majburiyatlaringiz toʻgʻrisida, kredit shartnomasi boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlar va javobgarliklar toʻgʻrisida, shuningdek Sizga tushunarsiz boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan mikrokredit tashkilotidan toʻliq va batafsil maʼlumot olishga haqlisiz.

6. Kredit shartnomasi imzolanganidan keyin, biroq pul mablagʻlari haqiqatda olingunga qadar Siz kredit olishdan biron-bir toʻlovlarsiz voz kechish huquqiga egasiz. Mikrokredit tashkiloti xodimlari haq evaziga kredit olish yuzasidan koʻmaklashishga haqli emas.

Agar Sizda shikoyatlar mavjud boʻlsa, u holda Siz murojaatingizni (telefon ra�ami koʻrsatiladi) raqamli telefonga yoki (mikrokredit tashkilotining pochta manzili koʻrsatiladi) manzilga yoki (mikrokredit tashkilotining elektron pochtasi manzili koʻrsatiladi) elektron manzilga joʻnatishingiz mumkin.

Axborot varaqasining toʻgʻriligi va haqiqiyligi tasdiqlanadi.

_______________________________________________________
(F.I.O. va mikrokredit tashkiloti
mutaxassisining lavozimi)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3262/1091-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)