Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash va tranzit yoʻllarining jozibadorligini oshirish hamda Tojikiston Respublikasining avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali oʻtishi uchun yigʻimlar stavkalarini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qarori bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga Yigʻimlar va ajratmalar stavkalari I boʻlimining 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
2. |
Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va u orkali tranziti uchun yigimlar |
||
|
10 tonnagacha |
100 |
|||
|
10 tonnadan 20 tonnagacha |
150 |
|||
|
20 tonnadan yuqori |
200 |
”. |
2. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat kilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-sentabr,
PQ-3949-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 07/20/3949/0968-son)