Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqidagi buyrugʻi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2363-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 1-maydagi 72-son “Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2363, 2012-yil 14-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 222-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 28-yanvardagi 24-son “Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2363-1, 2019-yil 27-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 10/19/2363-1/2683-son).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P.R. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-iyun,
198-son
Kelishilgan:
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
2020-yil 8-iyun
Bosh prokuror N. YOʻLDOShEV
2020-yil 8-iyun
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
2020-yil 8-iyun
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2020-y., 10/20/2363-2/1080-son)