1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”ni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3259]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 28-maydagi 24-son buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq yuridik shaxslarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) mulk huquqida tegishli boʻlgan tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobini yuritish va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Standart moliyaviy instrumentlar hisobini yuritishga nisbatan tadbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar tovar-moddiy zaxiralar hisobining asosiy qoidalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tan olish paytini aniqlash, tasniflash, balans qiymatini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniqlash, kelgusida xarajatlarni, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini xarajat sifatida tan olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralar qiymatini realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar kamaytirish (baholash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash hamda moliyaviy hisobotda ular boʻyicha axborotni yoritib berish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralar — faoliyat yuritish jarayonida keyinchalik sotish maqsadida saqlab turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida boʻlgan, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish jarayonida yoxud maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
realizatsiya qilishning sof qiymati — tovar-moddiy zaxiralarni maqsadiga koʻra ishlatiladigan holatga keltirish va realizatsiya qilish boʻyicha baholangan xarajatlar chegirilgan holda joriy qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy qiymat — maʼlum bir sanada amalda boʻlgan bozor narxlari boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarning qiymati yoki bir-biridan mustaqil, xabardor va bunday bitimni amalga oshirishni xohlovchi taraflar oʻrtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatni bajarish uchun yetarli boʻlgan summa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita xarajatlar — alohida turdagi tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan hamda ularning birligi tannarxiga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladigan ishlab chiqarish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bilvosita xarajatlar — bir necha turdagi tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish xarajatlari boʻlib, ularni muayyan tovar-moddiy zaxiralar birliklari tannarxiga bevosita kiritib boʻlmaydi, buning oqibatida ular xarajatlar obyektlari va ularning birliklari tannarxi oʻrtasida hisob-kitob yoʻli bilan taqsimlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlinish nuqtasi — birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda alohida turdagi mahsulotlar aniq identifikatsiya qilinadigan ishlab chiqarish jarayonining muayyan payti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tara — mahsulotlarni (tovarlarni) saqlash, oʻrash va transportda tashish uchun ishlatiladigan buyumni ifoda etuvchi moddiy obyekt.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish, ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish, maʼmuriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan xom ashyo va materiallar, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilgʻi, tara va tarabop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va xoʻjalik jihozlari, boshqa materiallar zaxiralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsizga chiqarilgan katta yoshdagi chorva mollari, sotish uchun chetdan qabul qilingan chorva mollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mexanizm qismlari, qurilmalar, buyumlarga tugallanmagan ishlov berilishi va ularning yigʻilishi hamda tugallanmagan texnologik jarayonlar koʻrinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Xizmatlar koʻrsatuvchi va ishlar bajaruvchi tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarishning qiymati sifatida qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tegishli daromad sifatida tan olinmagan tugallanmagan xizmatlar (ishlar) boʻyicha xarajatlardan tashkil topadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot (realizatsiya qilish uchun moʻljallangan va shartnomada yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda boshqa hujjatlarning talablarida nazarda tutilgan texnik va sifat tavsiflariga muvofiq keladigan ishlov berilishi (butlanishi) tugallangan aktiv);
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan xarid qilingan (olingan) va tashkilotning odatiy faoliyati davomida qoʻshimcha ishlov berishsiz sotish yoki qayta sotish uchun moʻljallangan tovarlar. Bunda uzoq muddatli aktivlar obyektlari (binolar, inshootlar, transport vositalari, mulkiy (mutlaq) huquqlar va boshqalar) ham keyinchalik sotish yoki qayta sotish maqsadida xarid qilingan hollarda tovar boʻlib hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibiga quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan aktivlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat muddati bir yildan oshmaydigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat muddatidan qatʼi nazar xarid qilish paytida qiymati bir birlik (komplekt) uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda boʻlgan aktivlar. Tashkilot rahbari hisob siyosatida aktivlarni inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibida hisobga olish uchun qiymatining bundan past chegarasini belgilash huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xizmat muddati hamda qiymatidan qatʼi nazar inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni seriyali va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun moʻljallangan maqsadli asboblar va moslamalar). Bunda maxsus asboblar va moslamalar tarkibiga asbob-uskunalar, shtamplar, press-shakllar, prokat oʻtkazuvchi vallar, moslama uskunalari modellari, opoklar, andozalar va boshqa turli maxsus asboblar va moslamalar kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal. Maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal tarkibiga saqlovchi moslamalar, kombinezonlar, kostumlar, kurtkalar, shimlar, xalatlar, jun poʻstinlar, har xil poyabzallar, qoʻlqoplar, koʻzoynaklar, respiratorlar, boshqa turli maxsus va sanitariya kiyimlari hamda maxsus poyabzal kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrpa-toʻshaklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kanselyariya ashyolari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va hokazo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oshxona inventari, shuningdek, oshxona choyshablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish muddati bir yildan kam boʻlgan almashtiriladigan uskunalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovlash qurollari (trallar, yoyma toʻrlar, toʻrlar, jihozlar va hokazo).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobining birligi zaxiralar toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni shakllantirish hamda ularning mavjudligi va harakati ustidan lozim darajada nazoratni taʼminlash maqsadida tashkilot tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Tovar-moddiy zaxiralarning xususiyatlari, ularni xarid qilish va ulardan foydalanish tartibidan kelib chiqib tovar-moddiy zaxiralarning birligi nomenklatura raqami, partiya, bir turdagi guruh va hokazo boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tovar-moddiy zaxiralarni tan olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tovar-moddiy zaxiralar aktiv sifatida tan olinadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotga aktiv bilan bogʻliq kelgusidagi iqtisodiy naf kelishiga ishonch mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktiv qiymatini ishonchli baholash mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga boʻlgan mulk huquqi oʻtsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tovar-moddiy zaxiralarga boʻlgan mulk huquqi, ular bilan bogʻliq tavakkalchilik va mukofotlarning oʻtish payti mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartlari kelishiladigan mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mulk huquqi tashkilotga tegishli boʻlmagan, biroq shartnoma shartlariga muvofiq uning ixtiyorida boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar balansdan tashqari schetlarda shartnomada nazarda tutilgan baho boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga quyidagilar natijasida kiritilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi boʻyicha xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsischilardan tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanayotganda tashkilotning ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan taʼsis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bepul kelib tushish (hadya shartnomasi boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayirboshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddatli aktivlar tarkibidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari berilgan tovar qarzining qaytarilishi yoki tovar qarzini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning oʻzida tayyorlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davri oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida hisobga olinadigan ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralarga boʻlgan mulk huquqi olinishiga olib keladigan boshqa operatsiyalar va hodisalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tovar-moddiy zaxiralarni baholash quyidagi ikkita qiymatlardan eng pasti boʻyicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balans tuzilayotgan sanadagi tannarx (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balans tuzilayotgan sanadagi realizatsiya qilishning sof qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Buxgalteriya hisobida tovar-moddiy zaxiralarning tegishli tarzda tan olingan tannarxi qonunchilik hujjatlari va mazkur Standart bilan belgilangan hollardan boshqa holatlarda oʻzgartirilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga tannarxi boʻyicha kiritiladi hamda ular xarid qiymatini (yetkazib beruvchiga toʻlanadigan summa) va xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona bojlari va yigʻimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan soliq va yigʻimlar summalari (agar ular qoplanmasa (hisobga olishga qabul qilinmasa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralar taʼminotchi va vositachi tashkilotlar orqali xarid qilinganda ularga toʻlanadigan toʻlovlar (vositachilik haqi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan tovar-moddiy zaxiralarni sertifikatlash va ularni texnik shartlarga muvofiq sinash boʻyicha xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni ayni paytdagi joylashish yoki foydalanish joyiga yetkazib berish boʻyicha transport-tayyorlov xarajatlari. Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari va tovar-moddiy zaxiralarni barcha turdagi transport bilan ularni ayni paytdagi joylashish yoki foydalanish joyiga transportda tashish uchun (fraxt) toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha xarajatlar, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralarni transportda tashishda xatarlarni sugʻurtalash boʻyicha xarajatlardan tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan va ularning tannarxiga boshqa xarajatlar ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Shartnomaga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar chegirma bilan xarid qilinganda, ular mazkur bandda nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xaridor tomonidan tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish sanasida foydalanilgan chegirmalar, agar tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlari mavjud boʻlganda, ular xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralari qiymatini kamaytirishga olib boriladi (sotib olish xarajatlari tarkibiga kiritilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralari qabul qilingan sanadan soʻng ularni xarid qilish boʻyicha shartnoma shartlarini bajarish natijasida yuzaga kelgan (olingan) chegirmalar, tashkilotning moliyaviy natijalariga olib boriladi va sotib olingan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini kamaytirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha tovar-moddiy zaxiralar bepul olinganda, agar tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlari mavjud boʻlganda, sotib olingan tovar-moddiy zaxiralar qiymati barcha olingan tovar-moddiy zaxiralar miqdoriga (bepul olingan tovar-moddiy zaxiralarini ham hisobga olgan holda) taqsimlash orqali ularning tannarxi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avval yetkazib berilgan tovar-moddiy zaxiralar hisobidan qoʻshimcha tovar-moddiy zaxiralar bepul olinganda, mazkur bandda belgilangan tartibda hisoblab chiqarilgan qoʻshimcha olingan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi hisobot davrining moliyaviy natijalariga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda tovar-moddiy zaxiralarini sotib olish paytida avvalgi xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarini hisobga olgan holda qoʻshimcha tovar-moddiy zaxiralari bepul olinganda, avval xarid qilingan va oxirgi xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralariga toʻgʻri keladigan qoʻshimcha bepul olingan tovar-moddiy zaxirlari ulushlari aniqlanadi. Bunda oxirgi xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralari qiymati ularga toʻgʻri keladigan qoʻshimcha bepul olingan tovar-moddiy zaxiralari ulushini hisobga olgan holda kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralar uchun haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, oʻtkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni chet el valyutasiga xarid qilishda uni ayirboshlash boʻyicha komissiya va boshqa bank xizmatlari), tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish boʻyicha shartnomalarni tayyorlash, roʻyxatdan oʻtkazish va yopish bilan bogʻliq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan boshqa xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritilmaydi hamda ular yuzaga kelgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tovar-moddiy zaxiralar qarz mablagʻlari hisobiga xarid qilinganda yoki ishlab chiqilganda qarzdan foydalanganlik uchun foizlar koʻrinishidagi xarajatlar qarz mablagʻlari hisobidan toʻliq yoki qisman sotib olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish boʻyicha xarajatlar ularning yuzaga kelishini tasdiqlovchi boshlangʻich hujjatlar asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar shartnoma shartlarida xarid qilinadigan tovar-moddiy zaxiralar uchun toʻlovni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, ular buxgalteriya hisobiga toʻlovni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash taqdim etilmasdan sotiladigan qiymat boʻyicha kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tovar-moddiy zaxiralarning toʻlovni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash taqdim etilmasdan sotiladigan qiymati bilan sotib olinayotgan tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha umumiy toʻlov summasi oʻrtasidagi farq toʻlovni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash davri mobaynida joriy toʻlovning kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha toʻlovlarning umumiy summasidagi salmogʻidan kelib chiqib moliyaviy xarajatlar (foizlar boʻyicha xarajatlar) sifatida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tovar-moddiy zaxiralarga qoʻshimcha ishlov berish va ularni foydalanishga yaroqli holga keltirish boʻyicha ishlar bilan bogʻliq xarajatlar tashkilotning mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan navlarga ajratish, oʻrab-joylash va ularni tovar koʻrinishiga keltirish boʻyicha xarajatlarini oʻz ichiga oladi. Yaroqli holga keltirish boʻyicha ishlar bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tashkilotning transport-tayyorlov xarajatlari quyidagi usullardan biri boʻyicha hisobga olinadi yoki xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralar qiymatiga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) transport-tayyorlov xarajatlarini tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga bevosita (toʻgʻridan-toʻgʻri) kiritish (shartnoma narxiga qoʻshish, ustav kapitaliga kiritilgan ulushning pul bahosiga qoʻshish, tekinga olinganlarning joriy qiymatiga qoʻshish va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport-tayyorlov xarajatlarini tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga bevosita (toʻgʻridan-toʻgʻri) kiritish usuli nomenklaturasi koʻp boʻlmagan tovar-moddiy zaxiralarga ega boʻlgan tashkilotlarda, shuningdek, tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlari va guruhlarining qiymati muhim ahamiyatga ega boʻlgan hollarda qoʻllanilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yetkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlariga binoan transport-tayyorlov xarajatlarini “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” sintetik schetida aks ettirish va keyinchalik ularni materiallar turi boʻyicha tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga yoki ishlatilishiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga yoxud davr xarajatlariga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport-tayyorlov xarajatlarining summasi alohida yigʻiladi va tovar-moddiy zaxiralarning tegishli nomlari (ushbu transport-tayyorlov xarajatlari olib boriladigan partiyalar, guruhlar) oʻrtasida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida yigʻiladigan transport-tayyorlov xarajatlari summasi tashkilotning hisob siyosatida belgilangan davrga bogʻliq holda davr oxiridagi tovar-moddiy zaxiralar qoldigʻi summasi va ushbu davrda chiqib ketgan (ishlatilgan, sotilgan, bepul berilgan va boshqalar) tovar-moddiy zaxiralar summasi oʻrtasida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralarga tegishli boʻlgan transport-tayyorlov xarajatlar summasi chiqib ketgan tovar-moddiy zaxiralar qiymatidan transport-tayyorlov xarajatlarning oʻrtacha foizini hisoblash orqali aniqlanib, ushbu tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishi aks ettirilgan buxgalteriya hisobi schetlari bilan bogʻlangan schetlarida aks ettiriladi. Transport-tayyorlov xarajatlarning oʻrtacha foizi davr boshidagi transport-tayyorlov xarajatlar qoldigʻi va davr ichida qilingan transport-tayyorlov xarajatlar summalarini davr boshidagi tovar-moddiy zaxiralar qoldigʻi va davr ichida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar summasiga boʻlish bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport-tayyorlov xarajatlarini hisobga olishning qoʻllaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi qoplanadigan (hisobga olishga qabul qilinadigan) soliqlarni chegirgan holda shartnomaga yoki ularning xarid qilinganligi, ishlar bajarilganligi, xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq yetkazib beruvchiga (sotuvchiga) toʻlanadigan summa hamda unga mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoʻshgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan tegishli xarajatlarni qoʻshgan holda, ularning xarid qilinganligini tasdiqlovchi boshlangʻich hisob hujjatlarida (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki bojxona yuk deklaratsiyasida) koʻrsatilgan qiymatidan kelib chiqib, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan soʻmda belgilanadi, bundan toʻlangan boʻnak summasi mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tovar-moddiy zaxiralar toʻliq yoki qisman oldindan chet el valyutasida toʻlangan boʻnak hisobiga xarid qilinganda, ularning qiymatining ushbu boʻnak miqdoriga teng summasi boʻnak toʻlangan sanadagi Markaziy bank kursida tan olinadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 30-yanvardagi 228-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3607, 11.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2025-y., 10/25/3607/0125-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, agar qonunchilik hujjatlarida boshqa tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tashkilot taʼsischilari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan qiymat asosida aniqlanadi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tashkilot tomonidan tovar-moddiy zaxiralar ustav kapitaliga ulush sifatida olinayotganda mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan xarajatlar mavjud boʻlsa, tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ushbu xarajatlar summasiga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Taʼsischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanayotganda tashkilotning ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan taʼsis ulushi qaytarilishidan kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, agar qonunchilik hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan boʻlsa, tashkilot taʼsischilari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan ularning pulda ifodalangan bahosida aniqlanadi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tashkilot tomonidan tovar-moddiy zaxiralar taʼsischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanishida tashkilotning ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan taʼsis ulushi qaytarilishida olinayotganda mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan xarajatlar mavjud boʻlsa, tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ushbu xarajatlar summasiga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olinayotgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati boshqa tashkilotning ustav kapitalidagi taʼsis ulushi boʻyicha qarz summasidan yuqori boʻlgan hollarda, farq taʼsischilar tarkibidan chiqib ketayotgan taʼsischi tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa tashkilotning ustav kapitalidagi taʼsis ulushi boʻyicha qarz summasi olinayotgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati yuqori boʻlgan hollarda, farq berayotgan tashkilot tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tashkilot tomonidan bepul (hadya shartnomasi boʻyicha) olingan hamda asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishi natijasida olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tashkilot tomonidan tovar-moddiy zaxiralar bepul (hadya shartnomasi boʻyicha) yoki asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishi natijasida olinayotganda mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan xarajatlar amalga oshirilsa, tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ushbu xarajatlar summasiga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tovar-moddiy zaxiralar xuddi shunday tovar-moddiy zaxiralarga ayirboshlash yoʻli bilan olingan hollarda, ularning tannarxi berilgan tovar-moddiy zaxiralarning balans qiymatiga teng boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralar xuddi shunday boʻlmagan tovar-moddiy zaxiralarga ayirboshlash yoʻli bilan olingan hollarda, ularning tannarxi berilgan tovar-moddiy zaxiralarning joriy qiymatiga teng boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralar qoʻshimcha toʻlov bilan ayirboshlangan holatlarda olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi berilgan tovar-moddiy zaxiralarning ayirboshlanishda oʻtkazilgan (olingan) pul mablagʻlari yoki ularning ekvivalentlari summasiga oshirilgan (kamaytirilgan) joriy qiymatiga teng boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni (toʻlovni) pul koʻrinishida boʻlmagan mablagʻlar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar boʻyicha olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi deb tashkilot tomonidan berilgan yoki berilishi lozim boʻlgan aktivlarning joriy qiymati yoki bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlarning joriy qiymati boʻyicha tan olinadi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot tomonidan berilgan yoki beriladigan aktivlarning qiymatini belgilash imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, majburiyatlarni (toʻlovni) pul koʻrinishida boʻlmagan mablagʻlar bilan bajarishni nazarda tutadigan shartnomalar boʻyicha tashkilot tomonidan olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi xuddi shunday tovar-moddiy zaxiralar xarid qilinadigan joriy qiymatdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tashkilot tomonidan tovar-moddiy zaxiralar ayirboshlash yoʻli bilan olinayotganda mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan xarajatlar amalga oshirilsa, ularning tannarxi ushbu xarajatlar summasiga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tashkilot tomonidan boshqa shaxslardan qayta sotish uchun xarid qilingan tovarlar xarid qiymati boʻyicha hisobga olinishi mumkin. Bunda mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan tovarlarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar ular yuzaga kelgan hisobot davrida tashkilotning davr xarajatlariga (sotish boʻyicha) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy javobgar shaxslarning faoliyati ustidan tegishlicha nazorat oʻrnatish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga ustamalarni (chegirmalarni) buxgalteriya hisobi schetlarida alohida hisobga olgan holda, xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarni hisobda sotish qiymati boʻyicha aks ettirilishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishning qoʻllaniladigan tartibi tashkilotning hisob siyosatida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Uzoq muddatli aktivlar tarkibidan tovar-moddiy zaxiralar tarkibiga oʻtkazilgan aktivlarning tannarxi ushbu uzoq muddatli aktivlarning balans (qoldiq) qiymati boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarining tannarxi ular aniqlangan sanadagi joriy qiymatdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bitta umumiy summaga xarid qilingan barcha tovar-moddiy zaxiralardan har birining tannarxi ushbu summani alohida tovar-moddiy zaxiraning joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tashkilotda ishlab chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tashkilotning oʻzi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi sifatida ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish sifatidagi xarajatlar kiritiladi. Bunda ushbu xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga koʻra quyidagi elementlar boʻyicha guruhlarga ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqindilar qiymati chiqarib tashlangan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishga moʻljallangan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Realizatsiya xarajatlari, tashkilotni boshqarish boʻyicha umumiy xarajatlar (maʼmuriy xarajatlar), boshqa operatsion xarajatlar, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar va favqulodda zararlar mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxini aniqlash usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tovar-moddiy zaxiralar (mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlash usullari ularning turi, ishlab chiqarish turi, uning murakkabligi, tugallanmagan ishlab chiqarishning mavjudligi, ishlab chiqarishning davomiyligi, tovar-moddiy zaxiralar nomenklaturasiga bogʻliqdir. Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari boʻlib oddiy, meʼyoriy, buyurtmali, bosqichli usullar hisoblanadi, savdo tashkilotlarida esa xarajatlarni inventar baholash usuli qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tannarxni aniqlashning oddiy usuli bir turdagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaradigan hamda yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishga ega boʻlmagan tashkilotlarda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu usul qoʻllanilganda hisobot davridagi barcha ishlab chiqarish xarajatlari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari summasini ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birliklarining umumiy miqdoriga boʻlish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tannarxni aniqlashning meʼyoriy usuli xom ashyo, materiallar, mehnat va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishning belgilangan meʼyorlari boʻyicha xarajatlarni hisobga olishga asoslangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meʼyorlar vaqti-vaqti bilan tahlil qilinib turiladi va zarur hollarda joriy shart-sharoitlarga muvofiq qaytadan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tannarxni aniqlashning buyurtmali usuli yakka tartibdagi va koʻp seriyali boʻlmagan ishlab chiqarishga ega boʻlgan tashkilotlarda qoʻllanadi, bunda ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotga (ishga, xizmatga) (bir xildagi mahsulotlar guruhiga) doir alohida buyurtmalar boʻyicha identifikatsiyalanadi va hisobga olinadi. Buyurtmaning obyekti boʻlib mahsulot (ish, xizmat), bir xildagi mahsulot (ish, xizmat)ning mayda turkumlari yoki taʼmirlash, montaj va eksperimental ishlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etadigan yirik mahsulotlarni tayyorlashda buyurtmalar yaxlit mahsulotga emas, balki uning tugallangan konstruksiyalarga ega boʻlgan alohida agregatlari, uzellariga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tannarxni aniqlashning ushbu usulida barcha xarajatlar buyurtmaning yakunlanishiga qadar toʻlaligicha tugallanmagan ishlab chiqarish deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtma birligining tannarxi uning bajarilishi (mahsulot ishlab chiqarilishi, ishlar bajarilishi yoki xizmatlar koʻrsatilishi) tugallangandan keyin aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtma boʻyicha xarajatlarning butun summasi uning tannarxini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu buyurtma bir xildagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) turkumidan iborat boʻlsa, mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi mazkur buyurtma boʻyicha xarajatlar summasini mahsulot birliklari miqdoriga boʻlish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmalar qisman bajarilib, ular buyurtmachilarga topshirilganda qisman ishlab chiqarish tannarxi ularning konstruksiyalari, texnologiyalari, ishlab chiqarish shart-sharoitlaridagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda ilgari bajarilgan buyurtmalarning tannarxi boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tannarxni aniqlashning bosqichli usuli boshlangʻich xom ashyo va materiallar ishlab chiqarish jarayonida bir qator bosqich, faza, pogʻonalardan oʻtadigan tashkilotlarda qoʻllanadi. Ushbu usulda avval barcha mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxi, soʻngra uning birligi tannarxi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichli usul tashkilotning tarmoqqa mansubligiga bogʻliq holda yarim tayyor mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz turlarda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yarim tayyor mahsulotli turda har bir bosqich boʻyicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hisoblab chiqariladi hamda u avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar, xizmatlar) tannarxi va mazkur bosqich boʻyicha xarajatlardan iborat boʻladi. Oxirgi bosqich mahsulotining tannarxi barcha tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yarim tayyor mahsulotsiz turda faqat oxirgi bosqich boʻyicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hisoblab chiqariladi. Bunda xarajatlar avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar, xizmatlar) tannarxini hisobga olmasdan, har bir bosqich boʻyicha alohida hisobga olinadi. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga barcha alohida bosqichlar boʻyicha uni ishlab chiqarish xarajatlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bir texnologik jarayonda bitta xom ashyo va materiallardan turli xildagi, ulardan har biri oʻzining sotish narxiga ega boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) bir vaqtning oʻzida ishlab chiqarilganda ushbu turdagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va sotish qiymati asosiy mahsulotga (ishlarga, xizmatlarga) qaraganda oʻta past boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) qoʻshimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni (ishlarning, xizmatlarning) taqsimlash nuqtasiga yetgunga qadar turli xildagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifatida identifikatsiya qilish mumkin emasligi ularning qoʻshimcha mahsulotdan (ishlardan, xizmatlardan) farqi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) sotish qiymatini boʻlinish nuqtasida aniqlash mumkin boʻlgan hollarda birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) ishlab chiqarish tannarxini aniqlash maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini boʻlinish nuqtasida taqsimlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
natura koʻrsatkichlaridan foydalanish usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlinish nuqtasidagi realizatsiya qilish qiymati asosidagi usul.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Natura koʻrsatkichlaridan foydalanish usulida boʻlinish nuqtasiga qadar qilingan xarajatlar asosiy mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) har bir turiga uning natura koʻrsatkichlarida ifodalangan ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlinish nuqtasidagi realizatsiya qilish qiymati asosidagi usulda boʻlinish nuqtasiga qadar qilingan xarajatlar asosiy mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) har bir turiga uni realizatsiya qilishdan kutilayotgan tushum umumiy summasidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) alohida turlari keyingi qayta ishlov berishga oʻtkazilgan hamda boʻlinish nuqtasida ularni sotishning joriy qiymatini (realizatsiya qilish qiymatini) aniqlashning imkoni boʻlmagan hollarda ishlab chiqarish xarajatlarini boʻlinish nuqtasida birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari oʻrtasida taqsimlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
realizatsiya qilishning sof qiymati usuli. Ushbu usulda birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari boʻyicha xarajatlar ularni realizatsiya qilishning sof qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
realizatsiya qilishdan yalpi foydaning doimiy ulushi usuli. Ushbu usuldan foydalanilganda xarajatlar har bir alohida mahsulot (ishlar, xizmatlar) uchun umumiy yalpi foydaning foiz ulushi bir xil boʻlishi hamda umumiy yalpi foyda koʻrsatkichiga teng boʻlishi kerak. Yalpi foydaning foiz ulushi birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlarining umumiy tannarxini ushbu mahsulot turlarini sotishdan taxmin qilingan umumiy tushumdan chiqarib tashlab, soʻngra foyda miqdorini sotishdan taxmin qilingan umumiy tushumdan foiz koʻrinishida aks ettirish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Agar ishlab chiqarishning bir texnologik jarayonida bir vaqtning oʻzida bir qancha turdagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) chiqib, mahsulotlardan (ishlar, xizmatlar) biri yoki bir qancha turi asosiy (maqsadli) turga tegishli boʻlsa, unda qolgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari qoʻshimcha mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifatida qaralishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashda qoʻshimcha mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) joriy qiymati yoki realizatsiya qilishning sof qiymati ishlab chiqarish jarayonlarining umumiy xarajatlaridan chegiriladi, xarajatlarning qolgan qismi esa asosiy mahsulotga (ishlarga, xizmatlarga) tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) qoʻshimcha turlarini hisobga olish quyidagi usullardan biri boʻyicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqatda realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqatda ishlab chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqatda realizatsiya qilish usulida joriy davrda sotilgan asosiy mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxi qoʻshimcha mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqatda realizatsiya qilish (realizatsiya qilishning sof) summasiga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) sotilmagan zaxiralari qoldigʻi boʻlinish nuqtasidan keyin qoʻshimcha mahsulotlarni keyingi qayta ishlanishiga qilingan xarajatlar summasidan kelib chiqqan holda hisobga olinadi. Qoʻshimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) qoldigʻini haqiqatda realizatsiya qilish (realizatsiya qilishning sof) summasi qoʻshimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganda tan olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqatda ishlab chiqarish usulidan foydalanilganda asosiy mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarishda sarflangan xarajatlar ishlab chiqarilgan qoʻshimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) barcha miqdorining realizatsiya qilishning sof summasiga darhol kamaytiriladi. Sotilmagan qoʻshimcha mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) qoldigʻi realizatsiya qilishning sof qiymati boʻyicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ishlab chiqarish tarmogʻining xususiyatlaridan kelib chiqib, tovar-moddiy zaxiralar, shu jumladan qoʻshimcha mahsulotlar tannarxini aniqlashning qoʻllanadigan usullari tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Realizatsiya qilishning sof qiymati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Tovar-moddiy zaxiralar, agar realizatsiya qilishning sof qiymati ularning tannarxidan past boʻlsa, realizatsiya qilishning sof qiymati boʻyicha aks ettiriladi. Realizatsiya qilishning sof qiymati tovar-moddiy zaxiralarning har bir birligi (turi) boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Realizatsiya qilishning sof qiymatini aniqlash maqsadida davriy ravishda tovar-moddiy zaxiralari qayta baholanadi va ularning qiymati joriy qiymatga muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Tovar-moddiy zaxiralar ularning alohida birliklari tannarxini qayta baholashni oʻtkazish sanasida shakllangan oʻxshash baholanadigan tovar-moddiy zaxiralarning hujjat bilan tasdiqlangan joriy qiymatlari boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan qayta baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta baholash tashkilot tomonidan mustaqil ravishda yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilotni jalb etish orqali amalga oshiriladi.
(51-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Tovar-moddiy zaxiralar birligining joriy qiymatini hujjatli tasdiqlash uchun tashkilotning ixtiyoriga koʻra quyidagilardan foydalanish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchilar va ularning rasmiy dilerlari, tovar-xom ashyo birjalaridan yozma shaklda olingan tovar-moddiy zaxiralar oʻxshash birligining joriy qiymati (narxi) toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish sanasida (tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlganida) chet el valyutasida tovar-moddiy zaxiralar birligining tannarxi toʻgʻrisida maʼlumotlar, bunda chet el valyutalari kurslarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qayta baholashni oʻtkazish sanasi va tovar-moddiy zaxiralarning tegishli birligini xarid qilish sanasida belgilangan milliy valyutaga (soʻmga) nisbati sifatida aniqlanadigan hisob-kitob koeffitsiyenti qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlaridagi mavjud boʻlgan narxlar darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta baholashni oʻtkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda chop etilgan narxlar darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchining tovar-moddiy zaxiralar tegishli birligining joriy qiymati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Tovar-moddiy zaxiralar, agar ular shikastlangan, toʻliq yoki qisman eskirgan yoki ularni realizatsiya qilishning sof qiymati pasaygan boʻlsa, shuningdek tan olingan butlash xarajatlari, zaxiralarni tovar koʻrinishiga keltirish boʻyicha ishlar yoki moʻljallangan sotish xarajatlari oshgan boʻlsa tovar-moddiy zaxiralarning qiymati arzonlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralarni realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar tannarxdan past arzonlashtirish ularning haddan tashqari toʻplanishi va sekin aylanuvchanligi hollarida tovar-moddiy zaxiralar moliyaviy hisobotda ularni realizatsiya qilish yoki ishlatishdan kutiladigan summadan yuqori aks ettirilmasligi uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Tovar-moddiy zaxiralar odatda moddalar boʻyicha usul asosida realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar arzonlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bir turdagi yoki oʻzaro bogʻlangan tovar-moddiy zaxiralarni guruhlashdan, xususan, mahsulotning birgina assortimentiga taalluqli boʻlgan, bir xil vazifa yoki pirovardda bir xil ishlatishga ega boʻlgan, birgina geografik hududda ishlab chiqariladigan yoki birgina geografik hududdagi bozorga chiqariladigan, mahsulotning ushbu assortimentida boshqa materiallardan amalda alohida baholanishi mumkin boʻlmagan tovar-moddiy zaxiralardan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralarni muayyan tarmoq yoki birgina geografik hududdagi tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki tovar-moddiy zaxiralarga tasniflashga asoslanib arzonlashtirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo va boshqa materiallar, agar ulardan tayyorlangan mahsulot joriy qiymatda sotilsa, tannarxdan past qilib arzonlashtirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar materiallar narxining tushishi munosabati bilan tayyor mahsulot narxi pasaytirilsa, yaʼni ushbu materiallardan tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi mazkur tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning sof qiymatidan oshsa, materiallar qiymati kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, realizatsiya qilishning sof qiymatini baholashning eng ishonchlisi boʻlib ularga oʻxshash materiallarni sotib olish xarajatlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxining ushbu tovar-moddiy zaxiralarni realizatsiya qilishning sof qiymati summasidan oshadigan summasi, yaʼni qayta baholash natijasida tovar-moddiy zaxiralarning arzonlashish summasi u yuzaga kelgan hisobot davrining xarajatlariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Har bir keyingi davrda realizatsiya qilishning sof qiymatini yangidan qayta baholash oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy holatning oʻzgarganligi sababli tashkilotga tegishli boʻlgan ilgari qiymati pasaytirilgan tovar-moddiy zaxiraning realizatsiya qilishning sof qiymati oshgan holda tegishli hisobdan chiqarish summasi yangi balans qiymatini mazkur Standartning 55-bandida nazarda tutilgan tartibda quyidagi ikki qiymatning eng kamiga qadar keltirish orqali tiklanadi (tiklash dastlabki hisobdan chiqarish miqdorlari bilan cheklangan):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tannarx;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta koʻrib chiqilgan realizatsiya qilishning sof qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati chiqib ketish fakti aniqlangan paytda balansdan hisobdan chiqariladi. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning balansidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa tashkilotning ustav kapitaliga taʼsis ulushi koʻrinishida berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsischining taʼsischilar tarkibidan chiqishida yoki tugatilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning mol-mulkini uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlayotganda ilgari tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan ulushni taʼsischiga qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bepul berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayirboshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va maʼnan eskirganligi natijasida tugatish (yoʻq qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamomad, yoʻqotish yoki shikastlanish (sinish, boʻlinish) aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar qarzi koʻrinishida taqdim etish yoki ilgari olingan tovar qarzini qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) ularning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning balans qiymati va chiqib ketishi bilan bogʻliq bilvosita soliqlarni chegirish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi xarajat sifatida ular bilan bogʻliq daromad olingan hisobot davrida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqib ketish munosabati bilan tovar-moddiy zaxiralarni istalgan hisobdan chiqarish summasi va ularga doir barcha zararlar hisobdan chiqarish yuz bergan yoki zarar yetkazilgan hisobot davri mobaynida xarajat sifatida hisobga olinishi kerak. Realizatsiya qilishning sof qiymatini oshirish natijasida yuzaga keladigan, ilgari hisobdan chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini tiklash summasi oshish yuz bergan hisobot davrida xarajat sifatida tan olingan, chiqib ketgan (shu jumladan, realizatsiya qilingan) tovar-moddiy zaxiralar tannarxining pasayishi sifatida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan tovar-moddiy zaxiralar hisobi sotish qiymati boʻyicha yuritilganda sotilgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning sotish qiymati bilan ularga toʻgʻri keluvchi savdo ustamasi summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarga toʻgʻri keluvchi savdo ustamasining summasi sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning sotish qiymati (tovar aylanmasi) va savdo ustamasining oʻrtacha foizi koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo ustamasining oʻrtacha foizi hisobot davri boshidagi savdo ustamalarining qoldigʻi va hisobot davrida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha savdo ustamalari summasini hisobot davri boshida tovar-moddiy zaxiralar qoldigʻining sotish qiymati va hisobot davrida olingan tovar-moddiy zaxiralarning sotish qiymati summasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari va chiqib ketayotgan (ishlab chiqarishga berilgan) tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrtacha tortilgan qiymat boʻyicha (AVECO);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralar xarid qilingan vaqt boʻyicha dastlabki zaxiralar tannarxi boʻyicha (FIFO).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Tovar-moddiy zaxiralarning har bir guruhi (turi) boʻyicha hisobot yili mobaynida qiymatni aniqlashning faqat bir usuli qoʻllanadi. Tovar-moddiy zaxiralarning guruhi (turi) boʻyicha qiymatni aniqlash usullaridan birini qoʻllash, hisob siyosatini qoʻllashda yoʻl qoʻyilgan izchillikdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Tashkilot tomonidan alohida tartibda foydalaniladigan (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va hokazo) va bir-birining oʻrnini bosmaydigan (almashtirilmaydigan), shuningdek, maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va moʻljallangan (ishlatiladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi usuli boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur usulda oʻziga xos xarajatlar muayyan tovar-moddiy zaxiralarga olib boriladi hamda tovar-moddiy zaxiralar sotib olinganligi yoki ishlab chiqarilganligidan qatʼi nazar maxsus loyihalar uchun moʻljallangan mahsulotlar uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Oʻrtacha tortilgan qiymat (AVECO) usuli boʻyicha tovar-moddiy zaxiralar har bir birligining qiymati davr boshida aynan bir xil birliklarning oʻrtacha tortilgan qiymati va davr mobaynida xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan aynan bir xil birliklarning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralar har bir birligi qiymatini oʻrtacha tortilgan qiymat (AVECO) usuli boʻyicha aniqlash davr boshidagi tovar-moddiy zaxiralar qoldigʻining tannarxi va miqdori hamda ushbu davr mobaynida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi va miqdoridan shakllanadigan, aynan bir xil birliklarning umumiy tannarxini ularning umumiy miqdoriga boʻlish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Oʻrtacha qiymat tashkilot tomonidan tanlangan usulga qarab davriy yoki tovar-moddiy zaxiralarning har bir yangi partiyasi kelib tushishiga koʻra hisoblab chiqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Tovar-moddiy zaxiralar xarid qilingan vaqt boʻyicha dastlabki zaxiralar tannarxi (FIFO) usuli boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketayotgan birliklari tannarxiga birinchi navbatda xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralarning qiymati kiradi, davr oxiridagi tovar-moddiy zaxiralar qiymati esa oxirgi boʻlib xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralar birliklarining umumiy qiymatidan tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Hisobot davri oxirida tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlash ularning chiqib ketishida tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlashning qabul qilingan usuliga bogʻliq holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishida ularning qiymatini aniqlashning qoʻllaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Inventar va xoʻjalik jihozlarini hisobga olish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Inventar va xoʻjalik jihozlarini foydalanishga topshirishda ularning qiymati vazifasiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga toʻliq hisobdan chiqarilib, keyin tashkilot tomonidan oddiy shakl boʻyicha (bir tomonlama tartibda), tannarxi boʻyicha nomlar (nomenklatura raqamlari) yoki guruhlar (yiriklashtirilgan komplektlar) kesimida tezkor miqdoriy hisob yuritiladi, bunda foydalanishga kelib tushish sanasi (oy, yil), foydalanish joyi (boʻlinmalar boʻyicha) va ulardan foydalanish muddati mobaynida moddiy javobgar shaxslar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Agar inventar va xoʻjalik jihozlarining qiymati bir birlik (komplekt) uchun xarid qilish paytidagi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq boʻlsa, tashkilot ularni foydalanishga berishda ushbu inventar va xoʻjalik jihozlarining qiymatini muddati kechiktirilgan xarajatlarga kiritishi mumkin. Bunda kechiktirilgan xarajatlarni kamaytirish, yaʼni ularni xarajatlarga hisobdan chiqarish quyidagi usullardan birini qoʻllash orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teng meʼyorda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan chiqarish usulida kechiktirilgan xarajatlar summasini hisobdan chiqarish hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natural koʻrsatkichidan va inventar hamda xoʻjalik jihozlari tannarxining koʻrsatilgan inventar va xoʻjalik jihozlarini foydali ishlatishning butun kutilayotgan muddatida mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishning taxmin qilinayotgan hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiymatni teng meʼyoriy usulda hisobdan chiqarish inventar va xoʻjalik jihozlarining tannarxidan hamda ushbu inventar va xoʻjalik jihozlarini foydali xizmat muddatini hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan meʼyorlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Inventar va xoʻjalik jihozlarining qiymatini xarajatlarga hisobdan chiqarish usullaridan birini qoʻllash inventar va xoʻjalik jihozlaridan foydali ishlatishning butun muddati mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Agar mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish muddatidan avval toʻxtatilgan va uni tiklash kutilmayotgan boʻlsa, kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadigan inventar va xoʻjalik jihozlarining qoldiq qiymati (inventar va xoʻjalik jihozlari qiymatining hisobdan chiqarilmagan miqdori qoldigʻi) tashkilotning moliyaviy natijalariga boshqa operatsion xarajatlar sifatida hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Tashkilotning inventar va xoʻjalik jihozlarini taʼmirlash hamda ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlari (masalan, maxsus asbobni charxlash, alohida uzel va detallarni almashtirish va hokazolar) inventar va xoʻjalik jihozlarining vazifasidan kelib chiqib ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Foydalanish jarayonida inventar va xoʻjalik jihozlari tannarxini ularning alohida qismlarini almashtirish orqali oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Inventar va xoʻjalik jihozlarining ayrim qismlarini almashtirish va taʼmirlash xarajatlari mazkur toʻplamni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish xarajatlari sifatida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Foydalanishda boʻlgan, biroq keyinchalik oʻz vazifasi boʻyicha foydalanilmayotgan inventar va xoʻjalik jihozlari boshqa operatsion daromad sifatida realizatsiya qilishning sof qiymati boʻyicha kirim qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu inventar va xoʻjalik jihozlari boʻyicha kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda summa qoldigʻi boʻlsa, ular ham hisobot davrining xarajatlari sifatida moliyaviy natijalarga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Inventar va xoʻjalik jihozlarining qiymatini ularni foydalanishga berish paytida toʻliq ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga hisobdan chiqarishda, foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlarining keyinchalik saqlanishini taʼminlash maqsadida ularning hisobini sex omborchilari va alohida foydalanuvchilar boʻyicha balansdan tashqari schyotlarda yuritish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Inventar va xoʻjalik jihozlari qiymatining ularni foydalanishga berishda hisobdan chiqarish tartibi, shuningdek, ularning qiymatini xarajatlarga kiritishning foydalanilayotgan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Inventar va xoʻjalik jihozlarini qiymatini balansdan tashqari hisobvaraqlardan chiqarish u xaqiqatda hisobdan chiqarilganda va birlamchi hisob hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Taralarni hisobga olish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Taralar oʻz vazifasiga koʻra quyidagilarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralarni omborlarda saqlash yoki mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish texnologik jarayonini amalga oshirish uchun moʻljallangan tara (saqlash uchun tara);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish jarayonida, omborlarda yoki savdo joylarida oʻrash uchun moʻljallangan tara (oʻrash uchun tara);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqaruvchidan isteʼmolchiga qadar harakati jarayonida tashish va saqlash uchun moʻljallangan tara (tashish uchun tara).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Yetkazish sharoitlari va foydalanish soniga (marotabasiga) koʻra koʻp marotaba va bir marta ishlatiladigan taralarga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp marotaba ishlatiladigan taralar yetkazib beruvchidan (ishlab chiqaruvchidan) isteʼmolchiga koʻp marotaba aylanadi va tovar-moddiy zaxiralardan boʻshatilgandan soʻng yetkazib beruvchi tashkilotga qonunchilik hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda qaytariladi.
(80-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir marta ishlatiladigan taralar ishlab chiqarishga berilganda yoki tovar-moddiy zaxiralar chiqib ketganda tashkilot tomonidan xarajatlarga hisobdan chiqariladi va qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarni oʻrash uchun moʻljallangan bir marta ishlatiladigan taralar qiymati tannarx tarkibiga, savdo joylari va omborlarda tovarlarni oʻrash uchun ishlatiladigan taralar esa sotish xarajatlariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Garov summasi oʻrnatilgan koʻp marotaba ishlatiladigan taralar hisobvaraq-faktura va (yoki) boshqa hujjatlarda (tovarlarni kuzatib boruvchi) tegishli shartnomalarda koʻrsatilgan garov summasi boʻyicha alohida qatorda, unda qadoqlangan mahsulotlarning (tovarlarning) sotish bahosiga qoʻshilmagan holda koʻrsatiladi. Yetkazib beruvchilar tomonidan koʻp marotaba ishlatiladigan taralar qaytarilganda ular balans qiymati boʻyicha kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xaridor tomonidan taralar qayta ishlatish uchun yetkazib beruvchiga ishga yaroqli (buzilmagan) holatda qaytarilganda, unga (tarani topshiruvchiga) ushbu taralar uchun toʻlangan summalar qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda taralarning xaridor tomonidan qaytarilishi va ushbu taralardagi tovar-moddiy zaxiralarni sotib olgan yetkazib beruvchi tomonidan taralarning olinishi daromad keltiruvchi operatsiya sifatida qaralmaydi. Qaytariladigan taralar boshqa yetkazib beruvchiga yoki tara tayyorlovchi tashkilotga sotilgan taqdirda, ushbu operatsiya buxgalteriya hisobida daromad keltiruvchi bitim sifatida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Agar garov summasi oʻrnatilgan koʻp marotaba ishlatiladigan taralar belgilangan muddatda va sonda qaytarilmasa, buxgalteriya hisobida ularni berish asosiy faoliyatdan daromad va xarajatlar sifatida ular yuzaga kelgan hisobot davrida aks ettiriladi, yaʼni xaridor tomonidan yetkazib beruvchiga garov summasi oʻrnatilgan koʻp marotaba ishlatiladigan taralar qaytarilmagan hollarda mazkur taralar uchun garov summasi qaytarilmaydi va mol yetkazib beruvchi mazkur garov summasini moliyaviy natijalariga olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Taralar tarkibida, shuningdek, taralarni tayyorlash va taʼmirlash uchun maxsus moʻljallangan materiallar va detallar hisoblanuvchi tarabop materiallar ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklanadigan mahsulotlarning (tovarlarning) saqlanishini taʼminlash maqsadida vagonlar, kemalar, transport vositalarini qoʻshimcha jihozlash uchun moʻljallangan buyumlar taraga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Koʻp marotaba ishlatiladigan taralarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar (ayrim detallar, qismlarni tozalash, almashtirish va boshqalar) davr xarajatlariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan koʻp marotaba ishlatiladigan taralarni xaridorlar qaytarib berganda ularni ishchi holatga keltirish uchun amalga oshirilgan taʼmirlar va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar (tozalash, ayrim detallar, qismlarni almashtirish va boshqalar) shartnomada nazarda tutilgan tartibda xaridorlar tomonidan qoplanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Tabiiy eskirishi, sinishi (shikastlanishi) yoki buzilishi natijasida yaroqsiz holga kelgan va tashkilot tomonidan ishlatilmaydigan taralar tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda xarajatlarning tegishli moddalariga hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Oʻstirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga olish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Oʻstirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga olish obyektlari boʻlib nasl, ortgan vazn va oʻsish, yosh hayvonlarning katta yoshdagi guruhlarga va asosiy podaga oʻtkazilishi, asosiy podadan yaroqsizga chiqarilgan chorva mollarning boquvga qoʻyilishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Asosiy podaning yaroqsizga chiqarilgan va boquvga qoʻyilgan chorva mollari yaroqsizga chiqarilgan mahsuldor hayvonlarning balans qiymati va yaroqsizga chiqarilgan katta yoshdagi ishchi hayvonlarning sotilishidan kutilayotgan summa boʻyicha kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan hayvonlarning oʻstirishga va boquvga kirim qilinishi mazkur Standartning 3-bobida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan baholash boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Boquvdagi hayvonlarning tirik vazni oʻstirish va boqish natijasida oshadi va hayvonlar tirik vaznning oʻsishini hisobga olgan holda muntazam ravishda qoʻshimcha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tirik vaznning oʻsishi hayvonlar biriktirilgan moddiy javobgar shaxslar boʻyicha turlari va hisob-ishlab chiqarish guruhlari boʻyicha aniqlanadi. Buning uchun mazkur guruh hayvonlarining hisobot davri oxirida belgilangan tirik vazniga mazkur yoshdagi guruhdan hisobot davri mobaynida chiqib ketgan hayvonlarning tirik vazni qoʻshiladi va mazkur guruhga tegishli hisobot davrida kelib tushgan hayvonlarning tirik vazni hamda hisobot davri boshida mavjud boʻlgan hayvonlarning tirik vazni ayriladi. Olingan natija hisobot davri mobaynida oʻstirishda yoki boquvda va yaylovda boʻlgan hayvonlarning yosh guruhi boʻyicha tirik vaznining oʻsishini aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatda mavjudligini aniqlash, ularning realizatsiya qilish sof qiymatini tasdiqlash va ularning but saqlanishini nazorat qilish maqsadida tashkilotlar tomonidan yilida kamida bir marotaba tovar-moddiy zaxiralar inventaraziya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiya qilish Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy standarti (19-sonli BHMS) (roʻyxat raqami 833, 1999-yil 2-noyabr) belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi natijasida aniqlangan kamomadlar ularning (balans) qiymati boʻyicha hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar kamomadi summasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda tabiiy yoʻqolish meʼyorlari chegarasida, shuningdek, kamomadning aniq aybdorlari aniqlanmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirish imkoniyati boʻlmagan hollarda uni boshqa operatsion xarajatlarga hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan hisobot davridagi moliya natijalariga kiritiladi.
(91-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar kamomadi aniq aybdor shaxslar aniqlanmaganda yoki moddiy javobgar shaxslardan undirish imkoni boʻlmaganda kamomad summasi moliyaviy natijalarga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Inventarizatsiyada aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini kirim qilish boshqa operatsion daromadlar sifatida aks ettiriladi. Kamomadi inventarizatsiya vaqtida aniqlangan yetishmaydigan tovar-moddiy zaxiralarning balans qiymati aybdor shaxslar aniqlanishiga qadar kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlarni hisobga oluvchi schyotda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Tovar-moddiy zaxiralarni olishga ishonchnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchilardan tovar-moddiy zaxiralar olish uchun ishonchli shaxsga yozma ishonchnoma beradi. Ishonchli shaxs unga ishonchnoma boʻyicha berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladi.
(93-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Tovar-moddiy zaxiralarni olishga ishonchnomalar tashkilot ixtiyoriga koʻra mazkur Standartning 1-ilovasiga muvofiq shaklda (berilgan ishonchnomalar ishonchnomalar daftarida hisobga olingan hollarda) yoki mazkur Standartning 2-ilovasiga muvofiq shaklda (berilgan ishonchnomalar ishonchnomalar jurnalida hisobga olingan hollarda) rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnomalar tashkilot rahbari yoki boshqa masʼul boʻlgan vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Tegishli texnik vositalar mavjud boʻlganda, ishonchnoma axborot tizimlari va axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik vositalar hamda axborot tizimlari va axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda elektron ishonchnomalar mazkur Standartning ilovalariga muvofiq shaklda tuziladi. Elektron ishonchnomalarni saqlashda ularni olish va qogʻoz shaklidagi nusxalarini taqdim etish imkoniyati taʼminlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron ishonchnomalar javobgar shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Ishonchnomani berishda tashkilot tanlagan shaklga bogʻliq holda ishonchnoma ishonchnomalar daftarida yoki berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnomalar daftari raqamlanadi va ip bilan tikiladi. Daftarning soʻnggi varagʻida tashkilot rahbari yoki u tomonidan belgilangan shaxslarning imzosidan keyin “Mazkur daftarda ... varaq raqamlandi” degan yozuv qayd etiladi. Varaqlar soni yozuv bilan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish mazkur Standartning 3-ilovasiga muvofiq shaklda raqamlangan va ip bilan tikilgan jurnalda olib boriladi. Jurnalning soʻnggi varagʻida tashkilot rahbari yoki u tomonidan belgilangan shaxslarning imzosidan keyin “Mazkur jurnalda ... varaq raqamlandi” degan yozuv qayd etiladi. Varaqlar soni yozuv bilan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishonchnomalar daftari” va “Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnali” ishonchnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan shaxsda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq yoki qisman toʻldirilmagan ishonchnomalarni berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma elektron shaklda rasmiylashtirilganda ishonch bildirilayotgan shaxsning imzo namunasi rekviziti toʻldirilishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Ishonchnomaning amal qilish muddati tovar-moddiy zaxiralarni olish va olib chiqib ketish imkoniyatiga bogʻliq ravishda belgilanadi, biroq qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatdan oshmasligi kerak.
(97-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Ishonchli shaxsni unga berilgan amal qilish muddati hali tugamagan ishonchnomalar boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarni olish huquqidan mahrum qilishda ularni oluvchi darhol tegishli ishonchnomalarning bekor qilinganligi haqida yetkazib beruvchini xabardor qiladi. Bunday xabarnoma olingan paytdan boshlab bekor qilingan ishonchnoma boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarni berish toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Ishonchli shaxs tovar-moddiy zaxiralarni olgandan soʻng topshiriqlar bajarilganligi va u olgan tovar-moddiy zaxiralar omborga (omborxonaga) topshirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni tashkilot buxgalteriyasiga yoki tegishli moddiy javobgar shaxsga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanilmagan ishonchnomalar amal qilish muddati tugagan kundan keyingi sanada uni bergan tashkilotga qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanilmagan ishonchnomaning qaytarilganligi toʻgʻrisida ishonchnomalar daftarida (“Topshiriq bajarilganligini tasdiqlaydigan hujjatning raqami va sanasi” ustunida) yoki berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida (“Ishonchnoma boʻyicha topshiriqlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi qaydlar” ustunida) qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaytarilgan foydalanilmagan ishonchnomalar “foydalanilmagan” yozuvi bilan soʻndiriladi va ularni roʻyxatdan oʻtkazish uchun javobgar boʻlgan shaxs tomonidan hisobot yili oxiriga qadar saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yili tugagach foydalanilmagan ishonchnomalar yoʻq qilinadi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amal qilish muddati tugagan ishonchnomalardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Ishonchnomalar amal qilish muddatidan qatʼi nazar tovar-moddiy zaxiralarning dastlabki berilishida yetkazib beruvchida qoldiriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni qismlarga boʻlib berishda har bir berilgan qismga yukxat (qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki boshqa tegishli hujjat) tuziladi, unda ishonchnoma raqami va u berilgan sana koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda yukxatning (qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki boshqa tegishli hujjatning) bir nusxasi tovar-moddiy zaxiralarni oluvchiga beriladi, boshqasi yetkazib beruvchida qoladi hamda ishonchnomaga koʻra boyliklarni berish ustidan kuzatuv va nazorat uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralar berilganidan keyin ishonchnoma ishonchnomalar boʻyicha topshirilayotgan boyliklarning oxirgi turkumini berish uchun hujjat bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Tashkilot ishonchnomalari boʻyicha tovar-moddiy zaxiralar quyidagi hollarda berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻldirish tartibini buzgan holda yoki toʻldirilmagan rekvizitlar bilan berilgan ishonchnomalar taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzatilgan va boʻyalgan joylari mavjud boʻlgan ishonchnomalar taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchnomada koʻrsatilgan shaxsning pasporti taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchnoma berilgan muddat tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilib oluvchidan ishonchnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisida xabar olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxsning faoliyati toʻxtatilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Ishonchnomalar berishning belgilangan tartibiga rioya etilishi hamda tovar-moddiy zaxiralarni ishonchnomalar boʻyicha berish ustidan nazorat qilish tashkilot rahbari tomonidan belgilangan masʼul shaxs zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tizimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Mahsulot ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish jarayonining xarakteri va xususiyatlaridan kelib chiqib, tovar-moddiy zaxiralar hisobi uzluksiz (doimiy) yoki davriy hisobga olish tizimlaridan biri boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Tovar-moddiy zaxiralarning uzluksiz (doimiy) hisobga olish tizimidan foydalanilganda tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish schyotlarida ularning kelib tushishi va chiqib ketishi boʻyicha operatsiyalar batafsil aks ettirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz (doimiy) hisobga olish tizimida butun hisobot davri mobaynida tovar-moddiy zaxiralarning qoldigʻi summalari va sotilgan (chiqib ketgan) zaxiralarning tannarxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olinishi mumkin. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, ular sotib borilishiga qarab sotilgan mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) tannarxini hisobga olish schyotlarida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Davriy hisobga olish tizimi qoʻllanilganida hisobot davri mobaynida tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlarda ularning kelib tushishi va chiqib ketishining batafsil hisobi yuritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatdagi mavjudligi ularni inventarizatsiya qilish natijalari boʻyicha aniqlanadi. Sotilgan (chiqib ketgan) tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularni inventarizatsiya qilish yakunlanishiga qadar aniqlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotilgan (chiqib ketgan) tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi davr boshidagi qoldiq summasi va davr mobaynida tushumlarni qoʻshish hamda davr oxiridagi qoldiq summasini ayirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishning qoʻllaniladigan tizimi tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bob. Axborotlarni yoritib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlashda qabul qilingan hisob siyosati, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholashning qoʻllanadigan usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralarning yakuniy balans summasi va balans summasi tashkilotga muvofiq keladigan tasnifda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sabablarini bayon etgan holda, tovar-moddiy zaxiralarni realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar jiddiy hisobdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday qisman hisobdan chiqarilgan summani tiklash summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatining hisobdan chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralarni tiklashga olib kelgan holatlari yoki voqealari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatlar uchun kafolat sifatida garovga qoʻyilgan tovar-moddiy zaxiralarning balans qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davrida chiqib ketadigan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS)ga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma raqami
Berilgan sanasi
Amal qilish muddati
Ishonchnoma berilgan shaxsning lavozimi, F.I.O.
Ishonchnomani olganligi haqida imzo
Yetkazib beruvchining nomi
Shartnoma va (yoki) boshqa bitimlarning raqami va sanasi
Topshiriqning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatning raqami va sanasi
tovar-moddiy qiymatliklarni _________________________________________________ boʻyicha olish uchun
hujjatning nomi, raqami va sanasi
(orqa tomoni)
Olinishi kerak boʻlgan material qiymatliklarning ROʻYXATI
T/r
Material qiymatliklarning nomi
Oʻlchov birligi
Soni (yozuv bilan)
Ishonchnomani olgan shaxsning imzosi ___________
Tasdiqlaymiz
___________
________________________
imzo
F.I.O.
___________
________________________
imzo
F.I.O.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS)ga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan ishonchnomani hisobga olish
jurnali
T/r
Berilgan sana
Amal qilish muddati
Ishonchnoma kimga berilgan (lavozimi, F.I.O.)
Yetkazib beruvchining nomi
Shartnoma yoki boshqa bitimlarning raqami va sanasi
Ishonchnomani olgan shaxsning imzosi
Ishonchnoma boʻyicha topshiriqning bajarilishi toʻgʻrisidagi belgi
1.
2.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3259/1055-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 11.02.2025-y., 10/25/3607/0125-son)