09.07.2020 yildagi 432-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.07.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarning aktivlaridan samarali foydalanish hamda moliyaviy holatini sogʻlomlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarning aktivlaridan samarali foydalanish hamda moliyaviy holatini sogʻlomlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga qarashli boʻlgan boʻsh turgan, foydalanilmayotgan va tarmoqning asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan aktivlar (koʻchmas mulk va ijtimoiy obyektlar) mavjudligi aniqlanib, ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy savdolarda sotiladigan aktivlar (koʻchmas mulk obyektlari) roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida balans (qoldiq) qiymatida beriladigan aktivlar (ijtimoiy obyektlar) roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan aktivlarni “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida ommaviy savdolarga chiqarishning boshlangʻich narxi ularning (koʻchmas mulklar boʻyicha) balans (qoldiq) va (yoki) nominal (ulush boʻyicha) qiymatida, agar balans qiymati “nol”ga teng boʻlgan taqdirda, shartli “1 soʻm” etib belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan aktivlar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” AJ ikki oy muddatda aktivlarning balans (qoldiq) qiymatida tegishli tashkilotlarga berilishini taʼminlaydi hamda ular boʻyicha har qanday xarajatlarning kimyo korxonalari tomonidan amalga oshirilishi man etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushi hamda tegishli xoʻjalik jamiyatlaridagi “Oʻzkimyosanoat” AJning ulushi berilayotgan aktivlarning balans (qoldiq) qiymatiga mos ravishda kamaytirish hisobiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov va “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi J.T. Mirzamaxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 9-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
432-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-iyuldagi 432-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy savdolarda sotiladigan aktivlar (koʻchmas mulk obyektlari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

T/r

Aktiv nomi

Joylashgan manzili

Aktivni balansda saqlovchi tashkilot

1.

Yordamchi xoʻjalik bino va inshootlari

Fargʻona viloyati, Quvasoy shahri, Isfayramsoy qishlogʻi

Fargʻonaazot AJ

2.

Dam olish maskani

Fargʻona viloyati, Fargʻona tumani, Vodil QFY, Mirzaolim MFY

Fargʻonaazot AJ

3.

Chorvachilik kompleksi

Navoiy viloyati, Tomdi tumani, Tomdibuloq ovuli

Navoiyazot AJ

4.

400 �osh mayda mol uchun 1-son Qoʻton

Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Ibn Sino korporativ xoʻjaligi hududi

Dehqonobod kaliy zavodi AJ

5.

400 bosh mayda mol uchun 2-son Qoʻton

Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Ibn Sino korporativ xoʻjaligi hududi

Dehqonobod kaliy zavodi AJ

6.

50 oʻrinli kafe binosi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumani, Elabad PFY

Qoʻngʻirot soda zavodi MChJ

7.

250 oʻrinli kafe binosi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumani, Elabad PFY

Qoʻngʻirot soda zavodi MChJ

8.

75 oʻrinli choyxona

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumani, Elabad PFY

Qoʻngʻirot soda zavodi MChJ

9.

Univermag binosi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumani, Elabad PFY

Qoʻngʻirot soda zavodi MChJ

10.

Sanoat maydonchasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumani, Borsakelmas tuz koni, Jaslik OFY

Qoʻngʻirot soda zavodi MChJ

11.

Nasos suv imorati

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumani, Raushan OFY

Qoʻngʻirot soda zavodi MChJ

12.

Molxona bino inshootlari

Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Unqoʻrgʻon” MFY, O. Alimov koʻchasi 50-uy

Maksam-Chirchiq AJ

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-iyuldagi 432-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida balans (qoldiq) qiymatida beriladigan aktivlar (ijtimoiy obyektlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Aktiv nomi

Joylashgan manzili

Aktivni balansda saqlovchi tashkilot

Aktiv berilayotgan tashkilot

1.

Shirin madaniyat saroyi

Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Navoiy koʻchasi 3-uy

Navoiyazot AJ

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2.

Kimyogar madaniyat saroyi bino va inshootlari

Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, 66-son “Muruvvat” MFY, Fargʻona koʻchasi 72-uy

Fargʻonaazot AJ

Madaniyat vazirligi

3.

Ximik oʻyingohi

Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Navoiy koʻchasi 3-uy

Navoiyazot AJ

Navoiy viloyati hokimligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Aktivlar mavjud ish oʻrinlarini saqlab qolish sharti bilan beriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/432/1049-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)