14.07.2017 yildagi PQ-3135-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ezgu maqsad” halqaro xayriya jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda “Islohot — islohot uchun emas, inson manfaatlari uchun” tamoyili eʼlon qilingan va amaliyotga joriy etilmoqda. Shu maqsadda fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, jamiyatning himoyaga muhtoj qatlamlarini, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni, imkoniyati cheklangan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha izchil va manzilli davlat siyosatini amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilmoqda. Sogʻliqni saqlash va fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishning yangi tizimini shakllantirish, nogironlarga tibbiy xizmat koʻrsatish va ularni reabilitatsiya qilish darajasini oshirishga, jamiyatning yetarlicha himoya qilinmagan va ehtiyojmand qatlamlarini davlat tomonidan maqsadli koʻllab-quvvatlash, ularga ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish va taqdim etilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga yoʻnaltirilgan kompleks ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy dasturlarining amalga oshirilishi natijasida oʻtgan davrda aholi salomatligi sezilarli darajada mustahkamlandi, onalar oʻlimi — 3,2, bolalar oʻlimi — 3,4 barobar kamaydi, oʻrtacha umr koʻrish darajasi 66 yoshdan 74 yoshgacha, ayollar oʻrtasida esa 76 yoshgacha uzaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlat muassasalari bilan birgalikda “Mahalla”, “Nuroniy”, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va boshqa koʻplab nodavlat notijorat tashkilotlari ijtimoiy sheriklik mexanizmlari asosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ular jamiyat va davlatning barqaror, izchil rivojlanishi, aholi farovonligini oshirish hamda hayot sifatini yaxshilash, oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining himoyaga muhtoj qatlamlarining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, fuqarolar, jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimini yaxshilash, kam taʼminlangan oilalarni moddiy koʻllab-quvvatlashga koʻmaklashmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida toʻlaqonli ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida, insonparvarlik tamoyillari, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Xorazm shakar” aksiyadorlik jamiyati, “Angren shakar” masʼuliyati cheklangan jamiyati va qator xorijiy kompaniyalarning “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondini (keyingi oʻrinlarda — Fond) tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Fondning asosiy vazifalari etib belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi — aholining himoyaga muhtoj qatlamlari, avvalo, bemor va nogiron bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirishni taʼminlash, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni erta aniqlash, ularni profilaktika qilish va davolash, nogironlikni reabilitatsiya qilish va oldini olish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoki xavfli guruhga kiradigan bolalar, “Mehribonlik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylari va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilariga yordam berishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, koʻp bolali oilalarni koʻllab-quvvatlash, mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi genofondini yaxshilash, sogʻlom va barkamol avlodni shakllantirish borasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish, Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, xorijiy fuqarolar va tashkilotlar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, xalqaro tashkilotlarning xayriya mablagʻlarini jalb etish va jamlash boʻyicha faol ishlarni amalga oshirish, Fondning asosiy vazifalariga muvofiq ulardan Fond xayriya dasturlarini (keyingi oʻrinlarda — Fond xayriya dasturlari) amalga oshirish uchun maqsadli foydalanilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondining tuzilmasi va Vasiylik kengashi tarkibi 1- va 2-ilovalarga muvofiq maʼqullansin hamda kuyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini muhofaza qilishning normativ-huquqiy bazasi, iqtisodiy va huquqiy kafolatlarini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond smetasi, buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond mablagʻlari, jumladan, Fond xayriya dasturlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarini hisobga olish, samarali taqsimlashni tashkil etish va ulardan maqsadli hamda unumli foydalanilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond faoliyatining oshkoraligi, ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari va Fond ustaviga muvofiq boshqa vazifalarni hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fondning asosiy mablagʻlari jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, xorijiy fuqarolar va tashkilotlarning xayriya yordami hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan shakllantirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondning bank hisob raqamlari Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning xayriya mablagʻlari uchun doimo ochiq ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond ijro apparati Fondning oʻz mablagʻlari hisobidan taʼminlanishi, xayriya yordami shaklida olingan mablagʻlar bundan mustasno ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fondga istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida Fond xayriya dasturlari doirasida hisob-kitoblar va toʻlovlarni xorijiy valyutada amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond xayriya dasturlarini amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy fuqarolar — mutaxassislarni mehmonxona va boshqa joylarda joylashtirish xizmatlari uchun toʻlovlarni milliy valyutada toʻlashga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fond soliqlarning barcha turlari va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond xayriya dasturlarini amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Fond tomonidan chetdan keltiriladigan tovarlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fondga uning xayriya dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashish davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlarining fuqarolik burchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Mahalla” fondi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga Fond xayriya dasturlari amalga oshirilishini taʼminlashda Fond bilan faol hamkorlik qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Fond xayriya dasturlari ishtirokchilari boʻlgan shaxslarni, Fond yuklari va tovarlarini imtiyozli tariflar boʻyicha tashish va joʻnatish, shuningdek, Fond yuk va tovarlari aeroportlar xamda temir yoʻl stansiyalarida saqlash davrida toʻlov undirilmasdan saqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondga xalqaro munosabatlarni amalga oshirish va xorijdagi shunday fond va tashkilotlar bilan aloqa oʻrnatish, YUNISEF, Qizil Xoch, BMT Missiyalari hamda boshqa xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari bilan bitimlar tuzishda har tomonlama yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond buyurtmalari asosida Fond xayriya dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Fond buyurtmalari asosida Fond xayriya dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik kirish vizalari berilishi va ularning muddati uzaytirilishi, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishi va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Fond buyurtmalari asosida Fond xayriya dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarni jalb qilishga Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyati uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirgani uchun toʻlov undirmasdan ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Fondni zarur aloqa vositalari, jumladan, hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ommaviy axborot vositalariga Fond faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3135-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-iyuldagi PQ-3135-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vasiylik kengashi

Taftish komissiyasi

Fond boshqaruvi

Ijrochi direktor

Ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

Aholi ehtiyojmand qatlamlariga tibbiy yordam koʻrsatish shoʻbasi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga muruvvat yordami koʻrsatish shoʻbasi.

Xayriya yordamlarini jalb etish va mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini moliyaviy nazorat qilish boʻlimi

Buxgalteriya

Yuriskonsult

Xoʻjalik xizmati

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Fond tashkiliy tuzilmasi Fond ustaviga muvofiq taʼsischilarning qarori asosida oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-iyuldagi PQ-3135-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondi Vasiylik kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Vasiylik kengashi raisi

F.I. Inoyatova

loyiha rahbari — Vasiylik kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

M.Z. Usmanov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

A.K. Shodmonov

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

X.M. Mirzaxidov

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

Sh.S. Javlonov

Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.