Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son Farmoniga
1-ILOVA
| Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar | |
| 1. | Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablagʻlari ajratish. | 1. Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalari boʻyicha respublika miqyosida tanlov oʻtkazish. 2. Tanlov natijasiga koʻra: 2020-yilda kamida 10 ta; | 2020-yil 1-dekabr | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Savdo-sanoat palatasi |
| 2021-yildan boshlab har yili kamida 20 ta eng yaxshi startap loyihalarga 50 mln soʻmdan 200 mln soʻmgacha grant mablagʻlari ajratish. | 2021-yildan boshlab har yili 1-sentabr | ||||
| 2. | Oʻz iqtidori va salohiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaxassisi boʻlib yetishishi uchun yoshlarda oʻzini oʻzi rivojlantirish boʻyicha kuchli motivatsiya uygʻotish maqsadida keng yoshlar davrasida xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar oʻtkazish. | Yoshlarda oʻzini oʻzi rivojlantirish boʻyicha kuchli motivatsiya uygʻotish maqsadida har yili kamida bir marotaba keng yoshlar davrasida ushbu yoʻnalishda xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlarni jalb qilgan holda motivatsion tadbirlar oʻtkazish. | 2021-yildan boshlab har yili yil davomida | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik |
| 3. | Hududlarda yoshlar bandligiga koʻmaklashish maqsadida quduqlar burgʻulash (qazish), sugʻorish vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish. | 1. Yoshlarga quduqlar burgʻulash (qazish), sugʻorish vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibini ishlab chiqish. | 2020-yil | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |
| 2. Belgilangan tartibda subsidiyalar ajratib borish. | Doimiy ravishda | ||||
| 4. | Xalqaro fan olimpiadalarida oʻquvchi yoshlarning yuqori saviyadagi ishtirokini taʼminlash. | Xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro informatika olimpiadasi (International Olympiad in Informatics (IOI) xalqaro fan olimpiadalarida oʻquvchi yoshlarning: yuqori darajada tayyorgarlik koʻrishlari uchun “Yoshlar oromgohi”da oʻquv bazasi tashkil etish, respublika va xorijlik malakali mutaxassislar jalb qilish hamda ular uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlash; ishtirokini tashkil etish bilan bogʻliq (sutkalik, yashash, transport, viza) xarajatlarni qoplash. | Doimiy ravishda | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 5. | Iqtidorli va jamoat ishlarida faol boʻlgan yoshlarni (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalarning farzandlari) bepul yoʻllanmalar asosida oromgohlarga yuborish. | Fanlarni “aʼlo” va “yaxshi” baholarga oʻzlashtirayotgan iqtidorli va jamoat ishlarida faol boʻlgan 500 nafar yoshlar (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalarning farzandlari)ni bepul yoʻllanmalar asosida oromgohlarga yuborish. | 2021-yildan boshlab har yili reja asosida | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 6. | Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis boʻlib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka oʻqitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda respublikaning turli hududlarida bepul oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazish. | Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis boʻlib yetishishlari, jumladan tadbirkorlikka oʻqitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda hududlarda kamida 200 ta bepul oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish. | 2021-yildan boshlab har yili yil davomida | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirlik |
| 7. | Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumi va startap tadbirlar oʻtkazish. | 1. Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumini oʻtkazish. | 2021-yildan boshlab har yili yil davomida | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi Tashqi ishlar vazirligi |
| 2. “Yoshlar oromgohi” bazasida xalqaro startap tadbirlarini oʻtkazish. | 2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba | ||||
| 8. | Bitiruvchilarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida barcha hududlardagi oliy taʼlim muassasalarida biznes akseleratorlar tashkil etish. | Barcha hududlardagi oliy taʼlim muassasalari bazasida bosqichma-bosqich biznes akseleratorlar tashkil etish. | Reja asosida | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 9. | Oʻzbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari, yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish. | 1. Oʻzbekiston yoshlari portalini tashkil etish. | 2020-yil 1-dekabr | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Yoshlar ishlari agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
| 2. Portalda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari va yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish. | Doimiy ravishda | ||||
| 10. | Yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini taʼminlash. | 100 nafar yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini taʼminlash. | 2021-yildan boshlab har yili yil davomida | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Yoshlar ishlari agentligi, Investitsiyalar |
| 11. | Yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etish. | Yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlariga 200 ta biznes sayohatlar tashkil etish. | 2021-yildan boshlab har yili yil davomida | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi |
| 12. | Yoshlarni kasbga oʻrgatish bilan bogʻliq, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sugʻurta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy koʻmak koʻrsatish uchun konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplash. | Yoshlarni kasbga oʻrgatish bilan bogʻliq, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sugʻurta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy koʻmak koʻrsatish uchun 500 ta konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplash. | Har yili yil davomida | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi |
| 13. | Yosh tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida koʻrgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish. | Yosh tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kamida 20 ta koʻrgazmali savdo yarmarkalari tashkil etish. | Har yili yil davomida | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi |
| 14. | Biznesni yoʻlga qoʻyishdan daromad olishgacha boʻlgan masalalarni oʻrgatishga qaratilgan masofaviy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish va qoʻllanmalar yaratish. | Alohida tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha biznesni yoʻlga qoʻyishdan daromad olishgacha boʻlgan masalalarni oʻrgatishga qaratilgan masofaviy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish va qoʻllanmalar yaratish. | 2021-yildan boshlab doimiy ravishda | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi |
| 15. | Iqtidorli yosh adiblar, rassomlar va hunarmandlar oʻrtasida ijodiy koʻrik tanlovlar tashkil etish, yosh mualliflarning ijod namunalari, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish, sanʼat asarlarini yaratish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish. | Iqtidorli yosh adiblar, rassomlar va hunarmandlar oʻrtasida ijodiy koʻrik tanlovlar tashkil etiladi, yosh mualliflarning ijod namunalari, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish, sanʼat asarlarini yaratish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish. | Doimiy ravishda | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot Yozuvchilar uyushmasi |
| 16. | Yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga koʻmaklashish. | Yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga koʻmaklashish boʻyicha zarur choralarni koʻrish. | Doimiy ravishda | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik |
2-ILOVA
| B.A. Musayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi |
| lavozimiga koʻra | — | Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari |
| O.A. Nazarbekov | — | Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri |
| Sh.X. Shermatov | — | Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri |
| I.U. Madjidov | — | Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
| A.V. Shin | — | Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri |
| R.T. Mamatov | — | Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri |
| T.A. Ishmetov | — | Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri |
| N.B. Xusanov | — | Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri |
| I.Y. Abduraxmonov | — | Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri |
| Sh.M. Sodiqov | — | Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri |
| A.X. Kamilov | — | Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri |
| S.S. Saidkarimov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari |
| A.J. Ortiqov | — | Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari |
| L.Sh. Qudratov | — | Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari |
| A.I. Ikramov | — | Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari |
| H.A. Qarshiyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri oʻrinbosari |
| A.I. Ikramov | — | Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi |
| A.U. Akkulov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| D.M. Saidjonov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari |
| M.M. Xodjimatov | — | Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
| F.F. Abduxoliqov | — | “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori |
| A.V. Nuridinov | — | Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
| S.S. Saidov | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
| lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari |
| lavozimiga koʻra | — | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi |