Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 50 ta shtat birligi miqdorida belgilanib, ulardan 10 ta shtat birligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, 40 ta shtat birligi esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantirilsin.
Agentlik direktoriga boshqaruv xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Agentlikning tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazirga, direktor oʻrinbosarlari esa vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Agentlik direktori oʻrinbosarlari Agentlik direktori taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Agentlik xodimlari direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, ularga egallagan lavozimi va ish stajiga muvofiq, shuningdek, avvalgi ish joyida berilgan harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik martabalar) hisobga olingan holda (mavjud boʻlganda) martaba darajalari beriladi;
Agentlikda ishlagan davr harbiy va maxsus unvonlarni olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi hamda ularni Agentlikda ishlash davrida berish oldingi ish joyi boʻyicha nazarda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Agentlik xodimlariga Boshqaruv samaradorligi agentligi xodimlari uchun belgilangan moddiy ragʻbatlantirish va mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
4. Agentlik uch oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Agentlik xodimlari uchun xalqaro tashkilotlar va yetakchi xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish organlarida stajirovka oʻtash va tajriba almashish grafigining xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi bilan birgalikda Agentlikning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida nizom loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Agentlik faoliyatini, shu jumladan korrupsiyaga oid jinoyatlar boʻyicha davlat foydasiga qaratilgan mablagʻlar va qaytarilgan aktivlar hisobidan moliyalashtirishning shaffof mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflarni kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Agentlikning yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini, shuningdek, zarur aloqa, jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-iyun,
PQ-4761-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PQ-4761-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
TUZILMASI
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktorning birinchi oʻrinbosari |
Direktor oʻrinbosari — boshqarma boshligʻi |
Direktor oʻrinbosari — boshqarma boshligʻi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Kadrlar boʻyicha bosh inspektor 1 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Tizimli tahlil va prognozlashtirish yigʻma boʻlimi 2 |
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi 9 |
Jamoatchilik bilan aloqalar, murojaatlar bilan ishlash va xalqaro hamkorlik boshqarmasi 8 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi 2 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ichki audit xizmati 1 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Korrupsiyani oldini olish va “komplayens-nazorat” tizimini joriy etish boshqarmasi 10 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
Yuriskonsult 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Buxgalteriya 1 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish boshqarmasi 5 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Birinchi boʻlim 1 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
Ishlar boshqarmasi 2 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash boshqarmasi 5 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Call-markaz |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Agentlik boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 50 nafar.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi PF-154-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 06/22/154/0524-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 07/20/4761/1001-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 06/22/154/0524-son; 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)