Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 18.09.2018 yildagi PQ-3944-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
““Oʻzbekximmash zavodi” AJ negizida yangi quyuv sexi qurish bilan quyuv ishlab chiqarishini modernizatsiyalash” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon standartlariga mos quyuv mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish, neftgazkimyo uskunalari eksporti hajmlarini oshirish hamda respublikaning neft va gazni qayta ishlash sanoati infratuzilmasini rivojlantirishning maqsadli dasturlarini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan ““Oʻzbekximmash zavodi” AJ negizida yangi quyuv sexi qurish bilan quyuv ishlab chiqarishini modernizatsiyalash” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — loyiha)ni amalga oshirish hisobiga neftgazkimyo uskunalari uchun yiliga 4 000 tonna quyma chiqarish quvvatiga ega boʻlgan quyuv mahsulotlarini oʻzlashtirish masalasi puxta ishlab chiqildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekximmash zavodi” AJning oʻz mablagʻlari va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB kreditlari loyihani moliyalashtirish manbalari boʻlib, ularning summasi “tayyor holda topshirish” sharti bilan yangi quyuv sexi qurilishiga pudratchini tayinlash hamda investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish boʻyicha tanlov asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning krediti boʻyicha “Oʻzbekximmash zavodi” AJ qarz oluvchi, “Oʻzbekneftgaz” AJ esa birgalikda qarz oluvchi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan kreditni soʻndirish va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar “Oʻzbekximmash zavodi” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJning shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Loyihani amalga oshirish doirasida “Oʻzbekximmash zavodi” AJga, istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tayyor holda topshirish” shartlarida yangi quyuv sexi qurilishi pudratchisi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tanlov asosida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiquvchisi bilan shartnomalar tuzishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-iyuliga qadar muddatda ish hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish markazi” DUKda ekspertizani oʻtkazmasdan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekneftgaz” AJ 2018-yilning 30-noyabriga qadar muddatda yangi quyuv sexining 2019-yil 1-dekabrgacha qurib bitkazilishini va foydalanishga topshirilishini nazarda tutgan holda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish markazi” DUK “tayyor holda topshirish” sharti bilan yangi quyuv sexi qurilishiga pudratchini belgilash boʻyicha tanlov oʻtkazishning texnik topshirigʻini ekspertizadan oʻtkazishni, shuningdek, tuzilgan shartnoma ekspertizadan oʻtkazilishi va qayd etilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha-smeta hujjatlari kelishish uchun taqdim etilgan sanadan boshlab ikki hafta muddatda uning davlat ekspertizasini, shuningdek, loyihani amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyihani amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzbekximmash zavodi” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kelinadigan qurilish materiallari, uskunalar, texnologik jihozlar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek, butlovchi buyumlar 2019-yilning 1-dekabriga qadar muddatda bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali ham, toʻlov manbaidan ham olingan daromadlar boʻyicha foyda soligʻi toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xorijiy jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari — loyihani amalga oshirish doirasida olingan jismoniy shaxslarning daromad soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi qora metallar chiqindilari, temir-tersaklarni tayyorlash va foydalanish balansini ishlab chiqishda “Oʻzneftgazmash” AJ korxonalarining ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyati jarayonida hosil boʻladigan qora metall chiqindilari va temir-tersaklardan “Oʻzbekximmash zavodi” AJning oʻz ehtiyojlari uchun toʻla hajmda foydalanishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” AJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” AJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtinchalik yashash joyida vaqtincha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda davlat boji undirmasdan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzbekneftgaz” AJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi)ni, shuningdek, mazkur xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultonov va “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi B.B. Ashrafxonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 18-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3944-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2018-y., 07/20/3944/0900-son)