Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatining moddiy-texnik, shu jumladan binolarning joriy taʼminoti Moliya-xoʻjalik departamentining tegishli xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mazkur tadbirlar uchun ajratiladigan mablagʻlar qayta taqsimlangan holda ularning oʻzlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Vazirlik va idoralar ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-dekabrdagi PQ-4053-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-dekabrdagi PQ-4053-son qaroriga
2-ILOVA
|
Tashkilot nomi | |
|
1. |
Davlat rezidensiyalariga xizmat koʻrsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi |
|
2. |
Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi |
|
3. |
Transport qismi |
|
4. |
Qurilayotgan bino va inshootlar direksiyasi |
|
5. |
“Qurilish birlashmasi” DUK |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-dekabrdagi PQ-4053-son qaroriga
3-ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlarning tuzilmasi va faoliyatini takrorlanuvchi vakolatlar, boʻlinmalar va shtat birliklarini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda tahlil qilish. |
2019-y. yanvar |
Oʻzbekiston Respublikasi |
|
2. |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlari soni nisbatining normativlarini aniqlash metodikasini (2003-yil 9-dekabr 1288-son bilan roʻyxatdan oʻtgan) davlat organlarida, shu jumladan ularning idoraviy tashkilotlaridagi xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar sonini aniqlashning yangi normativlarini kiritish yoʻli bilan takomillashtirish. |
2018-y. dekabr |
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat Hisob palatasi Moliya vazirligi |
|
3. |
Moliya-xoʻjalik departamenti va u tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar xodimlarining funksional majburiyatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-y. dekabr |
Oʻzbekiston Respublikasi |
|
4. |
Tadbirkorlik subyektlariga Administratsiya bino va inshootlaridan bepul asosda foydalanish huquqini berishni nazarda tutgan holda, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish va Administratsiya xodimlari uchun umumiy ovqatlanishni tashkil etish. |
2018-y. dekabr |
Oʻzbekiston Respublikasi |
|
5. |
Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2019-y. yanvar |
Oʻzbekiston Respublikasi |
|
6. |
Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar bino va inshootlarining kadastr hujjatlarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish. |
2019-y. yanvar |
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi Moliya-xoʻjalik departamenti |
|
7. |
Asosiy kontingent tomonidan foydalanilmayotgan 2-sonli sogʻlomlashtirish pansionatining turar-joy binolarini Administratsiyaning uy-joyga muhtoj boʻlgan boshqaruv xodimlariga taqdim etish tartibini tasdiqlash. |
2018-y. dekabr |
Oʻzbekiston Respublikasi |
|
8. |
“Koʻksaroy” rezidensiyasi, “Turkiston mehmonxonalar kompleksi” DUK va “Gostinitsa gorodskaya” DUKning foydalanilmayotgan turar-joy binolarini oliy darajadagi xorijiy delegatsiyalar, shuningdek, chet el firma va kompaniyalarining vakillariga pulli asosda taqdim qilishning maqsadga muvofiqligi masalasini oʻrganib chiqish. |
2018-y. dekabr |
Oʻzbekiston Respublikasi |
|
9. |
Transport qismining avtotransport vositalarini xatlovdan oʻtkazib, foydalanish muddati toʻliq tugagan avtotransport vositalarini realizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish va tushumlarni yangi avtotransport vositalari, shuningdek, ularning ehtiyot qismlarini sotib olishga yoʻnaltirish. |
2018-y. dekabr |
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Moliya vazirligi |
|
10. |
Transport qismi parkini yangilash, shu jumladan yuqori klassdagi avtotransport vositalarini xarid qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritish. |
2019-y. yanvar |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
|
11. |
Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlarning shtat birliklari sonini qisqartirgan holda ularning alohida vazifalarini (ketring xizmatlari, kompyuter texnikasiga xizmat koʻrsatish, sovutish va isitish jihozlarini oʻrnatish, hududni koʻkalamzorlashtirish va boshqalar) autsorsingga berish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2018-y. dekabr |
Oʻzbekiston Respublikasi |
|
12. |
Quyidagilarni nazarda tutgan holda Administratsiya va Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlarning faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish: Transport qismi faoliyatini tashkil etishda avtotransport vositalarini sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish tizimidan foydalanish; Administratsiya xodimlarini tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining takliflari asosida Administratsiya rahbari bilan kelishilgan holda Internet tarmogʻiga ulashni taʼminlash; Administratsiya binosining nazorat-oʻtkazish rejimini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy qilish; moliyaviy hisob va hisobotlar uchun “UzASBO” dasturiy kompleksidan foydalanish. |
2019-y. yanvar |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari |
|
13. |
Administratsiya xodimlarining eskirgan (5 yildan ortiq foydalanilayotgan) kompyuter va chop etish texnikalarini bosqichma-bosqich yangilash. |
2019-y. birinchi chorak |
Oʻzbekiston Respublikasi |
|
14. |
Administratsiya boshqaruv xodimlarining har birini Qonun hujjatlari milliy maʼlumotlar bazasiga (lex.uz) himoyalangan aloqa kanali (VPN) orqali ulash. |
2018-y. dekabr |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi |
|
15. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi arxivi binosini bosqichma-bosqich kapital taʼmirlash. |
2019-y. |
Moliya-xoʻjalik departamenti Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-dekabrdagi PQ-4053-son qaroriga
4-ILOVA
1-bob. Umumiy qoidalar