Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025 12.10.2018 yildagi PQ-3967-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025
Hujjat 12.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq turdagi harbiy shaharchalarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga savdo-maishiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-165-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq turdagi harbiy shaharchalarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga savdo-maishiy xizmat koʻrsatish sohasiga davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlarini joriy etish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini zarur tovar va xizmat turlari bilan taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining yopiq turdagi harbiy shaharchalarda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga savdo-maishiy xizmat koʻrsatish sohasiga ishlab chiqarish va oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, tibbiyot buyumlari savdosini, shu jumladan tibbiy va boshqa xizmat koʻrsatish turlarini tashkillashtirish uchun tadbirkorlik (yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar) subyektlarini koʻshimcha tarzda jalb etish toʻgrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tadbirkorlik subyektlari yopiq turdagi harbiy shaharchalarda Uzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga savdo-maishiy xizmat koʻrsatish faoliyatidan tushgan yalpi tushumdan yagona soliq toʻlovidan 2022-yil 1-yanvargacha ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chikish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgrisida” 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan formali kiyim-bosh namunalari bilan savdo qilish tegishli litsenziya va sertifikatlar mavjud boʻlgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlari tomonidan yopiq turdagi harbiy shaharchalar hududida formali kiyim-boshlar, furnitura va boshka kiyim-kechak buyumlari savdosini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga savdo-maishiy xizmat koʻrsatish boʻyicha harbiy qism bilan tuzilgan shartnomaga asosan tegishli litsenziyalarsiz amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-son qarorining 3-bandi oltinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy savdo tarmoqlariga qarashli maxsus savdo tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga savdo-maishiy xizmat koʻrsatish boʻyicha harbiy qism bilan tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yurituvchi boshqa vakolatli tadbirkorlik subyektlari yopiq turdagi harbiy shaharchalar hududida harbiy formali kiyim-boshlar, furnitura va boshka kiyim-kechak buyumlari savdosini tegishli litsenziyalarsiz amalga oshiradi”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, ushbu qaror talablari “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Savdo boshqarmasi” davlat unitar korxonasi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatiga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat kilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 12-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3967-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 07/20/3967/0895-son)