Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“XOʻJALIK ShIRKATLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 2002-yil 1-martdan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlarini hamda bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2001-yil 6-dekabr,
309-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 9-modda)