Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 03.03.2018 yildagi 166-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Doʻstlik tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilda gʻazani navlar boʻyicha joylashtirish va paxta yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-fevraldagi PQ-2756-son qaroriga asosan 2017-yil Jizzax viloyati Doʻstlik tumanida paxtachilik yoʻnalishidagi 629 ta fermer xoʻjaligining 1060 ta konturidagi 18700 gektar maydonga chigit ekilib, davlatga paxta sotish shartnoma rejasi 50650 tonna miqdorida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, tumandagi 4 ta sektor rahbarlari tomonidan nazorat oʻrnatilmagani, mutasaddi idoralar rahbarlarining oʻz vazifalarini tegishli darajada bajarmagani natijasida shartnoma rejasi 69,1 foizga bajarilgan yoki 15660 tonna paxta xomashyosi kam topshirilishi sababli 29,8 mlrd. soʻm daromad olinmay qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarning sabablari oʻrganilganda maʼlum boʻldiki, aksariyat hollarda nazorat va tashkilotchilik ishlarining talab darajasida yoʻlga qoʻyilmaganligi natijasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, gʻazani ball boniteti past (37 — 41), suv bilan yetarli taʼminlanmagan yerlarga (22 — 25 ts/ga) joylashtirilishi oqibatida 4352 gektar maydondan atigi 15 sentnerdan hosil olingan va har gektardan oʻrtacha 1 mln.soʻmdan daromad olinmay qolgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, meliorativ holati ogʻir boʻlgan 1014 gektar maydonda chigit ekish tadbirlari kechiktirilganligi oqibatida 1200 tonna paxta hosili yetishtirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, tumanda 46,1 km. sugʻorish tarmoqlari (lotok ariqlar) yaroqsiz holatga kelganligi sababli 51 ta fermer xoʻjaligining 1200 gektar maydoni suv bilan umuman taʼminlanmaganligi oqibatida gektariga oʻrtacha rejalashtirilgan 25 sentner oʻrniga 14,8 sentner hosil olinib, 1800 tonna paxta hosili yoʻqotilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, tumandagi 140 ta fermer xoʻjaligining 2700 gektar gʻoʻza maydoni umuman yagana qilinmagani, 2000 gektar gʻoʻza maydonida oʻrgimchakkana va koʻsak qurti tarqalishiga yoʻl qoʻyilgani hamda zararkunandalarga qarshi kurash choralari yetarli darajada tashkil etilmagani oqibatida 1000 tonna kam hosil olingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, tumandagi mavjud yuqori unumli haydov traktorlarining 30 tasi taʼmirtalab, shuningdek, 24 ta haydov va 99 ta chopiq traktorlari, 50 ta kultivatorlar yetishmasligi agrotexnika tadbirlarini kechiktirib oʻtkazilishiga olib kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan qoʻpol agrotexnik xatolardan toʻgʻri xulosa chiqarish va 2018-yilda erdan unumli foydalanishda sektor rahbarlari, mutasaddilar, taʼminotchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda fermer xoʻjaliklari rahbarlarining masʼuliyati va javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jizzax viloyati Doʻstlik tumanida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta yetishtirish va uni yigʻib-terib olishdagi jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl quyilgani, gʻoʻza parvarishida agrotexnika tadbirlarni belgilangan muddatda sifatli oʻtkazilmagani uchun Jizzax viloyati Doʻstlik tumani hokimi A. Aripov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani inobatga olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan tayyorlovchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida debitor-kreditor qarzdorliklar oʻsishiga yoʻl qoʻyganligi uchun tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari B. Doniyorov ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasiga tegishli ravishda bir oy muddatda tuman prokurori, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻiga nisbatan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mavjud qarzdorliklarni 2018-yilning 1-apreliga qadar undirish taʼminlanmagan taqdirda, 4 ta sektor rahbarlari ularga nisbatan vazifasidan ozod qilishgacha boʻlgan intizomiy jazo choralari koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Doʻstlik tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirish va shartnoma majburiyatlarini bajarishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Doʻstlik tumanidagi fermer xoʻjaliklariga yangi haydov va chopiq traktorlari, kultivatorlar, chigit ekish seyalkalari, omochlar, purkash moslamalari (OVX) hamda tirkamalar yetkazib berishning 2018-yilga moʻljallangan prognoz rejasi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Doʻstlik tumanidagi barcha toifadagi paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oʻrtasidagi debitor va kreditor qarzdorliklarni bartaraf etish jadvali 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Doʻstlik tumanida 2018-yilda fermer xoʻjaliklari tomonidan ekin maydonlaridan tashqaridagi qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlarda yengil konstruksiyali va kam xarajatli dala shiyponlari, issiqxonalar qurish, parranda, sogʻin sigirlar hamda asalari boqishni tashkil etishning prognoz rejasi 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Doʻstlik tumanida 2018-yilda fermer xoʻjaliklari tomonidan paxta va gʻalla ekiladigan maydonlar konturlarining dala chetlariga, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari boʻylariga ekiladigan qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot yetishtirishning prognoz rejasi 5 va 5a-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Doʻstlik tumanida 2018-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirishning prognoz rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasiga fermer xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oldidagi debitor va kreditor qarzdorliklarini belgilangan tartibda undirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda 15 kun muddatda Doʻstlik tumanida tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda 2018-yil uchun ekiladigan ekinlarning samarali joylashtirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda fermer xoʻjaliklari rahbarlari uchun 2018-yilda fermer xoʻjaliklarida rejalashtirilgan ekinlarni parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish va agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan joriy yilning mart oyida joylarda seminarlar oʻtkazilishini va mavsum davomida amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ijrosi boʻyicha har chorakda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida 4 ta sektor rahbarlarining hisobotlari tinglanishi hamda Jizzax viloyati hokimligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayevga axborot berib borilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev hamda Jizzax viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi E.A. Soliyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 3-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2020-y., 09/20/166/0821-son)