24.10.2017 yildagi 871-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2019-yillarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrini kompleks rivojlantirish, bunda shaharning tabiiy xom ashyosi, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, sanoat, xizmat koʻrsatishni yanada rivojlantirish orqali shahar budjetining daromadlar bazasini kengaytirish, muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini takomillashtirish hamda aholi bandligi, daromadi va turmush darajasini izchil oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi 2017 — 2019-yillarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning maqsadli parametrlari 1-ilovaga hamda uning moliyalashtirish manbalari 1a-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari, shuningdek qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlarini yangidan barpo etish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash boʻyicha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar koʻrsatish sohasi va servis infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli roʻyhati 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 6-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval xususiylashtirilgan obyektlardan samarali foydalanish chora-tadbirlari 7-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati Olmaliq shahrini qurish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari 8-ilovaga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent viloyati hokimligi manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturdagi koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda tarmoq jadvallarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha nazarda tutilgan ishlarning tasdiqlangan parametrlarga qatʼiy muvofiq ravishda jadal bajarilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2017 — 2019-yillarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrini kompleks rivojlantirish dasturi parametrlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi tarkibi 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ishchi guruhi (A.J. Ramatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha parametrlar boʻyicha Dastur bajarilishi monitoringi olib borilishini tashkil etsin va har oyda tizimli ravishda muammoli masalalarni koʻrib chiqsin, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika ishchi guruhiga, zarurat boʻlganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, Dasturga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi har yilgi Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda, moliyalashtirish hajmlari va manbaalarini aniqlashtirgan holda, ushbu qarorga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini belgilangan tartibda kiritib borilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Olmaliq shahrida yangi konlar oʻzlashtirilishi, aholi sonining oʻsib borishini hisobga olib, 2035-yilgacha moʻljallangan bosh rejaga koʻra Olmaliq shahrining maʼmuriy hududini 2,6 ming gektardan 3,5 ming gektarga yetkazish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Olmaliq shahridagi “Oydin” dehqon bozori va buyum bozorining kapital rekonstruksiya qilish, qoʻshimcha bino va zamonaviy savdo rastalari barpo etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tijorat banklariga Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va ularga butlovchi buyumlarni xarid qilish uchun belgilangan tartibda kreditlar, shu jumladan chet el valyutasidagi kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent viloyati hokimligi har chorak yakuni boʻyicha Dastur tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini viloyat va shahar faollari yigʻilishlarida koʻrib chiqsin hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Toshkent viloyati hokimi Sh.X. Babayev va Olmaliq shahar hokimi M.M. Mirkasimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 24-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
871-son