Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyoni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-iyun,
396-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyundagi 396-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Bolalikdan nogironlarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “farzandlikka oluvchisi,” soʻzlaridan keyin “oilaga tarbiyaga olgan (patronat) tutingan ota-onasi (keyingi oʻrinlarda — tutingan ota-ona),” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 6-bandning “v” kichik bandida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) nogiron bolaning, shuningdek, 16 yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, tutingan ota-onasi, vasiysi yoki homiysi tomonidan — nogiron bola, shuningdek, 16 yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxsning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi, sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan tibbiy xulosa, ariza bergan ota-ona, farzandlikka oluvchi, tutingan ota-ona, vasiy yoki homiyning pasporti nusxasi”;
ikkinchi xatboshidagi “Farzandlikka oluvchi,” soʻzlaridan keyin “tutingan ota-ona,” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 13-bandning birinchi xatboshidagi “farzandlikka oluvchisi,” soʻzlaridan keyin “tutingan ota-onasi,” soʻzlari qoʻshilsin;
g) 15-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat taʼminotidan chiqarilganda” soʻzlaridan keyin “, nogiron bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish toʻgʻrisidagi bitim bekor qilinganda” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2021-y., 09/21/122/0186-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 09/20/396/0793-son; 05.03.2021-y., 09/21/122/0186-son; 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son; 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)