Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2023 16.06.2020 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan Shveysariya Hukumati nomidan Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy Loyihasi, II bosqich” toʻgʻrisida
Toshkent, 2020-yil 16-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederatsiyasi oʻrtasidagi mavjud doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga intilgan holda hamda xususan, har ikki Tomonning ichki va tashqi siyosatini ragʻbatlantiradigan va mazkur Bitim maqsadlari bilan bir qatorda muhim unsur hisoblanadigan Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida bayon etilgan demokratiya prinsiplari va fundamental inson huquqlarini hurmat qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 20-sentabr kuni imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi oʻrtasida Texnikaviy va moliyaviy hamkorlik hamda insonparvarlik yordami toʻgʻrisidagi Bitimga (keyingi oʻrinlarda — “2002-yildagi Bitim”) muvofiq va uni amalda qoʻllagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Suv xoʻjaligi vazirligi va Shveysariya Hukumati nomidan Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I modda. Umumiy shartlar va tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimda qoʻllanilgan tegishli atamalar, basharti matnda boshqacha talab etilmasa, quyidagi maʼnolarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Tomonlar” Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Shveysariya Hukumatini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Loyiha” Shveysariya Hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan, Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan tayyorlangan va ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblangan Loyiha hujjatida belgilangan “Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy Loyihasi”ni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) “SHTHA” Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Shveysariya elchixonasi” Shveysariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “SXV” Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “LBQ” Loyihaning umumiy nazorati va muvofiqlashtirilishini taʼminlash, shuningdek, strategik masalalarni hal etish uchun tashkil etilgan Loyihani boshqarish qoʻmitasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “GEF agentligi” Orol dengizi havzasi va GEF loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasining agentligini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “Ijroiya agentligi” Loyihani amalga oshirish uchun SHTHA tomonidan tayinlangan GEF agentligi hamda Jamoaning xalqaro rahbarini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “SRIB” Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarishni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II modda. Loyihaning maqsadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Loyiha ikkinchi bosqichining umumiy maqsadi Oʻzbekistonda suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish orqali qishloq joylaridagi aholining turmush darajasini oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Loyihadan kutilayotgan asosiy yakuniy natijalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-yakuniy natija: Suv xoʻjaligi vazirligi SRIB prinsiplariga asoslangan keng qamrovli strategik va tartibga solish bazasini joriy qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-yakuniy natija: Fermerlar va suv xoʻjaligi tashkilotlari suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III modda. Bitimning amal qilish doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim unga ilova qilingan va uning ajralmas qismi hisoblanadigan Loyiha hujjatida belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan faoliyatlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shveysariya elchixonasi SHTHA nomidan Loyihani amalga oshirishda SXV bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro aloqa SXV orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV modda. Amalga oshirish boʻyicha majburiyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. SXV Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan mazkur Bitim va Loyihani amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. SHTHA Shveysariya Hukumati nomidan mazkur Bitimni qoʻllash va Loyihani amalga oshirish uchun Ijro organi hisoblanadi. Shveysariya elchixonasi SHTHAning Oʻzbekistondagi vakili hisoblanadi hamda Loyihani amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlarning umumiy qaroriga asosan, SHTHA Loyiha hujjatida belgilangani boʻyicha, Loyihani amalga oshirishni Ijroiya agentligi (GEF agentligi va Jamoaning xalqaro rahbari) zimmasiga yuklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V modda. Immunitet va imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2002-yildagi Bitimning 6-moddasi 6.2 va 6.8-bandlarida nazarda tutilgan hamda 1961-yil 18-apreldagi Diplomatik aloqalar toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga muvofiq odatda diplomatik missiyalarga taqdim qilinadigan ayni immunitet va imtiyozlar bilan Shveysariya elchixonasini va uning xodimlarini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Shveysariya elchixonasining murojaati asosida Loyihada ishtirok etadigan mutaxassislarga 2002-yildagi Bitimning 6-moddasi 6.4-bandiga koʻra konsullik va boshqa toʻlovlarsiz, vaqtincha kirish va chiqish vizalarini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Loyiha doirasida olib kiriladigan tovarlarni bojxona bojlaridan ozod etadi. Loyiha doirasida Oʻzbekiston hududida sotib olinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlar qoʻshilgan qiymat soligʻidan va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalaridan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) valyuta oʻtkazmalarini tartibga solishning amaldagi qoidalariga muvofiq Loyihaning ehtiyojlari yoki uning mutaxassislari bilan bogʻliq boʻlgan chet el valyutasidagi xalqaro pul oʻtkazmalarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xorijiy va mahalliy mutaxassislarga oʻz xizmat vazifalarini bajarishda yordam beradi, shuningdek, ularga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ruxsatnomalar, hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI modda. Shveysariya Hukumatining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. SHTHA Loyihani 4,6 million (toʻrt million olti yuz ming) AQSH dollarigacha miqdorda boʻlgan hissa orqali moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Loyiha mablagʻlari SHTHA tomonidan Shveysariya elchixonasi orqali boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. SXV Loyiha maqsadlarining toʻliq uygʻunligini va amalga oshirilishini kafolatlash uchun Loyihani lozim darajada muvofiqlashtirish va qoʻllab-quvvatlashni taʼminlaydi, shuningdek, Loyiha doirasida tashkil etiladigan tegishli tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati vakillarining ishtirokiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. SXV Shveysariya elchixonasi va GEF agentligini yozma soʻroviga asosan Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun ularning oʻz vazifalarini eng samarali va lozim darajada bajarishlariga imkon berish maqsadida zarur boʻlgan maʼlumot va ruxsatnomalar bilan zudlik bilan taʼminlash majburiyatini oladi. Bunday maʼlumotlardan faqat Loyiha maqsadlari uchun foydalaniladi. Har qanday boshqa maqsadlarda foydalanish SXV bilan oldindan yozma ravishda kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toʻliq uygʻunlikni kafolatlash maqsadida SXV Shveysariya Hukumati va boshqa donorlar tomonidan moliyalashtiriladigan tadbirlarni lozim darajada muvofiqlashtirishni taʼminlaydi. SXV tomonidan barcha ishtirokchilar oʻrtasida muntazam maslahatlashuvlar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. SXV Loyiha doirasida Shveysariya Hukumati mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan tovarlar va uskunalarni xavfsiz joyda saqlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, Loyiha yakunida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ushbu tovarlar va uskunalarni topshirish boʻyicha tegishli jarayonlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII modda. Loyihani amalga oshirish mexanizmlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Loyiha SXV va SHTHA oʻrtasidagi qoʻshma tashabbus hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston tomonidan SXV:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kelishilgan Loyiha tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Loyihani boshqarish qoʻmitasida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Loyiha tadbirlarini unga jalb qilingan vazirlik va idoralar hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa milliy tashkilotlari bilan muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shveysariya tomonidan Shveysariya elchixonasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Loyihaning umumiy amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Loyihani amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash uchun uzoq va qisqa muddatga yollangan xalqaro va mahalliy mutaxassislarni tayinlashi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Loyihaning maxsus qismlarini amalga oshirish uchun boshqa shaxslarni va mahalliy yoki xalqaro tashkilotlarni tayinlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX modda. Nazorat qilish va muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. LBQ yigʻilishi bir yilda ikki marta oʻtkaziladi. LBQ Tomonlar vakillari ishtirok etgan kvorumga ega boʻladi va qarorlar konsensus asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. LBQ quyidagi aʼzolardan tashkil topadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) SXV vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Shveysariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi rahbari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LBQda quyidagilar (ovoz berish huquqisiz) kuzatuvchi maqomiga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻalikni qisqartirish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) muhokama mavzusiga koʻra, Loyihaga jalb qilingan boshqa idora va tashkilotlarning vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Loyihaga jalb qilingan boshqa donorlarning vakillari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GEF agentligi LBQ kotibiyati vazifasini bajaradi va yigʻilishlarning kun tartibini tayyorlash, taklifnomalar yuborish, shuningdek, uning aʼzolari tomonidan tasdiqlanadigan bayonnomalarni yuritishga masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. LBQ quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Loyihani boshqarish bilan bogʻliq strategik masalalarni muhokama qilish va qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Loyiha boʻyicha erishilgan natijalarni muntazam ravishda koʻrib chiqish va Loyihani amalga oshirish holati boʻyicha yillik hisobotlar va moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash, ushbu hisobotlar SXV va SHTHA ga ularning asosli qaror qabul qilishlariga imkon berish uchun oldindan topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Loyihaning yillik ish rejasi va budjetini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Loyihani qoʻllab-quvvatlash va uni amalga oshirishdagi muhim muammolar boʻyicha qarorlar qabul qilishda yoʻriqnomalar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Loyihani amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kelishmovchiliklarni tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) suv siyosati yoki boshqa tegishli masalalarni muhokama qilish va maʼlumot almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Loyihaning samarali boshqarilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yigʻilishlar Tomonlar bilan maslahatlashuvdan soʻng Kotibiyat tomonidan chaqiriladi. Navbatdan tashqari yigʻilishlar LBQ aʼzolaridan birining soʻroviga muvofiq chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X modda. Hisobot topshirish va axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Loyihani amalga oshirish holati boʻyicha hisobotlar va Loyiha doirasida moliyalashtirilayotgan faoliyat bilan bogʻliq barcha xarajatlarni tasdiqlovchi moliyaviy hisobotlar GEF agentligi tomonidan tayyorlanadi hamda Shveysariya elchixonasi bilan GEF agentligi oʻrtasida tuzilgan kontraktga muvofiq har olti oyda SXV va Shveysariya elchixonasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GEF agentligining buxgalteriya hisoboti va moliyaviy hisoboti, shuningdek, ichki nazorat tizimi mustaqil auditorlik firmasi tomonidan bir yilda bir marta tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar Loyihaning amalga oshirilishiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan har qanday yuzaga keladigan vaziyat toʻgʻrisida darhol bir-birlarini yozma ravishda xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI modda. Loyihani monitoring qilish va baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Loyiha faoliyatining ichki monitoringi GEF agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston tomonidan SXV va Shveysariya tomonidan Shveysariya elchixonasi Loyiha tadbirlarini monitoring qiladi. Bu konsepsiyalar va loyihalashtirish tafsilotlarini muhokama qilish, kamchiliklar va ularni bartaraf etish vositalarini tahlil qilish, shuningdek, zarur hollarda, ish rejasi va jadvallarga oʻzgartirish kiritish boʻyicha texnik uchrashuvlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shveysariya elchixonasi va Loyiha mutaxassislari Loyiha hududiga mustaqil ravishda yoki Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari vakillari bilan birgalikda tashrif buyurishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. SXV, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan kelishgan holda, SHTHA tomonidan Loyihaning samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida oʻz hisobidan mustaqil tekshiruv missiyalarini amalga oshirish hamda yakuniy baholash va davriy nazorat missiyalarini tashkil etish mumkinligiga rozilik bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Loyiha natijalarini baholash 2023-yilda oʻtkaziladi. Baholash davomida erishilgan natijalar va Loyihaning muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi uchun maqbul boʻlgan yoki bunga toʻsqinlik qiluvchi omillarga eʼtibor qaratiladi. Baholash SHTHA tomonidan tayinlanadigan mustaqil uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladi. Baholash guruhiga tegishli maʼlumotlardan toʻliq foydalanish imkoniyati beriladi. Baholash hisoboti Tomonlarga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyihani amalga oshirish koʻrsatkichlari va qoʻshma tashqi baholash natijalariga koʻra ikki Tomon 2023-yildan keyingi hamkorlikni davom ettirish va uni qanday shaklda amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII modda. Tovarlar va xizmatlarni harid qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shveysariya Hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan tovarlar va xizmatlar Shveysariya tartib-qoidalariga muvofiq xarid qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Loyihani amalga oshirish davrida SHTHA mablagʻlari hisobidan Loyiha doirasida foydalanish uchun taqdim etilgan tovarlar SHTHAning cheklanmagan tasarrufida boʻladi va Shveysariya elchixonasining oldindan yozma ruxsatisiz Loyihadan tashqarida foydalanilmaydi. Bu ushbu Loyihaning birinchi bosqichida sotib olingan tovarlarni ham oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Basharti maʼlum sababga koʻra Loyihani amalga oshirish toʻxtatiladigan boʻlsa, SHTHA mablagʻlari hisobidan taqdim etilgan tovarlardan foydalanish tartibi Tomonlar oʻrtasida yozma ravishda belgilanadi. Bunday holda, SHTHA ushbu tovarlar bilan bogʻliq har qanday holat uchun javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Loyiha yakunida Tomonlar Loyiha mablagʻlari hisobidan sotib olingan tovarlarga mulkiy egalik qilish va ulardan foydalanish boʻyicha yozma ravishda kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII modda. Bitimning tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlardan har biri ushbu Bitimni tugatish boʻyicha yozma xabarnomani uch oy oldin yuborish orqali uni tugatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlardan biri mazkur Bitim maqsadlariga ortiq erishib boʻlmaydi yoki ikkinchi Tomon oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir emas deb hisoblagan taqdirda, boshqa Tomon bir oy oldin yozma xabarnoma yuborish orqali uni toʻxtatib qoʻyish yoki tugatish huquqiga ega boʻladi. Yuqorida keltirilgan holatlarga qaramasdan, Tomonlardan har biri ushbu Bitim shartlari qoʻpol ravishda buzilgan taqdirda, uni zudlik bilan tugatishi mumkin. Qoʻpol ravishda buzish ushbu Bitimning asosiy maqsadlaridan birini jiddiy ravishda buzishni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fors-major (tabiiy ofat va boshqalar) natijasida yuzaga keladigan hodisalar mazkur Bitimni ijro etishga toʻsqinlik qilsa, Tomonlardan biri uni amalga oshirish imkonsiz boʻlib qolgan vaqtdan boshlab Bitimni tugatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Bitim muddatidan oldin tugatilgan yoki Loyiha yakun topgan taqdirda, Loyiha doirasida taqdim etilgan sarflanmagan har qanday mablagʻlar SHTHAga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIV modda. Oʻzgartirishlar kiritish va nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimga har qanday oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritish Tomonlarning roziligi bilan yozma ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllashdan kelib chiqadigan har qanday nizolar Tomonlar oʻrtasida diplomatik muzokaralar va maslathalashuvlar orqali doʻstona hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XV modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim doirasida Tomonlar bevosita yoki bilvosita biron-bir xususiyatdagi foydani taklif qilmaydilar. Ular bunday takliflarni qabul qilmaydilar. Har qanday korrupsion yoki noqonuniy xatti-harakatlar ushbu Bitimning qoʻpol buzilishini anglatadi va uning tugatilishiga va (yoki) amaldagi qonunchilikka muvofiq qoʻshimcha tuzatish choralari qoʻllanilishiga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVI modda. Ilovalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha hujjati ilovalari bilan birga mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va faqat ingliz tilida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVII modda. Amal qilish muddati va kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim 2020-yil 1-yanvardan 2023-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrni qamrab oladi. U Tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar oʻzlarining barcha shartnomaviy majburiyatlarini bajargunlariga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2020-yil “16” iyunda har bir Tomon uchun bir nusxadan, teng autentik boʻlgan oʻzbek va ingliz tillarida ikki asl nusxada imzolandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda tafovutlar vujudga kelganda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)