ILOVA
ILOVA
|
Subyektlar |
|
Tadbirlar |
|
Muddatlar |
|
|
||||
|
Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar (Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi,FVV, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi ) |
1. Kelgusi yil uchun “Xavfni tahlil etish” tekshiruv (inspeksiya) rejasini tuzadi, uni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili va maxsus vakolatli organ bilan kelishadi va tasdiqlaydi. 2. Tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazilishi toʻgʻrisida bildirishnoma (xat) yuboradi va tekshiruv (inspeksiya)ni oʻtkazadi. 3. Tekshiruv (inspeksiya) natijalari boʻyicha dalolatnoma yoki maʼlumotnoma tuzadi va Tekshiruv (inspeksiya)larni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritadi. 4. Nazorat obyekti yoki uning vakiliga tekshiruv (inspeksiya) dalolatnomasini imzo qoʻydirib topshiradi. |
Har yili 15-dekabrgacha
3 ish kuni mobaynida.
| ||
|
|
||||
|
Nazorat obyekti |
1. Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va maxsus vakolatli organ va (yoki) boshqa vakolatli organlarga taqdim etadi. 2. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga tadbirlar rejasining har bir bandi ijrosi toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib yozma ravishda maʼlumot beradi. |
Dalolatnomasida koʻrsatilgan muddatda
| ||
|
|
||||
|
Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar |
1. Aholi hayoti va salomatligi, atrof-muhitga zarar yetkazish xavfini yuzaga keltirgan norma va qoidalar talablari buzilishi aniqlanganda, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi nazorat obyekti faoliyatining toʻliq yoki qisman toʻxtatilishi toʻgʻrisida koʻrsatma beradi. 2. Nazorat obyekti faoliyatining toʻxtatilishi toʻgʻrisida imzolangan koʻrsatmani nazorat obyektiga topshiradi yoki topshirish toʻgʻrisida bildirishnomani buyurtma xat orqaliyuboradi. 3. Nazorat obyektini tekshiruv (inspeksiya)dan oʻtkazgan nazorat subyekti tomonidan imzolangan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi nazorat obyekti faoliyatining toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi koʻrsatma nusxasini xabarnoma sifatida maxsus vakolatli organga yuboradi. |
Qoidabuzarlik aniqlangan kunda
| ||
|
|
||||
|
Nazorat obyekti |
Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarni atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi faoliyatni toʻxtatishga olib kelgan qoidabuzarliklar bartaraf etilgani toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi. |
Qoidabuzarliklar bartaraf etilgandan soʻng | ||
|
|
||||
|
Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar |
Taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi hamda nazorat obyektining atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi faoliyatini qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. |
Bildirish qogʻozi olgan kundan boshlab | ||
|
|
||||
|
Alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organlari |
Oʻtkazilgan tekshiruvlar (inspeksiyalar) toʻgʻrisidagi maʼlumot maxsus vakolatli organga kelgusida umumlashtirish va yakuniy maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun taqdim qilinadi. |
Har chorakda keyingi oyning |