Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Markaziy bank tomonidan mikrokredit tashkilotlarining ichki audit xizmatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2453-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-dekabrdagi 28/3-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3411, 11.01.2023-y.) asosan 2023-yil 14-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va 2019-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-599-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 16-martdagi 6/2-son qarori (roʻyxat raqami 2453, 2013-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil 29-aprel, 17-son, 230-modda) bilan tasdiqlangan Markaziy bank tomonidan mikrokredit tashkilotlarining ichki audit xizmatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-may,
11/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 16-maydagi 11/8-son qaroriga
ILOVAMarkaziy bank tomonidan mikrokredit tashkilotlarining ichki audit xizmatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Nizomning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq aktivlarining balans qiymati bir milliard soʻmdan ortiq boʻlgan mikrokredit tashkilotlarida ichki audit xizmatini tashkil etishga qoʻyiladigan talablarni hamda uning faoliyatini tashkil etishning metodologik asoslarini belgilaydi.”.
2. 20-bandning beshinchi xatboshisidagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 21-bandning “g” kichik bandida:
birinchi xatboshidagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “boshqa majburiy toʻlovlarni” degan soʻzlar “yigʻimlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/2453-1/0732-son)