Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
buyrugʻi
Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarining 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2967-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2021-yil 25-oktabrdagi 302-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3331, 04.11.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2017-yil 27-dekabrdagi 529-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2967, 2018-yil 6-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 10/18/2967/0659-son) bilan tasdiqlangan Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalariga 1-ilovaning matni mazkur buyruqning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. T. XUDAYBERGENOV
Toshkent sh.,
2020-yil 21-may,
181-son
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2020-yil 21-maydagi 181-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) uchun belgilangan
TOʻLOVLAR PREYSKURANTI
|
T/r |
Xizmat koʻrsatish turi |
Toʻlov miqdori |
|
|
1. |
Osma va statsionar dvigatelli kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) hamda kichik hajmli kema bileti uchun |
Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi |
|
|
2. |
Eshkakli va yelkanli kemalarning barcha turlarini, shu jumladan, shishiriladigan turlarini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) uchun |
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi |
|
|
3. |
Kichik hajmli kema bileti dublikatini berish uchun |
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi |
|
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/2967-1/0729-son)