Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ichki meʼyoriy hujjatlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 916-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000-yil 22-fevralda 466-son bilan tasdiqlangan Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ichki meʼyoriy hujjatlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 916, 2000-yil 5-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 7-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-may,
12/14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/14-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ichki meʼyoriy hujjatlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 1.2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, qonunchilik hujjatlari va Markaziy bankning tegishli meʼyoriy hujjatlari” degan soʻzlar “qonun hujjatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 1.3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlari,” degan soʻzlar “qonun hujjatlari va” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 1.8-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Markaziy bank meʼyoriy hujjatlariga” degan soʻzlar “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 2.1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2.1. Tijorat banklari ishlab chiqqan meʼyoriy hujjatlar qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishi va Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlari talablariga javob berishi shartdir.”.
5. 2.2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2.2. Ichki meʼyoriy hujjatda mazkur hujjat qaysi qonun hujjati (uning moddalari yoki bandlari) ijrosi yuzasidan qabul qilinayotganligi koʻrsatilishi shart.”.
6. 2.5-bandning birinchi xatboshisidagi “amaldagi qonunchilikda” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 2.6-bandning birinchi xatboshisidagi “amaldagi qonunchilik va Markaziy bank meʼyoriy hujjatlarida” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 3.1-bandda:
birinchi xatboshidagi “amaldagi qonunchilik va Markaziy bank meʼyoriy hujjatlariga” degan soʻzlar “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “amaldagi qonunchilikka va Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlariga” degan soʻzlar “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 3.4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, qonunchiligi va Markaziy bank meʼyoriy hujjatlarida” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 3.5-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlariga” degan soʻzlar “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻrganish davomida tijorat banklari ichki meʼyoriy hujjatlari qonun hujjatlariga zid boʻlgan yoxud ularning talablariga toʻliq javob bermaslik hollari aniqlangan taqdirda, Markaziy bank ushbu ichki meʼyoriy hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yoki ularni bekor qilish toʻgʻrisida tijorat banklari kengashlari yoki boshqaruvlariga ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma beradi.”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
11. Quyidagi mazmundagi 3.7-band bilan toʻldirilsin:
“3.7. Tijorat banklari ular tomonidan qabul qilingan ichki meʼyoriy hujjatlarning, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning reyestrini yuritib borishi lozim.
Ichki meʼyoriy hujjatlar, shuningdek ularga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tijorat banklari tomonidan tasdiqlangandan soʻng 15 kun ichida Markaziy bankka taqdim etilishi kerak.”.
12. 4.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4.1. Tijorat banklarining kredit operatsiyalarini tartibga soluvchi ichki meʼyoriy hujjatlari qonun hujjatlari hamda Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 905, 2000-yil 2-mart) va Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 906, 2000-yil 2-mart) talablariga va boshqa meʼyoriy hujjatlariga muvofiq boʻlishi shart.”.
13. 5.2-bandda:
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/916-1/0734-son)