05.06.2020 yildagi 359-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini modernizatsiya qilish orqali soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi (keyingi oʻrinlarda — chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari va soliq toʻlovchilar oʻrtasida oʻzaro aloqani masofaviy tarzga oʻtkazish, barcha ishtirokchilar oʻrtasidagi munosabatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash orqali toʻliq avtomatlashtirish va interaktiv davlat xizmatlari sonini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlari bilan elektron hamkorlik orqali axborot almashinuvini samarali tashkil etish hamda bu borada mavjud muammolarni bartaraf qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta hajmdagi maʼlumotlarni saqlash, qayta ishlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Onlayn nazorat kassa mashinalari”, “Elektron hisobvaraq-fakturalar” va boshqa markazlashgan tizimlarni keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotda xufiyona faoliyatni qisqartirish, shaffoflik darajasini oshirish hamda tadbirkorlik uchun teng raqobat muhitini yaratish maqsadida soliq organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan oʻqitish usullaridan foydalangan holda soliq sohasida ilgʻor va innovatsion texnologiyalarni egallash hamda ularni amaliyotda samarali tatbiq etish koʻnikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq nazorati tizimini soliq toʻlovchilar faoliyatiga aralashishni, shuningdek, davlat soliq xizmati organlarida “inson omili”ni hamda korrupsiya holatlarni kamaytirish imkonini beruvchi masofaviy tahlil ishlari asosida tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish va soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazining asosiy serverlarini Toshkent shahrida, zaxira serverlarini Navoiy viloyatidagi mavjud binolarni moslashtirgan holda, xalqaro standartlar asosida joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon banki ekspertlari bilan birgalikda maʼlumotlarni qayta ishlash markazining bugungi kundagi holati auditdan oʻtkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda maʼlumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish uchun Jahon bankining imtiyozli kreditlarini jalb etish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish va soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish loyihasi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asosiy va zaxira serverlarini, shuningdek, yuridik shaxslarning yagona maʼlumotlar bazasini tashkil etilishi, Davlat soliq qoʻmitasi axborot tizimlari kompleksining yagona platformasi yaratilishi, soliq organlarining elektron hisoblash texnikalari va kommunikatsiya uskunalari parkini yangilanishi koʻzda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi — buyurtmachi etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagilar loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon banki tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy- axborot markazi” va “Soliq-servis” davlat unitar korxonalari mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Jahon bankiga kreditlarni jalb qilish boʻyicha tegishli soʻrov joʻnatish uchun loyiha pasportini oʻrnatilgan tartibda kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning toʻla hajmda va oʻrnatilgan muddatlarda bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisiga malakali mutaxassislarni jalb etgan holda Davlat soliq qoʻmitasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish, yagona platforma yaratish va amaliyotga joriy etish boʻyicha shartnoma asosida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan vaqtinchalik mehnat jamoasini shakllantirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 5-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
359-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STRATEGIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maʼmuriyatchiligini taʼminlash boʻyicha davlat soliq xizmati organlarida zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini keng joriy etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, soliq maʼmuriyatchiligini samarali amalga oshirishga hamda soliq organlariga yuklatilgan vazifalarni toʻliq bajarishga toʻsqinlik qilayotgan quyidagi kamchilik va muammolar mavjud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, elektron davlat xizmatlari va axborot tizimlari orqali maʼlumotlar bazasiga tushayotgan murojaatlar soni yildan-yilga keskin oshib borayotganligi sababli maʼlumotlarni tezkorlik bilan tahlil qilish imkoniyatini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, Davlat soliq qoʻmitasining mavjud server qurilmalarining xotira hajmi bugungi kunda 90 foiz band va ularning ishlash kafolatli muddati tugagan, Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi qurilmalari eskirgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, mavjud axborot tizimlari turli xil dasturlash tilida va bir-biriga murakkab integratsiyalashgan holda foydalanilmoqtsa hamda yagona platforma mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, elektron hisobvaraq-fakturalar va onlayn nazorat kassa mashinalari hamda tashqi manbalar orqali shakllangan katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash va tezkor tahlil qilish uchun mavjud serverlar quvvati yetishmasligi oqibatida tizimda tez-tez uzilishlar vujudga kelmokda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, soliq toʻlovchi bilan soliq organlari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini taʼminlovchi yagona standart va dasturiy mahsulotlar mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, soliq bazasini kengaytirish uchun idoralararo maʼlumotlar almashish darajasi past;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, soliq toʻlovchilarning xuquqlarini kafolatlash uchun koʻriladigan taʼsir choralarini avtomatik segmentlash va soliq tushumlari xavfini toʻliq baholash mexanizmlari mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda tizimli kamchiliklar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu kamchilik va muammolar soliq tizimini jadal rivojlantirish, soliq maʼmuriyatchiligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, soliqlar va majburiy toʻlovlarning talab darajasida yigʻilishiga va soliq toʻlovchilarga sifatli elektron davlat xizmatlari koʻrsatishga toʻsqinlik qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan aniq maqsad, vazifa va asosiy yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi Davlat soliq qoʻmitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etmokda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Strategiyaning maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Strategiyaning asosiy maqsadi — soliq maʼmuriyatchiligiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda, soliq toʻlovchilarga majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishga sharoit yaratish hisobiga soliq yigʻimlarini oshirish, shuningdek, inson aralashuvini cheklash, qaror qabul qilish jarayonini avtomatlashtirish va yagona standartlarni joriy etish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Strategiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarining maʼlumotlarni qayta ishlash markazini va idoralararo maʼlumotlarni uzatish tarmogini modernizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq maʼmuriyatchiligini avtomatlashtirishda foydalaniladigan axborot tizimlari kompleksining yagona platformasini yaratish, maʼlumotlarni vizualizatsiya qilish tizimlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta hajmdagi maʼlumotlar bilan ishlashning samarali usullarini va ilgor biznes-tahlil (Business Intellegence, Big Data) texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq maʼmuriyatchiligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali soliq toʻlovchilarga kontaktsiz elektron xizmatlarni koʻrsatishga bosqichma-bosqich oʻtish, soliq toʻlovchi shaxsiy kabinetining foydalanish doirasini kengaytirish hamda elektron xizmatlarni koʻrsatishning innovatsion usullarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Onlayn nazorat kassa mashinalari”, “Elektron hisobvaraq-fakturalar” va boshqa markazlashgan tizimlar orqali shakllangan maʼlumotlarni qayta ishlash natijasida bozor konyunkturasini oʻrganish, qoʻshilgan qiymat soligi zanjirini nazoratga olish, tovar va xizmatlarning iqtisodiyotda harakatlanishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilar faoliyatiga aralashishni, shuningdek, davlat soliq xizmati organlarida “inson omili”ni hamda korrupsiya holatlarini kamaytirish imkonini beradigan soliq nazorati tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq auditining har bir qadamini avtomatik tarzda qayd etish, monitoring qilish, real vaqt rejimida maʼlumot va tahlillardan foydalanish orqali soliq tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya tarmoqlari, axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarini himoya qilish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taʼminlaydigan axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tahdidlarining oldini olish, ularni oʻz vaqtida aniqlash va ularga qarshi turish va bu borada kadrlar malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarning hisobini yuritishda yagona identifikator sifatida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)dan foydalanishdan jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalanishga bosqichma-bosqich oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga soliq tushumlarining barqarorligini taʼminlashga erishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Strategiyaning asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan soliq xizmatlarini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq toʻlovchilarga shaxsiy kabinet orqali koʻrsatiladigan xizmatlarni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliq toʻlovchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlarning mobil ilovalari sonini koʻpaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish standartlari va metodologiyasini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tijorat banklari va boshqa tashkilotlar orqali soliq toʻlovchilar haqidagi axborotlarni jamlagan (skoring) xizmat turlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Zamonaviy axborot tizimlarini joriy qilish orqali davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining axborot tizimlari kompleksining yagona platformasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliq xizmati organlarida zamonaviy biznes-tahlil (Business Intellegence) tizimini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq auditini avtomat tarzda nazorat qiladigan (Case Management System, Case Assesment System) tizimni yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Idoralararo hamkorlik orqali axborot almashinuvida mavjud muammolarni bartaraf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq organlariga yuklanadigan vazifalar boʻyicha biznes- protsesslarni ishlab chiqish va ularni avtomatlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarning hisobini yuritishda yagona identifikator sifatida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)dan foydalanishdan jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalanishga oʻtish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliq toʻlovchilarni segmentlash, xavflilik darajasidan kelib chiqib, inson omilini toʻliq bartaraf etadigan soliq nazoratini amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Tahlika-tahlil” tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mahalliy budjetlar daromadini oshirishda mahalliy soliqlarning yigʻiluvchanligini oshirish uchun “sayt” tizimini keng joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Maʼlumotlarni qayta ishlash markazining moddiy-texnika bazasini kengaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi serverlari, hisoblash qurilmalari va boshqa texnik jihozlarini modernizatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼlumotlarni qayta ishlash markazining asosiy va zaxira binolarining Muhandislik infratuzilmasini modernizatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat soliq xizmati organlarining telekommunikatsiya qurilmalari va axborot xavfsizligini taʼminlovchi tizimlarini modernizatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Katta hajmdagi maʼlumotlarni boshqarish va tahlil qilish imkonini beruvchi “Big Data” texnologiyasini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari parkini bosqichma-bosqich yangilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazasining hajmi 1 petabaytga va maʼlumotlarni qayta ishlash hamda tahlil qilish tezligi 10 baravargacha oshadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliq toʻlovchilarga koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlarining sifati oshadi va soliqlarni ixtiyoriy toʻlash darajasi 90 foizgacha yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Onlayn nazorat kassa mashinalari”, “Elektron hisobvaraq-fakturalar” va boshqa markazlashgan tizimlar orqali shakllangan katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qoʻshimcha tushumlar jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliq organlariga yuklanadigan vazifalar boʻyicha biznes-protsesslar ishlab chiqilishi, takrorlanishlar va texnik ishlar qisqarishi hisobiga mehnat unumdorligi ortadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yagona platformani yaratish orqali maʼlumotlarni kiritish, toʻplash, shakllantirish, tahlil qilish qulay va soddalashuvi natijasida soliq hisobotlarini topshirish jarayoni 5 — 7 barobarga qisqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tizimga malakali kadrlarni tayyorlash uchun masofaviy taʼlim imkoniyatlari kengayadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Axborotlar maxfiyligini taʼminlash va tashqi xavflardan himoya qilish hamda maʼlumotlarni xavfsiz va ishonchli saqlash imkoniyatlari 100 foizgacha yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish va soliq maʼmuriyatchiligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLARI REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish

manbai

Ijro

muddati

Masʼul ijrochilar

I. Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi infratuzilmasini takomillashtirish hamda server, telekommunikatsiya va dasturiy taʼminotlarni xarid qilish

1.

Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi serverlari, hisoblash qurilmalari va boshqa texnik jihozlarini modernizatsiya qilish.

1.1. Jahon banki bilan hamkorlikda Davlat soliq qoʻmitasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi serverlari va boshqa texnik jihozlarini modernizatsiya qilish boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarni (pasport, konsepsiya, texnik topshiriq, texnik-iqtisodiy asoslar) ishlab chiqish.

Davlat budjeti, Jahon bankining imtiyozli kredit mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2020-yil

iyul

Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

1.2. Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish.

Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi) Davlat budjeti, Jahon bankining imtiyozli kredit mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2020-yil

sentyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi markaz), Davlat soliq qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

1.3. Oʻrnatilgan tartibda tender (tanlov) savdolarini oʻtkazish.

2020-yil

dekabr

1.4. Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi serverlari, hisoblash qurilmalari va boshqa texnik jihozlarini xarid qilish, oʻrnatish va maʼlumotlarni yangi serverlarga koʻchirish (migratsiya).

2021-yil

iyul

Davlat soliq qoʻmitasi

2.

Maʼlumotlarni qayta ishlash markazining asosiy va zaxira binolaridagi muhandislik infratuzilmasini modernizatsiya qilish.

2.1. Jahon banki bilan hamkorlikda Maʼlumotlarni qayta ishlash markazining asosiy va zaxira binolaridagi muxandislik infratuzilmasini modernizatsiya qilish boʻyicha loyihaoldi va loyixa hujjatlarini (pasport, konsepsiya, texnik topshiriq, texnik-iqtisodiy asoslar) ishlab chiqish.

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” davlat unitar korxonasi mablagʻlari

2020-yil

iyul

Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2.2. Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish.

Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi

2020-yil

sentyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi markaz, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2.3. Oʻrnatilgan tartibda tender (konkurs) savdolarini oʻtkazish.

Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi

2020-yil

dekabr

Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi

2.4. Maʼlumotlarni qayta ishlash markazining asosiy va zaxira binolaridagi muxandislik infratuzilmasini modernizatsiya qilish.

Jahon bankining imtiyozli kredit mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2021-yil

may

Davlat soliq qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

II. Davlat soliq xizmati organlarining kommunikatsiya qurilmalari va axborot xavfsizligini taʼminlash tizimlarini modernizatsiya qilish

3.

Davlat soliq xizmati organlarining telekommunikatsiya qurilmalari va axborot xavfsizligini taʼminlovchi tizimlarini modernizatsiya qilish.

3.1. Jahon banki bilan hamkorlikda Davlat soliq xizmati organlarining barcha boʻgʻinlaridagi telekommunikatsiya tarmogʻini va axborotlar xavfsizligini taʼminlovchi tizimlarni zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilish boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini (pasport, konsepsiya, texnik topshiriq, texnik-iqtisodiy asoslar) ishlab chiqish.

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” davlat unitar korxonasi mablagʻlari

2020-yil iyul

Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

3.2. Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish.

Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi

2020-yil sentyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi markaz, Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiyasi, Kiberxavfsizlik markazi

3.3. Oʻrnatilgan tartibda tender (konkurs) savdolarini oʻtkazish.

Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi

2020-yil

dekabr

Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

3.4. Davlat soliq xizmati organlarining barcha boʻgʻinlaridagi telekommunikatsiya tarmogʻini va axborotlar xavfsizligini taminlovchi tizimlarni zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilish.

Davlat budjeti, Jahon bank�ning imtiyozli kredit mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshka manbalar

2021-yil

iyun

III. Katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish texnologiyalarini joriy etish va mavjud infrastrukturani yangilash

4.

Katta hajmdagi maʼlumotlarni boshqarish va tahlil qilish imkonini beruvchi “Big Data” texnologiyalarini yoʻlga qoʻyish.

4.1. “Big Data” texnologiyasini joriy etish va undan foydalanish boʻyicha xodimlar malakasini oshirish.

Davlat budjeti, Jaxon bankining imtiyozli kredit mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2021-yil

noyabr

Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

4.2. Jahon banki va Rossiya Federal soliq xizmati bilan hamkorlikda “Big Data” texnologiyasini joriy etish boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini (pasport, konsepsiya, texnik topshiriq, texnik-iqtisodiy asoslar) ishlab chiqish.

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi mablagʻlari

2022-yil

iyun

Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

4.3. Loyihaoldi va loyixa hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish.

Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi

2022-yil

sentyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi markaz

4.4. Oʻrnatilgan tartibda tender (konkurs) savdolarini oʻtkazish.

Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi

2023-yil

yanvar

Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi

4.5. Server va telekommunikatsiya qurilmalarini xarid qilish, “Big Data” texnologiyasini sinovdan oʻtkazish va ishga tushirish.

Davlat budjeti, Jahon bankining imtiyozli kredit mablagʻlari, qonunchilikda takiqlanmagan boshqa manbalar

2023-yil

iyun

Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

IV. Soliq maʼmuriyatchiligi jarayonlarini avtomatlashtirish uchun foydalaniladigan axborot tizimlari kompleksining yagona platformasini yaratish

5.

Davlat soliq qoʻmitasining axborot tizimlari kompleksining yagona platformasini yaratish.

5.1. Davlat soliq qoʻmitasining mavjud axborot tizimlarini yagona platformaga oʻtkazish boʻyicha rivojlangan davlatlar tajribalarini, shu jumladan xorijiy davlatlarga xizmat safarlarini tashkil qilgan holda oʻrganish va takliflar tayyorlash.

Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi

2020-yil

avgust

Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

5.2. Takliflar dan kelib chiqqan holda, Yagona platformani yaratish boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar, xorijiy hamkorlar va soliq organlarining masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzish va ularga tegishli vazifalarni belgilash.

2020-yil

oktyabr

Davlat soliq qoʻmitasi, Vazirlik va idoralar

5.3. Davlat soliq qoʻmitasining mavjud axborot tizimlarining yagona platformasini yaratish boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini (pasport, konsepsiya, texnik topshiriq, texnik-iqtisodiy asoslar) ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish uchun vakolatli idoraga yuborish.

Davlat budjeti, Jahon bankining imtiyozli kredit mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshka manbalar

2021-yil

iyul

Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

5.4. Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish.

2021-yil

oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi markaz

5.5. Davlat soliq qoʻmitasining mavjud axborot tizimlarining yagona platformasini yaratish. Mavjud maʼlumotlarni yagona platformaga koʻchirib oʻtkazish (migratsiya), modernizatsiya qilish, axborot xavfsizligini taʼminlash.

2023-yil

oktyabr

Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiri sh vazirligi

6.

Soliq auditining har bir qadamini avtomat tarzda qayd etib boradigan va uni ijrosini nazorat qiladigan (Case Management System) (Case Assesment System) tizimlarni (keyingi oʻrinlarda — soliq auditining nazorat tizimlari) yaratish.

6.1. Soliq auditini nazorat tizimlarini yaratish uchun rivojlangan davlatlar tajribalarini oʻrganish va takliflar tayyorlash.

Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi

2020-yil

oktyabr

Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

6.2. Takliflar asosida tizimni yaratish boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar, xorijiy hamkorlar va soliq organlarining masʼul xodimlaridan tarkib topgan ishchi guruhi tuzgan holda uning vazifalarini belgilash.

2020-yil

noyabr

Davlat soliq qoʻmitasi

6.3. Ishchi guruhi tomonidan Soliq auditining nazorat tizimlari yaratish konsepsiyasi va texnik topshirigʻini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kompleks eskpertizadan oʻtkazish.

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” davlat unitar korxonasi mablagʻlari

2021-yil

mart

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi markaz

6.4. Soliq auditining nazorat tizimlarini yaratish choralarini koʻrish.

Davlat budjeti, Jahon bankining imtiyozli kredit mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2022-yil

may

Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi

V. Soliq toʻlovchilarga real vaqt rejimida koʻrsatiladigan xizmatlarni kengaytirish hamda soliq maʼmuriyatchiligini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish

7.

Soliq toʻlovchilarga shaxsiy kabinet orqali koʻrsatiladigan xizmatlarni kengaytirish hamda mobil ilovalar sonini oshirish.

Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetini takomillashtirish va shaxsiy kabinetdan mobil ilovalar orqali foydalanish imkoniyatini yaratish.

Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi

2020-yil

oktyabr

Davlat soliq qoʻmitasi

8.

Idoralararo hamkorlik orqali axborot almashinuvida mavjud muammolarni bartaraf etish.

Idoralararo elektron hamkorligi natijasida olingan maʼlumotlarni tahlil qilish va qayta ishlashning monitoring tizimini joriy etish.

Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi

2020-yil

noyabr

Davlat soliq qoʻmitasi

9.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirish.

Rossiya Federatsiyasining Federal soliq xizmati bilan hamkorlikda onlayn nazorat kassa mashinalari va Elektron hisobvaraq-fakturalarni tahlil qilish orqali xufiyona faoliyat yuritayotgan korxonalarni markazlashgan holda aniqlash tizimini joriy etish.

Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi

2021-yil

avgust

Davlat soliq qoʻmitasi

10.

Yangi tahrirdati Soliq kodeksini amaliyotga joriy etish hisobiga davlat soliq xizmati organlariga yuklatilgan vazifalar boʻyicha biznes-protsesslarni ishlab chiqish va optimallashtirish.

10.1. Davlat soliq xizmati organlariga yuklatilgan har bir vazifalarni amalga oshirishda har bir jarayon ketma-ketligini (zanjirini) metodikasini ishlab chiqish;

Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi

2021-yil

dekabr

Davlat soliq qoʻmitasi

10.2. Vazifalarni amalga oshirish bosqichlarini avtomatlashtirish.

2021-yil

may

11.

Mahalliy budjetlar daromadini oshirishda mahalliy soliqlarning yigʻiluvchanligini oshirish uchun “SAYT” tizimini keng joriy etish choralarini koʻrish.

11.1. Soliqlarning yigʻiluvchanligini oshirish boʻyicha tahlillarni amalga oshirish.

11.2. “SAYT” tizimini keng joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil

avgust

Davlat soliq qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar

12.

Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarning hisobini yuritishda yagona identifikator sifatida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)dan foydalanishd�n jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalanishga bosqichma-bosqich oʻtish.

12.1. Davlat soliq qoʻmitasiga jismoniy shaxslarning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR toʻgʻrisidagi axborotlarni real vaqt rejimida elektron tarzda taqdim etish.

Ijrochilar mablagʻlari

2020-yil

avgust

Davlat personallashtirish markazi, Davlat soliq qoʻmitasi

12.2. STIRdan JShShIRga oʻtish boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasini inventarizatsiyadan oʻtkazish.

2020-yil

sentyabr

Davlat soliq qoʻmitasi

12.3. Vazirlik va idoralarning Davlat soliq qoʻmitasi bilan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni STIR orqali olish yoʻlga qoʻyilgan axborot tizimlarini qayta koʻrib chiqish va tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

Ijrochilar mablagʻlari

2020-yil

oktyabr

Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

12.4. Jismoniy shaxslarni soliq toʻlovchi sifatida hisobga olishda STIR berish tartibini bekor qilish yuzasidan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni koʻrib chiqib Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil

dekabr

Davlat soliq qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar

12.5. Jismoniy shaxslarga hisoblangan soliqlar hisobini yuritish, ular tomonidan deklaratsiyalarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashni JShShIR orqali amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish.

2021-yil

yanvar

Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, Moliya vazirligi Gʻaznachiligi, vazirliklar va idoralar

13.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari parkini yangilash.

Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-avgustdagi 677-son qarori talablari doirasida tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish.

Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi

2020-2021

Davlat soliq qoʻmitasi

14.

Soliq toʻlovchilarni segmentlash, xavflilik darajasidan kelib chiqib, inson omilini toʻliq bartaraf etadigan soliq nazoratini amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Tahlika-tahlil” dasturiy mahsulini yaratish.

13.1. “Tahlika-taxlil” dasturiy mahsuli loyixasini ishlab chiqish.

Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi

2020-yil

iyul

Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

13.2. “Tahlika-tahlil” dasturiy mahsulini Moliya vazirligi va manfaatdor vazirliklar bilan kelishish.

2020-yil

avgust

13.3. “Tahlika-tahlil” dasturiy mahsulini amaliyotga joriy qilish.

2020-yil

oktyabr

15.

“Ishonchli hamkor” loyihasi doirasida tijorat banklari va boshqa tashkilotlar orqali soliq toʻlovchilar haqidagi axborotlarni jamlagan (skoring) xizmat turlarini joriy etish.

14.1. Mavjud xizmat turlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqish.

14.2. Yangi xizmat turlarini joriy etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi

2020-yil

oktyabr

Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank

16.

Yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish.

16.1. Soliq organlarining maʼlumotlar bazasi negizida yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi yagona markazlashtirilgan axborot manbaini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

Davlat soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi

2020-yil

iyul-avgust

Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi markaz, Davlat xizmatlari agentligi

16.2. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil

sentyabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-avgustdagi 677-son qaroriga 3-ilovaning 5-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 811-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “shu jumladan penyalardan tashqari” soʻzlari “shu jumladan, penyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida shaxsiy hissasini qoʻshgan, ish uchastkasining murakkabligi va muhimligi hamda mehnatda yuqori natijalarga erishgan, xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarayotgan malakali, tashabbuskor rahbar va xodimlarga lavozim maoshining ikki barobari miqdorigacha shaxsiy ustamalar berish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisidagi “bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorigacha oylik yoʻl kartochkalari berish yoki” soʻzlari “har oyda jamoa shartnomasiga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va ularning mehnati samaradorligini oshirish maqsadida har oyda ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun jamoa shartnomasiga muvofiq kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat soliq xizmati organlarida ishlab pensiyaga chiqqan xodimlarga bayramlarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravari miqdorigacha va sogʻligʻini tiklash uchun bir yilda bir marotaba mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining uch baravari miqdorigacha moddiy yordam berish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchun kiyim-bosh (jumladan sport kiyimlari va formalari) sotib olish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“e” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat soliq qoʻmitasining Hayʼati qaroriga asosan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xarajatlar uchun”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Mazkur Nizomning 12-bandi “a” kichik bandining ikkinchi, beshinchi va oltinchi hamda “b” kichik bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi toʻlovlarning aniq miqdori va mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan yoki jamoa shartnomasida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, maxsus unvon va koʻp yil xizmat qilganlik uchun har oylik ustamalar miqdorini belgilashda mehnatga haq toʻlashga oid Yagona tarif setkasi boʻyicha oshirilgan tarif koeffitsiyentlari bilan bir qatorda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasidan ustamalar, shaxsiy ustamalarni belgilashda esa ularning yigʻindisi miqdorlari qoʻshib hisob-kitob qilinadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda yengil avtomashinalaridan foydalanishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qarorining rus tilidagi matnida 1-ilovaning 36-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

36.

Gosudarstvenniy nalogoviy komitet

286

282

22

239

21

-

-

Sentralniy apparat

15

18

6

6

6

-

-

Oblastnie zvenya

44

42

14

14

14

-

-

Rayonnie zvenya

209

208

-

208

-

-

-

Podvedomstvennie organizatsii

18

14

2

11

1

-

-

”.

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son; 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)