Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash toʻgʻrisida
“Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini yanada samarali tashkil etish uchun zarur infratuzilma yaratish hamda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 8-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarning 15 973 m.kv qismi (keyingi oʻrinlarda — obyekt) moddiy madaniy meros sifatida oʻz qimmatini yoʻqotganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan obyekt Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining obyektni “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda — “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ) uning ustav kapitalida davlat ulushini shakllantirish hisobiga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uch oy muddatda obyekt baholangan qiymatda “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ ustav kapitaliga berilishini taʼminlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-iyun,
351-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyundagi 351-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISh
309-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
309. |
“Paxtasanoat ilmiy markazi” |
XX asr |
Shota Rustaveli koʻchasi, 8-uy |
Davlat mulki. “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ operativ boshqaruv huquqi asosida |
”. |
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/351/0719-son)