Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2428-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5814-son “Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 21-yanvardagi 6-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2428, 2013-yil 18-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-may,
207-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 11-maydagi 207-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 20-banddagi “Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi” degan soʻzlar “hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. Shadmanov
2020-yil 11-may
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 10/20/2428-5/0715-son)