27.05.2020 yildagi 332-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, hududning noyob tarixiy-madaniy va me’moriy obidalari bilan turistlarni keng tanishtirish, zamonaviy turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va ko‘rsatilayotgan turizm xizmatlari sifatini takomillashtirish, ichki turizmni faollashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlari o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-2021-yillarda Surxondaryo viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida “Oltin uchburchak” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida turli ixtisoslikdagi kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha zamonaviy klinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va tibbiyot turizmini rivojlantirish chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatiga qo‘shni davlatlar aholisining tashrifini sanitariya-epidemiologik talablarga qatiy rioya etgan holda ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida joylashgan Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligini muhofaza qilish, infratuzilmasini rivojlantirish hamda ushbu obyektni sayyoxlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish chora-tadbirlari rejasi 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi “Qoratepa” va “Fayoztepa” hamda Sho‘rchi tumanidagi “Dalvarzintepa” yodgorligini muhofaza qilish, hududini obodonlashtirish, infratuzilmasini takomillashtirish va sayyoxlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Belgilansinki, 1 — 6 ilovalarga muvofiq dastur va rejalarga kiritilgan tegishli chora-tadbirlar mahalliy budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar, ijrochilar mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari doirasida moliyalashtiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi 1 — 6 ilovalarga muvofiq dastur va rejalardagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilsin va xar chorak yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar ularni bajarish holati yuzasidan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga ma’lumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining 2020-yilning iyul oyidan boshlab, Termiz — Sariosiyo — Denov — Boysun — Sherobod — Termiz yo‘nalishi bo‘ylab turistlar uchun mo‘ljallangan avtobuslarning “City Tour” prinsiplari asosida muntazam qatnovini yo‘lga qo‘yish orqali “Oltin uchburchak” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi avtobuslarning muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risida turoperatorlar, mehmonxonalar, gidlar va boshqa turizm sohasi vakillari o‘rtasida keng targ‘ibot ishlari olib borilishini ta’minlasin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Boysun tumanidagi Omonxona qishlog‘i, Zovboshi tog‘li hududi, Darband qishlog‘i hududlarini o‘z ichiga olgan — Boysun kichik turizm zonasiga investorlarni jalb qilgan holda, turizm infratuzilmasini barpo etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Hunarmand” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda viloyatda esdalik sovg‘a mahsulotlarining turlarini diversifikatsiya qilish, xususan tarixiy-madaniy va arxeologiya, islom ziyorati, ekologiya, buddizm obyektlari, gastronomik va boshqa turizm turlarini aks ettiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Surxondaryo viloyatidagi Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida turizmni rivojlantirish maqsadida ushbu hududda joylashgan “Zarautsoy qoyatosh sur’atlari” turizm namoyishi obyektlarini qo‘riqxonaning qo‘riqlanma zonasiga chiqarish yuzasidan taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Zarautsoy qoyatoshlaridagi bitiklarni saqlab qolish va yosh avlodga keng tanishtirish maqsadida Zarautsoy tarixi haqida chop etilgan kitoblarni saralash va yangidan chop etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga va O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga mazkur qarorning maqsad va vazifalarini tushuntirish yuzasidan ommaviy axborot vositalarida maqolalar va tematik ko‘rsatuvlarni tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduhakimov va Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 27-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-maydagi 332-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-2021-yillarda Surxondaryo viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha kompleks
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r.

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro

muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Surxondaryo viloyatining turistik infratuzilmasini rivojlantirish

1.

Surxondaryo viloyati hududiy investitsiya dasturlari asosida:

20 ta mehmonxonalar qurish orqali 1 115 dan ortiq yangi joylashtirish o‘rin�arini yaratish;

170 ga yaqin o‘ringa mo‘ljallangan 4 ta sog‘lomlashtirish markazlari tashkil etish;

487 o‘rinli 60 ta oilaviy mehmon uylarini tashkil etish.

1. Loyihalarning tarmoq jadvalini ishlab chiqish;

2. Qurilish ishlarini amalga oshirish;

3. Belgilangan muddatda foydalanishga topshirish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

2.

Yirik ziyorat turizmi obyektlari atrofida 6 ta hunarmandchilik markazlari va xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish

1. Loyihalarning tarmoq jadvalini ishlab chiqish;

2. Qurilish ishlarini amalga oshirish;

3. Belgilangan muddatda foydalanishga topshirish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, Hunarmand uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

3.

Surxondaryo viloyatida turistlar tashrif buyuradigan barcha madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlar, muzeylar, mehmonxonalar, hunarmandchilik markazlari va boshqa turizm obyektlari hamda aholi gavjum joylar, xususan bozorlar, shox bekatlar, yo‘l bo‘yi xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, istirohat bog‘larida o‘rnatilgan tartibda Wi-Fi zonalarini tashkil etish.

1. Wi-Fi nuqtalari o‘rnatilishi zarur bo‘lgan obyektlar ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan ro‘yxat asosida Wi-Fi nuqtalarini tashkil etish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

4.

Viloyatdagi ziyoratgohlar, arxeologik, madaniy meros va boshqa turizm obyektlariga olib boruvchi yo‘llarda axborot beruvchi yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish.

1. Ziyoratgoh, arxeologik obyektlar, madaniy meros obyektlari olib boradigan yo‘llarning va yo‘l belgilari o‘rnatiladigan joylarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish;

2. Shakllantirilgan ro‘yxat bo‘yicha “O’z Dst 3331:2018” standartga asosida yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish.

2020-yil sentyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, mas’ul vazirlik va idoralar

5.

Turistlar ko‘p tashrif buyuradigan joylar va sayyohlik marshrutlarida 50 ta sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

1. Sanitariya-gigiyena shoxobchalari o‘rnatiladigan joylarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish

2. Tashabbuskor tadbirkorlarni aniqlash;

3. Loyihalarni ishlab chiqish;

4. Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish

2020-yil oktyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, tashabbuskorlar

6.

Sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan maskanlarda, xususan Termiz arxeologiya muzeyi hamda viloyat tarixi va madaniyati muzeylarida turizm axborot markazlarini tashkil etish.

1. Turizm axborot markazlarini qurish istagini bildirgan tashabbuskor tadbirkorlarni aniqlash;

2. Loyihalarni ishlab chiqish;

3. Axborot markazlarini qurish va foydalanishga topshirish.

2020-yil noyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, tashabbuskorlar

II. Transportning barcha turlari qatnovini keskin ko‘paytirish choralarini ko‘rish va servis xizmatlarini rivojlantirish

7.

Termiz xalqaro aeroportiga Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Indoneziya va Yevropa davlatlaridan aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif kiritish.

Shuningdek, Termiz — Samarqand, Termiz — Buxoro va Termiz — Farg‘ona yo‘nalishlarida mavsumiy aviaqatnovlarini tashkil etish.

1. Xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilgan holda Termiz xalqaro aeroportiga xorijiy davlatlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslarni amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqish;

2. Ichki charter aviaqatnovlarni Karantin talablari asosida belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yish.

Turistik tashkilotlar tomonidan kelib tushgan talabnomalar asosida

Transport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

8.

�izmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida yo‘lovchilarni havo kemasiga ko‘tarilishi va havo kemasidan tushishi uchun yangi traplar xarid qilish.

1. “Uzbekistan Airpots” AJ tomonidan yangi traplar xarid qilish masalasini ko‘rib chiqish;

2. Yangi traplar xarid qilish.

2021-yil

Uzbekistan Airpots AJ tomonidan yangi traplar xarid qilish masalasini ko‘rib chiqish;

Yangi traplar xarid qilish.

9.

Turistik mavsum davrida Buxoro, Urganch shaharlaridan Termiz shahri va Uzun tumaniga poyezdlar qatnovlarini yo‘lga qo‘yish.

1. Turistik mavsum davrida turizm tashilotlari talabnomalaridan kelib chiqqan holda Buxoro va Urganch shaharlaridan Termiz shahri va Uzun tumaniga qo‘shimcha poyezd qatnovlarini yo‘lga qo‘yish.

2020-yil sentyabr oyidan boshlab

Transport vazirligi, O‘zbekiston temir yo‘llari AJ

10.

Temir yo‘l vokzallarida yo‘lovchi va sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi “RENT A CAR” avtotransport vositalarini ijaraga berish xizmatini tashkil etish.

1. “Surxondaryo viloyatida joylashgan temir yo‘l vokzallarida yo‘lovchi va sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi “RENT A CAR” avtotransport vositalarini ijaraga berish xizmatini tashkil etish.

2020-yil sentyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi

11.

Termiz — Toshkent, Termiz — Boysun, Termiz — Denov, Termiz — Uzun yo‘nalishlarda avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish.

1. Transport vazirligi tomonidan turizm tashilotlari talabnomalaridan kelib chiqqan holda turistik mavsum davrida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqish.

2020-yil sentyabr oyidan boshlab

Transport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

III. Avtomobil yo‘llari infratuzilmasini shakllantirish va xizmat ko‘rsatish qamrovini kengaytirish

12.

“Sulton Saodat” majmuasini Al-Hakim at-Termiziy yodgorliklar majmuasi bilan bog‘lovchi yo‘llarni tubdan qayta ta’mirlash va Termiz xalqaro aeroporti bilan bog‘lovchi yangi avtomobil yo‘llarini barpo etish.

1. “Sulton Saodat” majmuasini Hakim at- Termiziy majmuasi bilan bog‘lovchi 4R — 206 avtomobil yo‘lining 7,3 — 10,5 km, 4K — 599G avtomobil yo‘lining 0 — 3,65 km (0 — 1,7 yangi yo‘nalish), 4K — 599 V 2,6 km M39 avtomobil yo‘lining 1452 km bilan bog‘lovchi yangi yo‘nalishdagi avtomobil yo‘li jami 9,2 km uzunlikdagi qismini qayta qurish;

2. Termiz xalqaro aeroporti va “Sulton Saodat” majmuasini bog‘lovchi 4R — 206 avtomobil yo‘lining 9,5 km qismida 4K — 599A avtomobil yo‘lini bog‘lovchi 1,2 km uzunlikdagi avtomobil yo‘lini yangidan qurish.

2020-2021

yillar

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, mutasaddi vazirlik va idoralar

13.

M-39 avtomagistral yo‘lining qolgan 15 km qismini va M-41 avtomagistral yo‘llarini viloyatdan o‘tadigan ta’mir talab qismlarini to‘liq ta’mirlash.

1. M-41 avtomagistral yo‘lining viloyatdan o‘tadigan qismida ta’mir talab uchastkalarini Loyihaning tarmoq jadvalini ishlab chiqish;

2. Yo‘llarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

2020 — 2023

yillar

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, mutasaddi vazirlik va idoralar

14.

Termiz tumanidagi Qoratepa, Zurmala yodgorliklariga olib boruvchi avtomobil yo‘llarini va piyodalar yo‘lagini xatlovdan o‘tkazgan holda qurish.

1. Loyihaning tarmoq jadvalini ishlab chiqish;

2. Belgilangan muddatlarda qurilish ishlarini amalga oshirish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, mutasaddi vazirlik va idoralar

15.

Muzrabot tumanidagi Kampirtepa, Boysun tumanidagi Omonxona, Jarqo‘rg‘on tumanidagi Jarqo‘rg‘on minorasiga olib boruvchi avtomobil yo‘llarini qayta xatlovdan o‘tkazgan holda ta’mirlash.

1. Loyihaning tarmoq jadvalini ishlab chiqish;

2. Belgilangan muddatlarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, mutasaddi vazirlik va idoralar

IV. Turistlar uchun ko‘ngil ochar maskanlar, savdo markazlari, akvaparklarini barpo etish,madaniy t�dbirlar va xalqaro festivallarni o‘tkazish

16.

Termiz shahrida hunarmandchilik yo‘nalishida “Surxon ipagi” brend markazini tashkil etish.

O‘zbekistonning Milliy brendi tushirilgan hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqish va targ‘ib qilish.

2020-yil sentyabr

Savdo-sanoat palatasi, Hunarmand uyushmasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Surxon ipagi MChJ

17.

Boysun tumanidagi hunarmandchilik markazida “Quroq” matosi brend markazini tashkil etish.

O‘zbekistonning Milliy brendi tushirilgan hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqish va targ‘ib qilish.

2020-yil sentyabr

Savdo-sanoat palatasi, Hunarmand uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, tashabbuskorlar

18.

Jarko‘rg‘on tumanida Sarmangan folklor etnografik guruhi va hunarmandchilik markazida “Milliy liboslar” brend markazini tashkil etish.

O‘zbekistonning Milliy brendi tushirilgan hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqish va targ‘ib qilish.

2020-yil sentyabr

Savdo-sanoat palatasi, Hunarmand uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, tashabbuskorlar

19.

Termiz shahrida Narzulla Jo‘rayev tomonidan kulolchilik mahsulotlari tayyorlanuvchi “Hunarmandchilik” ustaxonasi va brend savdo do‘konini tashkil etish.

O‘zbekistonning Milliy brendi tushirilgan hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqish va targ‘ib qilish.

2020-yil sentyabr

Savdo-sanoat palatasi, Hunarmand uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

V. Ziyorat turizmini rivojlantirish

20.

Viloyatdagi ziyorat turizmi obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni sanitariya-epidemiologi� talablardan kelib chiqib sayyohlar tashrifiga tayyorlash.

1. Ziyorat turizmi obyektlarini xatlovdan o‘tkazish;

2. Ro‘yxat va dislokatsiyalarni shakllantirish;

3. Obyektlarda “QR-code”lap o‘rnatish;

4. Peshlavhalarini tartibga keltirish.

2020-yil

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi, Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

21.

Termiz tumani hududida joylashgan “Sulton Saodat” majmuasini qayta rekonstruksiya qilish, alohida kompleks qurilishi (1 000 o‘rinli masjid, maishiy xizmat, qushxona, kichik markaz, kutubxona) bo‘yicha ma’qullangan taklif asosida majmua hududida sayyohlik infratuzilmasini yaratish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash;

2. Loyiha-smeta hujjatlariga sohaviy va davlat ekspertiza xulosalarini olish;

3. Qurilish ishlarni sifatli bajarilishini ta’minlash;

4. Obyektlarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Vaqf xayriya jamoat fondi

22.

“Sulton Saodat” yodgorliklar majmuasi, “Kokildor ota” ziyoratgohi, “Qirqqiz qal’asi” kabi madaniy meros yodgorliklarini restavratsiya va konservatsiya qilish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash;

2. Loyiha-smeta hujjatlariga sohaviy va davlat ekspertiza xulosalarini olish;

3. Qurilish ishlarni sifatli bajarilishini ta’minlash;

4. Obyektlarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish

2020-2021

yillar

Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Vaqf xayriya jamoat fondi

23.

“Sulton Saodat” majmuasi hududida “Islom dini va ma’rifati markazi”ni tashkil etish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash;

2. Loyiha-smeta hujjatlariga sohaviy va davlat ekspertiza xulosalarini olish;

3. Qurilish ishlarni sifatli bajarilishini ta’minlash;

4. Obyektlarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish

2021-yil avgust

Surxondaryo viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi

24.

“Said Otaliq” madrasasi binosida tiklash va ta’mirlash ishlarini olib borish.

1. Binoni tiklash va ta’mirlash bo‘yicha Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

2. Tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlariga asosan obyektda qurilish va rekonstruksiya ishlarini olib borish.

3. Hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish.

2020-2021

yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi

25.

Jarqo‘rg‘on minorasi hududining sayilgoh chegarasini belgilash. Jarqo‘rgon minorasiga olib chiquvchi minora eshigini o‘ymakor yog‘och eshikka almashtirish, yodgorlik hududida avtoturargox qurish, zamonaviy tipdagi SGSh o‘rnatish, minorani atrofdagi binolar bilan birga yagona kompleksga aylantirish. “VOOK CAFE”, hunarmandlik va zardo‘zlik, kashtachilik, so‘zana tikish, tikuvchilik va to‘quvchilik pavilonlarini tashkil etish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish;

2. Tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlariga asosan obyektlarda qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini olib borish;

3. Obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish;

4. Hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish.

2020-2021

yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

26.

“So‘fi Olloyor” ziyoratgohi tarkibiga kiruvchi maqbara va madrasani yagona kompleksga aylantirish, ziyoratgoh hududida avtoturagoh qurish, milliy uslubdagi oshxona, hunarmandchilik savdo rastalari, ziyoratchilar tomonidan ibodatlarini amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish;

2. Tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlariga asosan obyektlar da qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini olib borish;

3. Obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish;

4. Hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish.

2020-2021-yillar

Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Hunarmand uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

27.

“Xo‘ja Alouddin Attor” va “Mavlono Muhammad Zohid” ziyoratgohlarida qurilish va tiklash ishlarini yakunlash va sayyohlar tashrifiga tayyorlash.

Obyektlarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish.

2020-2021

yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbek ipagi uyushmasi, Madaniyat vazirligi, tashabbuskorlar

28.

Surxondaryo viloyatidagi mehmonxonalar xonalarida qibla tomonini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar va ibodat amallarini to‘la to‘kis amalga oshirish uchun joynamozlar (namozxonalar) tashkil etish.

Mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatuvchi personallarga “Halol” turizm xizmatlarini o‘rgatish.

2020-yil

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tashabbuskorlar

VI. Arxeologiya turizmi yo‘nalish rivojlantirish va muzeylar barpo etish

29.

Teshiktosh va Machay g‘orlariga yaqin joylashgan qishloqlarda sayyohlar tunab qolishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish.

1. Mahalliy aholi uylaridan mehmon uylari sifatida foydalanish;

2. Maxsus palatkalar tashkil qilish va boshqa zaruriy sharoitlarni yaratish;

3. G‘orlarga chiqish uchun ot va eshaklardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

2020-yildan boshlab turistik mavsum vaqtida

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

30.

Uzundara va Qo‘rg‘onzol yodgorliklari targ‘ibotini kuchaytirish va sayyohlar oqimini ko‘paytirish.

1. Targ‘ibot materiallarini tayyorlash, internet tarmoqlari va OAV orqali targ‘ibotini kuchaytirish;

2. “Aleksandr Makedonskiy izidan” deb nomlanuvchi tur faoliyatini ommalashtirish.

Doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi

31.

Sherobod tumanidagi 4000 yillik tarixga ega bronza davri madaniyati yodgorligi hisoblangan “Jarqo‘rg‘on” arxeologik obyekti yonida yaigi bino qurish va unda Jarqo‘rg‘on muzeyi faoliyatini qayta tiklash.

1. Yodgorlik hududida qad rostlagan avariya holatidagi eski Jarqo‘rg‘on muzeyi binosi o‘rniga, yangi bino qurish va zamonaviy vitrinalar bilan jihozlab, muzey faoliyatini qayta tiklash;

2. Yangi muzey fondini doim to‘ldirib borish, Jarqo‘rg‘on yodgorligida arxeologik qazuv ishlarini samarali olib borish uchun (arxeologlarning qazuv ishlari jarayonida yashashlarini hisobga olib) yangi qurilayotgan muzey qoshida “Arxeologlar uyi”ni tashkil etish

3. Termiz arxeologiya muzeyi fondiga vaqtincha saqlash uchun berilgan eksponatlarni “Jarqo‘rg‘on” muzeyiga qaytarish va ushbu eksponatlar asosida muzey binosida yangi ko‘rgazma tashkil qilish.

2020-2021

yillar

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

32.

“Qoratepa” va “Fayoztepa” yodgorliklarida turistlar, ilmiy tadqiqotchilar va tashrif buyuruvchilar uchun kulay shart-sharoitlar yaratish, xususan yodgorliklarning tarixiy ko‘rinishini saqlagan holda majmuaning muhofaza hududidan tashqarida zamonaviy kompleks dam olish maskanlarini tashkil etish.

1. Loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash;

2. Loyiha smeta hujjatlarini sohaviy va davlat ekspertiza xulosalarini olish;

3. Qurilish ishlarini sifatli bajarilishini ta’minlash;

4. Obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish.

2020-2021

yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, mutasaddi vazirlik va idoralar

33.

“Fayoztepa” va Al-Hakim At-Termiziy majmualariga keluvchi sayyohlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash maqsadida hududdagi mavjud hashoratlarni odam organizmiga zarar keltirishi mumkinligi jihatidan o‘rganish va ulardan saqlanish choralarini ko‘rish.

1. “Fayoztepa” va Al-Hakim At-Termiziy majmualari hududida mavjud xashorotlarni odam organizmiga zarar keltirishi mumkinligi jihatidan o‘rganish ishlarini olib borish;

2. O‘rganish natijalariga kura ilmiy asoslangan xulosa tayyorlash;

3. Hashoratlarning inson salomatligiga zararli ekanligi aniqlangan taqdirda ularni yo‘qotish choralarini ko‘rish.

2020-yil avgust

Surxondaryo viloyati

hokimligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qo‘mitasi

34.

Viloyatdagi barcha arxeologik yodgorliklar to‘g‘risida OAV, internet saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilik, mahalliy va xalqaro miqyosda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.

Arxeologik yodgorlik to‘g‘risida keng jamoatchilikka OAV orqali targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, Madaniyat vazirligi

VII. Yangi turizm marshrutlarini tashkil etish va mahsulotlarini ishlab chiqish

35.

Viloyatning tibbiy, ekstremal, agro, eko, sanoat, arxeologik, sport va boshqa yangi turizm yo‘nalishlardagi imkoniyatlarini o‘rganish va sayyohlarning tashrifini tashkil etish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish.

1. Yangi turizm yo‘nalishlarini aniqlash va turistik aylanmaga kiritish choralarini ko‘rish;

2. Sayyohlar tashrifini yo‘lga kuyish uchun zaruriy sharoitlarni yaratish;

3. Yangi turizm yo‘nalishlariga turistik kompaniyalar va ommaviy axborot vositalari ishtirokida info-turlar tashkil etish.

2020-yil avgust

doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, mutasaddi vazirlik va idoralar

36.

Alpinizm, speleoturizm, ekstremal tog‘ sporti turizm i yo‘nalishlarini rivojlantirish va sayyohlar tashrifini yo‘lga qo‘yish.

1. Alpinizm, speleoturizm, ekstremal tog‘ sporti turizmi bo‘yicha yangi yo‘nalishlarni aniqlash va ularni turistik marshrutlarga kiritish;

2. Sayyohlar tashrifini yo‘lga qo‘yish uchun zaruriy sharoitlarni yaratish;

3. Yangi turizm yo‘nalishlariga turistik kompaniyalar va ommaviy axborot vositalari ishtirokida info-turlar tashkil etish.

2020-yil avgust

doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, mutasaddi vazirlik va idoralar

37.

Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Janubiy surxon” suv omborining muhofaza hududlarida chuqur tahdidlar �sosida o‘rganish o‘tkazib va zarur infratuzilmani yaratib, ekoturizmni rivojlantirish.

1. “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdoga qo‘yilgan 0.5 ga yer maydonida ekoturizm obyektlarini barpo etish uchun talabgorlarni aniqlash;

2. Loyihalarning tarmoq jadvalini ishlab chiqish;

3. Qurilishlarini amalga oshirish;

4. Obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish.

2020-2021

yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tashabbuskorlar

38.

Sariosiyo tumanidagi “To‘palang” suv ombori muhofaza hududlarida chuqur tahlillar asosida o‘rganish o‘tkazib va zarur infratuzilmani yaratib, ekoturizmni rivojlantirish.

1. Suv omboriga olib boruvchi 5 km yo‘lni kapital ta’mirlash;

2. Suv omboriga olib boruvchi yo‘lda yo‘l ko‘rsatgichlarini o‘rnatish;

3. Suv omboriga olib boruvchi yo‘l atrofida sayyohlar uchun savdo rastalarini tashkil etish;

4. Hududda investorlar uchun kulay shart-sharoit yaratish maqsadida talab etiladigan infrastrukturani barpo etish.

2020-2021-yillar

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi,

Suv xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

39.

Uzun tumanidagi “Mehnat fahriysi Bobomurod Omonov” muzeyi binosini to‘liq ta’mirlash, eksponatlarini qa�tarish, muzey faoliyatini qayta tiklash.

Muzey hududiga yaqin bo‘lgan Botanika bogini obodonlashtirish, bog‘ hududida dam olish infratuzilma yaratish.

1. Loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash;

2. Loyiha smeta hujjatlarini sohaviy va davlat ekspertiza xulosalarini olish;

3. Qurilish ishlarini sifatli bajarilishini ta’minlash;

4. Obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

40.

Denov tumanidagi Dendra bog‘ini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, bog‘ hududi infratuzilmasini yaratish va yahshilash.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va davlat ekspertiza xulosalarini olish;

2. Qurilish ishlarini sifatli bajarilishini ta’minlash.

2020-yil oktyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tashabbuskorlar

41.

Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha bo‘linmalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar tayyorlash va tarqatish.

1. Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha bo‘linmalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi materiallarini ishlab chiqish va tarqatish.

2020-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

VIII. Turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ularning malaka va ko‘nikmalarini oshirish

42.

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti va Termiz davlat universiteti bilan Turkiya, Yaponiya, Tayland, Malayziya, Indoneziya kabi davlatlarning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish.

1. Turkiya, Yaponiya, Tayland, Malayziya, Indoneziya kabi davlatlarning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassis xodimlarni ta’lim jarayoniga jalb etish.

2. “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti va Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilarini mazkur davlatlarga turizm yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuborish choralarini ko‘rish.

Reja-jadval

asosida

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, El-yurt umidi” jamg‘armasi, O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari

43.

Turizm sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi kadrlar (mehmonxonalar, turoperatorlar, muzeylar, restoranlar, madaniyat markazlari xodimlari, turizm politsiyasi va boshqalar) malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish.

“Turizm sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi”da kurslar tashkil qilish bo‘yicha o‘quv dasturlarini shakllantirish, moderatorlarni tayinlash auditoriyani shakllantirish.

Yil davomida

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 27-maydagi 332-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida “Oltin uchburchak” loyihasini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r.

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro

muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Termiz — Sariosiyo — Denov — Boysun — Sherobod — Termiz yo‘nalishi bo‘ylab xar bir hududda mavjud bo‘lgan turizm obyektlarning ro‘yxatlarini va ular to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni shakllantirish.

1. Har bir yo‘nalishda mavjud bo‘lgan turizm obyektlarni chuqur o‘rganib chiqish;

2. O‘rganish yakunlari asosida turizm obyektlarining ro‘yxatlarini va ular to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni shakllantirish;

3. Shakllantirilgan ma’lumotlarni buklet va flayerlar ko‘rinishida chop etish va tarqatilishini ta’minlash.

2020-yil avgust

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

2.

Yo‘nalish bo‘ylab avtobus bekatlarini qaysi manzilda joylashtirilishi bo‘yicha asoslantiruvchi takliflar tayyorlash hamda Transport vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligiga taqdim etish.

1. Termiz — Sariosiyo — Denov — Boysun — Sherobod — Termiz yo‘nalishini joyiga chiqqan holda o‘rganish;

2. Avtobus bekatlarini joylashtirish uchun salohiyatli bo‘lgan hududlarni belgilash;

3. Belgilangan hududlarni Transport vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligiga taqdim etish.

2020-yil avgust

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

3.

Yo‘nalish bo‘yicha maxsus xaritalar ishlab chiqqan holda, mehmonxonalar, aeroport va vokzallar, turoperatorlar va barcha manfaatdor tomonlarga bepul tarqatilishini ta’minlash.

1. Yo‘nalish bo‘yicha maxsus xaritalar ishlab chiqish;

2. Tayyor xaritalarni mehmonxonalar, aeroport va vokzallar, turoperatorlar va barcha manfaatdor tomonlarga bepul tarqatilishini ta’minlash.

2020-yil sentyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mita�i, Surxondaryo viloyati hokimligi

4.

Loyihani amalga oshirishda barcha ishtirok etuvchilarning (avtobus va taksi haydovchilari. gidlar, mahalliy aholi va boshqalar) malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv-treninglar tashkil etish.

1. Loyiha jarayonlarida ishtirok etuvchilarning ro‘yxatini shakllantirish;

2. Shakllantirilgan ro‘yxat bo‘yicha ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-treninglar tashkil qilish.

2020-yil

Turizmni rivojlantirish davlat kumitasi

5.

Yo‘nalishni o‘z ichiga olgan hududlarda mehmon uylari, turli hunarmandlar xonadonlari va ustaxonalari kabi qiziqarli va noodatiy manzillarni loyihaga jalb etish va shu orqali turistlarni ushbu joylarda qolish muddatlarini uzaytirish choralarini ko‘rish.

1. Yo‘nalishni qamrab olgan hududlarni o‘rganish;

2. Joylarda mehmon uylari, turli hunarmandlar xonadonlari va ustaxonalarni ushbu loyiha doirasidagi sayyohlik marshrutlariga jalb qilish

doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

6.

Yo‘lovchilarning fikr va takliflarini doimiy ravishda tahlil qilib borish maqsadida, turli tillarda so‘rovnoma ishlab chiqish va barcha avtobuslarga joylashtirilishini ta’minlash.

1. Namunaviy so‘rovnoma ishlab chiqish;

2. So‘rovnomani turli tillarga tarjima qilish;

3. Qatnovlar yo‘lga qo‘yilgan so‘ng, so‘rovnomalarni joylashtirish va doimiy tahlil qilib borish.

avtobus harakatlari yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng doimiy ravishda

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

7.

Loyiha doirasida alohida xar bir to‘xtash joylarida mavjud bo‘lgan taklif etiluvchi xizmatlarning ro‘yxatini shakllantirish hamda bukletlar va flayerlar ko‘rinishida chop etilishini ta’minlash.

1. Alohida har bir to‘xtash joylarida mavjud bo‘lgan taklif etiluvchi xizmatlarning ro‘yxatini shakllantirish;

2. Bukletlar va flayerlar ko‘rinishida chop etish va bekatlarda joylashtirilishini ta’minlash.

avtobus harakatlari yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng doimiy ravishda

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

8.

Loyihani barcha OAVlarida keng yoritilishini, turizm marshrutlariga kiritilishini hamda turli infoturlar tashkil etilishini ta’minlash.

1. Keng qamrovli targ‘ibot ishlarini olib borish;

2. Sayyohlik marshrutlariga kiritilishini ta’minlash.

avtobus harakatlari yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng doimiy ravishda

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi. Transport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

9.

Yo‘�alish bo‘yicha harakatlanuvchi avtobuslarni alohida ranglar va Oltin uchburchak (Golden Triangle) belgilarini joriy qilish orqali boshqa avtobuslardan farqlash choralarini ko‘rish.

1. Loyiha doirasidagi avtobuslarga alohida ranglar va Oltin uchburchak(Golden Triangle) belgilarini joriy qilishdan oldin Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishish.

avtobus

harakatlari

yo‘lga

qo‘yilishdan

oldin

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi

10.

Yo‘nalish bo‘yicha yangi avtobus bekatlari uchun tegishli yer maydonlarini ajratilishini ta’minlash.

1. Loyiha doirasida yangi quriladigan avtobus bekatlari uchun yer maydonlarini aniqlash va belgilangan tartibda tashabbuskorlarga ajratish

2020-yil sentyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

11.

Avtobus bekatlarini doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida, davlat-xususiy sherikchilik prinsiplari asosida bekatlarni turli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish uchun tadbirkorlik subyektlariga biriktirilishini ta’minlash.

1. Davlat-xususiy sherikchilik prinsiplari asosida bekatlarni turli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish uchun tadbirkorlik subyektlariga biriktirilishini ta’minlash.

2020-yil sentyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

12.

Avtobuslar to‘xtash bekatlarini maxsus belgilar bilan ajratish va loyiha doirasidagi barcha bekatlarni namunaviy tarzda bir xilligini ta’minlash.

1. Bekatlarni maxsus belgilar bilan ajratish va Loyiha doirasidagi barcha bekatlarni namunaviy tarzda bir xilligini ta’minlash choralarini ko‘rish va jarayonni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishish.

2020-yil oktyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

13.

Har bir bekatlarda xizmat ko‘rsatuvchi taksi transport vositalariga Oltin uchburchak (Golden Triangle) belgilarini joylashtirish.

1. Boshqa taksi xizmatlaridan farqlash maqsadida, trasportlarga Oltin uchburchak (Golden Triangle) belgilarini joylashtirish va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishish .

2020-yil oktyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

14.

Har bir avtobuslarda so‘rovnomalar saqlanuvchi maxsus quticha joylashtirish.

1. Maxsus qutichalar barcha yo‘lovchilar uchun ko‘rish mumkin bo‘lgan holatda joylashtirish.

2. Har oy yakunlari bilan ushbu so‘rovnomalarni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmasiga taqdim etib borish.

a�tobus harakatlari yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng doimiy ravishda

Surxondaryo viloyati hokimligi, Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

15.

Avtobus xizmati uchun chiptalarni onlayn xarid qilish tizimini joriy qilish choralarini ko‘rish.

1. Chiptalarni onlayn xarid qilish imkoniyatini yaratish.

2020-yil oktyabr

Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

16.

Loyiha doirasidagi barcha avtobuslarda o‘rnatilgan tartibda Wi-Fi tarmog‘i qamrovini tashkil etish, har bir obyekt bo‘yicha roliklar tayyorlanib maxsus ekranlar orqali turistlarga tanishtirib borish va avtobuslarda audio-gid tizimini joriy qilish.

1. Loyiha doirasidagi barcha avtobuslarda Wi-Fi texnologiyasi asosida Internet tarmog‘iga kirish imkoniyatini yaratish.

2. Har bir obyekt bo‘yicha roliklar tayyorlash.

3. Turli tillardagi audio-gid xizmatini joriy qilish.

avtobus

harakatlari

yo‘lga

qo‘yilgandan

so‘ng

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

17.

Avtobus xizmatlarini baholab borish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda viloyat turistik xaritasini yaratish va unda Oltin uchburchak avtobus bekatlari joylashgan nuqtalarni ko‘rsatib o‘tish maqsadida mobil ilova ishlab chiqish

1. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi avtobuslar xizmatini baholab borishi uchun mobil ilova ishlab chiqish.

2. Mobil ilovada Oltin uchburchak avtobus bekatlari joylashgan nuqtalarni ko‘rsatib o‘tish.

2020-yil oktyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

18.

Loyiha doirasidagi bekatlarda va madaniy meros hududlarida zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo etish.

1. Bekatlar ro‘yxatlarini shakllantirish;

2. Shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda SGSh o‘rnatish.

2020-2021-yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-maydagi 332-son qaroriga

3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida turli nxtisoslikdagi kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha zamonaviy klinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va tibbiyot turizmini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r.

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro

muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Surxondaryo viloyatida Toshkent shahridagi nufuzli klinikalarning filiallarini ochish

1. Viloyat aholisi va hududga qo‘shni respublikalardan keluvchi turistlarning tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish.

2. O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, turli y�nalishdagi klinikalar faoliyatini tashkil etish

2020-2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

2.

Viloyatda xususiy klinikalar faoliyatini takomillashtirish va ularning sonini va xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish.

1. Viloyatda joylashgan xususiy klinikalarda davolash tizimini xam yo‘lga qo‘yish.

2. Bo‘sh turgan hozirgi kunda foydalanilmayotgan binolarni klinika faoliyatini yo‘lga qo‘yish sharti bilan nol balansda tadbirkorlik subyektlariga ajratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2020-yil avgust

Surxondaryo viloyati hokimligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

3.

Tibbiyot turizmini rivojlantirish bo‘yicha sanatoriya va sihatgohlar faoliyatini takomillashtirish.

1. Viloyatdagi mavjud barcha sanatoriya va sihatgoxlarni xorijiy turistlar qabul qilishga moslashtirish va jahon standartlariga javob beradigan darajaga ko‘tarish.

2. Qo‘shni mamlakatlarda Surxondaryo viloyatining tibbiyot turizmi imkoniyatlari va eng mashhur tabiiy shifo maskanlari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish

3. Klinika, sanatoriya va sihatgoxlar qurish bo‘yicha xorijiy investorlarni jalb etish va ularga qulayliklar yaratish.

2020-yil

Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

4.

Viloyatda tibbiyot forumlarini o‘tkazish.

1. Surxondaryo viloyatida respublika keyinchalik xalqaro darajadagi tibbiyot forumlarini o‘tkazish.

2. Ushbu forumlarni viloyatning eng mashhur tabiiy shifo maskanlarida tashkil etish.

2021-2020

yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

5.

Xo‘jamayxona g‘ori yaqinida klinika va sanatoriya obyektlarini qurib foydalanishga topshirish.

1. Xo‘jamayxona g‘ori yuza qismidan chiqayotgan xalq tilida shifobaxsh deyilgan tabiiy buloq suvi tarkibini o‘rganish.

2. Tabiiy buloqqa yaqin joyga xususiy klinika va sanatoriyalar qurish uchun yer maydonlari ajratish.

3. Mazkur yer maydonlarini belgilangan tartibda sotuvga qo‘yish.

4. Auksion shartlarini aynan klinika va sanatoriya faoliyatini tashkil etish qilib ko‘rsatish hamda foydalanishga topshirish muddatini aniq belgilash.

2021-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

6.

G‘o‘rinbuloqsoy yaqinida klinika va sanatoriya obyektlarini qurib foydalanishga topshirish.

1. G‘o‘rinbuloqsoydan chiqayotgan xalq tilida shifobaxsh deyilgan tabiiy buloq suvi tarkibini o‘rganish.

2. Tabiiy buloqqa yaqin joyga xususiy klinika va sanatoriyalar qurish uchun yer maydonlari ajratish.

3. Mazkur yer maydonlarini belgilangan tartibda sotuvga qo‘yish.

4. Auksion shartlariga aynan klinika va sanatoriya faoliyatini tashkil etish qilib ko‘rsatish hamda foydalanishga topshirish muddatini aniq belgilash.

2021-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

7.

“Termiz kargo logistika markazi hududida turli ixtisoslikdagi kasalliklarni davolovchi zamonaviy klinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. “Termiz kargo logistika markazi hududida 10 ta 5 qavatdan iborat zamonaviy klinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2. Mazkur hududni respublikamizdagi eng zamonaviy diagnostika va davolanish maskaniga aylantirish.

3. Klinikalar qurishga yer maydonlari ajratish, tashabbuskor tadbirkorlarni aniqlash va xorijiy investorlarni jalb etish.

4. Ushbu hududda joylashgan klinikalarga turli soliq imtiyozlari joriy etish.

5. Klinikalarga xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish.

2020-2021

yillar

davomida

Surxondaryo viloyati hokimligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

8.

Viloyatdagi tibbiyot xodimlarini xorijning yetakchi klinikalarida malaka oshirishini ta’minlash

1. Chet eldagi nomdor klinikalar bilan ikki tomonlama shartnomalar imzolash.

2. Tibbiyot xodimlarini mezonlarga muvofiq saralab olish.

3. Ularni bosqichma-bosqich malaka oshirishga yuborish va olgan bilimlarini amalda qo‘llashini ta’minlash.

2020-2021

yillar

davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

9.

Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan hozirgi kunda xorijda tibbiyot yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni viloyatga qaytarish choralarini qurish.

1. Asli Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, hozirgi kunda xorijda tibbiyot yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni aniqlash.

2. Ularga yurtimizda olib borilayotgan islohotlar bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish.

3. Ularga davlat yoki xususiy klinikalardan munosib ishlar tavsiya qilish bilan bir qatorda o‘z xususiy klinikasini ochish taklifini xam berish.

2020-2021

yillar

Tashii ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-maydagi 332-son qaroriga

4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatiga qo‘shni davlatlar aholisinnng tashrifini sanitariya-epidemnologik talablarga qat’iy rioya etgan holda ko‘paytirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r.

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Viloyatning turistik salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida, video roliklar, turistik kartalar va boshqa elektron va bosma tarqatma materiallarini qo‘shni mamlakatlar uchun turli tillarda (flayer, buklet v.b.) tayyorlash, internet orqali va xalqaro tadbirlar davomida targ‘ib qilish

1. Mavjud turizm obyektlarini xatlovdan o‘tkazish.

2. Yagona turistik xarita ishlab chiqish bunda, joylashtirish vositalari, restoran va kafelar, bog‘lar, madaniy meros obyektlari va sanitariya-gigiyena shaxobchalar joylashtirilishini ta’minlash.

2020-yil avgustdan boshlab doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

2.

Qo‘shni davlatlarning milliy tadbirlarini o‘tkazish.

1. Qo‘shni davlatlarning urf-odatlari va milliy tadbirlarini o‘rganish.

2. O‘rganish natijalari bo‘yicha turli tadbirlarni viloyatda o‘tkazish va milliy tadbirlar o‘tkazilayotgan davlat kuni sifatida belgilash.

2020-yil avgustdan * boshlab doimiy

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

3.

“Boysun bahori festivalini xalqaro darajada o‘tkazilishini ta’minlash.

1. “Boysun bahori” festivalini xalqaro talablarga moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2. Festival haqidagi ma’lumotlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish.

3. Festivalga qo‘shni mamlakatlardan xam ishtirokchilar jalb qilinishni ta’minlash.

2021-yil avgust*

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

4.

Viloyatdagi uzumzorlar hududida degustatsiya markazlari, ovqatlanish va dam olish o‘rinlarini tashkil qilish hamda sayyohlar uchun uzumzor va vino tayyorlash zavodi bo‘ylab ekskursiyalarini tashkil qilish.

1. Viloyatda uzum bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklarini aniqlash.

2. Vino degustatsiya obyektlari tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarni aniqlab, belgilangan tartibda amaliy yordam ko‘rsatish.

3. Har yili “uzum sayli” tadbiri tashkil etish.

2020-yil dekabr*

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

5.

Surxondaryo viloyatining mashhur shaxslari uy-ko‘rgazmalarini tashkil qilish.

1. Uy-ko‘rgazmalari tashkil etiladigan mashhur shaxslarni aniqlash va ularning yashab ijod etgan uylarini viloyat urf-odatlariga mos ravishda bezatish.

2. Yaratilgan uy-ko‘rgazmalariga turistlarni jalb etish va ularni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish.

2020-yil dekabr*

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi

6.

Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi faoliyatini takomillashtirish.

1. Muzeydagi eksponatlar sonini oshirish

2. Muzey faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish

2020-yil avgust

Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

7.

Viloyatda hozirgi zamon talabiga javob beruvchi kinoteatr binosini qurish va “Xorijiy kinofilmlar kunlarini tashkil etish.

1. Kinoteatr barpo etish istagini bildirgan tashabbuskorlarni aniqlash.

2. Kinoteatr faoliyatini ishga tushirish.

3. Qo‘shni mamlakatlarda sur’atga olingan badiiy va hujjatli filmlar namoyishini tashkil etish.

4. “Xorijiy kinofilmlar kunlari” doirasida seminarlar, mahorat darslari tashkil etish.

2020-2021

yillar

davomida

Surxondaryo viloyati hoki�ligi, “Uzbekkino” milliy agentligi, Madaniyat vazirligi

8.

Viloyatda restoran va kafelarni tungi vaqtda faoliyat yuritish talablariga moslashtirish.

1. Viloyatdagi kafe va restoranlarni xatlovdan o‘tkazish.

2. Tungi vaqtda faoliyat yuritish istagida bo‘lganlarini aniqlash va ularga belgilangan tartibda ruxsatnoma berish.

2020-yil avgust*

Surxondaryo viloyati hokimligi, Ichki ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

9.

Surxondaryo viloyatida “MICE” turizmni rivojlantirish.

1. Turli tadbirlar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan obyektlarning ro‘yxatlarini shakllantirish.

2. Viloyatda quriladigan mehmonxonalar, katta anjuman saroylari va turli obyektlar rahbarlariga “MICE turizmi yo‘nalishida tushunchalar borib uchrashuvlar, korporativ marosimlar, konferensiyalar va ko‘rgazmalar o‘tkazish.

3. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan xar yili kamida bir marotaba o‘zlari tomonidan tashkillashtiriladigan turli xil tadbirlarni (forum, seminar, konferensiya va boshqalar) Surxondaryo viloyatida o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga taqdim etib borish.

2020-yil avgust*

doimiy

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar

10.

Muzrabot tumani “Kampirtepa hududida joylashgan Amudaryo qirg‘og‘i bo‘yidagi Iskandar Makduniy qal’asida turizm markazini tashkil etish.

1. Mazkur yodgorliklarga olib boruvchi ta’mirga muhtoj bo‘lgan yo‘llarni o‘rganish va ta’mirlash.

2. Yodgorliklarga olib boruvchi yo‘l ko‘rsatgich belgilarini o‘rnatish.

3. Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

4. Tungi yoritgich chiroqlarini tashkil etish.

5. Avtomobillar vaqtincha turar joylarini barpo etish.

2020-yil avgust

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Surxondaryo viloyati hokimligi

11.

Surxondaryo viloyatida “Yaponiya ilmiy-amaliy markazi”ni tashkil etish bo‘yicha taklif ishlab chiqish.

1. “Yaponiya ilmiy-amaliy markazi” ni tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

2020-yil iyul

O‘zbekiston fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

12.

Viloyatga tur operatorlarni jalb qilgan holda xorijiy turistlar uchun maxsus “Surxon ipagi” turizm dasturlarini yo‘lga qo‘yish, turistlarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirish, ipak muzeylariga tashriflarni uyushtirish.

1. “Surxon ipagi” turizm dasturini ishlab chiqish.

2. Turistlarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirish, ipak muzeylariga tashriflarni uyushtirish.

3. “Show Room” tashkil etish va ular bilan bog‘liq boshqa xizmatlarni yo‘lga qo‘yish.

2020-yil noyabr*


doimiy



doimiy

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

13.

Sherobod tumanida M-39 yo‘nalishi bo‘ylab tadbirkorlik subyektlari tomonidan anorni yetishtirish, anor va uning po‘stlog‘idan turli sharbat va shifobaxsh ichimliklar tayyorlash va anorni qadoqlash uchun mo‘ljallangan “Anorchilik markazi” ni barpo etish bo‘yicha taklif ishlab chiqish.

1. “Anorchilik markazi”ni barpo etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

2. “Anorchilik markazi va unga tutash bo‘lgan hududlarda anor plantatsiyalarini tashkil etish mavjudlarini yangilash.

3. Anor sharbati (konsentrati) ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha takliflarini ishlab chiqish.

4. Anor po‘stlog‘ini qayta ishlash orqali dorivor vositalar ishlab chiqarish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

5. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida Anor yetishtirish va uni qayta ishlash sohasi bo‘yicha 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

2020-yil iyul

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

14.

Oltinsoy tumanida joylashgan “Sulton sharbati agrofirmasida xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, vino turizmi yo‘nalishini tashkil qilish.

1. Oltinsoy tumanida uzumchilik xo‘jaliklari va uni qayta ishlash korxonalari faoliyatini o‘rganib chiqish.

2. Uzum yetishtirish plantatsiyalarini kengaytirish va mavjudlarini yangilash.

3. “Sulton sharbati agrofirmasida xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, vino turizmi yo‘nalishini tashkil etish.

2020-yil sentyabr*


2020-yil noyabr*


2020-yil noyabr*

“Uzsharobsanoat AJ, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

15.

Oltinsoy tumanida joylashgan “Xo‘jaipok va “Vaxshivorhududlarini turistlar tashrif maskaniga aylantirish.

1. “Xo‘jaipok va “Vaxshivor obyektlari va unga tutash bo‘lgan hududlarni xorijiy sayyohlar tashrif buyurishini inobatga olgan holda o‘rganib chiqish va bajariladigan ishlar bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

2. “Xo‘jaypok va “Vaxshivor obyektlari va unga tutash bo‘lgan hududlarda muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlarini (elektr. gaz. ichimlik suvi va aloqa tizimi) yangidan qurish va majudlarini rekonstruksiya qilish.

3. “Xo‘jaipok” va “Vaxshivor obyektlariga olib boruvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash.

Bunda, avtomobillarni vaqtincha turar joylarini yangidan barpo etishga alohida e’tibor qaratish.

4 “Xo‘jaipok va “Vaxshivor obyektlari hududida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

5. “Xo‘jaipok va “Vaxshivor obyektlari hududida mahalliy va hunarmandchilik mahsulotlari savdosini tashkil etish.

2020-yil iyul





2020-yil III chorak





2020-yil III chorak





2020-yil III chorak



2020-yil III chorak

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

16.

Boysun tumanidagi “Omonxona, Sariosiyo tumanidagi “Sangardak va Oltinsoy tumanidagi “Xo‘jaipok qishloqlarini va Sherobod tumanidagi “Chorbog‘ mahallasidagi “Tuz kon majmuasini Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining reyestriga kiritish hamda ushbu qishloqlarga “Turizm qishlog‘i” va “Turizm mahallasi” maqomi berilishini ta’minlash.

1. Omonxona, Sangardak, Xo‘jaypok va Tuz kon majmuasi to‘g‘risida ma’lumotlarni xorijiy turistlar o‘rtasida keng targ‘ibot ishlarini olib borish.

2. Ushbu hududlarga “Turizm qishlog‘i va “Turizm mahallasi maqomini berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish

3. Boysun tumanidagi “Omonxona, Sariosiyo tumanidagi “Sangardak va Oltinsoy tumanidagi “Xo‘jaipok” qishloqlarini va Sherobod tumanidagi Chorbog‘ mahallasidagi “Tuz kon” majmuasi joylashgan qishloqlarni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritish bo‘yicha taklif tayyorlash.

2020-yil avgustdan boshlab doimiy



2020-yil avgust



2020-yil noyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi

17.

“Xalqaro Kann” va “Berlin kino festivallari hamda AQShning “Location-Exro va Buyuk Britaniyaning “FOCUS” kinolokatsiya festivallari va yarmarkalarida Surxondaryo viloyatining jozibador hududlarini keng targ‘ib qilish.

1. Surxondaryo viloyatining jozibador hududlarini targ‘ib qilish va hududda video mahsulotlarini tasvirga olish uchun sharoitlar yaratish.

2. “Xalqaro Kann” va “Berlin” kino festivallari hamda AQShning “Location-Expo” va Buyuk Britaniyaning “FOCUS kinolokatsiya festivallari va yarmarkalarida Surxondaryo viloyatining jozibador hududlarini keng targ‘ib qilish.

doimiy

“O‘zbekkino” Milliy agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi

18.

So‘fi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xo‘jaypok ota ziyoratgohlarining infratuzilmasini shakllantirish, obodonlashtirish (ziyoratchilar tomonidan ibodatlarini amalga oshirish uchun barcha shart sharoitlar, Avtoturargoh, milliy taomlar oshxonasi, ayvonchalar va so‘rilar), hunarmandchilik mahsulotlari sotuvini yo‘lga qo‘yish, suvenir do‘konlarini tashkil etish va ziyoratgohlar tarixini biluvchi ekskursovodlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda targ‘ibot materiallarini ko‘paytirish orqali xizmat ko‘rsatishni yaxshilash choralarini ko‘rish.

1. So‘fi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xo‘jaypok ota ziyoratgohlari va unga tutash bo‘lgan hududlarni xorijiy sayyohlar tashrif buyurishini inobatga olgan holda o‘rganib chiqish va bajariladigan ishlar bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

2. So‘fi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xo‘jaypok ota ziyoratgohlari va unga tutash bo‘lgan hududlarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini (elektr, gaz, ichimlik suvi va aloqa tizimi) yangidan qurish va majudlarini rekonstruksiya qilish.

3. So‘fi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xo‘jaypo� ota ziyoratgohlariga olib boruvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash.

Bunda. avtomobillarni vaqtincha turar joylarini yangidan barpo etishga alohida e’tibor qaratish.

4. So‘fi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xo‘jaypok ota ziyoratgohlari hududida sanitariya-gigiyena shaxobchalarini tashkil etish

5. So‘fi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xo‘jaypok ota ziyoratgohlari hududida mahalliy va hunarmandchilik mahsulotlari savdosini tashkil etish.

6. So‘fi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xo‘jaypok ota ziyoratgohlarni turistik yo‘nalishlarga kiritish hamda doimiy ravishda tur operatorlar va ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ibot qilib borish.

2020-2021

yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, “Vaqf” xayriya jamoat fondi. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

19.

Denov shahridagi “Said otaliq” madrasasini saqlab qolish va uning infratuzilmasini takomillashtirish.

1.“Said otaliq” madrasasi va unga tutash bo‘lgan hududlarni xorijiy sayyohlar tashrif buyurishini inobatga olgan holda o‘rganib chiqish va bajariladigan ishlar bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

2. “Said otaliq” madrasasi va unga tutash bo‘lgan hududlarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini (elektr. gaz. ichimlik suvi va aloqa tizimi) yangidan qurish va majudlarini rekonstruksiya qilish.

3. “Said otaliq” madrasasiga olib boruvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash.

Bunda. avtomobillarni vaqtincha turar joylarini yangidan barpo etishga alohida e’tibor qaratish.

4. “Said otaliq” madrasasi hududida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

2021-yil mart-aprel

Surxondaryo viloyati hokimligi. Madaniyat vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita. “Vaqf xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

20.

Surxondaryo viloyatida Naqshbandiya tarikati izdoshlari bo‘lgan Alovuddin Attor va Xo‘ja Muhammad Zohidlarning ziyoratgohlariga musulmon davlatlaridan ziyoratchi turistlarni jalb qilish.

1. Alovuddin Attor va Xo‘ja Muhammad Zohidlarning ziyoratgohlari va unga tutash bo‘lgan hududlarni xorijiy sayyohlar tashrif buyurishini inobatga olgan holda o‘rganib chiqish va bajariladigan ishlar bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

2. Alovuddin Attor va Xo‘ja Muhammad Zohidlarning ziyoratgohlari va unga tutash bo‘lgan hududlarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini (elektr. gaz. ichimlik suvi va aloqa tizimi) yangidan qurish va majudlarini rekonstruksiya qilish.

2021-yil mart-aprel*

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Surxondaryo viloyati hokimligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: *Mazkur chora-tadbirlar Rejasining 2 — 5, 8, 9, 12, 14 va 20-bandlarida belgilangan vazifalar muddatlari koronavirus pandemiyasi va karantin cheklovlari bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqib uzaytirilishi mumkin. Bunda, ushbu chora-tadbirlar karantin cheklovlari bekor qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida amalga oshirilishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-maydagi 332-son qaroriga

5-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida joylashgan Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligi infratuzilmasini rivojlantirish hamda ushbu obyektni sayyohlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r.

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar nomi

Muddat

Mas’ullar

1.

Surxondaryo viloyatidagi Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligining qazishma ishlari olib borilgan hamda boshqa hududlarida obyektning tarixiy holatini ko‘rsatuvchi yozuvli ko‘rsatkichlarni o‘rnatish.

2020-yil avgust

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi

2.

Toshkent — Termiz M-39 avtomagistral yo‘lining Darband yo‘l postining kirish joyida ellin madaniyatiga oid Kampirtepa, Uzundara va Qo‘rg‘onzol yodgorliklaridan topilgan topilmalarni namoyish etuvchi “Oksiart” muzeyini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish.

2020-yil iyul

Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi

3.

Fanlar Akademiyasi akademigi E. Rtveladze kitoblaridan hamda boshqa tarixiy-ilmiy manbalardan foydalangan holda arxeologik yodgorlik suvenirlari, targ‘ibot materiallari, yodgorlikning xaritasi va videoroliklarini tayyorlash.

2020-yil avgust

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi

4.

Xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning grant mablag‘lari hamda qonunda taqiqlanmagan boshqa mablag‘larni jalb qilgan holda, Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligining yemirilishini oldini olish, yodgorlikni qayta ta’mirlash hamda saqlash ishlarini tashkillashtirish.

doimiy

Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

5.

Arxeologik yodgorlik joylashuvidan kelib chiqib, atrofida 500 metrgacha bo‘lgan himoya hududini yaratish hamda yodgorlik hududida tashrif buyuruvchilarni qazilma obyektlariga zarar yetkazmasligini ta’minlash maqsadida sayyohlar yurishi uchun maxsus so‘qmoqlarni yaratish.

2020-yil noyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi

6.

Arxeologik yodgorlikning kirish joyida obyektning tarixiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda ramziy darvoza o‘rnatish.

2020-yil noyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi

7.

Ramziy darvoza yonida Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligiga tashrif buyuruvchilarga kirish chiptalarini sotishda, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida zamonaviy axborot texnologiyalarini (elektron bilet sotish tizimi, kuzatuv kesheralari va turniketlar) o‘rnatishni ta’minlash.

2020-yil noyabr

Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, tashabbuskorlar

8.

Respublikada va xorijiy davlatlarda arxeologik yodgorlikka oid saqlanayotgan manbalarni malakali mutaxassis va ekspertlar, olimlarni jalb etgan holda tadqiq etish hamda matbuot mahsulotlarini tayyorlash, OAV, internet jahon axborot tarmog‘i orqali keng targ‘ib qilish.

doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

9.

Arxeologik yodgorlik haqida batafsil ma’lumotlarning elektron bazasini yaratish va muntazam yangilab borish.

doimiy

Fanlar akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

10.

Arxeologik yodgorlikda xar yili bir marta xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish.

2021-yildan boshlab yilda bir marotaba

Fanlar akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi

11.

Surxondaryo viloyati hokimligining Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan Fanlar Akademiyasi akademigi E. Rtveladze kitoblari hamda boshqa tarixiy-ilmiy manbalar asosida obyektning kichik maketini tayyorlash, arxeologik ashyolar, tarixiy dalil va hujjatlar, zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob, video-fotohujjatlar hamda boshqa manbalar hisobiga ko‘rgazma-ekspozitsiya tashkil etish choralarini ko‘rish.

2020-yil avgust

Surxondaryo viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi

12.

Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligiga tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida:

viloyat markazi bilan bog‘lovchi transport yo‘nalishlari harakatini yo‘lga qo‘yish;

yodgorlik hududini elektr energiya bilan ta’minlash; yodgorlikka olib boruvchi yo‘llarda yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish; mikroavtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish; yodgorlik hududida suv nasoslarini o‘rnatish;

zamonaviy sanitariya-gigiyenik shoxobchalarini qurish; yodgorlik devorlariga zarar yetkazmasdan, sharqiy devor yonida obidani yuqoridan suratga tushirish imkonini yaratuvchi 25 — 30 metr balandlikdan iborat konstruksiya barpo etish;

yengil konstruksiyali umumiy ovqatlanish shaxobchalarini tashkil etish; hunarmandchilik, savdo shoxobchalarni tashkil etish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, mas’ul vazirlik va idoralar

13.

Arxeologik yodgorliklar uchun maxsus gidlar tayyorlash ishlarini tashkillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil iyul

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

14.

Ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, tur operatorlar uchun info-turlar tashkil etish.

2020-yil

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

15.

Arxeologik yodgorlikni keng ommalashtirish hamda targ‘ib qilish maqsadida yodgorlik hududida “O‘tmishga sayohat” nomli etno-arxeologik onlayn festival tashkil qilish.

2020-yil sentyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi

16.

Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligini muntazam ravishda tegishli teleradiokanallarda yoritish, teleradiodasturlar tayyorlash va namoyish etish yuzasidan media reja ishlab chiqish.

2020-yil iyun

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

17.

“O‘zbekiston tarixi” telekanalida xar oyda bir marotaba qazishma ishlari va yodgorlik haqida maxsus teleko‘rsatuvlar tayyorlash.

doimiy

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

18.

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab vazirlik mablag‘lari hisobidan muntazam ravishda respublikaning oliy ta’lim muassasalaridagi arxeologiya yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan bakalavr va magistr darajasidagi talabalarning ishlab chiqish amaliyotini Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligi va viloyatdagi boshqa arxeologik yodgorliklarida o‘tkazilish.

doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

19.

2019-2020 o‘quv yildan boshlab muntazam ravishda yoshlarni tarixga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida respublikadagi ta’lim muassasalaridagi o‘quvchi yoshlarni ta’tillar davomida Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligi hamda boshqa tarixiy yodgorliklarga sayohatlarini tashkil etish.

doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-maydagi 332-son qaroriga

6-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi “Qoratepa” va “Fayoztepa” xamda Sho‘rchi tumanidagi “Dalvarzinteia” yodgorligini muxofaza kilish, hududini obodonlashtirish, infratuzilmasini takomillashtirish va sayyohlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r.

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Termiz tumanidagi “Qoratepa” va “Fayoztepa”, Sho‘rchi tumanidagi “Dalvarzintepa” yodgorliklarining infratuzilma holatini yaxshilash va tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish.

1. Mazkur yodgorliklarga olib boruvchi ta’mirga muhtoj bo‘lgan yo‘llarni o‘rganish va ta’mirlash.

2. Yodgorliklarga olib boruvchi yo‘l ko‘rsatgich belgilarini o‘rnatish.

3. Sanitar-gigiyenik shoxobchalar va tomosha maydonlarini tashkil etish.

4. So‘qmoq (tropinka)lar va tungi yoritgich chiroqlarini tashkil etish

2020-yil

Surxondaryo viloyati

hokimligi, Madaniyat vazirligi, Transport vazirligi

2.

“Dalvarzintepa” va “Qoratepa” yodgorliklari hududida arxeologiya turizmini rivojlantirish maqsadida arxeologik tadqiqot maydonlarini kengaytirish.

1. Tadqiqot maydonlarini kengaytirish.

2. Arxeologik tadqiqotlar natijalarini keng targ‘ib qilish va turistlarni jalb qilish ishlarini olib borish.

2020-yil oktyabr

Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi

3.

Termiz tumanidagi “Qoratepa” va “Fayoztepa”, Sho‘rchi tumanidagi “Dalvarzintepa” hududlarining 3D-videoroliklarini yaratish va ko‘zi ojiz sayyohlar uchun arxeologik va me’moriy jozibasini saqlab qolgan maketlar yaratish.

1. Mazkur hududlarning 3D-videoroliklarini yaratish.

2. Tashrif buyurgan ko‘zi ojiz sayyohlar uchun arxeologik va me’moriy jozibasini saqlab qolgan maketlar yaratish

2020-yil sentyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi

4.

Termiz shahri “Baxt bog‘i” hududida 6,6 gektar maydonda yapon bog‘i, yapon uslubidagi mehmonxona va Kyudze Kato memorial muzeyini o‘z ichiga olgan Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati markazi binosi qurish.

1. Yaponiya madaniyati va uslubini yaqindan o‘rganish.

2. Tashabbuskor tadbirkorlarni aniqlash.

3. Loyihalashtirish ishlarini yakunlash va qurilish ishlarini boshlanishini ta’minlash.

2020 — 2022

yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Madaniyat vazirligi, tadbirkorlik subyektlari

5.

Kyudzo Kato yashab faoliyat olib borgan hovlini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ta’mirlash va yashab o‘tgan hayotini aks ettiruvchi uy muzeyiga aylantirish.

1. K. Kato yashagan uyni ta’mirlash.

2. Uning hayot tarzini aks ettiruvchi turli jihozlar bilan ta’minlash.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi

6.

Kyudzo Kato yashagan binoga tutash binolar xonalarida mehmon uylarini, choy tayyorlash marosimi xonalarini, tamaddixona va savdo nuqtasini tashkil qilish.

1. Alohida xonalarni mehmon uyi sifatida tashkillashtirish.

2. Unda yapon va o‘zbek choy quyish madaniyatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

3. Yapon uslubida yengil tamaddixona va savdo nuqtasini tashkillashtirish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

7.

Kyudzo Kato xotirasiga bag‘ishlab hamda arxeologik turizmga oid turli seminar va forumlar o‘tkazish.

1. Yaponiya ommaviy axborot vositalari vakillari, arxeologiya sohasidagi muassasalar va boshqa aloqador tashkilotlar bilan O‘zbekistonda turli forum va seminarlar etishning muhimligi to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazish.

2. Mazkur forum va seminarlar o‘tkazishning moliyaviy manbalarini aniqlash.

3. O‘tkaziladigan tadbirlarni Yaponiya va O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish.

2021-2022

yillar

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi

8.

Yaponiya turizm bozori uchun buddizm hamda Kyudzo Kato amalga oshirgan ishlar bo‘yicha yapon tilida tarqatma materiallar tayyorlash, uning hayoti va ijodi bo‘yicha videoroliklar tayyorlash hamda ularni Tashqi ishlar vazirligi orqali Yaponiyaning ta’lim maskanlari, turizm sohasi vakillari hamda arxeologiya sohasidagi muassasalarga yetkazish va targ‘ibot ishlarini olib borish.

1. Kyudzo Kato amalga oshirgan ishlar bo‘yicha yapon va boshqa tillarda tarqatma materiallar va videroliklar tayyorlash.

2. Tayyorlangan metariallarni “Uzbekistan travel” kabi turizm veb-portallarida, tur operatorlarning veb-saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish va boshqa turizm sohasi vakillariga yetkazilishini ta’minlash.

3. Yaponiyaning ta’lim maskanlari, turizm sohasi vakillari hamda arxeologiya sohasidagi muassasalarga yetkazish.

4. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Termiz aeroportlaridagi turizm axborot markazlarida, shuningdek, Yaponiya, Koreya va Xitoy mamlakatlaridan keluvchi samolyotlarda Surxondaryodagi buddizm bilan bog‘liq tarixiy obyektlar bo‘yicha turli bukletlar va flayerlar joylashtirilishini ta’minlash.

2020-yil

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi

9.

“Qoratepa” va “Fayoztepa” yodgorliklari hududiga turli xorijiy davlatlar, ayniqsa Yaponiya ommaviy axborot vositalari va tur operatorlari vakillari uchun infoturlar tashkil etish.

1. Yaponiya ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa mashhur blogerlarning ro‘yxatlarini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida ularning Surxondaryo viloyatiga info turlar tashkil etish..

3. Infotur jarayonlarini Yaponiya va O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash.

doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

10.

“Qoratepa” va “Fayoztepa” yodgorliklari hududiga Yapon, xitoy va koreys tillarida faoliyat yurituvchi gidlar bilan ta’minlash ishlarini olib borish.

1. Yapon, xitoy va koreys tillarini biluvchilarni gidlik faoliyatiga qiziqtirish va jalb etish.

2. Yapon, xitoy va koreys tillarida faoliyat yurituvchi gidlarni tayyorlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish.

3. Tayyor bo‘lgan gidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tur operatorlar va boshqa soha vakillariga yetkazilishini ta’minlash.

2020-yil

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

11.

Yaponiya, Xitoy va boshqa Osiyo mamlakatlari milliy oshxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Turli Osiyo mamlakatlarining milliy oshxona va tamaddixonalarini tashkil etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatlarini aniqlash.

2. Aniqlangan ro‘yxat asosida Yaponiya, Xitoy va boshqa Osiyo mamlakatlari milliy oshxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish.

3. Faoliyati yo‘lga qo‘yilgan turli mamlakatlar milliy oshxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tur operatorlar va boshqa soha vakillariga yetkazilishini hamda turizm yo‘nalishiga kiritilishini ta’minlash.

2021-yil

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

12.

Dalvarzintepa arxeologik yodgorlikni muzeylashtirish choralarini ko‘rish.

1. Madaniyat vazirligining restavratsiya va konservatsiya ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lari hisobidan Dalvarzintepani muzeylashtirish choralarini ko‘rish.

2020-yil

Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

13.

K. Kato yashagan hududga tutash bo‘lgan 43-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini obodonlashtirish.

1. K. Kato yashagan hududga tutash bo‘lgan 43-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini obodonlashtirish, ta’mirlash, yoritish tizimini yaxshilash va undagi muzeyni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

2. Ushbu maktabga Kyudzo Kato nomini berish.

3. Maktab va K. Kato yashagan uy o‘rtaligida joylashgan bog‘ni yapon uslubida “Do‘stlik” bogiga aylantirish va unda K. Katoning byustini o‘rnatish.

2021-yil

Surxondaryo viloyati

hokimligi, Xalq ta’limi vazirligi

14.

K. Kato yashagan hududga tutash bo‘lgan 43-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining faoliyatini takomillashtirish.

1. Maktabni yapon va ingliz tillarida dare berishga ixtisoslashtirish.

2. Yosh arxeologlar maktabini tashkil qilish.

3. Fanlar akademiyasi va boshqa ta’lim muassasalaridan mutaxassislarni jalb qilgan holda doimiy ravishda turli mahorat darslarini tashkil kilish.

2020-yil

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

15.

Fanlar akademiyasining olimlari uchun buddizm yo‘nalishida ekspedidiyalar tashkil qilish.

1. Fanlar akademiyasining olimlari uchun Surxondaryo viloyatida buddizm yo‘nalishida ekspeditsiyalar tashkil qilish,

2. Ekspeditsiya yakunlari bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotlarni keng jamoatchilikka hamda buddizm yo‘nalishida yanada ko‘proq turistlarni jalb qilish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga taqdim etish.

2020-yil

Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi

16.

Yosh olimlarga Surxondaryo viloyati bo‘ylab ekspeditsiya tashkillashtirish.

1. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi turizm sohasini ko‘llab-quvvatlash budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100,0 mln.so‘m ajratish va yosh olimlarga Surxondaryo viloyati bo‘ylab ekspeditsiya tashkillashtirish.

2. Ekspeditsiya yakunlari bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish hamda turizm mahsuloti yaratishda keng foydalanish va targ‘ib qilish.

2020-yil

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

17.

NHK telekompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv tayyorlash.

1. Yapon tomonining qiziqishi asosida, ko‘rsatuvning konsepsiyasi va ssenariysini aniqlash, ko‘rsatuv tayyorlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish

2. NHK kompaniyasi tasvirga olish guruhining O‘zbekistonga tashrifi muddatlarini aniqlash.

3. NHK tasvirga olish guruhining O‘zbekistonning turli shaharlariga tashrifini tashkil etish.

4. NHK telekanalida ko‘rsatuv namoyishini tashkil etish.

Kelishuvga

asosan

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi

18.

O‘zbekistonda yapon milliy choy marosimi namoyishini va uni o‘tkazish bo‘yicha master-klasslar tashkil etish.

1. Tadbirning tashkiliy-texnik jihatlarini ishlab chiqish.

2. Tadbirni o‘tkazish.

2020-yil

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

19.

O‘zbekiston muzey va galereyalarida Yaponiya tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil etish.

1. Ko‘rgazma konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Ko‘rgazmalarni tashkil etish va o‘tkazish.

2020-yil

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi

20.

Yaponiya madaniyati, ta’limi va maktablari to‘g‘risidagi yapon teleseriallarini olish bo‘yicha ko‘maklashish.

Yaponiya telekanallarida o‘zbek milliy teleseriallarini namoyish etilishida ko‘maklashish.

1. Yaponiya madaniy-tarixiy va zamonaviy rivojlanishi, maktab ta’limi, yosh avlodni tarbiyalashni ko‘rsatib beruvchi milliy teleseriallar o‘zaro almashinuvi masalasini ishlab chiqish.

2. Yaponiya telekanallarida o‘zbek milliy teleseriallarini namoyish etilishida ko‘maklashish.

2020-2021

yillar

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi

21.

Termiz tumanidagi “Zurmala” yodgorliklarining infratuzilma holatini yaxshilash va tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish.

1. Mazkur yodgorliklarga olib boruvchi ta’mirga muhtoj bo‘lgan yo‘llarni o‘rganish va ta’mirlash.

2. Yodgorliklarga olib boruvchi yo‘l ko‘rsatgich belgilarini o‘rnatish.

3. Sanitar-gigiyenik shoxobchalar tashkil etish.

4. Tungi yoritgich chiroqlarini tashkil etish.

5. Avtomobillarni vaqtincha turar joylarini barpo etish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2020-y., 09/20/332/0693-son)