29.05.2020 yildagi PQ-4736-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4296-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
xalqaro tajribani inobatga olgan holda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlash;
“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Vakilni davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning qat’iy ro‘yxatiga qo‘shish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritish tavsiya etilsin.