26.05.2020 yildagi O‘RQ-620-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Salomatlik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 5-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 11-mayda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. “Salomatlik” ordeni taʼsis etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. “Salomatlik” ordeni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. I va II darajali “Salomatlik” ordenining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi 176-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-aprelda qabul qilingan OʻRQ-473-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 221-modda; 2019-yil, № 9, 589-modda; 2020-yil, № 3, 200-modda) 8-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“I va II darajali “Salomatlik” ordeni”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ikkinchi xatboshisi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 26-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-620-son

Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 26-maydagi OʻRQ-620-sonli Qonuni bilan
TASDIQLANGAN

“Salomatlik” ordeni toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. “Salomatlik” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini yaxshilash hamda ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Salomatlik” ordeni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Salomatlik” ordeni ikki darajadan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I darajali “Salomatlik” ordeni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II darajali “Salomatlik” ordeni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ordenning oliy darajasi I darajadir. Mukofotlash, qoida tariqasida, quyidagi tartibda: avval II darajali orden, oradan kamida uch yil oʻtganidan keyin I darajali orden bilan taqdirlash tarzida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. I darajali “Salomatlik” ordeni bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot sohasini rivojlantirish, zamonaviy talablar asosida takomillashtirish va aholi salomatligini mustahkamlash ishlariga qoʻshgan ulkan hissasi uchun — sogʻliqni saqlash tizimining rahbarlari va shifokorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash borasida yirik xayriya va homiylik ishlarini amalga oshirganligi uchun — homiylik xayriyalarini amalga oshiruvchi tadbirkorlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon standartlariga mos davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etganligi uchun — xorijiy investorlar, biznes doira hamda sogʻliqni saqlash tizimining vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish borasidagi samarali faoliyati hamda yangi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyganligi uchun — farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar, olimlar, mahalliy tadbirkorlar va xorijiy hamkorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot sohasi uchun chuqur kasbiy bilim va yuqori intellektual salohiyatga ega malakali kadrlarni tayyorlash borasidagi katta xizmatlari uchun — tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va amaliyotchi shifokorlari, tibbiyot kasb-hunar kollejlari va texnikumlarining oʻqituvchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini tizimli olib borayotganligi uchun — respublika va hududiy tibbiyot muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining tibbiyot xodimlari, koʻngillilar mukofotlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. II darajali “Salomatlik” ordeni bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi salomatligini muhofaza qilish, turli kasalliklarning barvaqt oldini olish va ularni bartaraf etish ishlaridagi katta xizmatlari uchun — respublika, viloyat, tuman (shahar) kesimidagi tibbiyot muassasalarining shifokorlari, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam hamda tibbiy profilaktika xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati uchun — tor ixtisoslikdagi shifokorlar, umumiy amaliyot va tez tibbiy yordam shifokorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlom va xavfsiz atrof-muhitni saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlashga oid davlat dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etganligi uchun — sanitariya-epidemiologiya nazorati va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash tizimi xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolash va inson umrini uzaytirishga qaratilgan salomatlik profillarini yaratganligi hamda amaliyotga joriy etganligi uchun — sogʻliqni saqlash tizimidagi barcha shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy standartlashtirish tizimini shakllantirish, tashxis qoʻyish va davolashning yuqori texnologik usullarini joriy etishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun — sogʻliqni saqlash sohasining ilmiy doira vakillari va yuqori malakaga ega boʻlgan shifokorlari mukofotlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. I va II darajali “Salomatlik” ordeni bilan boshqa shaxslar ham sogʻliqni saqlash sohasidagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. I va II darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va uni topshirish “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. I darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. II darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. I va II darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. I va II darajali “Salomatlik” ordeni koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Har bir mukofotlangan shaxsga tegishli darajali “Salomatlik” ordenini topshirish bilan bir vaqtda mukofotlanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 26-maydagi OʻRQ-620-sonli Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va II darajali “Salomatlik” ordenining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI

I darajali “Salomatlik” ordeni 1 mikron qalinlikdagi 999 probali oltin bilan qoplangan kumushdan tayyorlanadi va diametri 35 millimetrli doira shaklida boʻlib, chetlari naqshinkor koʻrinishida hoshiyalangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ordenning markazida tibbiyot ramzi — “idishga oʻralib turgan ilon” va “granatit”dan yasalgan yurak shaklini ushlab turgan ochiq kaftlar tasvirlangan. Uning aylanasi boʻylab yuqori qismida yashil emal fonida zarhallangan “SALOMATLIK” yozuvi, quyi qismida esa ordenning darajasini bildiruvchi bitta sakkiz qirrali yulduzga tutashgan ikkita dafna novdasi joylashgan. Harflar balandligi — 2,3 millimetr, yulduzning diametri — 3,1 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ordenning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan. Quyi qismiga 2 millimetrli oʻlchamdagi botiq shrift bilan orden raqami tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasvir va yozuvlar — boʻrtma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ordenning qalinligi — 4,2 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orden yashil rangli shoyi lenta bilan qoplangan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ilmoqcha va halqa yordamida ulanadi. Qadagʻichning oʻrtasida zarhallangan dafna novdasi joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II darajali “Salomatlik” ordeni kumushdan tayyorlanadi. Tasvir va yozuvlar I darajali “Salomatlik” ordeni koʻrinishida aks ettirilgan. Uning quyi qismida ordenning darajasini bildiruvchi ikkita sakkiz qirrali yulduzga tutashgan ikkita dafna novdasi joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orden yashil rangli shoyi lenta bilan qoplangan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ilmoqcha va halqa yordamida ulanadi. Qadagʻichning oʻrtasida kumush rangda dafna novdasi joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning orqa tomonida ordenni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 03/20/620/0667-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )