Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2019 05.02.2002 yildagi 48-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2019
Hujjat 21.09.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGINING TURKMANISTON HUDUDIDA FAOLIYAT KOʻRSATAYOTGAN KORXONALARINI QAYTA TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 497-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi tarkibidagi “Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasini tugatish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining sugʻoriladigan yerlarini suv bilan taʼminlash uchun Amu-Buxoro mashina va Qarshi magistral kanallariga Amudaryodan kafolatli suv olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Gidromexanizatsiya” davlat ixtisoslashtirilgan boshqarmasining Doʻstlik qurilish boshqarmasi va Forob ixtisoslashtirilgan mexanizatsiyalashtirilgan koʻchma kolonnasi “Gidromexanizatsiya” davlat ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga qoʻshib yuborish yoʻli bilan qayta tashkil etilsin, qayta tashkil etilgan korxonalar negizida yuridik shaxs huquqiga ega boʻlmagan taʼmirlash-ishlab chiqarish uchastkalari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Gidromexanizatsiya” davlat ixtisoslashtirilgan boshqarmasining Turkmaniston fuqarolari hisoblangan, Turkmaniston hududida doimiy yashovchi va ishlovchi jalb etilgan xodimlariga mehnatga haq toʻlash miqdori, shu jumladan ijtimoiy toʻlovlar taʼsis etgan mamlakatning qonun hujjatlariga yoki davlatlararo ikki tomonlama bitimlarga muvofiq belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali “Gidromexanizatsiya” davlat ixtisoslashtirilgan boshqarmasining Turkmanistondagi obyektlari uchun olib oʻtiladigan mashinalar, mexanizmlar va avtotransport vositalarini “vaqtinchalik olib chiqish” bojxona rejimida oʻz vaqtida bojxonada rasmiylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatlarga muvofiq “Gidromexanizatsiya” davlat ixtisoslashtirilgan boshqarmasi obyektlarida ishlarni amalga oshirish uchun olib oʻtiladigan materiallar, avtotransport vositalari va mexanizmlarga ehtiyot qismlarni bojxona toʻlovlari undirmasdan bojxonada rasmiylashtirsin, bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Gidromexanizatsiya” davlat ixtisoslashtirilgan boshqarmasi boʻlinmalari tomonidan ishlarni amalga oshirish uchun mashina va mexanizmlarning joʻnatish vaqti, markasi va davlat raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda oldindan berilgan rasmiy buyurtmanomalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan oʻtkazish punktlari orqali Turkmaniston hududiga toʻsiqsiz oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining xodimlari va xizmat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb etiladigan boshqa shaxslarning, xizmat safariga yuboriladigan xodimlarning chegara zonasida boʻlish va Davlat chegarasidan oʻtish vaqti, pasportiga doir maʼlumotlar koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oldindan berilgan rasmiy buyurtmanomalariga muvofiq chegara postlaridan toʻsiqsiz oʻtishlarida yordam koʻrsatsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari T. Xoltoyev va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 5-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-son