21.05.2020 yildagi PQ-4722-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.07.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sardoba suv ombori” toʻgʻonida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarni manzilli qoʻllab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash chora-tadbirlarini moliyalashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba suv ombori” toʻgʻonida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etishni zarur mablagʻlar bilan taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining “Sardoba suv ombori” toʻgʻonida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatida zarar koʻrgan fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash va infratuzilmani tiklash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan qaytarib bermaslik asosida Davlat budjetiga 100 mln doll. ekvivalentidagi mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ushbu mablagʻlar quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga talafot koʻrgan hududlarda suv toshqini oqibatida izdan chiqqan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini tiklash, shu jumladan kollektorlar, drenaj va drenaj quduqlarini, meliorativ nasos stansiyalarini taʼmirlash va tozalash ishlari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga talafot koʻrgan hududlarda yoʻl-transport infratuzilmasini qurish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga talafot koʻrgan hududlarda toza ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati mahalliy budjetiga Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida uy-joyi buzilgan yoki yashab boʻlmaydigan ahvolga kelgan oilalarga 2020-2021-yillar davomida koʻp qavatli uy-joylarni qurish hamda qurib bitkazilgan va sotilmagan koʻp qavatli uy-joylardagi xonadonlarni egalikka berish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligiga Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida ijtimoiy soha obyektlarini (maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablar, tibbiyot muassasalari va boshqalar) qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyi buzilgan yoki yashab boʻlmaydigan ahvolga kelgan oilalar uchun 2020-2021-yillar davomida koʻp qavatli uy-joylar qurish parametrlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy massivlarida zarur ijtimoiy soha obyektlari va muhandislik-transport kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarining manzilli dasturlarini tasdiqlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Mudofaa va huquq tartibot organlarning tadbirlari hamda ularga Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida koʻzda tutilgan jami 850 mlrd soʻm miqdorigacha boʻlgan budjet mablagʻlarini maqbullashtirish boʻyicha taklif kiritsin.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PQ-4786-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning 2-bandi “b” kichik bandiga asosan maqbullashtiriladigan mablagʻlar quyidagilarga yoʻnaltirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha xarajatlar hisobidan quyidagilarga ajratilgan mablagʻlar oʻrnini qoplash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi “Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba suv ombori” toʻgʻonida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi F-5569-son farmoyishiga asosan Sirdaryo viloyati mahalliy budjetiga ajratilgan 100 mlrd soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4581-son qaroriga asosan 2019-yil 1-dekabrga qadar xususiy sheriklar tomonidan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash ishlari 25 foizdan kam boʻlmagan hajmda bajarilgan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha kreditlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan 182 mlrd soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-noyabrdagi 950-son farmoyishiga asosan Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, boshqa maqsadlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan yer uchastkalari olib qoʻyilishi hamda koʻchmas mulk obyektlarining buzilishi oqibatida yetkazilgan zarar miqdori boʻyicha vujudga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun Jizzax, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo, Fargʻona viloyati hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratilgan 352,7 mlrd soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” PF-5953-son Farmoni 9-bandiga asosan yangi tashkil etiladigan kichik sanoat zonalariga barcha zarur infratuzilmalarni yetkazib berish uchun kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyalariga ajratilgan 85,3 mlrd soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi F-5567-son farmoyishiga asosan Buxoro viloyati mahalliy budjetiga 130 mlrd soʻm ajratish (shu jumladan, oldin ajratilgan 100 mlrd soʻm oʻrnini qoplash) uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PQ-4786-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida qurilayotgan koʻp qavatli uy-joylar hamda ijtimoiy soha obyektlariga elektr tarmoqlari, tabiiy gaz quvurlari va aloqa tarmoqlarini tortish ishlari tegishli “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 21-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4722-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 07/20/4722/0631-son)