18.05.2020 yildagi 290-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomalaridan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan Davlat dasturi bajarilishining borishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini Oliy Majlisga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan Harakatlar dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini Oliy Majlisga taqdim etish tartibi, shuningdek, mazkur hisobotni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi va Senat qarorlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomalaridan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan Davlat dasturi bajarilishining borishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini Oliy Majlisga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralar rahbarlariga Davlat dasturi bajarilishining borishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini shakllantirish uchun zarur maʼlumotlarning oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishi hamda taqdim etilishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi hamda Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-maydagi 290-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomalaridan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini Oliy Majlisga taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi/Hukumat) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomalaridan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini Oliy Majlisga taqdim etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini (keyingi oʻrinlarda — hisobot) tayyorlash va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga (keyingi oʻrinlarda — Oliy Majlis) taqdim etish boʻyicha tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish Vazirlar Mahkamasi apparati tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hisobotni Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqish va muhokama qilishda Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari, Senatning qoʻmitalari hamda Qonunchilik palatasi va Senat bilan oʻzaro munosabatlarni tashkil etish Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili (keyingi oʻrinlarda — Vakolatli vakil) tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hisobotni Oliy Majlisga taqdim etish tartibi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Hisobotni Oliy Majlisga taqdim etishda vazirliklar, idoralar hamda Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat dasturida masʼul ijrochi sifatida belgilangan vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida belgilangan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazoratga oladi, ularni oʻz vaqtida samarali bajarish boʻyicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida yuklangan vazifalarning bajarilishi holati yuzasidan ushbu idora boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirib, belgilangan tartibda masʼul vazirlikka taqdim etib borishga masʼul xodimni buyruq asosida belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish maqsadida tegishli ishchi guruhlarni tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish maqsadida asosiy ijrochilarning soʻroviga binoan tegishli ishchi guruhiga kiritish uchun malakali xodimlarni ajratadi hamda asosiy ijrochi ixtiyoriga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Farmonida uning amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish vazifasi yuklatilgan masʼul vazirlik va (yoki) idora (keyingi oʻrinlarda — masʼul vazirlik):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida qabul qilib oladi, ularni umumlashtirib, tahlil qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotni tayyorlashda foydalanish uchun manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida belgilangan vazifalar va tadbirlarni bajarishda, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqishda kamchilikka yoʻl qoʻygan, shuningdek, maʼlumotlarni taqdim etmagan yoki sifatsiz taqdim etgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, masʼul xodimlariga nisbatan tegishli taʼsir choralarini koʻrish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasida har yili Davlat dasturi qabul qilinganidan soʻng Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayoni bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining har bir bandi Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi bajarilishining borishini nazorat qilish uchun Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul tarkibiy boʻlinmasi (boʻlinmalari) (keyingi oʻrinlarda — masʼul tarkibiy boʻlinma) belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Harakatlar strategiyasini tegishli yilda amalga oshirishga oid davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Farmoni ijrosini amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi tarkibi tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi ijrosini Vazirlar Mahkamasida tahlil qilish boʻyicha idoralararo monitoring-tahlil guruhi tarkibi tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Harakatlar strategiyasini tegishli yilda amalga oshirishga oid davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Farmoni ijrosini amalga oshirish boʻyicha nazorat rejasi tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi faoliyatiga qoida tariqasida Bosh vazir oʻrinbosari yoki Bosh vazir maslahatchisi rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining bajarilishini nazoratga olgan holda ularning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha barcha zarur va tezkor choralarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi ijrosi toʻgʻrisida hamda uning har bir bandi ijrosi yuzasidan vujudga kelayotgan muammoli masalalar hal etilishi boʻyicha aniq takliflarni oʻz ichiga olgan maʼlumot tayyorlab, Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislari muhokamasiga kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Davlat dasturi amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida koʻrib chiqishga tayyorgarlik koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi ijrosi toʻgʻrisida umumlashtirilgan maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat dasturi ijrosini Vazirlar Mahkamasida tahlil qilish boʻyicha idoralararo monitoring-tahlil guruhi ishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish masʼul tarkibiy boʻlinma tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi ijrosini Vazirlar Mahkamasida tahlil qilish boʻyicha idoralararo monitoring-tahlil guruhi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining bajarilishi holati toʻgʻrisida masʼul vazirlik tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni qabul qilib oladi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga taqdim qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotni tayyorlash va Oliy Majlisga taqdim etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari, vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorlikdagi faoliyatini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotni tayyorlash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha axborot-tahliliy, statistik va boshqa materiallarni vazirliklar va idoralardan soʻrab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotni tayyorlash boʻyicha ishni samarali tashkil etish yuzasidan zarur choralarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotni tayyorlash va Oliy Majlisga taqdim etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar haqida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga muntazam hisobot berib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir) hisoboti materiallarini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining oʻzlariga biriktirilgan bandlari bajarilishini shaxsiy nazoratga oladi hamda ularning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha barcha zarur va tezkor choralarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil davomida Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari huzurlarida boʻlib oʻtadigan yigʻilishlarda Davlat dasturining ijrosi alohida masala sifatida koʻrib borilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining oʻzlariga biriktirilgan bandlari bajarilishi bilan bogʻliq aniqlangan muammoli masalalarni bartaraf etish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni koʻradi hamda bu haqda tegishli Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilariga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirmaydigan boshqa davlat organlari va tashkilotlari asosiy ijrochi boʻlgan bandlar boʻyicha hamkorlikdagi ishlarni tashkil qiladi, ularga amaliy yordam koʻrsatadi hamda zarurat boʻlganda oʻzlariga biriktirilgan vazirliklar va idoralar bilan bogʻliq masalalar hal qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumotlar oʻzlariga biriktirilgan vazirliklar va idoralar tomonidan masʼul vazirlikka oʻz vaqtida va sifatli taqdim etib borilishini tashkil etadi va nazoratga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining oʻzlariga biriktirilgan bandlarining bajarilishi holati boʻyicha vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni puxta qayta ishlaydi, tegishli Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishadi hamda masʼul tarkibiy boʻlinmaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining masʼul tarkibiy boʻlinmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi bajarilishi holati ustidan monitoringni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining tegishli bandlari ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan taqdim etilgan hisobotlarni hamda tahliliy, statistik va boshqa materiallarni umumlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Hisobotni Oliy Majlisga taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat dasturida masʼul ijrochi sifatida belgilangan vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamijrochi boʻlgan bandlar boʻyicha — har oyning 28 sanasiga qadar asosiy ijrochiga tadbirlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻliq taqdim etib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy ijrochi boʻlgan bandlar boʻyicha — har oyning 30 sanasiga qadar Davlat dasturining ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni birinchi rahbarlari tomonidan imzolangan holda masʼul vazirlikka asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda toʻliq va sifatli tarzda taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Masʼul vazirlik har oyning 2 sanasiga qadar Davlat dasturi amalga oshirilishi monitoringi olib borilishi natijalari boʻyicha umumlashtirilgan, shu jumladan, hisobot davrida Davlat dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilgan asosiy chora-tadbirlar, erishilgan eng muhim koʻrsatkichlar va natijalarni nazarda tutuvchi maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Masʼul tarkibiy boʻlinma Davlat dasturini Vazirlar Mahkamasida tahlil qilish boʻyicha idoralararo monitoring-tahlil guruhi bilan birgalikda masʼul vazirlik tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni qabul qilib oladi, tahlil qiladi hamda har oyning 4 sanasiga qadar tegishli ravishda Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalariga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari har oyning 5 sanasiga qadar maʼlumotlarni koʻrib chiqadi, tahlil qiladi, ulardagi maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligini oʻrganadi, kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil qiladi hamda tegishli Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilariga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Har oyning 6 sanasiga qadar Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqadi, zarurat boʻlganda ularning muhokamasi boʻyicha yigʻilishlar tashkil qiladi, Davlat dasturining ijrosi yuzasidan kamchilikka yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan tegishli choralar koʻradi hamda mavjud muammolarni hal etish boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinmalarga zarur koʻrsatmalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Har oyning 6 sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari koʻrsatmalari va takliflari asosida qayta ishlangan maʼlumotlarni masʼul tarkibiy boʻlinmaga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Masʼul tarkibiy boʻlinma Davlat dasturini Vazirlar Mahkamasida tahlil qilish boʻyicha idoralararo monitoring-tahlil guruhi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har oyning 7 sanasiga qadar tarkibiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan hisobot va tahliliy maʼlumotni puxta qayta ishlaydi hamda umumlashtirilgan yakuniy maʼlumotni hamda hujjatlar toʻplamini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga taqdim qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har chorakda, keyingi oyning 7 sanasiga qadar Davlat dasturi bajarilishining borishini koʻrib chiqish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini (Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining kun tartibi va majlis bayoni loyihasi hamda hisobot beruvchilar va taklif etilganlar roʻyxati) va Oliy Majlis palatalarida Davlat dasturi bajarilishi toʻgʻrisida Hukumatning har choraklik hisobotlari materiallarini (hisobot loyihasi, Bosh vazirning hisobot materiallari, hisobot muhokamasida qatnashuvchilar roʻyxati, axborot-tahliliy, statistik va boshqa materiallar) tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hisobot loyihasini tayyorlashda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining barcha bandlari ijrosi holatining qisqacha umumiy yigʻma tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining yoʻnalishlari boʻyicha hisobot davridagi tadbirlar va ularning ijro etilishi holati boʻyicha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida yil davomida amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan hisobot davrida bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining ijrosi doirasida hisobot davrida qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlar va ularning ahamiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining ijrosi doirasida erishilgan eng muhim koʻrsatkichlar (jalb etilgan investitsiya hajmi, yaratilgan ish oʻrinlari, odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, bu jarayonda jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki va b.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining ijrosi doirasida hududlarni kompleks rivojlantirish hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarni isloh etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining ijrosi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan takliflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining ijrosiga oid iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga oid aniq misollar tahlili va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlar Mahkamasi apparati boshkaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har oyning 8 sanasiga qadar umumlashtirilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi, zarurat boʻlsa qayta ishlash uchun masʼul tarkibiy boʻlinmaga qaytaradi hamda umumlashtirilgan maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har chorakda, keyingi oyning 8 sanasiga qadar Davlat dasturi ijrosini koʻrib chiqish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini va Oliy Majlis palatalarida Davlat dasturi bajarilishi toʻgʻrisida Hukumatning har choraklik hisobotlari materiallarini tahlil qiladi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har oyning 10 sanasiga qadar taqdim qilingan umumlashtirilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va Bosh vazirga taqdim qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har chorakda, keyingi oyning 10 sanasiga qadar Davlat dasturi ijrosini koʻrib chiqish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini va Oliy Majlis palatalarida Davlat dasturi bajarilishi toʻgʻrisida Hukumatning har choraklik hisobotlari materiallarini koʻrib chiqadi, Bosh vazirga taqdim qiladi hamda hisobotni Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida koʻrib chiqish muddatini kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Masʼul tarkibiy boʻlinma idoralararo monitoring-tahlil guruhi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotning Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida koʻrib chiqilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot loyihasini Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida koʻrib chiqish uchun hujjatlar toʻplamini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisining yakunlari boʻyicha hisobot loyihasi va hujjatlar toʻplami bir kun muddatda bildirilgan eʼtirozlardan kelib chiqib puxta qayta ishlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hisobot puxta qayta ishlanganidan soʻng bir kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (keyingi oʻrinlarda — Qonunchilik palatasi) va Senatiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari Vakolatli vakil hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari bilan birgalikda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bilan hisobotni muhokama qilishga tayyorgarlik koʻrish masalalari boʻyicha barvaqt ishlashni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qonunchilik palatasi va Senat bilan kelishgan holda hisobotni Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari, Senat qoʻmitalari hamda Oliy Majlis palatalarining yalpi majlislarida muhokama qilish boʻyicha reja-grafik (keyingi oʻrinlarda — reja-grafik) tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vakolatli vakil:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati rahbariyatiga taqdim etilishini tashkillashtirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotni muhokama qilish kuni va formatini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati rahbariyati bilan kelishishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati devonlari rahbariyati bilan birgalikda reja-grafikni tayyorlash va tasdiqlashni tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati devonlari rahbariyati hamda masʼul tarkibiy boʻlinma bilan birgalikda hisobotni Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqish va muhokama qilishda ishtirok etuvchi Hukumat aʼzolari, vazirliklar va idoralar vakillari roʻyxatini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotni Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqish va muhokama qilishda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari, Senatning qoʻmitalari hamda Qonunchilik palatasi Devoni va Senat Devoni bilan oʻzaro muvofiqlashgan hamkorligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalariga hisobotni Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqish va muhokama qilishda Oliy Majlis palatalari va ularning organlari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlashga hamda tashkiliy masalalarni hal qilishga yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Hisobotni Qonunchilik palatasining qoʻmitalari va siyosiy partiya fraksiyalarida, Senatning qoʻmitalarida dastlabki tarzda koʻrib chiqishda, shuningdek, Oliy Majlis palatalarining yalpi majlislarida muhokama qilishda Davlat dasturining tegishli bandlari boʻyicha masʼul vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari puxta tayyorgarlik koʻrgan holda oʻz vaqtida va qoida tariqasida shaxsan ishtirok etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshirigʻiga muvofiq, Hukumat aʼzolarining muhokamalarda oʻz vaqtida va puxta tayyorgarlik koʻrgan holda ishtirok etishini taʼminlash maqsadida Bosh vazirning alohida topshirigʻi tayyorlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari hamda masʼul tarkibiy boʻlinma Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari hamda Vakolatli vakil bilan birgalikda hisobotni Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida, siyosiy partiyalar fraksiyalarida, Senatning qoʻmitalarida, Oliy Majlis palatalarining yalpi majlislarida koʻrib chiqishda Davlat dasturining tegishli bandlari boʻyicha masʼul boʻlgan vazirlar va davlat qoʻmitalari raislarining ishtirokini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Hisobot Qonunchilik palatasi va Senatning yalpi majlisida koʻrib chiqilishida Oliy Majlis palatalari rahbariyati bilan kelishilgan holda qoida tariqasida Bosh vazir, Bosh vazirning oʻrinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari hamda tegishli Hukumat aʼzolari ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hisobotni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi va Senat qarorlari ijrosi ustidan nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Hisobotni muhokama qilish natijalari yuzasidan Vakolatli vakil Vazirlar Mahkamasi Rayosatida axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Hisobotni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi va Senat qabul qilgan qarorlar ijrosi ustidan nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi apparati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bosh vazir oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul tarkibiy boʻlinmalari Qonunchilik palatasi va Senat qabul qilgan qarorlar bajarilishining tizimli nazorati va tahlilini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Hisobotni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi va Senat qabul qilgan qarorlar ijrosini taʼminlash Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayoni bilan masʼul vazirlik va idoralar, Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari hamda bajarish muddatlarini aniq koʻrsatgan holda chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — chora-tadbirlar rejasi) tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Masʼul tarkibiy boʻlinma Vazirlar Mahkamasida tahlil qilish boʻyicha idoralararo monitoring-tahlil guruhi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar rejasini va uni tasdiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini tayyorlaydi va tegishli tarkibiy boʻlinmalar, Vakolatli vakil hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar rejasi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi hamda chora-tadbirlar rejasining Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokamasini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar rejasining bajarilishi holatini tizimli tahlil qilib boradi hamda belgilangan muddatlarda bu haqda Qonunchilik palatasi va Senatga axborot kiritib borilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining bajarilishini hamda belgilangan muddatlarda uning oʻzlariga biriktirilgan bandlari bajarilishi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni masʼul tarkibiy boʻlinmaga taqdim etilishini taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda chora-tadbirlar rejasidagi ijrosi kechikayotgan yoki bajarilmagan bandlarning tegishli Bosh vazir oʻrinbosari yoki maslahatchisi huzurida masʼul vazirlik va idoralar rahbarlarini taklif qilgan holda tanqidiy muhokama qilinishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tomonidan tizimli asosda Qonunchilik palatasi va Senat qabul qilgan qarorlar bajarilishi jarayonining monitoringi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Hisobotni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatida muhokama qilish jarayonini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish Bosh vazirning Matbuot xizmati tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini Oliy Majlisga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini Oliy Majlisga taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

I. Vazirliklar va idoralarning Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini tayyorlash, umumlashtirish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish bosqichi

1-bosqich

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar

1. Davlat dasturida belgilangan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazoratga oladi, ularni oʻz vaqtida samarali bajarish boʻyicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

2. Davlat dasturida yuklatilgan vazifalarning bajarilishi holati yuzasidan ushbu idora boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirib, belgilangan tartibda masʼul vazirlikka taqdim etib borishga masʼul xodimni buyruq asosida belgilaydi.

3. Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish maqsadida tegishli ishchi guruhlarni tuzadi.

4. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishga masʼul qilib belgilangan bandlar boʻyicha tegishli ishchi guruhiga kiritish uchun malakali xodimlarni ajratadi hamda asosiy ijrochi ixtiyoriga yuboradi.

5. Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantiradi va umumlashtiradi.

6. Hamijrochi boʻlgan bandlar boʻyicha asosiy ijrochiga tadbirlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻliq taqdim etib boradi.

7. Asosiy ijrochi boʻlgan bandlar boʻyicha Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qogʻoz va elektron shaklda umumlashtirish uchun masʼul vazirlikka taqdim etadi.

Doimiy


Davlat dasturi qabul qilinganidan soʻng uch kun muddatda

Zaruratga qarab


Asosiy ijrochilarning soʻroviga binoan

Doimiy

Har oyning
28 sanasiga qadar

Har oyning
30 sanasiga qadar


2-bosqich

Masʼul
vazirlik

1. Davlat dasturida belgilangan vazifalar va tadbirlarni bajarishda, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalar sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishida kamchilikka yoʻl qoʻygan, maʼlumotlarni taqdim etmagan yoki sifatsiz taqdim etgan tashkilotlar rahbarlari, masʼul xodimlariga nisbatan tegishli taʼsir choralarini koʻrish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib boradi.

2. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida qabul qilib oladi, ularni umumlashtirib, tahlil qiladi.

3. Umumlashtirilgan maʼlumotni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

Zaruratga qarab




Har oyning

2 sanasiga qadar

II. Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobot boʻyicha Vazirlar Mahkamasida ishlash hamda hisobotni Oliy Majlis palatalariga kiritish bosqichi

3-bosqich

Vazirlar Mahkamasi Rayosati

1. Davlat dasturining har bir bandi Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga biriktiriladi.

2. Davlat dasturi bajarilishining borishini nazorat qilish uchun Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul tarkibiy boʻlinmasi (boʻlinmalari) (keyingi oʻrinlarda — masʼul tarkibiy boʻlinma) belgilanadi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Harakatlar strategiyasini tegishli yilda amalga oshirishga oid davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Farmoni ijrosini amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi tarkibi tasdiqlanadi.

4. Davlat dasturi ijrosini Vazirlar Mahkamasida tahlil qilish boʻyicha idoralararo monitoring-tahlil guruhi tarkibi tasdiqlanadi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Harakatlar strategiyasini tegishli yilda amalga oshirishga oid davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Farmoni ijrosini amalga oshirish boʻyicha nazorat rejasi tasdiqlanadi.

Davlat dasturi qabul qilinganidan soʻng


4-bosqich

Masʼul tarkibiy boʻlinma,
Davlat dasturini Vazirlar Mahkamasida tahlil qilish boʻyicha idoralararo monitoring-tahlil guruhi

1. Davlat dasturi amalga oshirilishining borishi haqidagi maʼlumotni koʻrib chiqadi va tahlil qiladi.

2. Tahlil natijasi boʻyicha maʼlumotni ishonchliligi va haqqoniyligini koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalariga taqdim qiladi.

3. Zarur hollarda vazirliklar va idoralardan qoʻshimcha maʼlumotlarni oladi.

Har oyning
4
sanasiga qadar


5-bosqich

Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari

1. Maʼlumotlarni koʻrib chiqadi, tahlil qiladi, ulardagi maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligini oʻrganadi.

2. Kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil qiladi.

3. Tegishli materiallarni Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilariga taqdim qiladi va kelishadi.

Har oyning
5 sanasiga qadar


6-bosqich

Bosh vazir oʻrinbosarlari,
Bosh vazir maslahatchilari

1. Taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqadi, zarurat boʻlganda ularning muhokamasi boʻyicha yigʻilishlar tashkil qiladi.

2. Davlat dasturini ijrosi yuzasidan kamchilikka yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan tegishli choralar koʻradi.

3. Mavjud muammolarni hal etish boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinmalarga zarur koʻrsatmalar beradi.

Har oyning
6 sanasiga qadar


7-bosqich

Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari koʻrsatmalari va takliflari asosida qayta ishlangan maʼlumotlarni Davlat dasturini masʼul tarkibiy boʻlinmagataqdim qiladi.

Har oyning
6 sanasiga qadar


8-bosqich

Masʼul tarkibiy boʻlinma,
Davlat dasturini Vazirlar Mahkamasida tahlil qilish boʻyicha idoralararo monitoring-tahlil guruhi

1. Tarkibiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan hisobot va tahliliy maʼlumotni puxta qayta ishlaydi.

2. Umumlashtirilgan yakuniy maʼlumotni hamda hujjatlar toʻplamini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga taqdim qiladi.

3. Davlat dasturi ijrosini koʻrib chiqish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini (Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining kun tartibi va majlis bayoni loyihasi hamda hisobot beruvchilar va taklif etilganlar roʻyxati) va Oliy Majlis palatalarida Davlat dasturi bajarilishi toʻgʻrisida Hukumatning har choraklik hisobotlari materiallarini (hisobot loyihasi; Bosh vazirning hisoboti materiallari; hisobot muhokamasida qatnashuvchilar roʻyxati; axborot-tahliliy, statistik va boshqa materiallar) tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga taqdim qiladi.

Har oyning
7 sanasiga qadar


Har chorakda, keyingi oyning

7 sanasiga qadar


9-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati boshkaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari

1. Umumlashtirilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi, zarurat boʻlsa qayta ishlash uchun masʼul tarkibiy boʻlinmaga qaytaradi hamda umumlashtirilgan maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim qiladi.

2. Davlat dasturi ijrosini koʻrib chiqish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini va Oliy Majlis palatalarida Davlat dasturi bajarilishi toʻgʻrisida Hukumatning har choraklik hisobotlari materiallarini tahlil qiladi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim qiladi.

Har oyning
8 sanasiga qadar


Har chorakda, keyingi oyning
8 sanasiga qadar


10-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi

1. Taqdim qilingan umumlashtirilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va Bosh vazirga taqdim qiladi.

2. Davlat dasturi ijrosini koʻrib chiqish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini va Oliy Majlis palatalarida Davlat dasturi bajarilishi toʻgʻrisida Hukumatning har choraklik hisobotlari materiallarini koʻrib chiqadi, Bosh vazirga taqdim qiladi hamda hisobotni Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqish muddatini kelishadi.

Har oyning 10 sanasiga qadar

Har chorakda,
keyingi
oyning
10 sanasiga qadar


11-bosqich

Masʼul tarkibiy boʻlinma, idoralararo monitoring-tahlil guruhi

1. Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotning Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqilishini tashkil etadi.

2. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining yakunlari boʻyicha hisobot loyihasi va hujjatlar toʻplami bildirilgan eʼtirozlardan kelib chiqib puxta qayta ishlanishini taʼminlaydi.

Har chorakda, keyingi oyning
15 sanasiga qadar

Bir kun
muddatda


12-bosqich

Masʼul tarkibiy boʻlinma, Vakolatli vakil, Umumiy boʻlim

Puxta qayta ishlangan hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (keyingi oʻrinlarda — Qonunchilik palatasi) va Senatiga taqdim etadi.

Bir kun
muddatda

III. Vazirlar Mahkamasining Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini Oliy Majlis palatalarida himoya qilish bosqichi

13-bosqich

Tarkibiy boʻlinmalar, Vakolatli vakil, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari

1. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bilan hisobotni muhokama qilishga tayyorgarlik koʻrish masalalari boʻyicha barvaqt ishlashni tashkil etadi.

2. Qonunchilik palatasi va Senat bilan kelishgan holda hisobotni Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari, Senat qoʻmitalari hamda Oliy Majlis palatalarining yalpi majlislarida muhokama qilish boʻyicha reja-grafik tayyorlanadi.

Hisobot
Oliy Majlis palatalariga taqdim etilganidan soʻng


14-bosqich

Vakolatli vakil

1. Hisobotni Oliy Majlis palatalari rahbariyatiga taqdim etilishini tashkillashtirish choralarini koʻradi.

2. Hisobotni muhokama qilish kuni va formatini Oliy Majlis palatalari rahbariyati bilan kelishishni tashkil etadi.

3. Oliy Majlis palatalari devonlari rahbariyati bilan birgalikda reja-grafikni tayyorlash va tasdiqlashni tashkillashtiradi.

4. Oliy Majlis palatalari devonlari rahbariyati hamda masʼul tarkibiy boʻlinma bilan birgalikda hisobotni Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqish va muhokama qilishda ishtirok etuvchi Hukumat aʼzolari, vazirliklar va idoralar vakillari roʻyxatini shakllantiradi.

5. Hisobotni Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqish va muhokama qilishda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining Oliy Majlis palatalari organlari bilan oʻzaro muvofiqlashgan hamkorligini taʼminlaydi.

Muntazam
ravishda


15-bosqich

Bosh vazir oʻrinbosarlari,
Bosh vazir maslahatchilari, masʼul tarkibiy boʻlinma, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, Vakolatli vakil

Hisobotni Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida, siyosiy partiyalar fraksiyalarida, Senatning qoʻmitalarida, Oliy Majlis palatalarining yalpi majlislarida koʻrib chiqishda Davlat dasturining tegishli bandlari boʻyicha masʼul boʻlgan vazirlar va davlat qoʻmitalari raislarining ishtirokini tashkil etadi.

Reja-grafikka
asosan

16-bosqich

Davlat dasturining tegishli bandlari boʻyicha masʼul vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari

Hisobotni Qonunchilik palatasining qoʻmitalari va siyosiy partiyalar fraksiyalarida, Senatning qoʻmitalarida dastlabki tarzda koʻrib chiqishda, shuningdek, Oliy Majlis palatalarining yalpi majlislarida puxta tayyorgarlik koʻrgan holda oʻz vaqtida va qoida tariqasida shaxsan ishtirok etadilar.

Reja-grafikka
asosan


17-bosqich

Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchilari, Hukumat aʼzolari

Hisobotni Qonunchilik palatasi va Senatning yalpi majlisida taqdim etadi.

Reja-grafikka asosan

IV. Vazirlar Mahkamasining Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini taʼminlash bosqichi

18-bosqich

Vakolatli
vakil

Hisobotni muhokama qilish natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida axborot beradi.

Hisobot Oliy Majlis palatalarida muhokama qilingandan soʻng


19-bosqich

Masʼul tarkibiy boʻlinma, idoralararo monitoring-tahlil guruhi

1. Chora-tadbirlar rejasini va uni tasdiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini tayyorlaydi va tegishli tarkibiy boʻlinmalar, Vakolatli vakil hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishadi.

2. Chora-tadbirlar rejasi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi hamda chora-tadbirlar rejasining Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokamasini tashkil etadi.

3. Chora-tadbirlar rejasining bajarilishi holatini tizimli tahlil qilib boradi hamda bu haqda Qonunchilik palatasi va Senatga axborot kiritib borilishini taʼminlaydi.

Belgilangan muddatlarda


20-bosqich

Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari

1. Hisobotni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi va Senat qabul qilgan qarorlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

2. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining bajarilishini hamda belgilangan muddatlarda uning oʻzlariga biriktirilgan bandlari bajarilishi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni masʼul tarkibiy boʻlinmaga taqdim etilishini taʼminlaydi.

2. Qonunchilik palatasi va Senat qabul qilgan qarorlar bajarilishining tizimli tahlilini hamda Bosh vazir oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchilari huzurida muhokama qilishni taʼminlaydi.

Belgilangan muddatlarda

Zarur hollarda


21-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi

Qonunchilik palatasi va Senat qabul qilgan qarorlar bajarilishi jarayoni monitoringini olib boradi.

Tizimli asosda

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2020-y., 09/20/290/0603-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)