1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini roʻyxatga va hisobga olish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yuritish tizimini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tashqi savdo kontraktlari va invoyslar boʻyicha maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar (belgilangan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olinganlar bundan mustasno) tashqi savdo kontraktlari va invoyslar boʻyicha maʼlumotlarni elektron shaklda elektron raqamli imzodan foydalangan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Qudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 14-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) Oʻzbekiston Respublikasining valyutani nazorat qiluvchi organlari va banklarida tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barter kontrakti — pul mablagʻlarida oʻzaro hisob-kitoblar qilmagan holda muayyan miqdordagi bir yoki bir necha turdagi tovarlarni (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boshqasiga almashtirish nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti bilan norezidenti oʻrtasida tuzilgan kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo kontraktlari — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning eksport, import, eksport va import birja (yarmarka), eksport konsignatsiya, markazlashtirilgan eksport va import, barter, qayta ishlash kontraktlari, shuningdek tovarlarni respublika hududida yetkazib berish nazarda tutilgan eksport kontrakti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar importi — tovarlarni ularni qaytarib olib chiqish majburiyatisiz Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar (xizmatlar) importi — xorijiy davlatning yuridik va jismoniy shaxsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentiga ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish), ular bajarilishi (koʻrsatilishi) joyidan qatʼi nazar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qiluvchilar — yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar — tovarlar (ishlar va xizmatlar) importiga Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari bilan tashqi savdo kelishuvlarini (kontrakt, invoys) tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import kontrakti — tovarlar (ishlar va xizmatlar) importiga import qiluvchi bilan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti oʻrtasida tuzilgan kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import birja (yarmarka) kontrakti — birja (yarmarka) savdolarida — tovarlar, ishlar va xizmatlar importiga import qiluvchi bilan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti oʻrtasida tuzilgan kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash (respublikadan tashqarida) boʻyicha kontrakt — Oʻzbekiston tovarlarini bojxona hududidan qayta ishlash uchun tashqariga olib chiqish va ularning qayta ishlash mahsulotlarini keyinchalik bojxona hududiga olib kirish nazarda tutilgan import qiluvchi bilan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti oʻrtasida tuzilgan kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar — Oʻzbekiston Respublikasining eksport qiluvchilari va import qiluvchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchilar — yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar — tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportiga Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari bilan tashqi savdo bitimlari (kontrakt, invoys) tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontrakti — tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportiga eksport qiluvchi bilan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti oʻrtasida tuzilgan xoʻjalik shartnomasi, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq eksport kontraktlariga tenglashtirilgan kontraktlar (barter kontraktlaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport birja (yarmarka) kontrakti — birja (yarmarka) savdolarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportiga eksport qiluvchi bilan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti oʻrtasida tuzilgan kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash (respublika hududida) boʻyicha kontrakt — tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash va ularni qayta ishlash mahsulotlari tarzida olib chiqish nazarda tutilgan eksport qiluvchi bilan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti oʻrtasida tuzilgan kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar (xizmatlar) eksporti — eksport qiluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga ishlar bajarilishi (xizmatlar koʻrsatilishi), ular bajarilishi (koʻrsatilishi) joyidan qatʼi nazar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar eksporti — agar qonunchilikda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarni ularni qaytarib olib kirish majburiyatisiz Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan eksport kontrakti — hukumat nomidan yoki uning kafolati ostida davlat ehtiyojlari uchun zarur hajmlarda eksport tovarlarini yetkazib berishga tuzilgan kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan import kontrakti — hukumat nomidan yoki uning kafolati ostida davlat ehtiyojlari uchun zarur hajmlarda import tovarlarini yetkazib berishga tuzilgan kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport konsignatsiya kontrakti — konsignant va konsignator orasida tovarni konsignator orqali sotishga tuzilgan kontrakt, bunda konsignator omboriga tushgan tovarga egalik huquqi tovar xaridorga sotilishiga qadar konsignantga tegishli boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida eksport kontrakti — eksport qiluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish nazarda tutilgan oʻzida ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berishga Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti bilan xorijiy valyutada toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
invoys (hisob-faktura) — xalqaro tijorat amaliyotida sotuvchi tomonidan xaridorga taqdim etiladigan tovarlar va xizmatlar roʻyxati, ularning miqdori va xaridorga yetkazib berilgan narxlari, tovarlarning rasmiy xususiyatlari, yetkazib berish shartlari, joʻnatuvchi va oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashqi savdo kontraktlari va invoyslar boʻyicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq identifikatsiya raqamlari shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tashqi savdo kontraktlari va invoysga qoʻyiladigan eng kam talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashqi savdo kontraktlarida quyidagi asosiy boʻlimlar va maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Muqaddima. Kontraktning kirish qismida kontraktning tartib raqami, kontrakt tuzilgan joy va sana, yuridik shaxslarning toʻliq nomi, kontraktni tuzgan shaxslarning lavozimi, familiyasi va ismi. Agar shaxs kontraktni ishonchnoma asosida tuzsa, bu kontraktning muqaddimasida koʻrsatiladi va ushbu ishonchnoma kontraktga ilova qilingan holda uning ajralmas qismi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Kontraktning mavzusi. Ushbu boʻlimda tovarlar, ishlar va xizmatlarning nomi, shuningdek bitishuv turi koʻrsatiladi. Tovarning nomi bilan birgalikda uning tavsifi hamda miqdori va sifati boʻyicha assortimenti koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tovarning umumiy qabul qilingan xalqaro standartlari, Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi tovar (xizmat) standartlari, shuningdek, xususiyati boʻyicha uning tipi, modeli, markasi, navi, turi ham koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning miqdori oʻlchovlarning metrik tizimida qabul qilingan xalqaro birliklarda ifodalanadi. Oʻlchov birligini aniqlashga Oʻzbekiston Respublikasida tasdiqlangan miqdorlarini belgilash va qoʻllash tartibiga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning sifat tavsifi tovardan foydalanish uchun uning yaroqliligini aks ettiruvchi xossalar jamini belgilaydi. Shuningdek, TIF TN boʻyicha tovarning kodiga havola ham zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashinalar, asbob-uskunalar va texnologik liniyalarni yetkazib berish uchun kontraktda ularning yangiligi yoki ulardan foydalanganligi holati koʻrsatiladi (foydalanilganlari uchun — eskirish foizi yoki foydalanish muddati);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Yetkazib berishning bazis shartlari (“Inkoterms” xalqaro qoidalari boʻyicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inkoterms”dan foydalanilganda yetkazib berish joyi (temir yoʻl stansiyasi, port, aeroport va boshqalarning nomi) koʻrsatilishi kerak (qisqartirilgan soʻzlarning bosh harflari bilan birgalikda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish muddati yoki sanasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish kontraktlariga muvofiq tovar yetkazib beruvchi — sotuvchi, ishlarni bajaruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi tomonidan shartlashilgan muddatlarda tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishning oxirgi muddati tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Kontraktning umumiy summasi, tovarning oʻlchov birligidagi narxi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning oʻlchov birligi TIF TNdagi oʻlchov birligiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontraktning umumiy summasi sotilayotgan tovar, ishlar va xizmatlarning qiymatini anglatadi. Ishlarni bajarishga va xizmatlar koʻrsatishga kontraktni tuzish paytida kontrakt summasini belgilash imkoni boʻlmagan oʻziga xos kontraktlar tuzilgan taqdirda kontraktning umumiy summasi koʻrsatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib beruvchilar tomonidan montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash ishlari amalga oshirilishini, ular tomonidan xodimlarni oʻqitish xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatilishini, royalti toʻlanishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalar, qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar xarid qilishga (sotishga) tashqi savdo kontraktlari boʻyicha kontraktlarda (spetsifikatsiyalarda) bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlar va royalti summasi alohida koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Toʻlov shartlari. Kontraktdagi toʻlov shartlarida valyuta, toʻlov shakli va muddati belgilanadi. Tashqi savdo kontraktlari va invoyslarda toʻlov valyutasi xorijiy valyutada koʻrsatiladi. Agar toʻlov valyutasi kontrakt valyutasidan farq qilsa, u holda valyutani qayta hisoblab chiqish kursi va ushbu kursni aniqlash manbai koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Tovarning kelib chiqishi, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish joyi. Kontraktda yetkazib berilayotgan tovar kelib chiqqan mamlakat va ishlab chiqaruvchi, shuningdek, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish joyi (mamlakati) koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Tomonlarning javobgarligi. Qabul qilingan majburiyatlarning tomonlar tomonidan bajarilishini taʼminlovchi shartlar sifatida kontraktda, qoidaga koʻra, kontrakt majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar toʻlaydigan penya va/yoki jarima shaklidagi javobgarlik nazarda tutiladi. Aybdor tomonga zarar koʻrgan tomonning talabiga koʻra neustoyka toʻlash majburiyati yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Tomonlarning rekvizitlari. Kontrakt matnida tomonlarning rekvizitlari koʻrsatiladi. Pochta rekvizitlari, manzil, bank va yuklab joʻnatish rekvizitlari koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) Barter kontraktlarida import tovarlarni jadal yetkazib berishni yoki muqobil bank kafolatlari taqdim etishni nazarda tutuvchi shartlar majburiy tartibda hisobga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) Tashqi savdo kontraktining matni davlat tilida yoki xorijiy sherik tanlagan tilda bayon qilinishi kerak. Agar kontrakt matni boshqa tilda tuzilgan boʻlsa, kontrakt davlat tiliga yoki xorijiy sherikning tanlagan tiliga tarjima qilinishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kontrakt shartlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qoʻshimcha bitim bilan qayd etilishi kerak hamda kontraktlar bilan boʻlgani singari tartibda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — TSOYAEAT) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaga tovarlarni olib kirish nazarda tutilgan kontraktlarga yoki invoyslarga qoʻshimchalar kiritilib, ularga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar, xorijiy sheriklar va ularning rekvizitlari oʻzgargan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar ushbu qoʻshimchalar haqidagi maʼlumotlar TSOYAEATga kiritilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni mobaynida “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish boʻyicha davlat bojxona xizmati organlariga murojaat etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) eksport va import kontraktlarini tuzmasdan, invoyslar asosida eksport va import qilishga, shuningdek, ushbu invoyslar boʻyicha tijorat banklari orqali xorijiy sheriklar bilan oʻzaro toʻlovlarni amalga oshirishga ruxsat etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qaroriga ilovada keltirilgan tovarlarni eksport qilish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda eksport tovarlari, ishlar va xizmatlar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga oldindan toʻlov 100 foiz tushgandan soʻng amalga oshirilishi, import tovarlari, ishlar va xizmatlar esa ular boʻyicha toʻlovlar xorijiy sherikka oʻtkazilmasdan avval amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlarning eksport va importi boʻyicha maʼlumotlar dalolatnoma tuzilgan kundan 1 kun ichida TSOYAEATga kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu bob talablariga rioya etilishi uchun masʼuliyat xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (belgilangan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olinganlar bundan mustasno) yuklanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuzilgan tashqi savdo kontraktlari va invoyslar bajarilishi ustidan zarur nazoratni taʼminlash hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar, valyutani nazorat qiluvchi organlar, tovar-xomashyo birjasi, gʻaznachilik boʻlinmalari va tijorat banklari oʻrtasida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha TSOYAEAT orqali axborot ayirboshlash maqsadida joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Yagona gʻazna hisobvaragʻi bilan qamrab olingan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tashqi savdo kontraktlari boʻyicha toʻlovlarning amalga oshirilishi boʻyicha tegishli maʼlumot TSOYAEATga gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avans toʻlovi (oldindan toʻlangan haq) tushganligi, akkreditiv ochilganligi, bank kafolati rasmiylashtirilganligi, eksport kontraktini sugʻurtalash boʻyicha polis berilganligi toʻgʻrisidagi belgilangan tartibda berilgan hisob-kitob maʼlumotnomalarini TSOYAEATda rasmiylashtirishda TSOYAEATdagi maʼlumotlarni (shu jumladan, qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirlik va idoralarning xulosasi mavjudligini) solishtiradilar, ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hisob-kitob maʼlumotnomasi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qaroriga ilovada keltirilgan tovarlarni eksport qilishda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt bilan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan TSOYAEATga kiritilgan maʼlumotlar oʻrtasida farqlar mavjud boʻlmagan taqdirda, banklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu kontrakt boʻyicha bank operatsiyalarini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oldindan toʻlov kafolatlangan tovarlarni eksport qilish nazarda tutilgan kontraktlar va invoyslar boʻyicha hisob-kitob maʼlumotnomalari TSOYAEATga tovarlarning bojxona rasmiylashtiruviga qadar kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo kontraktlarining shartlariga, shu jumladan, tovarlar qismiga qoʻshimcha kelishuvlarsiz oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilarning tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirish maqsadida gʻaznachilik boʻlinmalari toʻlovlarni amalga oshirishda yoki akkreditiv ochishda, TSOYAEATdagi maʼlumotlarni kontrakt shartlari bilan taqqoslaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan TSOYAEATga kiritilgan maʼlumotlar oʻrtasida farqlar mavjud boʻlmagan taqdirda, gʻaznachilik boʻlinmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu kontrakt boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qarorining 2-bandi “v” kichik bandida koʻrsatilgan meʼzonlarga mos keluvchi strategik, budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar, chet el grantlari va tashqi qarzlar, davlat ishtirokidagi korxonalar, davlat ahamiyatidagi loyihalar va davlat xaridlariga oid tashqi savdo kontraktlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi va roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining bojxona postlari xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan TSOYAEATga kiritilgan kontrakt (shu jumladan, invoys) maʼlumotlarini “erkin muomalaga chiqarish (import)”, “eksport” bojxona rejimlaridagi bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlari bilan, shuningdek, tijorat banklar tomonidan TSOYAEATga kiritilgan hisob-kitob maʼlumotnomasida koʻrsatilgan valyuta miqdorini toʻlov kafolatlangan tovarlarning eksport qiymatiga nisbatan muvofiqligi yoki ortiqligi bilan solishtiradilar hamda farqlar mavjud boʻlmaganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtiradilar, ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Bunda eksportga bojxona rasmiylashtiruvi, toʻlov kafolatlangan tovarlardan tashqari, TSOYAEATga hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob maʼlumotnomasi asosida eksport qilinishi belgilangan tovarlar “eksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirilayotganda tovarlarning umumiy faktura qiymati hisob-kitob maʼlumotnomasida koʻrsatilgan qiymatdan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov import qiluvchining oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan bir xoʻjalik yurituvchi subyektning ikki va undan ortiq import kontraktlari doirasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchining ikki va undan ortiq eksport kontraktlari doirasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tashqi savdo kontrakti boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan, agar qonun hujjatlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankidagi hisob varagʻi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Eksport qiluvchilar qonun hujjatlarida boshqacha nazarda tutilmagan boʻlsa, TSOYAEATga invoyslar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar kiritilib, tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati toʻliq toʻlangandan keyin va eksport qiluvchilarning Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobraqamlariga mablagʻlar tushgandan soʻng tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) bojxona yuk deklaratsiyasi asosida Internet jahon axborot tarmogʻidagi onlayn doʻkonlar orqali eksport qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda 5000 (besh ming) AQSH dollarigacha boʻlgan tovarlar elektron tijorat orqali bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan, pochta xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga muvofiq realizatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Eksport qiluvchilar TSOYAEATga invoyslar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar kiritilib, tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati toʻliq toʻlangandan keyin va eksport qiluvchilarning Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobraqamlariga mablagʻlar tushgandan soʻng tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) (xom ashyo tovarlaridan tashqari) eksport kontraktisiz invoys asosida eksport qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Eksport qiluvchilar tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportini, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha ayrim tovarlardan tashqari, Internet tarmogʻining elektron savdo maydonchalari vositasida eksport kontrakti tuzmasdan va tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti uchun bank vositachilik haqi olinmasdan amalga oshirish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirish boʻyicha davlat bojxona va soliq xizmatlari organlari hamda tijorat banklari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat bojxona xizmati organlari, tijorat banklari va TSOYAEATga ulangan boshqa idoralar oʻz vakolatlari doirasida tizimdagi mavjud axborotni ruxsat berilmagan foydalanishdan, maʼlumotlarni buzishdan yoki tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yoki davlatga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa xatti-harakatlardan himoya qilish uchun zarur boʻlgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona xizmati organlari, tijorat banklari va TSOYAEATdagi mavjud maʼlumotlardan foydalanadigan boshqa idoralarning rahbarlari va boshqa xodimlari mazkur maʼlumotlarni oshkor qilish, ulardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanish, shuningdek, shu jumladan, axborotni himoya qilishning belgilangan qoidalarini buzish oqibatida uchinchi shaxslarning maʼlumotlarni olishiga imkoniyat yaratish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TSOYAEATdagi mavjud axborotni himoya qilishning belgilangan qoidalari buzilganligi, ulardan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yoki davlatga zarar yetkazilishiga olib kelgan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanganligi uchun idoralarning aybdor rahbarlari yoki boshqa xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TSOYAEATdan foydalanuvchining tashabbusi yoki taklifi bilan TSOYAEATni dasturiy taʼminlashga oʻzgartirishlar kiritish yoki hisobot shakllarini joriy etish zarur boʻlgan taqdirda, TSOYAEATni dasturiy taʼminlashga oʻzgartirishlar va hisobot shakllari mazkur oʻzgartirishlar tashabbuskori boʻlgan idora hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda TSOYAEATga kiritiladigan oʻzgartirishlar yoki hisobot shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank hamda TSOYAEATning huquqiy egasi boʻlgan davlat organi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tashqi savdo operatsiyalarining amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo kontraktlari va invoyslari monitoringi valyutani nazorat qiluvchi organlar va tijorat banklari tomonidan TSOYAEAT orqali amalga oshiriladi. Bunda ushbu organlar va tijorat banklari oʻrtasida TSOYAEATda shakllangan maʼlumotlarni oʻzaro talab etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tovarlarni respublikaga olib kirish va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish, shuningdek, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatish yoxud ular uchun toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish muddati import kontraktlari boʻyicha toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kalendar kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan kontraktlar boʻyicha yoki kontraktlar Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida Boshqaruvchi qoʻmita tomonidan tasdiqlangan taqdirda — import kontraktlarida belgilangan muddatlardan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Eksport kontrakti boʻyicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati tovarlarga nisbatan — “eksport” bojxona rejimi boʻyicha bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan va xizmatlarga (ishlarga) nisbatan — bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi imzolangan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) taʼsiri yuzaga kelgan holatda xorijiy valyutadagi tushumning tushishi muddati ushbu taʼsir yuz bergan davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan, yengib boʻlmaydigan kuchning amal qilishi davriga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Eksport kontraktlari boʻyicha toʻlovlar vakil banklar orqali amalga oshirilgan va vakil bankning bank vositachilik haqi eksport qiluvchining hisob raqamiga tushuvchi mablagʻlar hisobiga toʻlanadigan hollarda, u debitorlik qarz sifatida hisobga olinmasligi, balki eksport qiluvchi balansining xarajat qismida hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avans toʻlovlar boʻyicha mablagʻlar qaytarib berilganda yoki vakil bankning bank vositachilik haqi import qiluvchining mablagʻlari hisobiga toʻlanganda import kontraktlari boʻyicha tovarlar toʻliq yetkazib berilmagan hollarda, u debitorlik qarz sifatida hisobga olinmasligi, balki import qiluvchi balansining xarajat qismida hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xizmatlar eksportini amalga oshiruvchi va import qiluvchining mamlakatida koʻrsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlardan (foydadan) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliqlar toʻlagan eksport qiluvchilar oʻzining tijorat bankiga ushbu soliqlar chet elda toʻlanganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani taqdim etadilar. Bunda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlangan summa kontrakt boʻyicha debitorlik qarz sifatida hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu soliqlar asossiz toʻlanganligi, ularning kamaytirilganligi yoki qaytarilganligi holatlari aniqlangan taqdirda kontrakt boʻyicha debitorlik qarz tiklanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan eksport qiluvchilar, shuningdek, “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirishni, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishni 30 bank kunidan ortiq taʼminlamagan import qiluvchilar (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun — 60 bank kuni) belgilangan muddatlar tamom boʻlgandan keyin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablagʻlari yoki “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar, shuningdek, bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan xizmatlar summasining 10 foiziga teng miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180 kundan 365 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablagʻlari yoki “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar, shuningdek bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan xizmatlar summasining 20 foiziga teng miqdorda qoʻshimcha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
365 kundan ortiq kechikkanda — tushmagan valyuta mablagʻlari yoki “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar, shuningdek bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan xizmatlar summasining 70 foiziga teng miqdorda respublika budjeti daromadiga qoʻshimcha jarima toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun jarima qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima qoʻllash haqidagi arizada koʻrsatilgan kontraktlar boʻyicha “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq toʻliq yoki qisman repatriatsiya qilingan aktivlar summasiga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlar yetkazib berish boʻyicha import kontraktlari shartlarida asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlarni yetkazib berish muddati ularning texnik xususiyatlari va oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda 180 kalendar kundan ortiq belgilangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet eldagi korxona nomiga olib chiqilgan hamda transportda tashish va saqlash jarayonida eksportchiga va chet eldagi korxonaga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yaroqsiz boʻlib qolgan yoki import qiluvchi davlat organi tomonidan musodara qilingan tovarlarga tegishli vakolatli organning ekspertizasi dalolatnomasi va (yoki) tovarlar turgan mamlakat bojxona organining bojxona nazorati ostida ularning yoʻq qilinganligi yoki musodara qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomasi taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayni bir qarzdorlik predmeti va tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) amaldagi eksport va import hajmi boʻyicha takroriy jarimalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan jarima sanksiyalarini undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan eksport qiluvchilarga, shuningdek, “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirishni, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishni taʼminlamagan import qiluvchilarga davlat soliq xizmati organi tomonidan jarima qoʻllash toʻgʻrisida talabnoma (keyingi oʻrinlarda — talabnoma) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma yozma yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladi va unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻliq nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma sanasi, raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo kontrakti identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy sherik nomi, davlati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati oʻtgan debitorlik qarz yuzaga kelgan sanasi, summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank tomonidan belgilangan valyuta kursi va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati oʻtgan debitorlik qarzning soʻmdagi qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma olinganidan soʻng xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan koʻriladigan choralar va muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati oʻtgan debitorlik qarz bartaraf etilmagan taqdirda qoʻllaniladigan choralar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki uning vakiliga olganligi va olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshirilishi lozim, soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti mavjud boʻlgan taqdirda, u orqali yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilganda u joʻnatilgan kundan eʼtiboran besh kun oʻtganidan soʻng topshirilgan, shaxsiy kabinet orqali yuborilganda esa keyingi ish kuni xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qabul qilib olingan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomada jarima summasi uni joʻnatish sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta kursi boʻyicha soʻmda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organiga talabnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kun muddatda tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorliklarning bartaraf etilganligi yoki jarima summasi ixtiyoriy ravishda toʻlab berilganligi haqidagi maʼlumot(lar)ni yozma yoki elektron shaklda tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorliklar ixtiyoriy ravishda toʻlab berilmagan yoxud toʻlashni rad etgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi jarima qoʻllash haqidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza kiritish sanasida xorijiy valyuta kursi oʻzgargan taqdirda, talabnomada koʻrsatilgan summa qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali qayd qilingan kontraktlar orqali muddati oʻtgan debitor qarzdorlik mavjudligi haqidagi maʼlumotnoma, pochta xarajatlari toʻlanganligi va arizaning koʻchirma nusxasi xoʻjalik yurituvchi subyektga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar, talabnoma va uning yuborilganligi haqida dalillar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada koʻrsatilgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha toʻliq miqdorda valyuta mablagʻlarining tushishi yoki tovarlarning respublikaga olib kirilishi hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtirilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishi taʼminlangan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima qoʻllash masalasi sudda koʻrib chiqilayotgan paytda — arizani qanoatlantirish rad etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjati qonuniy kuchga kirmagan vaqtda — ijroga qaratilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng 90 kalendar kun ichida va uni shu muddat ichida ijro etish paytida — ish yuritish tugatiladi va majburiy undirish boʻyicha koʻrilgan barcha choralar bekor qilinadi (davlat soliq xizmati organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi depozit hisobvaragʻida saqlanayotgan boʻlsa, Majburiy ijro byurosi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkazilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda hisobga olish amalga oshirilganidan keyin ortiqcha toʻlangan summa sifatida eʼtirof etilib, davlat soliq xizmati organi xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima qoʻllanilgandan keyin tushgan valyuta mablagʻlari yoki respublikaga olib kirilgan hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtirilgan tovar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar summasi talabnomada koʻrsatilgan valyuta kursi boʻyicha soʻmda hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan soʻng davlat soliq xizmati organi xoʻjalik yurituvchi subyektning shaxsiy varaqasida qoʻllanilgan jarima summasini hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olingan jarima summasi soliq qarzi sifatida eʼtirof etilib, belgilangan tartibda majburiy undiruv choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tashqi savdo operatsiyalarida xorijiy sheriklar tomonidan oldindan oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tovarlarni “eksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatish, yoki Oʻzbekiston Respublikasiga import qilingan tovarlar, shuningdek, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali pul mablagʻlarini oʻtkazish muddati 365 kundan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu muddat tovarlarni “eksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatish xorijiy sheriklar tomonidan oʻtkazilgan pul mablagʻlari eksport qiluvchilarning xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida qayd etilgan kundan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali pul mablagʻlarini oʻtkazish xorijiy sheriklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga import qilingan tovarlar “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan, shuningdek bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar dalolatnomasi imzolangan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, tijorat banklari, budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar, Gʻaznachilik boʻlinmalari va davlat bojxona xizmati organlari tegishli axborot TSOYAEATga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Davlat bojxona xizmati organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning kelib tushishi yoki yuklab joʻnatilishi toʻgʻrisidagi bojxona yuk deklaratsiyalari maʼlumotlari TSOYAEATga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi uchun javob beradilar, tovarlarni olib kirish va olib chiqish boʻyicha maʼlumotlarni hamda ular boʻyicha amalga oshirilgan bojxona toʻlovlarini tahlil etadilar, shuningdek, bojxona yuk deklaratsiyalari maʼlumotlarining elektron bazasi TSOYAEATga oʻz vaqtida qoʻshilishini taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirish mexanizmlarini aniqlash hamda barham berish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi boshqa jinoyatlarni ochish boʻyicha tezkor-tahliliy va qidiruv chora-tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tovarlarning bojxona qiymati belgilanishi ustidan doimiy monitoring olib boradi. Monitoring natijalari hamda muqobil manbalardan olingan maʼlumotlar asosida narx maʼlumotlari byulleteni shakllantiriladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining xabardorligini hamda bojxona tartibotlarining samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida har chorakda Davlat bojxona qoʻmitasining rasmiy sayti va Oʻzbekiston Respublikasining ochiq maʼlumotlar portaliga elektron shakli joylashtirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Narx maʼlumotlari byulleteni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari narx maʼlumotlari byulletenidan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida belgilangan tartibda tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda va nazorat qilishda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tovarlarning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning muqobil manbalari sifatida ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki yetkazib beruvchilarning rasmiy eʼlon qilinadigan maʼlumotnomalari, byulletenlari, birja kotirovkalari, prays-varaqlardan, ular uyushmalari yoki birlashmalarining yigʻma narx maʼlumotnomalaridan, tovarlarni ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalar vakolatxonalarining, ularning rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgan dilerlari yoki distribyutorlarining maʼlumotlaridan, shuningdek, narxlar konyunkturasini xolis shakllantiradigan umumiy foydalaniladigan narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning boshqa ishonchli manbalaridan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushum qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tushmaganligi yoki toʻliq tushmaganligi yoxud import boʻyicha tovarlar toʻliq tushmaganligi (ishlar va xizmatlar bajarilmaganligi) (avans toʻlovi qaytarilganligi) holatlari toʻgʻrisidagi axborot TSOYAEATda shakllantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq va bojxona xizmatlari organlari tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun TSOYAEAT maʼlumotlaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo kontraktlari va invoyslarga identifikatsiya raqamlarini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Tartib tashqi savdo kontraktlari va invoyslarga identifikatsiya raqamlari berish qoidalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashqi savdo kontraktlari va invoyslarga identifikatsiya raqamlari xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — TSOYAEAT) ushbu Tartib talablariga muvofiq zarur axborotni kiritish orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A” qismi 9 ta raqamdan iborat boʻlib, tashqi savdo kelishuviga oid hujjat boʻyicha bank operatsiyalarini amalga oshirayotgan tijorat bankining STIR koʻrsatiladi. Tashqi savdo kontrakti birja (yarmarka)da tuzilgan taqdirda, “A” qismida ushbu birja (yarmarka)ning STIR koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“B” qismi STIRni (import qiluvchi/eksport qiluvchi — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining) ifoda etadigan 9 ta raqamdan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. TSOYAEATda tashqi savdo kontraktlari va invoyslarning tartib raqamlari har yilning boshida 00001 raqami bilan boshlanadi. Bunda identifikatsiya raqamlari har bir kontrakt va invoys uchun alohida beriladi. Tashqi savdo kontrakti birjada (yarmarkada) tuzilgan boʻlsa, identifikatsiya raqami birjada (yarmarkada) roʻyxatga olish jurnali (reyestri) boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashqi savdo kontraktlari va invoyslarning identifikatsiya raqamida ushbu Tartibda nazarda tutilmagan ajratish belgilari (kasr, tire, nuqta, vergul va boshqalar) qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring va nazorat olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYAEAT):
1. Tuzilgan tashqi savdo kontraktlari va invoyslarni;
1. Tashqi savdo operatsiyalari boshlanguniga qadar
2. Birja (yarmarka)
2. Birja (yarmarka)da tuzilgan kontraktlarni kiritish.
2. Kontrakt birja (yarmarkada) tuzilgandan soʻng 1 ish kuni mobaynida
2-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (qonunchilikda belgilangan hollarda)*
TSOYAEATga valyuta va tovarlar harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni:
1. Tijorat banklari, Gʻaznachilik boʻlinmalari, tovar-xomashyo birjasi
1. Kontrakt va invoyslar boʻyicha valyuta mablagʻlarning harakati toʻgʻrisida axborotlarni;
1. Hisob-kitoblar amalga oshirilganda onlayn tarzda kelib tushadi
2. Davlat bojxona xizmati organlari
2. Kontrakt va invoys boʻyicha bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlarini;
2. Tovarlar tushganda yoki yuklab joʻnatilganda onlayn tarzda kelib tushadi
3. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar
3. Ishlar va xizmatlar dalolatnomasini kiritish.
3. Dalolatnoma tuzilgan kunda 1 kun ichida
3-bosqich
Valyutani nazorat qiluvchi organlar va tijorat banklari
Amalga oshirilgan tashqi savdo operatsiyalari ustidan taalluqliligi boʻyicha oʻz vakolati doirasida monitoring va nazoratni amalga oshirish.
Doimo
4-bosqich
Davlat bojxona xizmati organlari va tijorat banklari
Bojxona va valyuta qonunchiligi, hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi buzilishi aloma�lari aniqlanganda axborotni soliq organlariga taqdim etish.
Holatlar aniqlanganda
har oy yakuni boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qarorida belgilgan tartibda kontraktlar ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 92-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona yuk deklaratsiyalari asosida maʼlumotlarning elektron bazasini shakllantiradi hamda tovarlarning kelib tushishi yoki yuklab joʻnatilishi toʻgʻrisidagi axborotlarning Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi uchun javob beradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkaziladigan va roʻyxatga olinadigan import kontraktlari boʻyicha maʼlumotlarni xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish ushbu Markazning tegishli xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 2-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 21-iyuldagi 199-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 74-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandning “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 197-son qarori bilan tasdiqlangan “Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan hujjatlar” roʻyxatining 1-boʻlimi 2-bandidagi “uch ming AQSH dollarigacha” soʻzlari “bitta invoys boʻyicha besh ming AQSH dollarigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qaror bilan tasdiqlangan Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron deklaratsiya avtomatlashgan tartibda bojxona organlarining axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi yoki tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona organi xodimlari oʻrtasida taqsimlanadi. Bunda hujjatlarda mavjud maʼlumotlarning ishonchliligiga deklaratsiyalovchi shaxs javobgardir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-bandning oltinchi xatboshidagi “qoʻllashi mumkin” soʻzlari “qoʻllaydi” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. BYDni toʻldirish hamda elektron deklaratsiyalarni avtomatik holda roʻyxatga olish va rasmiylashtirish, shuningdek, taqsimlash tizimi ishlashi tartibi DBQ tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bojxona organlari xodimlari elektron deklaratsiyalarning oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi uchun shaxsan javob beradilar, bojxona organlarining axborot tizimi tomonidan rasmiylashtirilgan elektron deklaratsiyalar bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bosqich blokining “Tadbirlar” ustuni 3-qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dastlabki tekshiruv natijasida kamchiliklar aniqlanmasa, YAAAT BYDni rasmiylashtirish uchun qabul qilib, avtomatlashgan tartibda rasmiylashtiradi yoki rasmiylashtirish uchun bojxona xodimlariga taqsimlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-pozitsiyaning “Vakolatli organ nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyiha va import kontraktlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish markazi” DUK” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-pozitsiyaning “Vakolatli organ nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
7.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olib kirish yoki olib chiqish, tranzit qilish, sotib olish, saqlash, olib yurish, tashish, sotish, qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash hamda koʻrgazmaga qoʻyish uchun ruxsatnoma.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9 va 10-pozitsiyaning “Vakolatli organ nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 171-pozitsiyasi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
171.
Ekologik sertifikat.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-oktabrdagi 829-son qaroriga 2-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-pozitsiyaning “Vakolatli organning nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
5.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olib kirish yoki olib chiqish, tranzit qilish, sotib olish, saqlash, olib yurish, tashish, sotish, qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash hamda koʻrgazmaga qoʻyish uchun ruxsatnoma.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qaroriga 3-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarorining 4 va 6-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 32-33-son, 251-modda) 2-ilovaning 38-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 34-36-son, 264-modda) 1-ilovaning 45-bandi “b” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 12-avgustdagi 230-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 32-33-son, 363-modda) ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ–1604-son qarori)” 2011-yil 20-oktabrdagi 284-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 42-son, 455-modda) ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartibotlarni liberallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son qaroriga 2-ilovaning (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 2-son, 24-modda) 6-bandi “a” va “b” kichik bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 37-son, 485-modda) 1-ilovaning 36-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2015-yil 22-maydagi OʻRQ-385-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 8-sentabrdagi 259-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 36-son, 477-modda) ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son qarori)” 2015-yil 25-dekabrdagi 372-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 52-son, 647-modda) 1-ilovaning 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son qarori)” 2016-yil 27-fevraldagi 57-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 9-son, 91-modda) ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmoni)” 2016-yil 26-dekabrdagi 414-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 52-son, 604-modda) ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 7-iyuldagi 477-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 28-son, 654-modda) ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PF-5012-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-son qarori)” 2017-yil 14-iyuldagi 499-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 29-son, 693-modda) ilovaning 16-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni)” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 33-son, 863-modda) 1-ilovaning 26-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-iyundagi PQ-3077-son qarori)” 2017-yil 23-noyabrdagi 938-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-son Qonuni)” 2017-yil 1-dekabrdagi 960-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 49-son, 1197-modda) ilovaning 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qarori)” 2018-yil 8-yanvardagi 16-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2-son, 27-modda) 1-ilovaning 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini ragʻbatlantirish va raqobatbardoshligini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmoni)” 2018-yil 9-fevraldagi 102-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3549-son qarori)” 2018-yil 20-apreldagi 297-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 16-son, 337-modda) ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-son qarori)” 2018-yil 26-iyuldagi 583-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining xorijiy valyutadagi mablagʻlarini samarali boshqarishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 6-avgustdagi 620-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 17-oktabrdagi PQ-3978-son qarori)” 2019-yil 13-martdagi 216-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 3-son, 37-modda) ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoni)” 2019-yil 30-martdagi 269-son qaroriga ilovaning 3-bandi “b” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 8-son, 179-modda) ilovaning 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vazirlar Mahkamasining “Donni qayta ishlash korxonalari va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi 829-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 30-maydagi PQ-4348-son qarori)” 2019-yil 10-oktabrdagi 860-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 10-son, 246-modda) ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoni)” 2019-yil 21-oktabrdagi 886-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 10-son, 258-modda) ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori)” 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 15-bandi.