15.05.2020 yildagi PQ-4715-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish hajmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro standartlarga, energiya samarador va ekologik talablarga javob beradigan yangi kon-metallurgiya kompleksini zamonaviy uskuna va texnologiyalarni qoʻllagan holda qurish hamda “Yoshlik I” konini oʻzlashtirish orqali “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi ““Yoshlik I” koni negizida “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2807-son qaroriga muvofiq “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Olmaliq KMK” AJ) tomonidan rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan “Yoshlik I” konini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirilishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi doirasida 3-son Mis boyitish fabrikasini (keyingi oʻrinlarda — 3-MBF), fabrikada maʼdanlarni boyitish jarayonida hosil boʻladigan qoldiqlarni saqlash obyektini, uning infratuzilma va sanitar zonalarini (keyingi oʻrinlarda — qoldiqlarni saqlash obyekti), shuningdek, 3-MBF suv va tashqi elektr taʼminoti obyektlarini (keyingi oʻrinlarda — infratuzilma obyektlari) qurish nazarda tutilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-MBF, qoldiqlarni saqlash obyekti va infratuzilma obyektlarini qurish uchun Toshkent viloyatida umumiy maydoni 3 768,8 gektarga teng hudud zarurligi aniqlangan boʻlib, shundan 1 616 gektari Toshkent viloyati hokimligining va 25 gektari Piskent tumani hokimligining tegishli qarorlari bilan ajratib berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoldiqlarni saqlash obyektini qurish uchun Piskent tumanida umumiy maydoni 1 415,8 gektar hamda infratuzilma obyektlarini qurish uchun Piskent va Ohangaron tumanlarida umumiy maydoni 712 gektarga teng hududlar ajratib berilishi zarurligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda qoldiqlarni saqlash obyekti hamda infratuzilma obyektlari hududlarining aniq chegaralarini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoldiqlarni saqlash obyekti hamda infratuzilma obyektlari hududlarida joylashgan turar joy, ishlab chiqarish hamda boshqa inshootlar, qurilmalar va ekinlarni xatlovdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Olmaliq KMK” AJ bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoldiqlarni saqlash obyekti hamda infratuzilma obyektlarini qurish doirasida olinishi rejalashtirilayotgan yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilari bilan ochiq muloqot oʻtkazsin, shuningdek, foyda va xarajatlarni baholasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan xatlov va ochiq muloqot natijalariga koʻra, qoldiqlarni saqlash obyekti hamda infratuzilma obyektlarini qurish doirasida yer uchastkalarining olinishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni “Olmaliq KMK” AJ mablagʻlari hisobidan qoplash ishlarini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qoldiqlarni saqlash obyekti hamda infratuzilma obyektlarini qurish doirasida yer uchastkalarining olinishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash masalasi hal etilgandan soʻng, yer uchastkalarining kelishilgan tartibda olinishi va “Olmaliq KMK” AJ sanoat obyektlari qurilishi uchun ajratib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Olmaliq KMK” AJning qoldiqlarni saqlash obyekti hamda infratuzilma obyektlarini qurish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining koʻrgan zararlarini, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining koʻrgan zararlarini baholash xarajatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olinishi natijasida turar joylari buzilishi nazarda tutilgan jismoniy shaxslarning yangi qurilayotgan yakka tartibdagi turarjoy va boshqa inshootlarini tegishli muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash xarajatlarini “Olmaliq KMK” AJ mablagʻlari hisobidan qoplash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Olmaliq KMK” AJ investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligidan boshqa maqsadlarda foydalanishga olinadigan sugʻoriladigan yerlarni oʻzlashtirish, shuningdek, lalmi yerlar, pichanzorlar, yaylovlar holatini tubdan yaxshilash uchun talab etiladigan kompensatsiya toʻlovlaridan, istisno tariqasida, ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi loyiha hujjatlarining davlat ekologik ekspertizadan belgilangan tartibda oʻtkazilishini va loyihani amalga oshirish doirasida tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati oʻrnatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4715-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 07/20/4715/0586-son)