13.05.2020 yildagi PQ-4712-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklanadigan energetikani jadal rivojlantirishni taʼminlash, elektr energiyasi ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiyalash, ushbu maqsadlar uchun tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish, shuningdek, elektr energetika tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida 2018-yil 5-oktabrda “Total Eren SA” (Fransiya) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Investor) bilan Samarqand viloyatida umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ishlatish (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) toʻgʻrisida hamkorlik bitimi imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida Investor nomidan ish yuritadigan “Tutly Solar” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) taʼsis etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2019-yil 13-sentabrda Samarqand viloyatida umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani (keyingi oʻrinlarda — FES) loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va 25 yil davomida ishlatish bilan bogʻliq Investor va Loyiha kompaniyasining majburiyatlarini nazarda tutuvchi Investitsiya bitimi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya bitimi) tuzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2019-yil 13-sentabrda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) tuzilganligi, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ timsolida yagona xaridorga sotish majburiyatini olganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi oʻzining majburiyatlarini lozim darajada bajarishi boʻyicha 8 million yevro miqdoridagi birinchi darajali xorijiy bank kafolatini taqdim qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi kuchlanishni oshiruvchi FES podstansiyasini qurish va foydalanishga topshirilgandan keyin uni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga sotish majburiyatini olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi va elektr energiyasi uchun toʻlovni mahalliy valyutada amalga oshirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor hamda Loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Investitsiya bitimi u imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq Loyiha kompaniyasi bilan Xaridorning ulanish vositalarini berish toʻgʻrisida bitim tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchlanishni oshiruvchi FES podstansiyasi foydalanishga topshirilib, investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etiladigan mustaqil xalqaro maslahatchi tomonidan baholanganidan soʻng Loyiha kompaniyasining tasdiqlangan xarajatlarini yagona toʻlov bilan qoplash majburiyati bilan uni Loyiha kompaniyasidan oʻz mulkiga qabul qilib olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FES bilan bogʻliq infratuzilmalar barpo etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining uch oylik xaridini qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el valyutasida tasdiqlangan tiklanadigan akkreditivni ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Samarqand viloyati hokimligiga Loyiha kompaniyasi va investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan kreditorlar bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar Loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilmagan taqdirda Loyiha kompaniyasining huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bir oy muddatda quyidagi maqsadlar uchun “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJni moliyalashtirish manbalarini aniqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FES tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining uch oylik xaridini qoplash boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash maqsadida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el valyutasida tasdiqlangan tiklanadigan akkreditivni ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FES bilan bogʻliq infratuzilmalarni barpo etish, shu jumladan Investitsiya bitimi shartlariga muvofiq kuchlanishni oshiruvchi podstansiyani qurish xarajatlarini qoplash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlash, xorijiy valyutadagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, boshqalardan tashqari xorijiy valyutada kredit mablagʻlari tushumlari) uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlarini ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi xorijiy pudratchilar, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasidagi majburiyatlarni bajarishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Samarqand viloyati hokimligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimida belgilangan yer uchastkasini ajratib bersin va Investitsiya bitimi shartlariga muvofiq Loyiha kompaniyasi bilan yerni ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnomani imzolasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sigʻimini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2343-son qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida sotiladigan elektr energiyasi hajmlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimi qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlari sifati ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi loyiha hujjatlarining davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini va investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya qilinishi ustidan lozim darajada nazorat oʻrnatilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi (muddati uzaytirilishi) hamda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmaganlar orasidan) jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 13-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4712-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 07/20/4712/0583-son)