07.05.2020 yildagi 233-F-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga asosan Tojikiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan tibbiy uskunalar, buyumlar, dori vositalari va maxsus konteynyerlar bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tojikiston Respublikasiga tibbiy uskunalar, buyumlar, dori vositalari va maxsus konteynyerlar shaklidagi insonparvarlik yordami yuki ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yordami yukini joʻnatuvchi va yetkazib berilishini taʼminlovchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnopark” MChJ va “Uzbekistan Airports” AJning “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti MChJ insonparvarlik yordami yukini shakllantirish punktlari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Insonparvarlik yordami yukini Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahriga yetkazib berish uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Obod Shahar Qurilish” MChJ buyurtmalariga asosan zarur miqdorda vagonlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yuk havo kemalarini belgilangan tartibda ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonparvarlik yordami yukining belgilangan manzilga yetkazib berish bilan bogʻliq Mudofaa vazirligining xarajatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining insonparvarlik yordami yukini joʻnatish bilan bogʻliq xarajatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining insonparvarlik yordami yukini joʻnatish bilan bogʻliq xarajatlari — Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod Shahar Qurilish” MChJning insonparvarlik yordami yukini joʻnatish bilan bogʻliq xarajatlari — Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish borasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 25-martdagi 181-son qarori doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining homiylik mablagʻlari hisobidan “Madaniyat tekstil koʻp tarmoqli” MChJ va “Maximum Dream” MChJlar tomonidan ishlab chiqarilgan tibbiy himoya vositalarining insonparvarlik yordami sifatida ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi ushbu farmoyishga muvofiq davlat zaxiralaridan chiqarilgan moddiy boyliklarning oʻrni belgilangan tartibda toʻldirilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston tomonining insonparvarlik yordami koʻrsatish niyati toʻgʻrisida Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini belgilangan tartibda xabardor qilsin, shuningdek, insonparvarlik yordami yuki yetkazib beriladigan punktni va uni topshirish bilan bogʻliq boshqa tashkiliy masalalarni kelishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari insonparvarlik yordami yukining yetkazilishi va topshirilishida ishtirok etadigan Oʻzbekiston Respublikasi vakillariga chiqish hujjatlari tezkor rasmiylashtirilishini hamda insonparvarlik yordami yuki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan toʻsiqlarsiz oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va “Dunyo” axborot agentligi Tojikiston Respublikasiga insonparvarlik yordami koʻrsatish boʻyicha ishlar ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, elektron ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari A.X. Qoʻldashev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233-F-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-maydagi 233-F-son farmoyishiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tojikiston Respublikasiga insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan tibbiy buyumlar va vositalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashkilot nomi

Mahsulot nomi

lchov

birligi

Miqdori

I. Mudofaa vazirligi tomonidan yetkazib beriladigan mahsulotlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi

bir marotabalik qoʻlqop

dona

100 000

noinvoziv sunʼiy nafas berish uskunasi

dona

10

azitromitsin 250 mg № 6

qadoq

1 000

gidroksixloroxin 100 mg № 100

qadoq

1 000

askorbin kislotasi 50 mg № 10

qadoq

1 000

tsefazolin 1,0

qadoq

1 000

pirometr

dona

300

sunʼiy nafas berish uskunasi*

dona

10**

sunʼiy nafas berish uskunasi oyoqcha*

dona

1**

COVID-19 virusini aniqlash test*

dona

24 000**

RNK ekstraktor*

dona

12 000**

magnitli shtativ*

dona

2**

2.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

levofloksatsin 100 ml (spirofloks)

dona

1 000

fevaagan P 1% 100 ml (paratsetamol)

dona

1 000

tseftriakson natriya 1,0 gr.

dona

1 350

glyukoza 5% 250 ml

dona

5 000

glyukoza 5% 500 ml

dona

1 000

natriya xlorid 0,9% 250 ml

dona

5 000

natriya xlorid 0,9% 500 ml

dona

1 000

rinlaktin 250 ml (ringer-laktad)

dona

1 000

rinlaktin 500 ml (ringer-laktad)

dona

1 000

azitromitsin 250 mg. № 6

qadoq

1 000

azitromitsin 500 mg. № 6

qadoq

600

paratsetamol 0,5 gr. № 10

qadoq

1 440

paratsetamol sirop

dona

1 000

paratsetamol tabl.

qadoq

1 000

bir marotabalik shprits 5 ml

dona

6 000

bir marotabalik shprits 2 ml

dona

7 200

sistema

dona

10 000

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi

bir marotabalik bosh kiyimli himoya kombinezoni (2-darajali)

dona

5 000

bir marotobalik respirator N 95 (FFR2)

dona

15 000

4.

“Madaniyat tekstil koʻp tarmoqli” MChJ

bir marotabalik bosh kiyimli himoya kombinezoni (1-darajali)

dona

5 000

5.

Maximum Dream” MChJ

himoya koʻzoynagi

dona

5 000

II. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan yetkazib beriladigan mahsulotlar

6.

Obod Shahar Qurilish” MChJ

maxsus konteyner (toʻliq toʻplamda)

toʻplam

144

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi

etil spirti

tonna

1,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2020-yil 25-aprelda Tojikiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishini bartaraf etish uchun insonparvarlik yordami sifatida yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ushbu mahsulotlar Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Henan Sostar Group Co., LTD” kompaniyasi oʻrtasida va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Sansure Biotec Inc.” kompaniyasi oʻrtasida tuzilgap shartnoma asosida sotib olingan.