11.05.2020 yildagi 274-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, ilmiy tashkilotlar faoliyatining samaradorligi va natijadorligini reyting asosida baholash tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi respublikada faoliyat yuritayotgan ilmiy tashkilotlar reytingini shakllantirish uchun masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining ilmiy tashkilotlar reytingini (keyingi oʻrinlarda — reyting) aniqlash sohasidagi qoʻshimcha vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tashkilotlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyati darajasi, ilmiy-tadqiqot ishlari sifati, ilmiy-innovatsion faoliyat natijalarini tavsiflovchi maʼlumotlar bazasini tizimli asosda shakllantirish hamda ularni reyting koʻrsatkichlariga muvofiq baholash asosida har yili respublika ilmiy tashkilotlar reytingini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahondagi yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy ilmiy tashkilotlarning dunyodagi nufuzli ilmiy markazlar reytingiga kirishida amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting natijalari asosida ilmiy tashkilotlarda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari sifatini oshirishga qaratilgan aniq takliflarni nazarda tutuvchi respublikadagi ilmiy tashkilotlar faoliyati toʻgʻrisida tahliliy axborot tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili reyting natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xalqaro tajriba asosida hamda fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda reyting tuzilmasiga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻysunuvida ilmiy tashkilotlar boʻlgan vazirliklar, idoralar hamda ilmiy tashkilotlar tomonidan reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar har yili 1-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritiladigan reytingni aniqlashga doir maʼlumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi va belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun tegishli vazirliklar va idoralar hamda ilmiy tashkilotlarning rahbarlari shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reytingni hisoblash metodikasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 11-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-maydagi 274-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ilmiy tashkilotlar reytingini (keyingi oʻrinlarda — reyting) aniqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ilmiy tashkilotlar reytingi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan har yili xolislik, oshkoralik va adolat tamoyillariga amal qilingan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, ularning ilmiy-innovatsion faoliyati darajasi va sifatini oshirishni ragʻbatlantirish, ilmiy xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari uchun ilmiy hajmdor mahsulotlar va texnologiyalarni tayyorlashga zamin yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar reytingni aniqlashning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni muntazam takomillashtirib borish asosida talab yuqori boʻlgan ilmiy hajmdor mahsulotlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tashkilotlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari sifati, ulardagi mavjud imkoniyatlar, ilmiy laboratoriyalar, asbob-uskunalar haqida ilmiy faoliyatni boshqarish boʻyicha vakolatli organlar, buyurtmachilar hamda keng jamoatchilikni xolis axborotlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tashkilotlarning jahondagi reytingi yuqori boʻlgan ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan izchil hamkorligini taʼminlash hamda ularning xalqaro standartlarga muvofiq yuqori koʻrsatkichlarga erishishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy reyting tizimida yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan ilmiy tashkilotlarning dunyodagi nufuzli ilmiy markazlar qatoriga kirishi uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning birinchi choragida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan maʼlumotlar bazasini shakllantirish maqsadida tegishli namunadagi jadvallar ishlab chiqiladi va reyting aniqlanayotgan yilning 20-dekabriga qadar boʻysunuvida ilmiy tashkilotlar boʻlgan vazirliklar va idoralarga hamda ilmiy tashkilotlarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda ilmiy tashkilotlar tomonidan reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar asoslantiruvchi hujjatlari bilan birgalikda 1-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asoslantiruvchi hujjatlar qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, maʼlumotlar reytingni hisoblashda inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlarning ishonchliligi, toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan bir hafta muddatda manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaxassislari, mustaqil ekspertlar hamda olimlardan iborat ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishchi guruh tomonidan zaruratga koʻra, taqdim etilgan reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar joyiga chiqqan holda oʻrganilishi mumkin. Bunda ishchi guruh 1-aprelga qadar tegishli dalolatnoma asosida ilmiy tashkilotlar rahbarlari imzosi bilan tasdiqlangan maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respblikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun quyidagi maʼlumotlar qoʻshimcha ravishda soʻrab olinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tashkilot uchun yuqori turuvchi davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalaridan — ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlariga yoʻnaltirilgan xorijiy grantlar va xorijiy jamgʻarmalar mablagʻlari, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari buyurtmalari asosida oʻtkazilgan ilmiy-tadqiqotlar yoki xoʻjalik shartnomalari asosida olingan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasidan — fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga hamda ilmiy darajaga ega boʻlmay dotsent yoki professor ilmiy unvonlariga tasdiqlangan ilmiy tashkilotlar ilmiy xodimlari tomonidan himoya qilingan dissertatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan — ilmiy tashkilotlar va ularda faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlarga tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari uchun olingan patentlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli boshqa materiallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy tashkilotlarda tanlovlar asosida shakllantirilgan va davlat ilmiy-texnika dasturlariga kiritilgan fundamental, amaliy va innovatsion hamda startap loyihalarga ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Reyting natijalarini hisoblash va eʼlon qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Reytingni aniqlashga oid toʻplangan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 1-mayga qadar ilmiy tashkilotlar reytingi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ilmiy tashkilotlarning reyting natijalari asosida quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I toifa — yetakchi (lider) ilmiy tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II toifa — oʻrtacha (qoniqarli) natijadorlikni namoyon etuvchi ilmiy tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III toifa — asosiy ilmiy faoliyatni hamda rivojlanish istiqbolini yoʻqotgan (qoniqarsiz) ilmiy tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyting ballarini hisoblash ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash mezonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlangan Ilmiy tashkilotlar reytingini hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Reyting koʻrsatkichlari uchun ballarni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli reyting koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega ilmiy tashkilotlar aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan ilmiy tashkilotlarga shu koʻrsatkich uchun belgilangan eng koʻp ball beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa barcha ilmiy tashkilotlarning ballari shu koʻrsatkich boʻyicha eng yuqori ballga ega boʻlgan ilmiy tashkilotlarning koʻrsatkichiga nisbatan hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir koʻrsatkich boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisi ilmiy tashkilotlar reytingini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Reyting natijalari har yili iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Indikatorlar

Ball

Jami

100

I. Kadrlar salohiyati boʻyicha koʻrsatkichlar

15

1.

Ilmiy xodimlarning ilmiy salohiyati, shu jumladan

4

1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari

2. Fan doktori (DSc)

3. Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD)

2.

Ilmiy xodimlar tarkibidagi yosh olimlar ulushi

2

3.

Ilmiy xodimlarning oʻrtacha yoshi

1

4.

Pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotganlar ulushi

1

5.

Ilmiy xodimlarning mobilligi (xorijiy ilmiy tashkilotlarda maʼruza va seminar mashgʻulotlarini olib borish, xorijiy ilmiy izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish)

1

6.

Ustoz-shogird anʼanasi asosida ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimining mavjudligi

1

7.

Doktorlik (fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilish samaradorligi:

3

1. Joriy yilda himoya qilganlar ulushi

2. Oʻtgan yilda himoya qilganlar ulushi

3. Ilmiy tashkilotning ilmiy xodimlari rahbarligida himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalar ulushi (joriy va oʻtgan yilda)

8.

Ilmiy unvon olish samaradorligi:

1

1. Professor ilmiy unvoni yoki yetakchi (bosh) ilmiy xodim unvoni

2. Katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoni

9.

Dissertatsiyasini muddatida himoya qilgan doktorant yoki mustaqil izlanuvchilar (PhD va DSc) ulushi (huzurida doktorantura mavjud boʻlsa)

1

II. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari, xalqaro grantlar va xoʻjalik shartnomalari doirasidagi ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish natijalari koʻrsatkichi

30

10.

Fundamental loyihalar ulushi

6

11.

Amaliy loyihalar ulushi

4

12.

Innovatsion loyihalar ulushi

4

13.

Xalqaro hamkorlikdagi qoʻshma loyihalar ulushi

6

14.

Xalqaro grantlar ulushi

5

15.

Budjetdan tashqari mablagʻlarning jalb qilinganligi (xoʻjalik shartnomasi)

5

III. Ilmiy faoliyat natijalarini chop etish, undan foydalanish, joriy etish va tijoratlashtirish koʻrsatkichlari

55

16.

Xalqaro koʻrsatkichlarga koʻra ilmiy xodimlar nashrlariga iqtiboslar, shu jumladan:

16

1. Scopus, Web of Science yoki boshqa umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari nashrlaridagi ulushi

2. Mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallardagi ulushi

3.Umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari nashrlarida bitta ilmiy maqolaning umumiy iqtiboslilik soni

17.

Xalqaro ilmiy jurnallarda, mahalliy ilmiy nashlarda chop etilgan maqolalar va monografiyalar ulushi, shu jumladan:

16

1. Ilmiy xodimlarning oʻrtacha Scopus va WebofScience maʼlumotlar bazalaridagi “Xirsh indeksi” (h-index)

2. Chop etilgan monografiyalar:

bosma nashrdagi ilmiy ishlar;

elektron nashrdagi ilmiy ishlar (researchgate.com, science.com, pubmed.comva boshqalar)

3. Xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalar

4. Respublika ilmiy jurnallardagi maqolalar

5. Halqaro anjumanlarda chop etilgan tezislar

6. Respublika miqyosida oʻtkazilgan anjumanlar ilmiy toʻplamlarida chop etilgan tezislar

18.

Ilmiy tashkilot tomonidan konferensiya yoki seminarlar tashkil etilganligi

2

1. Xalqaro konferensiya va seminarlar

2. Respublika miqyosidagi konferensiya va seminarlar

19.

Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirish hamda qoʻshimcha nobudjet moliyaviy resurslarni jalb etish asosida olingan mablagʻlar hajmi(mln soʻmda), shu jumladan:

6

1. Ilmiy faoliyat natijalaridan foydalangan holda yaratilgan ishlanmalarni (bajarilgan ishlarni, koʻrsatilgan xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan mablagʻlar

2. Muassis yoki taʼsischilarning ustav jamgʻarmasiga ulush sifatida intellektual mulk obyekti yoki tayyor texnologiyani kiritgan tashkilot (yoki ixtisoslashtirilgan affillangan tashkilot) ishtirokida tijorat tashkilotlarini tashkil etishdan olingan mablagʻlar

3. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini uchinchi shaxsga oʻtkazish va mazkur obyektdan foydalanish huquqini royalti toʻlovlariga asosan litsenziya shartnomalarini tuzish orqali, jumladan, ularni keyinchalik ushbu huquqlar oluvchisi tomonidan tijoratlashtirish sharti bilan berish va boshqa usullar orqali olingan mablagʻlar

4. Iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan ilmiy ishlanmalarga boʻlgan ehtiyoj ulushi (litsenziya shartnomalari)

5. Xorijiy investorlar tomonidan sotib olingan patentlangan texnologiya asosidagi litsenziya shartnomalari ulushi

20.

Ilmiy-tadqiqot natijalarini huquqiy muhofaza qilish

3

1. Intellektual mulk obyektlariga olingan muhofaza hujjatlari (patentlar)

2. Dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar

3. Intellektual mulk obyektiga talabnomalar

21.

Ilmiy-hajmdor mahsulotlarning tashqi bozorga yoʻnaltirilganlik ulushi (eksport)

4

22.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligini bevosita amalda sinab, ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha tashkil etilgan infratuzilmalar mavjudligi:

1

1. Innovatsiya markazlari

2. Texnoparklar

23.

Ilmiy tashkilot huzurida tajriba ishlab chiqarish tuzilmasining mavjudligi:

1

1. Sinov-tajriba maydonchalari (poligonlar),

2. Maxsus laboratoriyalar

24.

Ilmiy tashkilotda innovatsion startap akselerator va inkubatorlarning tashkil etilganligi hamda toʻliq faoliyat yuritayotganligi

2

25.

Yosh olimlar ijodiy-tajriba ustaxonasi (“Maker space”) tashkil etilganligi hamda toʻliq faoliyat yuritayotganligi

1

26.

Ilmiy tashkilotning faoliyat yoʻnalishiga oid laboratoriya va boshqalar bilan taʼminlanganlik darajasi

27.

Muassasaning rasmiy veb-saytining Milliy qidiruv tizimidagi oʻrni

3

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2020-y., 09/20/274/0570-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)