08.05.2020 yildagi 238-F-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmoyishi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida aholining yashash sharoitini yanada yaxshilash, ekologik holatni sogʻlomlashtirish, Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlarini shamol taʼsiridan himoyalash, tuproq eroziyasining oldini olish, qumlar koʻchishini bartaraf etish hamda mintaqada moʻtadil mikroiqlim sharoitini yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklarining Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida 2020-2021-yillarda jami 30 km masofada “yashil belbogʻ” — himoya daraxtzorlari (keyingi oʻrinlarda — “yashil belbogʻ”) barpo etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda yer maydonlari tanlanilishini va loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini, shuningdek, Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida 2020-2021-yillarda jami 30 km masofada “yashil belbogʻ” barpo etilishini hamda ushbu ishlarning oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar 2020-2021-yillar davomida “yashil belbogʻ” barpo etish bilan bogʻliq ishlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari mahalliy budjetlarida belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidagi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida “yashil belbogʻ” barpo etishga oid loyihalar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda ekspertizadan oʻtkazish, bosh pudrat tashkilotlarini tender savdolari asosida aniqlash hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish ishlarini yakunlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “yashil belbogʻ” barpo etilgan hududlardagi daraxtzorlarga shikast yetkazish, ularni payhon qilishdan saqlash, parvarishlash hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarini samarali tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchi tashkilotlar “yashil belbogʻ” barpo etib, dalolatnoma asosida yer egalariga topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi “yashil belbogʻ” barpo etishda hududlarning iqlim sharoitlariga mos, manzarali daraxt-buta oʻsimliklarining koʻchatlari yetkazib berilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi K.J. Kamolov hamda Xorazm viloyati hokimi F.Oʻ. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238-F-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/238-F/0555-son)