Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 2-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1652-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 26-yanvardagi 20-son, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 17-yanvardagi 5-q/q-son va Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 21-yanvardagi 3-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1652-4, 30.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4160-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Ichki ishlar vazirligining 2006-yil 27-dekabrdagi 6, 48/QB, 11-son qarori (roʻyxat raqami 1652, 2007-yil 9-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 1-2-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Transport vaziri E. GANIYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-mart,
4-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-mart,
9-2020-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-mart,
21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-martdagi 4, 9-2020, 21-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4 — 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Imtihonlar natijasi haqida imtihon komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan bayonnoma toʻldiriladi, soʻngra taʼlim muassasasi rahbari tomonidan imzolanadi.
5. Guvohnoma blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi oʻrinlarda matnda — vazirlik) Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti (keyingi oʻrinlarda matnda — institut) buyurtmasi asosida tayyorlanadi.
6. Guvohnoma blankalari institutning taqsimotiga asosan, taʼlim muassasalarga “maxsus hududiy kod”lar asosida vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan yetkazib beriladi (mazkur Nizomning 2-ilovasi).
7. Guvohnomalar taʼlim muassasasi buyurtmalariga asosan institut tomonidan taʼminlanadi.
Institut buyurtmasiga asosan guvohnomalar “Davlat belgisi” birlashmasining Toshkent shahar bosma fabrikasida bosma usulda tayyorlanadi.
8. Guvohnomaning tashqi koʻrinishida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi ifodalanadi, ichki koʻrinishida esa, guvohnomaning hududiy kodi, seriyasi va roʻyxat raqami, taʼlim muassasasining nomi, nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, oʻqish muddati, oʻquv dasturining nomi, imtihon topshirgan fanlarning nomi, imtihon natijasiga koʻra olgan bahosi hamda berilgan haydovchilik guvohnomasining seriyasi va roʻyxat raqami yoziladi.”.
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/1652-3/0531-son)