Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2002 15.06.1995 yildagi 222-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2002
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YO‘LOVChILAR TAShISh TRANSPORTI KORXONALARI MA’MURIY-BOShQARUV XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LAShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-oktabrdagi 346-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘lovchilar tashish transporti korxonalari ma’muriy-boshqaruv xodimlari ish haqining ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar tushumi to‘liqligiga bog‘liqligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va xo‘jalik birlashmalari apparati xodimlari, yo‘lovchilar tashish transporti (temir yo‘l va havo transportidan tashqari) korxonalari va tashkilotlari ma’muriy-boshqaruv xodimlari ish haqi fondi ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan mablag‘lar birligiga nisbatan normativlar bo‘yicha belgilanadi;
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi xo‘jalik hisobi daromadi ko‘rsatib o‘tilgan xodimlar ish haqi fondini shakllantirish manbai hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga haq to‘lashning Yangi shartlari 1995-yil 1-iyuldan boshlab joriy qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, mazkur tartib ishchilar, operatorlar, haydovchilar, dispetchyerlar va ma’muriy-boshqaruv xodimlari hisoblanmaydigan boshqa toifadagi xodimlarga tatbiq qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kommunal xizmat ko‘rsatish va yo‘lovchilar tashish transporti (temir yo‘l va havo transportidan tashqari) korxonalari va tashkilotlari rahbarlariga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tushum prognozi ortig‘i bilan bajarilishi summasining 50 foizini unga yo‘llagan holda ma’muriy-boshqaruv xodimlarini mukofotlash maxsus jamg‘armasi tashkil etish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi va “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi 1995-yil 20-iyungacha:
(3-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va xo‘jalik birlashmalari apparati xodimlari, korxonalar va tashkilotlar ma’muriy-boshqaruv xodimlari ish haqi fondining ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tushgan mablag‘lar birligiga nisbatan normativlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatib o‘tilgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash shartlari bo‘yicha ish haqining ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tushadigan to‘lovlarning darajasiga bog‘liqligini belgilashni nazarda tutuvchi qoidalarni ishlab chiqsinlar hamda Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi bilan birgalikda 1995-yil 25-iyungacha 1995-yilning ikkinchi yarim yilligi uchun pul tushumlari prognozini hamda vazirliklar va xo‘jaliklar birlashmalari apparati xodimlari, kommunal xizmat ko‘rsatish va yo‘lovchilar tashish transporti (temir yo‘l va havo transportidan tashqari) korxonalari va tashkilotlari ma’muriy-boshqaruv xodimlari ish haqi fondi hisob-kitobini aniqlasin.
(4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bunda ish haqi fondini hisoblab chiqishning tasdiqlangan normativlaridan, shuningdek, bazaviy ko‘rsatkichlarning izchil o‘sishini hisobga olgan holda ular asosida belgilangan tushum tushishining amaldagi prognozlaridan kelib chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tijorat banklari vazirliklar va xo‘jalik birlashmalari apparati xodimlari, yo‘lovchilar tashish transporti (temir yo‘l va havo transportidan tashqari) korxonalarining ma’muriy-boshqaruv xodimlari ish haqiga mablag‘lar berishni mehnatga haq to‘lash fondining ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tushgan mablag‘lar birligiga nisbatan belgilangan normativlaridan kelib chiqib amalga oshirsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublikaning xo‘jalik hisobidagi korxonalari va tashkilotlariga mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shaklidan xodimlar ish haqining xo‘jalik faoliyati natijalariga bevosita bog‘liqligini belgilovchi ishbay va mehnatga haq to‘lashning boshqa ilg‘or shakllariga o‘tishni ta’minlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa shartnomalari (bitimlar) va kontraktlar tuzish chog‘ida xodimlar mehnatiga haq to‘lash miqdorining xo‘jalik faoliyati natijalariga bog‘liqligi hisobga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 15-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 6-son, 22-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)