01.05.2020 yildagi PQ-4701-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joylar qurilishiga keng jalb qilish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5886-son Farmoniga (keyingi oʻrinlarda — Farmon) muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi (keyingi oʻrinlarda — yangi tartib) joriy qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan oʻz mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari hisobiga qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2020-yil 1-maydan boshlab 2022-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni (mazkur qarorning 31-bandida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng koʻp miqdorlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarida 1 va 2 xonali kvartiralar uchun 174 mln soʻmdan 240 mln soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 224 mln soʻmdan 320 mln soʻmgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarda 1 va 2 xonali kvartiralar uchun 180 mln soʻmdan 240 mln soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 232 mln soʻmdan 320 mln soʻmgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 1 va 2 xonali kvartiralar uchun 198 mln soʻmdan 264 mln soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 255 mln soʻmdan 352 mln soʻmgacha oshirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan xonalarga boʻlinmagan holda qurilgan kvartiralarni sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditlarining cheklangan miqdori quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida — umumiy maydoni 60 metr kvadratgacha boʻlgan kvartiralar uchun — 264 mln soʻm, umumiy maydoni 60 metr kvadratdan ortiq boʻlgan kvartiralar uchun — 352 mln soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa hududlarda — umumiy maydoni 60 metr kvadratgacha boʻlgan kvartiralar uchun — 240 mln soʻm, umumiy maydoni 60 metr kvadratdan ortiq boʻlgan kvartiralar uchun — 320 mln soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur banda koʻzda tutilgan ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar toʻlanmaydi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari) muddati 15 yildan 20 yilgacha (yigirmanchi yilni ham qoʻshgan holda) uzaytirilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda yangi tartib doirasida tijorat banklarida joylashtirgan kredit resurslari muddatini 15 yildan 20 yilgacha (yigirmanchi yilni ham qoʻshgan holda) uzaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari bir oy muddatda yangi tartib doirasida jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlari muddatini 15 yildan 20 yilgacha (yigirmanchi yilni ham qoʻshgan holda) uzaytirsin hamda tuzilgan shartnomalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan tartib va shartlar 2022-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi va yangi tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mablagʻlari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlariga nisbatan tatbiq etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 3-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan kvartiralarni sotib olishga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan 2020 va 2021-yil uchun belgilanadigan uy-joylarning hisoblangan qiymatida bir xonali kvartiralar ham inobatga olinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida tajriba tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tijorat banklariga ajratgan kredit resurslari hisobidan mazkur qaror qabul qilingunga qadar jismoniy shaxslarga qonunda belgilangan tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun kreditlar ajratishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Fargʻona viloyati hokimligi, Markaziy bank va Moliya vazirligining Fargʻona viloyatining choʻl-adir hududlarida, istisno tariqasida, 2020-2021-yillarda yakka tartibdagi namunaviy uylar qurilishi taklifiga rozilik berilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi namunaviy uy-joylar qurilishi xususiy pudrat tashkilotlarining oʻz mablagʻlari, tijorat banklaridan olingan kredit va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurilish meʼyorlariga mos, tayyor holda qurib bitkazilgan yakka tartibdagi namunaviy uylarni aholi tomonidan sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi namunaviy uylar qurilishini reyting bahosi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan belgilanadigan darajadan kam boʻlmagan qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati hokimligi aholi arizalari va uy-joy bozorini oʻrganish hamda aholining ipoteka kreditlari boʻyicha real toʻlov qobiliyatini inobatga olgan holda yakka tartibdagi namunaviy uylarning qurilish ishlarini tashkil etsin.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida amalga oshiriladigan tajriba natijalaridan kelib chiqib, yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2020-2021-yillar davomida uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni manzilli qoʻllab-quvvatlash maqsadida mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan Farmon bilan tegishli hudud uchun belgilangan subsidiyalar sonini 1,3 baravarga va summasini 40 foizgacha oshirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020-yil 1-maydan 31-dekabrga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga yangi tartib doirasida shahar va qishloq joylarida 4 va undan yuqori qavatli hamda Toshkent shahrida 7 va undan yuqori qavatli koʻp kvartirali uy-joylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan va summasi 20 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kreditning butun davri, biroq kredit olingan kundan boshlab 24 oydan ortiq boʻlmagan muddat davomida kompensatsiya toʻlanadi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kafillik va kompensatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi oʻrtacha bozor qiymati hamda 1 va 2 xonali, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar maydonining belgilangan meʼyorlarini inobatga olgan holda koʻp kvartirali uy-joylar qurilganda beriladi.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) ikki xafta muddatda yangi tartib doirasida shaharlarda koʻp kvartirali uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalarini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasidagi elektron auksioniga chiqarish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4701-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 07/20/4701/0527-son; 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 06/21/6274/0766-son, 10.12.2021-y., 06/21/33/1147-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)