1-ILOVA
|
Hududlar nomi |
Jami yer maydoni |
Yer osti suvidan foydalanish hisobiga, ga |
Qayta tiklanadigan yer maydoni, ga |
Shundan, yer turlari | |||||||
|
Ekin yerlar |
shundan sugʻoriladigani |
Koʻp yillik daraxtzorlar |
shundan sugʻoriladigani |
Boʻz yerlar |
shundan cugʻoriladigani |
Yaylov va lalmi yerlar | |||||
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
22 210 |
1 210 |
21 000 |
21 000 |
21 000 |
- |
- |
- |
- |
- |
|
2. |
Andijon |
2 024 |
860 |
1 164 |
1 164 |
1 164 |
- |
- |
- |
- |
- |
|
3. |
Buxoro |
27 916 |
25 360 |
2 556 |
2 470 |
2 470 |
86 |
86 |
- |
- |
- |
|
4. |
Jizzax |
35 812 |
23 942 |
11 870 |
2 320 |
2 320 |
- |
- |
- |
- |
9 550 |
|
5. |
Qashqadaryo |
58673 |
38 932 |
19 741 |
19 741 |
19 741 |
- |
- |
- |
- |
- |
|
6. |
Navoiy |
26 153 |
11 038 |
15 115 |
1 590 |
1 590 |
4 |
4 |
750 |
750 |
12 771 |
|
7. |
Namangan |
9 959 |
8 644 |
1 315 |
888 |
888 |
- |
- |
427 |
427 |
- |
|
8. |
Samarqand |
32 027 |
21 179 |
10 848 |
3 788 |
3 788 |
- |
- |
- |
- |
7 060 |
|
9. |
Surxondaryo |
12 787 |
- |
12 787 |
2 621 |
2 621 |
- |
- |
- |
- |
10 167 |
|
10. |
Sirdaryo |
7 620 |
2 156 |
5 464 |
5 464 |
5 464 |
- |
- |
- |
- |
- |
|
11. |
Toshkent |
28 689 |
14 989 |
13 700 |
6 716 |
6 716 |
- |
- |
- |
- |
6 984 |
|
12. |
Fargʻona |
7 145 |
5 159 |
1 986 |
1 971 |
1 971 |
15 |
15 |
- |
- |
- |
|
13. |
Xorazm |
9 108 |
1 590 |
7 518 |
7 189 |
7 189 |
- |
- |
25 |
25 |
304 |
|
Respublika boʻyicha jami |
280 121 |
155 059 |
125 063 |
76 921 |
76 921 |
105 |
105 |
1 202 |
1 202 |
46 836 | |
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Asosiy maydonga ekinlarni 15-mayga qadar toʻliq ekish boʻyicha kunlik grafiklarni tasdiqlab, har bir klaster, fermer va dehqon xoʻjaliklari kesimida kunlik monitoring yuritishni yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy |
2020-yil may |
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
2. |
Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan holda 38 ming gektar lalmi va yaylov yerlarni oʻzlashtirib, ozuqa ishlab chiqarishni tashkil etish. Yil yakuniga qadar har bir viloyatda 6 ming bosh naslli qoramol tayyorlash va yetkazib berishni tashkil etish choralarini koʻrish. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida chorvachilik yoʻnalishida 74 ta oilaviy kooperatsiya faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy |
2020-yil dekabr
|
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekchorvanasl” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
3. |
Baliqchilikda intensiv usulni joriy qilgan holda baliq ishlab chiqarish hajmini 350 ming tonnaga yetkazish choralarini koʻrish. Har bir hududda bitta tumanni baliqchilikka ixtisoslashgan namunali tumanga aylantirish choralarini koʻrish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2020-yil dekabr |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tijorat banklari |
|
4. |
Oʻrmon xoʻjaliklarida 16,5 mingta yangi asalari uyalarini tashkil qilib, asal ishlab chiqarishni koʻpaytirish choralarini koʻrish. Asal ishlab chiqarishni 5 barobarga oshirish va har bir hududning bitta tumanida asalarichilik klasterini tashkil qilish, 300 tadan 500 tagacha aholi xonadonlariga 10 tadan 20 tagacha asalari uyalarini tarqatish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2020-yil may |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Asalarichilari uyushmasi, “Aloqa bank” ATB |
|
5. |
Quyonchilikni rivojlantirish boʻyicha belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda quyonlar bosh sonini 2 barobarga koʻpaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2020-yil may |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Mikrokreditbank |
|
6. |
Joylarda pilla yetishtirish ishlarini tashkil etish uchun 20 ming nafar malakali mutaxassislarni aniqlab, ularni Jamoat ishlari jamgʻarmasi hisobidan ishga yollash choralarini koʻrish. “Bir xonadonga — bir quti ipak qurti” tamoyili asosida ipak qurti urugʻi tarqatilishini tashkil etish. Aniq hisob-kitoblar asosida 2020-yilda 400 ming quti ipak qurti urugʻi boqish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Inqirozga qarshi kurashish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlardan pilla yetishtirish mavsumida belgilangan hosilni olgan ishsiz, kam taʼminlangan oilalarga, har bir quti ipak qurti uchun qoʻshimcha 700 ming soʻm qoʻshib berish. Dala atrofidagi 95 million tup yakka qator tutlar joylashuvidan kelib chiqib, fermer xoʻjaliklari, paxta va gʻalla klasterlarini pilla boqishga jalb etish. |
Amaliy |
2020-yil may
2020-yil may 2020-yil may — sentabr |
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
7. |
Yer maydonlari chetlarida tutlar ekilishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash. |
Amaliy |
2020-yil may |
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
8. |
Sunʼiy havzalardan foydalanish samaradorligiga qarab yer soligʻining tabaqalashgan stavkalarini joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2020-yil may |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
|
9. |
Meva-sabzavotchilik klasterlariga aylanma mablagʻ uchun zarur boʻlgan 258 milliard soʻm kredit ajratish choralarini koʻrish. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi takliflari asosida kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ishlab chiqilayotgan davlat dasturi loyihasiga jun, paxta va ipak xom ashyosidan gilam ishlab chiqarish yoʻnalishini alohida komponent sifatida kiritish. Inqirozga qarshi kurashish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlardan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga qoʻshimcha meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarga avtotransport vositalarida yuk tashish xarajatlarini qoplash uchun 50 milliard soʻm ajratish choralarini koʻrish. |
Kompleks |
2020-yil |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J. Qoʻchqorov, Moliya vazirligi, tijorat banklari |
|
10. |
Pandemiya sharoitida mahsulotlarni yuklash, chegaradan oʻtkazishga koʻmaklashuvchi doimiy shtab tashkil etish. Meva-sabzavot mahsulotlariga xaridor topish, ularni eksport qilishlarini viloyatlar, tumanlar, eksport qiluvchilar kesimida aniq hisob-kitob qilish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish. Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarga avtotransport vositalarida yuk tashish xarajatlarining 50 foizigacha Eksportga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan qoplab berish choralarini koʻrish. |
Amaliy |
2020-yil |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S. Umurzoqov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
11. |
Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan ixtisoslashgan 55 ta tumanga biriktirilgan vazirlik va idoralar rahbarlari bilan birgalikda kredit, urugʻlik, oʻgʻit, suv, transport, eksport bilan bogʻliq masalalarni operativ hal etish. Har bir mahallada nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi boʻyicha koʻchma doʻkonlarni tashkil qilish. Asosiy, bogʻ va tokzorlar qator oralariga hamda takroriy maydonlarga talab qilingan urugʻliklarni olib kelish hamda joylarga yetkazish choralarini koʻrish. Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda maxsus oʻgʻit doʻkonlarini tashkil etish va mineral oʻgʻitlarning toʻgʻridan-toʻgʻri savdosini yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy |
2020-yil |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ. Barnoyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Davlat bojxona qoʻmitasi, Transport vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ |