Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3179-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2022-yil 13-avgustdagi 270-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3381, 24.08.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-son “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2019-yil 23-avgustdagi 217-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3179, 2019-yil 30-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/3179/3675-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh prokuror N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-aprel,
220-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 10/20/3179-1/0524-son)