27.04.2020 yildagi PF-5986-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5969-son va 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5978-son farmonlariga muvofiq, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga imtiyoz va preferensiyalar berildi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar xodimlariga ish haqi, shuningdek, pensiya, stipendiya va nafaqalarning uzluksiz toʻlab berilishi taʼminlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida asosiy daromad manbalarini yoʻqotgan shaxslarni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj katlamlarini va tadbirkorlik subyektlarini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2020-yil 1-apreldan 2020-yil 1-oktabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondiga, “Saxovat va koʻmak” fondiga, “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga, shu jumladan ularning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi boʻlinmalariga, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaxslar roʻyxatiga kiritilgan jismoniy shaxslarga begʻaraz beriladigan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari va tovarlar (xizmatlar)ga foyda soligʻini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar sifatida qaraladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq solish obyektiga kiritilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondidan, “Saxovat va qoʻmak” fondidan, “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondidan, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan begʻaraz yordam (pul mablagʻlari, tovarlar va xizmatlar)ga, agar yordam oluvchi shaxslar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaxslar roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa, jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jismoniy shaxslarga turar joylarini jismoniy shaxslarga va koronavirus pandemiyasi davrida faoliyati toʻxtagan tadbirkorlik subyektlariga noturar joylarni ijaraga berishdan olingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromadlar boʻyicha soliqni foizsiz kechiktirib toʻlash huquqi beriladi. Bunda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash boʻyicha berilgan kechiktirish summasi 2021-yil 1-aprelga qadar muddatgacha teng ulushlarda toʻlanishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) lizing korxonalari tomonidan hisoblangan va kechiktirilgan lizing boʻyicha foiz daromadlari summasi foyda soligʻini xisoblashda kechiktirish berilgan davrdagi jami daromad tarkibiga kiritilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash Davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya qilish tartibi tadbirkorlik subyektlarining amaldagi kredit shartnomalariga ham tatbiq qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020-yilda xodimga toʻlanadigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmaydigan moddiy yordam summasi mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 4,22 baravaridan 7,5-baravarigacha oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligining pensiyalar toʻgʻri tayinlanishi hamda toʻlanishi boʻyicha tekshirishlar natijasida aniqlangan, ortiqcha toʻlangan pensiyalar boʻyicha 2020-yil 20-aprel holatiga pensionerlarning qarzdorlik summasini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2020-yil 1-maydan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan pensiya oluvchi shaxslardan tashqari) pensiyalar toʻlovi toʻgʻridan-toʻgʻri Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5978-son Farmonining 6-bandida nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibda soliqlarni toʻlash boʻyicha foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) berish muddati 2020-yil 31-dekabrgacha uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) berilgan va kelgusida toʻlanadigan soliq summalarini toʻlash boʻyicha muddatni mustaqil ravishda, biroq ikki yildan oshirmasdan belgilash huquqiga ega ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5986-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2020-y., 07/20/5986/0510-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)