Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 24.04.2020 yildagi PQ-4695-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati tibbiyot xodimlarining mehnatini yanada rag‘batlantirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar Bosh davlat sanitariya vrachlariga karantin tadbirlarini amalga oshirish davrida, davlat va nodavlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va boshqa xodimlarini jalb qilgan holda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha epidemiyaga qarshi vaqtinchalik otryadlarni tashkil etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, karantin tadbirlarini amalga oshirish davrida vaqtinchalik otryadlar tarkibiga jalb etilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiyot muassasalari xodimlarining asosiy ish joyidagi mehnatga haq to‘lash tartibi, shartlari va miqdorlari saqlanib qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat tibbiyot muassasalari xodimlarining mehnati uchun to‘lovlar, zarur hollarda, davlat tibbiyot muassasalaridagi tegishli lavozim va toifadagi xodimlar uchun belgilangan shartlar va miqdorlarda sanitariya-epidemiologiya xizmatlariga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish uchun Jamg‘armadan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari hamda Agentlik va Davlat inspeksiyasi, shuningdek, ularning hududiy bo‘linmalari xodimlari oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar sanitariya-epidemiologiya xizmatlariga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish uchun Jamg‘armadan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 24-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4695-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2020-y., 07/20/4695/0495-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)