Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-564-son Qonuni)
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-564-son Qonuniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tashkiliy tuzilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarning harbiy xizmatni oʻtash tartibini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Belgilansinki, ilovaning 3-bandi 2020-yil 1-iyuldan eʼtiboran kuchga kiradi.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-aprel,
PF-5983-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi PF-5983-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida intizomiy qism toʻgʻrisidagi nizomda:
2-banddagi “harbiy qasamyod” soʻzlari “Vatanga qasamyod” soʻzlari bilan almashtirilsin;
40-bandning birinchi xatboshisidagi “Harbiy qasamyodga” soʻzlari “Vatanga qasamyodga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matni 31-bandidagi “voyennix kafedr” soʻzlari “uchebnix podrazdeleniy voyennoy podgotovki” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyundagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3101-son qaroriga 3-ilovadan “Harbiy kafedra” bloki chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3234-son qaroriga 4-ilovaning rus tilidagi matnida:
23-banddagi “Voyennoy prisyage” soʻzlari “prisyage Rodine” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-banddagi “na voyennix kafedrax visshix uchebnix zavedeniy” soʻzlari “v uchebnix podrazdeleniyax voyennoy podgotovki visshix obrazovatelnix uchrejdeniy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandi uchinchi xatboshisidagi “Mudofaa vazirligi Serjantlar tayyorlash maktabini” soʻzlari “Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3898-son qaroriga 1-ilovaning 8-bandi oʻn uchinchi xatboshisidagi “harbiy kafedralarida” soʻzlari “harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PQ-4076-son qaroriga 1-ilovaning 7-bandi “l” kichik bandi “harbiy taʼlim fakultetlari” soʻzlaridan keyin “harbiy tayyorgarlik oʻquv markazlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PQ-4495-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida barpo etiladigan Gʻalaba bogʻining konsepsiyasi qirq toʻqqizinchi xatboshisidagi “harbiy qasamyod” soʻzlari “Vatanga qasamyod” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida harbiy taʼlim tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi F-2193-son farmoyishining rus tilidagi matni 2-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Voyennoy prisyage” soʻzlari “prisyage Rodine” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 06/20/5983/0490-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 13.04.2023-y., 06/23/49/0210-son)