Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKLIKASINING ROSSIYA FEDERATSIYASIDAGI ELCHIXONASINI TASHKIL ETISH TOʻFRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida diplomatiya munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Moskva shahridagi tugatilayotgan Oʻzbekiston doimiy vakolatxonasi negizida Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi ochilsin. Elchixona Oʻzbekiston doimiy vakolatxonasining huquqiy vorisi hisoblansin.
2. Elchixona xodimlarining soni 50 kishidan iborat qilib belgilansin (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari).
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Elchixonani saqlash uchun, ish haqini ham qoʻshgan holda, zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
3. Quyidagilar belgilansin:
elchixona xodimlarining lavozim maoshlari ilovaga muvofiq;
xodimlarga bir oylik ish haqi fondi miqdorida moddiy yordam koʻrsatish.
4. Favqulodda va Muxtor Elchi oʻrtoq Yu.N. Abdullayev:
bir oy muddat ichida Elchixona toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etsin;
shtat jadvaliga muvofiq Elchixonani tegishli kadrlar bilan toʻldirsin, Hukumat qarori talab qilinadigan masalalar boʻyicha esa takliflar kiritsin.
5. Moliya vazirligi Elchixonaga 1992-yilda zarur tashkiliy texnika va asbob-uskunalar sotib olish uchun pul mablagʻlari ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Maqomi, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Elchi Oʻzbekiston Respublikasining vaziriga, maslahatchi-elchi vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
7. Elchixona mustaqil fond egasi hisoblansin. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Oʻzshartnomesavdo”, “Oʻzbeksavdo” uyushmalari va “Oʻzqiloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” har yili belgilangan tartibda Elchixonaga moddiy-texnika resurslari, budjetdan mablagʻlar, xorijiy valyuta, jihozlar, asbob-anjomlar, transport vositalari va vakillik maqsadlari uchun tovarlar ajratsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 22-iyul,
339-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)