16.04.2020 yildagi PF-5980-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilangan “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori” degan yangi gʻoyani amalda roʻyobga chiqarish, aholining davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki koʻlamini kengaytirish, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, fuqarolar, jamiyat va davlatning oʻzaro yaqin hamkorligini oʻrnatish, shuningdek davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi (keyingi oʻrinlarda — Jamoatchilik palatasi) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar jamoatchilik palatalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy jamoatchilik palatalari) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Jamoatchilik palatasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatni yanada jadal va har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini birlashtiruvchi zamonaviy shakldagi tizimli hamda samarali muloqotini yoʻlga qoʻyish hamda ularning ijtimoiy manfaatlari kelishilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtirokini faollashtirishga hamda davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi fikrini tizimli oʻrganib borish, joylarda va sohalarda aholini, fuqarolik jamiyati institutlarini hamda jamoatchilikni tashvishlantirayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish, shuningdek, ularning yechimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi palatalariga va Hukumatga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-ekspert guruhlari ishtirokida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish yuzasidan tashabbus koʻrsatish, bu boradagi davlat siyosati va uning amaliy natijalari haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli oʻrganish, umumlashtirish va tahlil qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari bilan hamkorligi darajasi, ularning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qoʻshayotgan hissasini baholovchi koʻrsatkichlarni ishlab chiqish hamda ular asosida fuqarolik jamiyatining holati va rivojlanish tendensiyalari toʻgʻrisida yillik milliy maʼruzalarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda fuqarolik jamiyati institutlarining amaliy va samarali hamkorligini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish hamda mazkur masala boʻyicha jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini kuchaytirish, ularga uslubiy va boshqa amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norma ijodkorligi sifatini tubdan yaxshilashga koʻmaklashish, jumladan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikda alohida qiziqish uygʻotadigan oʻta dolzarb masalalarga doir normativ-huquqiy hujjat loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazish, ularni jamoatchilik bilan maslahatlashuv va eshituvlari asosida takomillashtirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni soʻz erkinligi, fuqarolarning axborot olish va tarqatish huquqini amalga oshirish, axborot erkinligi kafolatlarini taʼminlash boʻyicha muhokamalarga jalb etish hamda mazkur masalalarga oid amaliy takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish, “jamoatchilik eshituvi”, “jamoatchilik ekspertizasi”, “jamoatchilik monitoringi” kabi taʼsirchan zamonaviy nazorat shakllarini amalda joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlar va davlat dasturlarining joylarda va sohalarda amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik monitoringini tashkillashtirish, ularni sifatli bajarish uchun qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, erishilgan koʻrsatkichlar, ijobiy oʻzgarishlar va mavjud muammolar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi palatalari va Hukumatga muntazam kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xalq diplomatiyasi” institutini rivojlantirish, jumladan mamlakat tashqi siyosatining ustuvor vazifalarini hayotga tatbiq etish, uning nufuzli xalqaro reytinglarda egallagan oʻrnini yaxshilashda fuqarolik jamiyati institutlarining imkoniyatlaridan keng foydalanish hamda xorijdagi vatandoshlar bilan yaqindan aloqalar oʻrnatish, nodavlat notijorat tashkilotlariga xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organlari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Jamoatchilik palatasi jamoatchilik asosida ishlaydigan 50 nafar aʼzodan iborat boʻlib, uning tarkibi quyidagi tartibda shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasining 18 nafar aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan jamiyat rivoji, huquqiy davlatni shakllantirish va milliy qonunchilikni takomillashtirish, aholining huquqiy madaniyatni oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, Oʻzbekiston ilm-fani, sporti, madaniyati va iqtisodiyoti rivoji, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga katta hissa qoʻshgan, el-yurt izzat-hurmatiga sazovor boʻlgan fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari orasidan tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasining 18 nafar aʼzosi respublika miqyosida faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari (Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallari bundan mustasno), ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari taqdim etgan nomzodlar orasidan tanlov asosida Jamoatchilik palatasi qaroriga asosan aʼzo etib qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasining 14 nafar aʼzosi hududiy jamoatchilik palatalari vakillari boʻlib, ular lavozimi boʻyicha hududiy jamoatchilik palatalari raislari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hududiy jamoatchilik palatasi jamoatchilik asosida ishlaydigan 21 nafar aʼzodan iborat boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) hududiy jamoatchilik palatalari tarkibi jamoatchilik forumlarida tavsiya etilgan hududlarda faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari (Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallari bundan mustasno), ilmiy doiralar, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillaridan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Jamoatchilik palatasining va hududiy jamoatchilik palatalarining birinchi umumiy yigʻilishlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning faoliyatlarini tashkil etish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning komissiyalari shakllantiriladi va rahbarlari saylanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasi raisi — Jamoatchilik palatasi Kengashi raisi va uning uchta oʻrinbosari, jumladan bitta birinchi oʻrinbosari — Jamoatchilik palatasi apparati rahbari, shuningdek hududiy jamoatchilik palatalarining raislari va ularning oʻrinbosarlari saylanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasining va hududiy jamoatchilik palatalarining faoliyatlarini samarali tashkil etish maqsadida ularning boshqaruv organlari — Jamoatchilik palatasi Kengashi va hududiy jamoatchilik palatalarining kengashlari tuziladi. Jamoatchilik palatasi Kengashining va hududiy jamoatchilik palatalarining kengashlari tarkibiga tegishlicha Jamoatchilik palatasi raisi va uning oʻrinbosarlari, hududiy jamoatchilik palatalari raislari va ularning oʻrinbosarlari hamda komissiyalar rahbarlari kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari aʼzolarining vakolat muddati Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalarining birinchi umumiy yigʻilishlari oʻtkazilgan kundan boshlab, 3 yil etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar jamoatchilik palatalarining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasining faoliyati uning ijro organi — yuridik shaxs hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi apparati (keyingi oʻrinlarda — Apparat) tomonidan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apparat Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhriga, blankiga, mustaqil balansiga, Moliya vazirligida shaxsiy gʻazna hisob varaqlariga, tijorat banklarida xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy jamoatchilik palatalari apparatlari Apparatning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) taʼsischilari, “Yuksalish” umummilliy harakati hamda keng jamoatchilikning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasi tashkil etilganligi munosabati bilan hamda uning fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga oid vakolatlari boshqa organ va jamoatchilik tuzilmalari vazifalari bilan takrorlanishining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi va Markazni tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apparat shtat birliklarini va moddiy-texnika bazasini tugatilayotgan Markaz hisobidan shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boʻlinmalar shtat birliklarini tugatilayotgan Markaz hududiy boʻlinmalari shtat birliklari hisobidan shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasi raisi va hududiy jamoatchilik palatalari raislari jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasi raisi maqomi hamda transport va tibbiy taʼminotiga koʻra vazirga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminotiga koʻra tegishlicha vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apparat xodimlari — vazirliklar markaziy apparati, Apparatning hududiy boʻlinmalari xodimlari esa — vazirliklarning hududiy boʻlinmalari xodimlariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra Apparat hamda uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlari ikki baravar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va “Yuksalish” umummilliy harakatining “Mening fikrim” veb-portalini Jamoatchilik palatasi tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Apparat faoliyatini moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya va boshqa institutlar, chet el tashkilotlari grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlarida Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari tomonidan jamoatchilik uchun dolzarb boʻlgan masalalar yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganish va tahlil natijalarini har chorakda koʻrib chiqish amaliyoti joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga fuqarolik jamiyatining holati va rivojlanish tendensiyalari toʻgʻrisida yillik milliy maʼruzalarni taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari aʼzolari har bir davlat organining ochiq hayʼat majlisida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida, “Hukumat soati”da, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlari majlislarida ishtirok etishga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish hamda tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikda alohida qiziqish uygʻotadigan oʻta dolzarb masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Jamoatchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalarining qarorlari davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tuzilmalar uchun tavsiyaviy xususiyatga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari davlat organlari va tashkilotlariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan Jamoatchilik palatasi soʻrovini yuborish huquqiga ega. Bunda davlat organlari va tashkilotlari soʻrovga javobni, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, u olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuborishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari har bir davlat organi, jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi jamoatchilik kengashlari (huquqni muhofaza qiluvchi organlar huzuridagi jamoatchilik kengashlari bundan mustasno) tarkiblarini shakllantirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz faoliyatini nodavlat notijorat tashkilotlarining mustaqilligi va ular faoliyatiga aralashmaslik prinsiplariga qatʼiy rioya qilgan holda Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari ishining tashkil etilishi va amalga oshirilishida zarur shart-sharoitlar yaratadi va har tomonlama koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamoatchilik palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda keng jamoatchilik fikrini va ilgʻor tajribani hisobga olgan holda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasi faoliyatining huquqiy asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasining maqsad va vazifalari, huquq, majburiyatlari va funksiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasi tarkibini shakllantirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasi aʼzosi maqomi, faoliyati kafolatlari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, ular vakolatini toʻxtatish va tugatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masalasi boʻyicha Jamoatchilik palatasi bilan kelishilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari qatʼiy turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasining davlat organlari va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik palatasi faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Apparat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, bandlik va mehnat munosabatlari, ichki ishlar vazirliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, boshqa vazirlik va idoralarning statistika axboroti;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari majburiy yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Apparatga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari mutaxassislarini, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari xodimlarini, shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida tadqiqotlar olib borishga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlar olib borish va kadrlar tayyorlash boʻyicha xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar, mahalliy va xorijiy tadqiqot markazlari va oʻquv muassasalari bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot-tahliliy sharhlar va maʼruzalar, “Fuqarolik jamiyati” jurnali, “Jamiyat” gazetasi va boshqa nashrlarni chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlardan zarur statistik, tahliliy va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Apparat Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat koʻchasi, 1A-uy manzilida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Apparatga 4 ta avtomobil taʼminoti uchun limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hududiy boʻlinmalarning tugatilayotgan Markazning hududiy boʻlinmalari egallab turgan binolaridan begʻaraz foydalanish huquqi saqlanib qolishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy jamoatchilik palatalarining oʻz vazifa va funksiyalarini samarali bajarishi uchun zarur moddiy-texnik sharoitlar yaratib bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy jamoatchilik palatalarining buyurtmanomalari asosida bino va xonalarni kapital va joriy taʼmirlash, ularni zamonaviy tashkiliy texnika, mebel va zarur aloqa vositasi turlari bilan jihozlash boʻyicha ishlarni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamoatchilik palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apparat toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5980-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi PF-5980-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasining tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 115 nafar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shundan markaziy apparat — 45 nafar, hududiy jamoatchilik palatalari — 70 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi PF-5980-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar jamoatchilik palatalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi

Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 5 nafar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy jamoatchilik palatalarining apparatlari xodimlari umumiy cheklangan soni — 70 nafar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 06/20/5980/0450-son)