1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Ijro uchun masʼullar | |
|
1. |
“E-qaror” elektron tizimini yaratish. |
1. “E-qaror” elektron tizimining texnik topshirigʻini ishlab chiqish. 2. “E-qaror” elektron tizimining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish boʻyicha belgilangan tartibda tanlov eʼlon qilish. 3. “E-qaror” elektron tizimining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish boʻyicha gʻolib tashkilot bilan shartnoma tuzilishini taʼminlash. 4. “E-qaror” elektron tizimini ishlab chiqish. |
2020-yil 1-iyun
|
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
2. |
“E-qaror” elektron tizimini Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarida joriy etish |
1. Quyidagilarni oʻrganish uchun Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarini xatlovdan oʻtkazish: ularni “E-qaror” elektron tizimga ulash; mazkur davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari va masʼul ijrochilarida elektron raqamli imzolarning mavjudligi; “E-qaror” elektron tizimda ishlash boʻyicha masʼul xodimlarni biriktirish. 2. Xatlov yakunlariga koʻra Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan bepul taʼminlash. 3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, masʼul ijrochilar (tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi) “E-qaror” elektron tizimiga ulanishini taʼminlash. |
2021-yil yanvar
|
Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat soliq qoʻmitasi |
|
3. |
Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) hokimliklarida “E-qaror” elektron tizimida ishlashning mohiyati va tartibini tushuntirish. |
1. Masʼul shaxslar kontingenti bilan belgilagan holda seminarlar oʻtkazish rejasini tasdiqlash hamda seminar oʻtkazuvchi mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish. 2. Seminar ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar tayyorlash. 3. Seminarlarni reja-jadval asosida samarali tashkil qilish. |
2021-yil yanvar |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Davlat soliq qoʻmitasi |
|
4. |
Qashqadaryo viloyati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida qarorlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish boʻyicha eksperiment oʻtkazish. |
1. Qarorlar “E-qaror” elektron tizimi orqali faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda eʼlon qilinishini taʼminlash. 2. Eksperiment natijalari yuzasidan xulosa va takliflar tayyorlash. |
2021-yil yanvar — may
|
Qashqadaryo viloyati hokimligi Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
5. |
“E-qaror” elektron tizimini respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish. |
1. Quyidagilarni oʻrganish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlarini xatlovdan oʻtkazish: ularni “E-qaror” elektron tizimga ulash; mazkur tashkilotlarning rahbarlari va masʼul ijrochilarida elektron raqamli imzolarning mavjudligi; “E-qaror” elektron tizimda ishlash boʻyicha masʼul xodimlarni biriktirish. 2. Xatlov yakunlariga koʻra mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan bepul taʼminlash. 3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, masʼul ijrochilar (tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi) “E-qaror” elektron tizimiga ulanishini taʼminlash. |
2021-yil iyul |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat soliq qoʻmitasi |
|
6. |
“E-qaror” elektron tizimida ishlash tartibini tushuntirish. |
1. Masʼul shaxslar kontingenti bilan belgilagan holda seminarlar oʻtkazish rejasini tasdiqlash hamda seminar oʻtkazuvchi mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish. 2. Seminar ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar tayyorlash. 3. Seminarlarni reja-jadval asosida samarali tashkil qilish. |
2021-yil iyun |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaz�rligi (Sh. Sadikov), Davlat soliq qoʻmitasi |
|
7. |
“E-qaror” elektron tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash. |
1. “E-qaror” elektron tizimini texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni doimiy ravishda oʻtkazib borish. 2. “E-qaror” elektron tizimini muntazam takomillashtirib borish va modernizatsiya qilish. |
Tizim ishga tushirilganidan soʻng doimiy ravishda |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
2-ILOVA
|
|
Masʼullar |
|
Chora-tadbirlar |
|
Muddatlar | |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich |
|
Manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxs |
|
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ariza bilan murojaat qiladi |
|
Zaruratga koʻra |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-bosqich |
|
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining masʼul boʻlinmasi |
|
1. “E-qaror” elektron tizimiga belgilangan tartibda arizani kirim qiladi, ish yurituviga qabul qiladi. 2. Arizani masʼul tarkibiy boʻlinma yoki hududiy davlat organiga (keyingi oʻrinlarda — loyihani ishlab chiquvchi) yuboradi. |
|
Belgilangan muddatlarda |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3-bosqich |
|
Loyihani ishlab chiqu?chi |
|
1. Qaror loyihasini ishlab chiqadi. 2. Loyihani “E-qaror” elektron tizimi orqali manfaatdor hududiy davlat organlari bilan kelishadi. |
|
Belgilangan muddatlarda |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4-bosqich |
|
Manfaatdor hududiy davlat organlari |
|
1. Qaror loyihasini “E-qaror” elektron tizimi orqali ish yurituviga belgilangan tartibda qabul qiladi. 2. Belgilangan tartibda loyihani koʻrib chiqadi. 3. Qaror loyihasini kelishadi (viza qoʻyadi) yoki zarurat boʻlganda qaror loyihasini ishlab chiquvchiga belgilangan tartibda uni “E-qaror” elektron tizimi orqali yanada takomillashtirish uchun qaytaradi. 4. Imz�langan qaror loyihasini loyihani ishlab chiquvchiga yuboradi. |
|
Belgilangan muddatlarda |
|
|
|
|
|
|||
|
5-bosqich |
|
Loyihani ishlab chiquvchi |
|
1. Imzolangan qaror loyihasini “E-qaror” elektron tizimidan oladi. Qaror loyihasini manfaatdor hududiy davlat organining tegishli xulosasini hisobga olgan holda (zarur hollarda) yakuniy koʻrib chiqadi. Elektron shaklda “E-qaror” elektron tizimi orqali tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining yuridik xizmatiga kiritadi. |
|
Belgilangan muddatlarda |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6-bosqich |
|
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yuridik xizmati |
|
1. Qaror loyihasini “E-qaror” elektron tizimi orqali ish yurituviga belgilangan tartibda qabul qiladi. 2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqadi (agar zarur boʻlsa). 3. Qaror loyihasini imzolash uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbariga kiritadi. |
|
Belgilangan muddatlarda |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
7-bosqich |
|
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari |
|
1. Qaror loyihasini “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qiladi. 2. Qaror loyihasini imzolash yoki belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqish uchun yuridik xizmatga qaytaradi. 3. Imzolangan qarorni “E-qaror” elektron tizimi orqali mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining umumiy boʻlimiga eʼlon qilish uchun yuboradi. |
|
Belgilangan muddatlarda |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
8-bosqich |
|
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining masʼul tarkibiy boʻlinmasi |
|
1. Imzolangan qarorni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilib oladi. 2. Qarorni majburiy tartibda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organning oʻz rasmiy-veb saytida eʼlon qiladi. |
|
Belgilangan muddatlarda |