14.04.2020 yildagi 218-son
Hujjat 15.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli qarorlar qabul qilish jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

“E-qaror” elektron tizimini yaratish.

1. “E-qaror” elektron tizimining texnik topshirig‘ini ishlab chiqish.

2. “E-qaror” elektron tizimining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish bo‘yicha belgilangan tartibda tanlov e’lon qilish.

3. “E-qaror” elektron tizimining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish bo‘yicha g‘olib tashkilot bilan shartnoma tuzilishini ta’minlash.

4. “E-qaror” elektron tizimini ishlab chiqish.

2020-yil 1-iyun


2020-yil 15-iyun



2020-yil iyul-avgust



2020-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

2.

“E-qaror” elektron tizimini Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarida joriy etish

1. Quyidagilarni o‘rganish uchun Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarini xatlovdan o‘tkazish:

ularni “E-qaror” elektron tizimga ulash;

mazkur davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul ijrochilarida elektron raqamli imzolarning mavjudligi;

“E-qaror” elektron tizimda ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlarni biriktirish.

2. Xatlov yakunlariga ko‘ra Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan bepul ta’minlash.

3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, mas’ul ijrochilar (tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi) “E-qaror” elektron tizimiga ulanishini ta’minlash.

2021-yil yanvar









2021-yil yanvar






2021-yil yanvar

Qashqadaryo viloyati hokimligi
(Z. Mirzayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev)

3.

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) hokimliklarida “E-qaror” elektron tizimida ishlashning mohiyati va tartibini tushuntirish.

1. Mas’ul shaxslar kontingenti bilan belgilagan holda seminarlar o‘tkazish rejasini tasdiqlash hamda seminar o‘tkazuvchi mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Seminar ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar tayyorlash.

3. Seminarlarni reja-jadval asosida samarali tashkil qilish.

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev)

4.

Qashqadaryo viloyati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida qarorlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish.

1. Qarorlar “E-qaror” elektron tizimi orqali faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda e’lon qilinishini ta’minlash.

2. Eksperiment natijalari yuzasidan xulosa va takliflar tayyorlash.

2021-yil yanvar — may





Zaruratga ko‘ra

Qashqadaryo viloyati hokimligi
(Z. Mirzayev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

5.

“E-qaror” elektron tizimini respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish.

1. Quyidagilarni o‘rganish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlarini xatlovdan o‘tkazish:

ularni “E-qaror” elektron tizimga ulash;

mazkur tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul ijrochilarida elektron raqamli imzolarning mavjudligi;

“E-qaror” elektron tizimda ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlarni biriktirish.

2. Xatlov yakunlariga ko‘ra mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan bepul ta’minlash.

3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, mas’ul ijrochilar (tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi) “E-qaror” elektron tizimiga ulanishini ta’minlash.

2021-yil iyul

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev)

6.

“E-qaror” elektron tizimida ishlash tartibini tushuntirish.

1. Mas’ul shaxslar kontingenti bilan belgilagan holda seminarlar o‘tkazish rejasini tasdiqlash hamda seminar o‘tkazuvchi mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Seminar ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar tayyorlash.

3. Seminarlarni reja-jadval asosida samarali tashkil qilish.

2021-yil iyun

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaz�rligi (Sh. Sadikov),

Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev)

7.

“E-qaror” elektron tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.

1. “E-qaror” elektron tizimini texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni doimiy ravishda o‘tkazib borish.

2. “E-qaror” elektron tizimini muntazam takomillashtirib borish va modernizatsiya qilish.

Tizim ishga tushirilganidan so‘ng doimiy ravishda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

Bosqichlar

Mas’ullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxs

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ariza bilan murojaat qiladi

Zaruratga ko‘ra


2-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining mas’ul bo‘linmasi

1. “E-qaror” elektron tizimiga belgilangan tartibda arizani kirim qiladi, ish yurituviga qabul qiladi.

2. Arizani mas’ul tarkibiy bo‘linma yoki hududiy davlat organiga (keyingi o‘rinlardaloyihani ishlab chiquvchi) yuboradi.

Belgilangan muddatlarda


3-bosqich

Loyihani ishlab chiqu?chi

1. Qaror loyihasini ishlab chiqadi.

2. Loyihani “E-qaror” elektron tizimi orqali manfaatdor hududiy davlat organlari bilan kelishadi.

Belgilangan muddatlarda


4-bosqich

Manfaatdor hududiy davlat organlari

1. Qaror loyihasini “E-qaror” elektron tizimi orqali ish yurituviga belgilangan tartibda qabul qiladi.

2. Belgilangan tartibda loyihani ko‘rib chiqadi.

3. Qaror loyihasini kelishadi (viza qo‘yadi) yoki zarurat bo‘lganda qaror loyihasini ishlab chiquvchiga belgilangan tartibda uni “E-qaror” elektron tizimi orqali yanada takomillashtirish uchun qaytaradi.

4. Imz�langan qaror loyihasini loyihani ishlab chiquvchiga yuboradi.

Belgilangan muddatlarda


5-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Imzolangan qaror loyihasini “E-qaror” elektron tizimidan oladi.

Qaror loyihasini manfaatdor hududiy davlat organining tegishli xulosasini hisobga olgan holda (zarur hollarda) yakuniy ko‘rib chiqadi.

Elektron shaklda “E-qaror” elektron tizimi orqali tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining yuridik xizmatiga kiritadi.

Belgilangan muddatlarda


6-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yuridik xizmati

1. Qaror loyihasini “E-qaror” elektron tizimi orqali ish yurituviga belgilangan tartibda qabul qiladi.

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqadi (agar zarur bo‘lsa).

3. Qaror loyihasini imzolash uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbariga kiritadi.

Belgilangan muddatlarda


7-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari

1. Qaror loyihasini “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qiladi.

2. Qaror loyihasini imzolash yoki belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqish uchun yuridik xizmatga qaytaradi.

3. Imzolangan qarorni “E-qaror” elektron tizimi orqali mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining umumiy bo‘limiga e’lon qilish uchun yuboradi.

Belgilangan muddatlarda


8-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining mas’ul tarkibiy bo‘linmasi

1. Imzolangan qarorni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilib oladi.

2. Qarorni majburiy tartibda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organning o‘z rasmiy-veb saytida e’lon qiladi.

Belgilangan muddatlarda

Keyingi tahrirga qarang.